Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
«(Muhammadga) she’r o‘rgatmadik va (shoirlik) uning uchun durust emasdir» 
(Yosin surasi, 69-oyat), deb aytgan. 
 
94. Imom Muslim rivoyati.
 
 
Voizlar odat qilib olgan ko‘pgina she’rlar ishq haqida, ma’shuqning jamoli, visol ruhi va 
firoq olamini tavsiflash haqidadir. Majlisga qo‘pol, avom xalq to‘planadi. Ularning botini 
shahvatlar bilan to‘lgan, qalblari chiroyli suvratga moyil emas. Shu bois she’r ularning    
  qalblaridagi narsalarni harakatga keltirib, shahvat olovini yoqadi. Natijada qichqirib, 
raqsga tushib ketishadi. Bularning aksari yoki hammasi fasodga olib boradi. Shuning 
uchun she’rning nasihatga yaraydigani va hikmatlisini tanlab, so‘zni quvvatlash va 
e’tiborni jalb qilishda qo‘llash lozim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «She’rda 
hikmat bor», deganlar.
95
 Agar majlisda qalblari Alloh sevgisiga to‘la kishilar bo‘lsa, 
boshqa insonlar bo‘lmasa, zohiriy ma’nolari maxluqlarga dalolat qiluvchi she’rlarni 
aytishning zarari yo‘qdir. Chunki tinglovchi har bir eshitganini qalbiga joylaydi. Bu haqda 
hali «Simo’ – tinglash bobi»da keladi. 
 
Junayd Bog‘dodiy o‘n nafarcha odamga gapirar edilar. Agar ular ko‘payib ketsa, suhbatni 
to‘xtatardilar. Hech qachon u kishining majlislarida tinglovchilar soni yigirmataga 
yetmagan.  
 
Ibn Solimning eshiklari oldida bir guruh odamlar to‘planishdi. U kishiga: «Ashobingiz 
keldi. Ular bilan suhbatlashing», deyishdi. Ibn Solim: «Yo‘q, ular mening ashobim emas, 
ular faqat majlis sohiblari bo‘lishlari mumkin. Mening ashobim xos kishilardir», deya 
javob berdilar. 
 
95. Imom Buxoriy rivoyati.
 
 
«Shath» lafzidan esa, ayrim so‘fiylar paydo qilgan kalomning ikki turini tushunamiz. 
Birinchisi, Alloh taologa bo‘lgan ishq haqidagi uzundan-uzun da’volar va zohiriy 
amallardan behojat bo‘lgan visoldir. Hatto bir guruh so‘fiylar Haqqa qo‘shilib ketgani, 
o‘rtadan pardaning ko‘tarilgani, ko‘z bilan mushohada qilgani va xitob ila so‘zlashganini 
da’vo qilishgacha borib yetgan. Ular, bizga unday deyildi, biz bunday javob berdik, 
degan so‘zlari bilan o‘zlarini shunday kalimalarni aytgani tufayli osilgan Husayn ibn 
Mansur Xallojga o‘xshatadilar va uning «Anal Haq», degan so‘zini dalil qiladilar. 
Shuningdek, Abu Yazid Bistomiyning «subhani, subhani», ya’ni, «men ayb-nuqsondan 
pokman», degan so‘zlarini keltiradilar. Bu turdagi so‘zlarning avom xalqqa katta zarari 
bor. Hatto bir guruh dehqonlar o‘zlarining dehqonchiliklarini tark qilib, shu kabi 
da’volarni izhor qila boshlashdi. Chunki bunday so‘zlar inson nafsiga lazzat beradi. Zero, 
bunday so‘zlardan kishi o‘zini buyuk maqomlarga erishgan deb hisoblab, nafsni poklash 
amallaridan chekinadi.  
 
Aqlsizlar bunday ichi po‘k, usti yaltiroq kalimalarni qabul qilishdan va ularni  o‘zlari 
uchun da’vo qilishdan tortinmaydilar. Qachon da’volari inkor etilsa, ular: «Bu e’tirozning 
manbai  ilm va bahsdan kelib chiqqan. Ilm pardalidir, bahs esa, nafsning ishi. Bunday 
so‘zlar faqatgina Haqning nurini kashf etgan botindan keladi», deb aytadilar. 
 
Bunday yomon da’volar butun o‘lkalarga yoyilib ketdi, avom xalqqa zarar yetkazdi. Hatto 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
bunday da’volarni so‘zlagan odamni qatl etish Allohning diniga o‘n kishini     kirgizishdan 
afzal bo‘ldi. Ammo Abu Yazid Bistomiydan keltirilgan yuqoridagi rivoyat sahih emasdir. 
Agar uni u kishidan aniq eshitishgan bo‘lsa, u zot Alloh taoloning so‘zini takrorlab turgan 
paytida eshitgan bo‘lishlari mumkin. U kishining: 
 
 «Darhaqiqat, Men Allohdirman. (Hech qanday) iloh yo‘q, faqat Men bordirman. 
Bas, sen Mengagina ibodat qil!» (Toha surasi, 14-oyat) deyayotganlarini 
eshitishgandir. Bunda u zotning faqat hikoya qilib aytayotganlarini tushunish lozim. 
 
Ikkinchisi, ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan shath kalimalaridir. Ularning tashqi ko‘rinishi 
chiroyli, iboralari hayratli, ammo negizida ma’nosi yo‘q. 
 
Bunday so‘zlar so‘zlovchi tarafidan tushunmagan holatda aqlning qosirligi yoki eshitgan 
so‘zining ma’nosini tushunib yetishga ilmi noqisligi tufayli xayolidagi vasvasalardan kelib 
chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu qism so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ulardan hech qanday 
naf yo‘q, ular faqat qalbni yaralaydi, aqllarni dahshatga solib, zehnlarni hayrat 
ko‘chasiga olib kiradi. Yoki unga xohlagan ma’nolarni berishga olib keladi. Natijada har 
kimning tushunchasi xohishiga ko‘ra bo‘lib qoladi. 
 
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Sizlardan birortangiz biror qavmga ular 
tushunmaydigan so‘z aytmasin, aks holda ular o‘rtasida fitna bo‘ladi», deganlar.
96
 Va 
yana: «Odamlarga ular biladigan narsalar bilan gapiringlar, ular tushunmaydigan narsani 
gapirmanglar. (Ular tushunmaydigan narsani gapirib) Alloh va Rasulini yolg‘onchi 
qilishlarini xohlaysizlarmi?» deganlar.
97
 
 
Ushbu hadis so‘zlayotgan so‘zini tushunadigan, ammo    tinglovchining ongiga yetkaza 
olmaydiganlarga tegishlidir. Endi so‘zlovchi nima deyotganini o‘ziyam tushunmasa, 
qanday bo‘ladi? Bas, tinglovchi tushunmasa, so‘zlovchi tushunadigan so‘z bo‘lsa ham, 
uni gapirish durust emas. Iso (a.s.): «Hikmatni uning ahli bo‘lmaganlar davrasiga 
tashlamanglar, hikmatga zulm qilib qo‘yasiz. Shuningdek, hikmatni hikmat ahlidan 
to‘smanglar, hikmat ahliga zulm qilib qo‘yasiz. Da’voni kasallangan joyga qo‘yadigan 
hoziq tabib kabi bo‘linglar», deganlar. Boshqa bir lafzda: «Kim hikmatni hikmat ahli 
bo‘lmaganlar oldiga qo‘ysa, johil bo‘libdi. Kim ahlini hikmatdan qaytarsa, zulm qilibdi. 
Hikmatning haqqi bor va uning ahli ham bor. Sen har bir haq egasining haqqini ber», 
deyilgan.  
 
96. Uqayliy, Ibn Sunniy Abu Nu’aymlar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. Muslim esa mavquf holda Ibn Mas’uddan rivoyat qilgan.  
97. Buxoriy mavquf holda Alidan (r.a.) rivoyat qilgan.
 
 
Tommot kalimalarga kelsak, shath haqida so‘zlaganimiz unga ham oiddir. Ammo 
tommotning yana bir o‘ziga xos jihati borki, u shar’iy lafzlarning zohiriy tushunchasini 
foyda kelmaydigan botiniy ishlarga o‘girishdir. Botiniylarning ta’villardagi odatlari kabi 
bu ish ham harom va uning zarari kattadir. Chunki lafzlar shariat sohibi tarafidan bo‘lgan 
naqlga tayanmagan holda zohiriy muqtazosidan boshqa ma’noga hech bir zaruratsiz 
o‘girilsa, ushbu o‘girish lafzlarga bo‘lgan ishonchning botilligini taqozo etadi va u sababli 
Alloh va Rasulining kalomi manfaati yo‘qoladi. Chunki u tarafdan zehnga kelgan narsaga 
ishonilmaydi, botinning esa, unga bog‘liq yeri yo‘q. Balki u haqdagi tushunchalar 
qarama-qarshi bo‘ladi va uni turli vajhlarga yo‘yish mumkin. Bu ham zarari yoyilgan 
bid’atlardandir. Uning sohiblari qilgan ta’villari orqali insonlarni hayratga solishni qasd 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə