Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196
7.3.4.”Kitob al-buldon”
Asar ijodkori al-Yaqubiy IX asrda wtgan yirik geograf tarixchi olimdir. 
İ
smi 
Abulabbos Ah’mad ibn Abu Yaqub ibn Jafar ibn Vah’b ibn Vadih’ al-Kotib al-
Abbosiy bwlib, u yirik mansabdor h’onadoniga mansubdur. Al-Yaqubiy 


52
Bag’dodda tug’ildi, lekin umrining kwp qismini Armaniston, Xuroson, Falastin, 
Misr va Mag’ribda wtkazdi. 
Al-Yaqubiyning ikki yirik va muh’im asari bizning zamonamizgacha etib 
kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar h’aqida kitob”), ikkinchisi esa 
“Tarix” nomi bilan mashh’urdir. 
”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda 
ё
zilgan) twrt qismdan iborat. Asarda 
arablar qwl ostidagi mamlakatlarning geografik h’olati, yirik shah’arlar va qalalari, 
ah’olisi va uning asosiy mashg’uloti, urf-odatlari, wsha mamlakatdan olinadigan 
xirojning umumiy miqdori h’aqida qimmatli malumotlar keltiriladi. 
Ushbu asarning ikki mwtabar qwl
ё
zmasi G’arbiy Germaniya 
kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashh’ur 
sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan. 
Al-Yaqubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida 
ё
zilgan bwlib, 
Sharq mamlakatlari, shuningdek Wrta Osi
ё
ning VII-IX asrlardagi tarixi bwyiyaa 
muh’im manbalardan biri h’isoblanadi. Asar ikki qismdan iborat bwlib, Odam 
Atodan islomgacha bwlgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, yani wsha 
mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bwlgan voqealar ba
ё
n etilgan.
“Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma 
(1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan. 
7.3.5. “Kitob futuh’ al-buldon ”
“Kitob futuh’ al-buldon”(“Mamlakatlarning zabt etilishi”) IX asrda wtgan 
yirik geograf va tarixchi olimi Balazuriy (vaf. 892 y.)ning asaridir. Muarrix 
Madoiniyning shogirdi bwlib, uning twla ismi Abubakr Ah’mad ibn Yax
ё
Jabir al-
Balazuriy, asli eronlik Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-861 y.) va al-Mustain 
(862-866 y.) saroyida tarbiyachi bwlib xizmat qilgan. 
Balazuriy ikki yirik asar “Kitob futuh’ al-buldon” va “Kitob al-ansob ao-
sharif”(“Sharofatli kishilarning nasablari h’aqida kitob”ning muallifidir. 
“Kitob futuh’ al-buldon” arab istilolari tarixi bwyicha eng yaxshi asarlardan 
biri h’isoblanadi. Faqat shu asarda arablarning xalifa Usmon (644-656 y.) va uning 
Xurosondagi noibi Abdulloh’ ibn Amr davrida Movarounnah’rga bir necha bor 
bostirib kirganliklari va Maymurg’ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab 
qaytganliklari h’aqida malumot bor. 
Asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning diqqatga 
sazovor shah’arlari va osori-atiqalari, xalqi, pul muomalasi, undiriladigan soliklar, 
shuningdek arab tilining joriy qilinishi h’aqida h’am qimmatli malumotlarni 
uchratamiz. 
“Kitob futuh’ al-buldon”ning qisqartirilgan tah’riri etib kelgan, xalos. 
Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha 
tarjimasi (tarjimonlar Xitti va Murgotten) h’am bor. Balazuriyning ushbu asarining 
twliq nusxasi 
Ё
qut va 
İ
bn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bwlib xizmat 
qilgan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə