Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   196
7.3.18.”Tarixi Yaminiy”
”Tarixi Yaminiy”
17
(“Yamin ud-davla tarixi”) asarining ijodkori Utbiydir. 
Uning h’aqiqiy ismi Abu Nasr Muh’ammad ibn Abdujabbor Utbiy (taxm.961-1077 
ё
ki 1036 yy.) bwlib, asli Eronning Ray shah’ridan. Olimning xonadoni badavlat va 
nufuzli zodagonlardan bwlib, uning tog’alari Somoniylarning vaziri sifatida xizmat 
qilishgan. 
17
Ямин
(
араб
) - 
ўнг
қўл

Султон
Маҳмудга
Бағдод
халифаси
ал
-
Қодир
(991-1031 
йй
.) 
томонидан
берилган
лақаб

фахрий
ном
.


59
Abu Nasr Muh’ammad Utbiy h’am yuqori davlat lavozimlarida turgan, 
Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali ibn Simjur (989-998 yy.), swngra 
Zi
ё
riylardan
18
Shams ul-Maoliy Qobus ibn Vushmagir (998-1030 yy.)ning shaxsiy 
kotibi, keyinchalik G’aznaviylardan
19
Sabuktakin (977-997 yy.), Sulton Mah’mud 
(998-1030 yy.) h’amda Sulton Masud (1031-1041 yy.) saroyida xizmat qilgan. 
Masalan, Utbiy Sulton Mah’mudning elchisi sifatida (999 y.) Garchistonga
20
borgan, keyin Ganj rustakda
21
soh’ib barid bwlib ishlagan va 1023 yili Sulton 
Mah’mudning amri bilan xizmatdan chetlatilgan. 
Manbalarda, xususan as-Saolibiy tazkirasida aytilishicha, al-Utbiy bir nechta 
yirik asar 
ё
zgan. Lekin ulardan faqat bittasi ”Tarixi Yaminiy” nomli tarixiy asari 
saqlanib qolgan, xalos. Uning yana “Latoif al-kuttob” (“Kotiblarning latif swzlari”) 
nomli bwlib, u bizgacha etib kelmagan
22
.
”Tarixi Yaminiy” amir Sabuktakin h’amda Sulton Mah’mud zamonida 
G’aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg’oniston, Xuroson, Xorazm va qisman 
Movarounnah’rning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-is
ё
siy tarixini ba
ё
n etadi. Asarda 
Qoraxoniylarning Movarounnah’rni bosib olishi (992-996 yy.) h’aqida keltirilgan 
malumotlar benih’oyat qimmatlidir. 
Asar wrta asr tarixshunosligiga xos og’ir saj – nasriy qofiyali uslubda 
ё
zilgan. Unda h’ukmron sinfning maqsad va manfaatlari h’imoya qilinadi, xususan 
Sulton Mah’mud va uning yaqinlari kwklarga kwtarib maqtaladi. Shuning bilan 
birga, tarixchi uzluksiz davom etgan urushlar, zulm, turli-tuman soliq va jarimalar 
tufayli xonavayron bwlgan meh’natkash xalqning og’ir turmushiga h’am ayrim 
wrinlarda kwz tashlab wtadi. 
”Tarixi Yaminiy” asarining arabcha matni 1874 yili Deh’li, 1874 yili 
Buloq va 1883 yili Loh’ur shah’arlarida chop etilgan. Undan ayrim parchalar 
K.Shefer, T.N
ё
ldeke, G.Elliot va N.Douson tomonidan frantsuz, nemis va ingliz 
tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bwlib, eng durusti Abu 
Sharif Nosih’ al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856, 1956 va 
1966 yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858 yili Reynolds ingliz tiliga tarjima 
qilgan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə