Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Nahv ilmida ham xuddi shunday, Kitob va sunnatga oid qismini yaxshilab o‘rgansang 
yetadi. Har qanday ilm borki, uning iqtisori (qisqasi), iqtisodi (o‘rtachasi) va istiqsosi 
(ziyodasi) mavjud. Sen qiyoslashing uchun bu o‘lchovlarga hadis, tafsir, fiqh va kalom 
ilmlari orqali izoh berib o‘taman: 
 
Tafsirdagi iqtisorga Ali al-Vohidiy an-Nisoburiy tasnif qilgan «Al-vajiyz» kitobi misol 
bo‘ladi. Iqtisor Qur’onni uning ikki barobari miqdorida tafsir qilishdir. Iqtisod deb 
Qur’onga uch barobar keladigan tafsirga aytiladi. Undan ortig‘i istiqso deyiladi. Bunday 
tafsir umrning oxirigacha ham qilinishi mumkin.  
 
Hadis ilmidagi iqtisorga hadis matnlarini yaxshi biluvchi kishi yordamida Imom Buxoriy 
va Imom Muslim «Sahih» kitoblarini o‘qib-o‘rganish misol bo‘ladi. Ammo hadis 
roviylarining ismlarini yod olish lozim emas. Chunki sendan oldingilar bu muhim vazifani 
bajarib bo‘lishgan. Iqtisod degani qo‘shimcha sahih «Musnad»larni ham bilishdir. Istiqso 
esa, naql qilingan hadislarni zaif,  kuchli, sahih, saqim (kasal) va rivoyat yo‘llarini 
aniqlashdan iborat. Hadis roviylarining holati, ismlari va sifatlarini bilish ham istiqso 
hisoblanadi.  
 
Fiqh ilmida esa, iqtisor Muzaniy rahimahullohning «Muxtasar»i ichiga olgan qismiga 
teng. Biz bu kitobni «Xulosatul Muxtasar»da aynan keltirganmiz. «Al-vasiyt minal 
mazhab» kitobimizga yoki «Muxtasar ul-Muzaniy»ning uch barobari miqdoriga teng 
qismi iqtisod deyiladi. «Al-vosit» nomli kitobimizdagi yoki undan ham ko‘proq miqdorda 
bo‘lgan fiqh ilmiga istiqso deb aytiladi.  
 
Kalom ilmidan ko‘zlangan maqsad salafi solihlar tomonidan naql etilgan ahli sunna 
e’tiqodini himoya qilishdir, boshqa maqsad yo‘q. Undan boshqa maqsadlar uchun kalom 
ilmini o‘rganish ishlarning haqiqatini haq bo‘lmagan turli yo‘llar bilan kashf qilish 
hisoblanadi. Sunnatni himoya qilishdan murod muxtasar uslub bilan iqtisor bo‘lgan tahsil 
olishdir. Mana shu kalom ilmidagi iqtisor deyiladi. U «Qavoidul aqoid» kitobi 
miqdorichadir. Kalom ilmidagi iqtisod deyilganda, «Al-iqtisod fil e’tiqod» kitobimizda 
keltirganimiz kabi, kamida yuz varaqdan iborat miqdor tushuniladi. Iqtisod darajasida 
kalom ilmini o‘rganishdan asosiy maqsad turli  bid’atchilarning bid’atiga qarshi kurashish 
va omi insonlar qalbidan ular kiritgan bid’atlarni chiqarib tashlashdir. Ushbu tarzdagi 
munozara uslubi mutaassiblik darajasi kuchli bo‘lmagan avom kishilarga foyda beradi. 
Ammo mubtadi’ga kalom ilmi kamdan-kam holatda naf’ beradi. Agar sen uni hujjatlar 
bilan mot qilib qo‘ysang ham, u mazhabidan, yo‘lidan voz kechmaydi. O‘zi javob 
berolmaydi, lekin boshqa mazhabdoshlari javob beradi deb gumon qiladi. Mujodala 
quvvati bilan uni hayron qilib qo‘yasan. Avomlar  xohish-istaklariga qattiq yopishib 
olmagan bo‘lsalar, bahs yo‘li ila burib yuborilgan nohaqlikdan ularni yana bahs quvvati 
ila haqiqatga qaytarsa bo‘ladi. Ammo mutaassiblik yo‘liga o‘tgan bo‘lsalar, u holda 
ulardan umid uziladi. Chunki mutaassiblik aqidalarning qalblarda mustahkam o‘rnashib 
olishiga sabab bo‘ladi. Xuddi mana shu  narsa olimlarga tekkan yomon ofatlardandir. 
Ular haq uchun taassubda haddan oshib ketadi va natijada muxoliflarini mensimaydilar 
va past ko‘radilar. So‘ng ularda teng kurashish, mashhur bo‘lish da’vosi tug‘iladi. Agar 
ular lutf-marhamat ila xilvatda nasihat qilish yo‘li bilan mujodala qilganlarida, so‘zsiz 
muvaffaqqiyat qozonar edilar. Ammo mutaassiblik, boshqalarni tahqirlash hech qachon 
yaxshi natija keltirmaydi.  
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Shu uchun ham bularning yaqiniga kela ko‘rma va zahri qotildan qochgan kabi ulardan 
qoch. Bu davolab bo‘lmas darddir, aynan mana shu narsa fuqaholarni tortishuv va 
manmansirashga yetaklab borgan. Buning ofatlari haqida keyinroq mufassal bayon 
qilamiz.  
 
Ba’zida «insonlar bilmagan narsalarining dushmanidir», degan gapni eshitib qolasan. 
Ammo sen bunday o‘ylama. Sen bu nasihatni umrining bir qismini bu ishda zoe’ qilgan 
va tasnif, tahqiq, mujodala va bayonni oldingilardan-da ziyoda etgan, keyin esa, Rabbi 
unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, aybidan xabardor qilgach, uni tark etib, o‘zi bilan mashg‘ul 
kishidan eshit: «Shariatning ustuni fatvodir, uning illati esa, ilmi xilof orqali bilinadi, 
deganlarning so‘ziga aldanib qolma», deydi u.  
 
Chunki mazhabning illatlari mazhabning o‘zida zikr qilingan. Undan ortiqchasi 
mujodalaning o‘zidir. Avvalgilar ham, sahobalar ham bu narsani bilishmagan. Holbuki,  
ular fatvo illatlarini boshqalardan yaxshiroq bilar edilar. Mazhabni o‘rganishda xilof ilmi 
hech qanday foyda bermaydi, balki fiqhning zavqiga zarar yetkazadi.  Muftiyning farosati 
shunga guvohlik beradiki, agar uning fiqh ilmidan oladigan zavqi yetarli bo‘lsa, u  har 
narsada jadal-bahsga berilib ketmaydi. Agar kimning tabiati tortishuv-jadalga bog‘lanib 
qolsa, u holda o‘sha kimsaning zehni faqat tortishuv uchun xizmat qila boshlaydi va 
natijada fiqhni anglashning zavqidan bebahra bo‘lib qoladi. Jadal bilan faqatgina 
mansab, obro‘, shon-shuhrat talabgorlari mashg‘ul bo‘ladi. Ular nafslarini oqlash uchun 
o‘zlarini mazhabning illatini qidirayotgan qilib ko‘rsatadi. Bunday kishilar fiqh ilmi qolib, 
umrini jadal bilan o‘tkazib yuboradi. Bas, jinlardan bo‘lgan shaytonlardan ehtiyot bo‘l, 
insonlardan bo‘lgan shaytonlardan ham saqlan. Chunki ular jinlardan bo‘lgan 
shaytonlarga adashtirish va ig‘vo qilishda yordam beradi. 
 
Umuman aytganda, oqillar nazdidagi rozilik o‘rni sen o‘zingni bu olamda faqatgina Alloh 
bilan birga bilishing, oldingda o‘lim, hisob-kitob va jannat-do‘zax kabi muhim hol va 
o‘rinlar turganingni his qilishingdir. Oldingda turgan bu muammolar uchun nimalar foyda 
berishini o‘ylab ko‘r, boshqa narsalarni tark qil! 
 
Shayxlardan biri vafot etgan bir olimni tushida ko‘rdi va undan: «Tiriklik chog‘ingda 
mashg‘ul bo‘lgan munozara, mujodala, tortishuvlar naf berdimi?» deya so‘radi. Shunda 
olim qo‘lini yoyib, unga pufladi va: «Barchasi chang-to‘zon kabi uchib ketdi, faqat kecha 
yarmida o‘qilgan ikki rak’at namozgina menga xaloskor bo‘ldi», deya javob berdi. 
 
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bir hadisi shariflarida munozara-jadalning 
qabih ish ekanini bayoni sifatida: «Hidoyatga erishgan qavm jadalga berilganidan 
so‘nggina halokatga ketdi»,
109
 dedilar va so‘ng:  
 
«Ular (bu misolni) sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir 
ular xusumatchiurushqoq qavmdirlar» (Zuxruf surasi, 58-oyat), ma’nosidagi oyatni 
tilovat qildilar. 
 
109. Termiziy va Ibn Mojalar Abu Umomadan rivoyat qilish.
 
 
Yana bir hadisda Alloh taoloning:  
 
«Ammo dillarida og‘ish bor kimsalar...» (Oli Imron surasi, 7) oyatini tushuntirib: 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə