Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109

 
66
XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mwg’ul istilosi va 
xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning 
h’aёti va kurashi, fojiali h’alokati h’ikoya qilinadi. 
Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231 yillar voqealarini wz ichiga olgan 
boblari original va zwr ilmiy qiymatga ega, chunki baёn etilmish voqealarning 
kwpchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor. 
Mana shuning uchun h’am bu kitob tarix ilmi namoёndalarining diqqat 
etiborini wziga jalb etmoqda. Undan h’am wtmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy 
(1244-1323 y.), İbn Xaldun (1332-1406), Badruddin Ayniy (vaf. 1451 y.) qimmatli 
manba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar h’am wsha davrga oid 
tadqiqotlarida bu asarni chetlab wta olmaydilar. 
 “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli asarning arabcha matni, 
frantsuzcha  tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda h’amda Qoh’irada chop 
qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziё va Ah’mad Tavh’id) 
va forsiy (tarjimonlar  Muh’ammad Ali Nosih’ va Mujtab Minoviy) tarjimalari 
mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII asrdagi ijtimoiy-siёsiy 
ah’volidan h’ikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan 
edi. 
Kitobni twla h’olida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga tarjima qilib, ilmiy 
izoh’lar bilan nashr ettirgan.  
 
7.3.30. “Mulh’aqot as-suroh’” 
“Mulh’aqot as-suroh’” (“As-suroh’”ga ilova”) nomli kitobning muallifi 
XIII-XIV asr boshlarida yashagan tilshunos va tarixchi olim Jamol Qarshiydir 
(1230 y. tug’.). Uning asli ismi Abulfazl Muh’ammad ibn Umar ibn Xolid, ammo 
olim kwpincha Jamol Qarshiy (“Qarshi mwg’ulcha “qasr” demakdir.) nomi bilan 
mashh’ur bwlgan. Olim Olmaliq shah’rida (İla vodiysida, G’uljaning g’arbi-
shimoliy tarafida joylashgan yirik wrta asr savdo va madaniyat markazlaridan biri) 
ruh’oniy oilasida tug’ilgan. Otasi Olmaliqning mashh’ur h’ofizlaridan (“Quron”ni 
qiroat bilan wquvchi), onasi esa marvlik shayx Abu Alining avlodi bwlgan.  
 
Bwlg’usi olim Olmaliqlik mashh’ur shayx Ashraf ibn Najib al-Kosoniydan 
talim oldi, swng Chingiziylarga tobe bwlgan mah’alliy h’ukmdor Sug’noq 
takinning (vaf. 1250-1253 y.) wg’li Elbutarning tarbiyachisi sifatida xizmatga 
kiradi. Bu h’ol, shuningdek sadr Burh’oniddinning h’omiyligi tufayli, uning 
keyingi yuqori lavozim devoni inshoga kwtarilishiga ёrdam berdi. 1264 yili Jamol 
Qarshiy, bizga malum bwlmagan sabablarga kwra, istefoga chiqib, Koshg’arga 
ketib qoladi. 
 
Koshg’arda Jamol Qarshiyga sadrlardan Kamoluddin Abu Abdulloh’ ibn 
Husayn va Saduddin h’omiylik qildilar. Olim Koshg’arda asosan sher ёzish bilan 
mashg’ul bwldi va sadr Saduddinning taklifi bilan 1302 yili wzining “As-suroh’ 
min as-Sah’oh’” (“Foydali (muloh’aza)dan kelib chiqqan ochiq gap”) nomli asarini 
ёzdi. Jamol Qarshiy 1269-1294 yillar orasida Wrta Osiёning kwpgina viloyatlari 
bwylab saёh’at qilgan. 
 Masalan, 
1269-1270 
yillari 
İlamishda (Andijondan Talasga boradigan ywl 
ustida joylashgan qadimiy shah’ar), bir necha bor (1272,1293 y.) Shoshda, 1273 


 
67
yili Barchinlig’kent va Jandda bwlgan. Olim ana shu saёh’atlar vaqtida twplangan 
malumotlardan wzining yuqorida nomi qayd etilgan asarini ёzishda keng 
foydalangan. 
 
Jamol Qarshiyning ushbu asari Abu Nasr İsmoil ibn Hammod al-
Javh’ariyning (vaf.1008 y.) “As-sah’oh’” (“Mukammal lug’at”) nomli asariga 
ёzilgan  qwshimcha bwlib, kwpincha “Mulh’aqot as-suroh’”  nomi bilan 
mashh’urdir. 
 
Asarda XIII asrda Olmaliq va unga qaram erlarda h’ukmronlik qilgan turk 
h’ukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshg’arda h’uk“Mulh’aqot as-
suroh’” (“As-suroh’”ga ilova”) nomlimronlik qiogan namoёndalari; Koshg’ar, 
Xwtan, Farg’ona, Shosh viloyatlari, shuningdek Sirdarёning quyi oqimida 
joylashgan bir qator yirik wrta asr shah’arlari, masalan Barchinlig’kent, Jand 
h’aqida, Jamol Qarshiy bilan zamondosh bwlgan mashh’ur kishilar-shayxlar, 
olimlar, shoirlar h’aqida diqqatga sazovor malumotlarni uchratamiz. 
 
Umuman, Jamol Qarshiyning ushbu asari Movarounnah’r h’amda Markaziy 
Osiё xalqlarining XIII asrdagi tarixi, madaniyati, yirik shah’arlari va ularning 
ah’volini wrganishda zarur manbalardan biridir. “Mulh’aqot as-suroh’” 
h’ozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning qwlёzma nusxalari Angliya, 
Frantsiya, Germaniya kutubxonalarida, Rossiyaning Sankt-Peterburg shah’rida va 
Toshkentda mavjud.  
Ushbu darslikda arab tilida bitilgan yurtimiz tarixiga oid eng muh’im ёzma 
manbalar twg’risida ixcham va qisqa malumot berishga intildik. Chunki 
tariximizning bu qatlami, yani arab tilida VII-XIV asrlar davomida yaratilgan ёzma 
manbalar h’ali  mukammal wrganilgan deyish qiyin. Bu kelgusi manbashunoslar 
oldidagi sharafli vazifa. Albatta, biz keltirgan ёki zikr etgan asarlar nomlari bilan 
arab tilidagi manbalar rwyxati chegaranlanmaydi, ёxud tugamaydi, ammo 
bakalavriat talabalarida umumiy tasavvur h’osil qilish uchun kifoya qiladi, deb 
h’isoblaymiz. 
 
7.4. Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari 
Arab tilida yaratilgan tarixiy asarlar ёki  ёzma  ёdgorliklar quyidagi umumiy 
xususiyatlarga ega. Ular garchi arab tilida ёzilgan bwlsa-da, barchasida umumiy 
tarixni qamrab olishga, yani  tarixni jah’on tarixi sifatida idrok etishga, talqin 
qilishga intilish aloh’ida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va 
namuna sifatida “Quroni karim” olinadi. 
 
Kitoblar ichida tarixchi wzining “Quroni karim”, h’adislar va 
“Payg’ambarlar qissalari”, diniy rivoyatlarni yashi bilishini namoyish etishga va 
ulardagi mashh’ur va malum voqea, h’odisa, rivoyat, aqidalardan unumli 
foydalanishga intilganlar. 
 Arab 
tilidagi 
ёzma manbalarning eng qadimgilari asosan mumtoz ёzuv 
turlaridan  kufiyda “Quroni karim” va tafsirlar, h’adislar nasx, suls ёzuvlarida 
bitilgan. XV asrdan swng istemolga nastaliq ёzuvi kirgan. Aloh’ida farmon va 
h’ujjatlar taliq ёzuvida bitilgan. 
 
Tarixiy asarlar mazmuni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, ularda 
matn ananaviy Alloh’ h’amdi – tah’mid, payg’ambarimiz natlari, twrt sah’oba ёki 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə