Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Tarixi ar-rusul va-l-muluk”



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   196
7.3.9. “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” 
Bu asar avtori yirik qomusiy olim Abu Jafar Muh’ammad ibn Jarir at-
Tabariy (836-923 y.)dir. U Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shah’rida 
tug’ilgan, umrining kwp qismini Bag’dodda wtkazgan va shu erda vafot etgan. 
Tarixchi xalifalikning kwp shah’arlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, 
Basra, Kufa, Suriya va Misrda turgan. 
Tabariy davrining keng malumotli kishilaridan bwlib, wndan ortiq kitob 
ё
zib 
qoldirgan. Musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bwlgan ixtiloflar ba
ё

etilgan “Kitob ixtilof al-fuqah’o” (“Faqih’lar wrtasidagi ixtiloflar h’aqida kitob”), 
“Quroni karim” oyatolri sharh’iga bag’ishlangan wttiz (boshqa malumotlarga 
qaraganda qirq) jilddan iborat “Jome al-ba
ё
n at-tavil al-Quron” (“Quron” swzlari 
manosining keng ba
ё
ni majmuasi”) va nih’oyat, “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” 
(“Payg’ambarlar va podshoh’lar tarixi”) ana shular jumlasidandir. Tarix ilmi uchun 
eng muh’imi swnggi asar h’isoblanadi. 
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” 
ё
ki qisqa nomi “Tarixi Tabariy” asari umumiy 
tarix tipida 
ё
zilgan kitob. Lekin mukammalligi va daliliy materiallarga boyligi 
bilan boshqa asarlardan tamoman aloh’ida ajralib turadi. 
Asarda olimning “yaratilishi”dan to 912-913 yillarga qadar Arabiston, Rum 
(Kichik Osi
ё
), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan mamlakatlarda, 
shuningdek Wzbekiston h’ududida bwlib wtgan ijtimoiy-si
ё
siy voqealar h’ikoya 
qilinadi. Voqelar yilma-yil, xronoligik tarzda ba
ё
n etilgan. Bu esa asardan 
foydalanishda kwp jih’atdan qulaylik yaratgan. Tabariy mazkur asarini yaratishda 
yah’udiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, Sosoniylar (224-651 y.) solnomasi 
“Xvaday namak” (“Podshoh’noma”), al-Voqidiyning (747-823 y.) “Kitob ul-
mag’oziy” (“Urushlar h’aqida kitob”), al-Madoiniyning “Tarixi xulafo” (“Xalifalar 
tarixi”), 
İ
bn Tayfurning (819-893 y.) “Tarixi Bag’dod” (“Bag’dod tarixi”) kabi 
asarlardan keng foydalangan. Lekin u kwp h’ollarda “Hadis ilmi” printsipiga kwra
ayniqsa asarning qadimiy tarixiga bag’ishlangan qismlarida boshqa manbalardan 
olingan dalil va malumotlarni aynan keltirgan. 


55
Kitobning qadimiy tarixidan bah’s yurituvchi qismlari h’am malum ilmiy 
qiymatga ega, chunki bularda bizgacha etib kelmagan manbalarda (rivoyatlar, 
“Xvaday namak”, “Tarixi xulafo” va boshqalar) mavjud bwlgan qimmatli 
malumotlar, lavh’alar saqlangan.
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” musulmon mamlakatlari, shuningdek 
Movarounnah’rning VIII-IX asr tarixi bwyicha asosiy va eng mwtabar 
manbalardan biri bwlib, tarix ilmining keyingi taraqqi
ё
tiga katta tasir wtkazgan. 
Mazkur asarning arabcha ikki xil (mufassal va qisqartirilgan) tah’riri bwlgan, lekin 
bizgacha uning faqat qisqartirilgan tah’riri etib kelgan va asar matni gollandiyalik 
sharqshunos M.Ya. de Gue tarafidan 1879-1901 yillari 15 jildda nashr etilgan. 
Tabariy asarining forsiy tah’riri h’am bor bwlib, u Somoniy Abu Solih’ 
Mansur ibn Nuh’ning (961-976 y.) vaziri, atoqli ilm-fan h’omiysi al-Balamiy (vaf. 
974 y.) tomonidan 963 yili 
ё
zilgan.
Balamiy tah’riri shunchaki oddiy tarjima bwlib qolmay, balki asarning qayta 
ishlangan va ayrim h’ollarda yangi faktlar bilan boyitilganidir.
Unda, birinchidan, qisqartirilgan tah’ririda uchramaydigan malumotlar 
mavjud bwlib, ularni Baoamiy Tabariy asarining twla nusxasidan olgan. 
İ
kkinchidan, Balamiy tah’riri boshqa manbalar asosida yangi malumotlar 
bilan twlatilgan. 
Tabariyning mazkur asaridan ayoim parchalar bir necha Evropa tillariga 
tarjima qilingan. Uning twla frantsuzcha tarjimasi G.Zotenberg tomonidan 1867-
1874 yillari Parijda nashr etilgan. 
Asarning forsiy va turkiy tarjimalari h’am bwlib, ularning mwtabar qwl
ё
zma 
nusxalari Sankt-Peturburg va Toshkent kutubxonalarida mavjud. Baoamiy 
tah’ririning matni twla tarzda Lakxnav, Kanpurda (1874, 1896, 1916 y.) va 
Teh’ronda (1962, 1967 y.) chop qilingan. 
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asarining qwl
ё
zma nusxalari MDH, Angliya, 
Turkiya, Eron va Hindiston kutubxonalarida saqlanadi. Toshkentda, Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida arab tilidan twrtta mwtabar 
qwl
ё
zmalari va wzbek va uyg’ur tillaridagi tarjimalari mavjud. Qisqartirilgan 
ruscha tarjima tarjimon V.
İ
.Belyaev) 1987 yili Toshkentda “
İ
storiya Tabari” yani 
“Tabariy tarixi” nomi bilan chop etildi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə