Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
ayrim yo‘llaridan voqif bo‘lish faqat payg‘ambar yoki valiy zotlarga xosdir. Shunday 
ekan, odamlarni bu ilmdan qaytarib, shariat aytgan narsaga buyurish vojibdir. Va bu 
narsada tavfiq olishga qanoatlantiruvchi narsa bor. Qancha-qancha odamlar shu kabi 
ilmlarga sho‘ng‘ib, zarar ko‘rdilar. Agar ular chuqur ketmaganlarida, u ilm olib borgan 
narsadan ko‘ra, dindagi holatlarni yaxshiroq bilgan bo‘lardilar. Ba’zi odamlarga qush 
go‘shti, emizikli bolaga turli shirinliklar zarar qilgani kabi, ba’zi ilmlar ham ayrim insonlar 
uchun zararli ekani inkor etilmaydi. Balki ko‘p odamlarga ba’zi ishlarni bilmasligi foyda 
beradi. 
 
Hikoya qilinishicha, bir odam tabibga xotini tug‘masligidan shikoyat qilibdi. Tabib 
xotinning tomiridan ushlab ko‘rib: «Farzandsizlikni davolashga hojat yo‘q, chunki siz qirq 
kun ichida o‘lasiz», debdi. Bu gapni eshitgan xotin qattiq dahshatga tushibdi. Hayoti 
ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, barcha mollarini chiqarib, faqirlarga ulashibdi, vasiyat qilibdi, 
yemabdi, ichmabdi. Ammo tabib aytgan muddat o‘tib hamki ayol o‘lmabdi. Er tabibga 
kelib: «Xotinim o‘lmadi-ku», debdi. Shunda tabib: «Men buni bilaman, hozir borib u 
bilan qo‘shil, tug‘adi», debdi. So‘ng aytibdiki: "U ozishi uchun uni o‘lim bilan qo‘rqitdim». 
Ushbu hikoya senga ba’zi ilmlarning xatarini his qilishingdan ogohlantiradi va 
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Naf bermaydigan ilmdan Allohdan panoh 
tilaymiz»,
81
 degan so‘zlarining ma’nosini tushuntiradi. Bas, sen ushbu hikoyadan ibrat ol 
va shariat yomonlagan, qaytargan ilmlardan bahs yurituvchi bo‘lma. Sahobalarga ergash 
va sunnatga tobe’ bo‘lganlar bilan kifoyalan. Salomatlik ergashishdadir. Xatar esa 
narsalardan bahs qilish va o‘zboshimchalikdadir. Fikring, aqling, daliling, hujjating va 
gumoning bilan narsalarning haqiqatini tanish uchun bahs qilyapman, deb tortishishni 
ko‘paytirma. Ilm haqida fikr yuritishning nima zarari bor, ham dema. Albatta, u sening 
zararingga xizmat qiladi. Shundog‘ ham sen o‘zingga zarar qiladigan qancha narsalarni 
bilasan, agar Alloh taolo rahmati bilan qutqarmasa, bu bilishing oxiratda halokatga olib 
boradi. 
 
81. Ibn Abdulbar Jobirdan (r.a.) hasan sanad bilan rivoyat qilgan.
 
 
Bilgilki, tajribali tabib boshqalar bilmaydigan muolaja sirlarini bilgani kabi, payg‘ambarlar 
ham qalblarning davosini va oxirat hayoti sabablarini yaxshi biladilar. Ularning yo‘llariga 
qarshi hukm chiqarsang, halok bo‘lasan. Bir qancha kishilar borki, barmog‘iga bir yara 
chiqsa, o‘zicha uni davolamoqchi bo‘ladi. Tajribali tabib yarani tananing boshqa 
tomonidan davolashni uqtiradi. Holbuki, tomirlarning badanda qanday tarqalganini, 
joylashgan o‘rnini va tanani qanday o‘rab olganini bilmagan odam tabibning so‘zini 
aqldan yiroq sanaydi. Shuningdek, oxirat yo‘lidagi ishda, shariatning nozik maslak, odob 
va aqidalarida sir va nozikliklar bor, ularni tushunishga aqlning quvvati yetmaydi. 
 
Masalan, toshlarda ajoyib xosiyat borki, hech kimsa ohanrabo temirni qanday qilib 
tortishi sababini bilishga qodir emas.  
 
Shuningdek, aqida va amallarda ham g‘aroyibot va      ajoyibotlar bor, ular qalblarning 
musaffoligini, beg‘uborligini, tazkiyasi va Alloh taoloning (ma’naviy) qo‘shnichiligiga 
yetishish yo‘lidagi islohini ta’minlaydi. Ularning fazilatiga ro‘baro‘ bo‘lish foydasi dori-
darmonlardan ko‘ra ko‘p va kattaroqdir. 
 
Aql dorilarning manfaatini anglashga qosirlik qiladi, faqat tajribagina uni his etishga yo‘l 
ochadi. Shuning kabi aql oxirat hayotiga nima naf berishini anglay olmaydi, inchunun, 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
tajriba yo‘li bilan ham his qilish imkoni yo‘q. Agar tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lsa va 
ayrim o‘liklar qayta tirilib, bizga foydali, maqbul, Alloh taologa yaqinlashtiradigan va 
Allohdan uzoqlashtiradigan amallarni aytib bersalar edi, aqlga kifoya qilardi. (Aqida 
masalalari ham shunday.) 
 
Ammo o‘liklarning qayta tirilib, bizga xabar berishlari mumkin bo‘lmagan ish. Demak, 
aqling Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) keltirgan xabarlarni tasdiq qilishi va 
ishoralarining manbalarini anglab yetishi senga kifoya qiladi. 
 
Tasarrufdagi bundan boshqa (foydasiz) narsalardan aqlni chetlat va (Qur’on va 
sunnatni) mahkam tut. Shundagina salomat bo‘lasan, vassalom. Shuning uchun ham 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, bir ilmda jaholat va bir so‘zda ojizlik 
bor»,
82
 deganlar. Ma’lumki, ilm jaholat bo‘lmaydi. Lekin johillik kabi zarar yetkazishi 
mumkin. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: «Tavfiqning ozi 
ilmning ko‘pidan yaxshi».
83
 Iso (a.s.): «Qancha-qancha daraxtlar bor, hammasi ham 
meva bermaydi, qancha-qancha mevalar bor, hammasi ham shirin emas, qancha-
qancha ilmlar bor, barchasi birdek manfaatli emas», deganlar.  
 
82. Abu Dovud Buraydadan rivoyat qilgan. Isnodida noaniq kishi bor.  
83. Buning aslini topmadim. «Firdavs» kitobi sahibi Abu Dardodan qilgan rivoyatda zikr etgan. Alboniy zaif degan.
 
 
 
Ilmlarning o‘zgartirilgan lafzlari bayoni 
 
Bilgilki, mazmum (qoralangan) ilmlar bilan shar’iy ilmlarning aralashib ketishi natijasida 
mahmud (maqtovli) ilmlarning nomlari buzildi, o‘zgardi, fosid maqsadlar sababli o‘tmish 
solihlar so‘zlarini asl ma’nosidan boshqa ma’nolarga ko‘chirish kelib chiqdi. 
 
Asl ma’nosi o‘zgargan lafzlar beshta: «fiqh», «ilm», «tavhid», «tazkir» va «hikmat». 
Ular mahmud ismlardir. Ular bilan din arboblari vasf etilgan. Lekin hozir bu lafzlar 
mazmum ma’nolar kasb etishi tufayli kishilar ushbu nom bilan sifatlanuvchidan 
nafratlanadi.  
 
Birinchi lafz: «Fiqh». Bu nomga boshqa ma’nolar yuklanmay, ayrim masalalarga 
xoslab qo‘llangan. Zero, u fatvolarda kam uchraydigan far’iy masalalarni tanish, uning 
nozik illatlaridan va u haqda so‘zni ko‘paytirishdan tiyilish, unga aloqador bo‘lgan 
fikrlarni yod olishga aytilgan. Kim o‘sha far’iy masalalarga qattiqroq kirishgan va ko‘proq 
shug‘ullangan bo‘lsa, faqih deyilgan. 
 
«Fiqh» so‘zi ilk (hijriy) asrda mutlaq oxirat ilmiga, amallarni buzuvchi narsalarni va nafs 
ofatlarining nozik jihatlarini tanishga, dunyo faqirligini kuchli  anglab, oxirat ne’matlari 
sari qattiq intilishga va qalbiga xavfni ustun qilishga qo‘llangan. Bunga Alloh taoloning:  
 
«Dinni o‘rganib, qavmlari ularning oldilariga qaytgan   vaqtlarida, u qavmlar 
Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani 
(qolmaydilarmi)?!» (Tavba surasi, 122-oyat) degan so‘zi dalolat qiladi. Oyati 
karimadan hosil bo‘lgan ma’no taloq, ‘itoq, li’on, salam va ijaraning far’iy masalalari 
emas, balki Allohning azobidan ogohlantirish va qo‘rqitishdir. Bu far’iy masalalar bilan na 
ogoh qilish va na  qo‘rqitish  hosil bo‘ladi. Balki ularni o‘rganishga kirishib ketish ko‘rib 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə