Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
yo‘lda ketayotsalar, bir odam sherigiga u kishini ishora qilib: «Bu odam kechaning 
hammasini bedor o‘tkazadi», debdi. Shundan keyin u zot: «Ibodatda o‘zimda yo‘q narsa 
bilan vasf etilishdan Alloh taolodan hayo qilaman» deb kechaning hammasini bedor 
o‘tkazganlar. 
 
U kishining zohidliklari haqida Robi’ ibn Osimdan rivoyat etiladi: «Yazid ibn Umar ibn 
Hurayra u kishining Baytulmolga hokim bo‘lishlarini istab, meni u kishining huzurlariga 
yubordi. Kelib aytsam, u kishi rozi bo‘lmadilar. So‘ng Yazid Abu Hanifani yigirma darra 
urdirdi». 
 
U zotning rahbarlikdan tiyilishlariga va azobni ko‘tarishlariga nazar tashla. 
 
Hakam ibn Hishom Saqafiy aytadi: «Menga Shomda Abu Hanifa (r.a.) haqlarida aytib 
berishdi. U kishi omonatdorlikda odamlarning eng buyugidir. Sulton u kishiga davlat 
g‘aznasiga hokim bo‘lishni, yo‘qsa, gardanlariga darra urishini aytganida, Alloh taoloning 
azobidan sultonning azobini afzal ko‘rdilar». 
 
Ibn Muborak (r.a.) huzurida Abu Hanifa (r.a.) zikr etilganida, «Dinidan qo‘rqib, undan 
qochgan odamni aytyapsizlarmi?» deganlari rivoyat qilinadi.  
 
Muhammad Shujo’ ayrim do‘stlaridan rivoyat qiladi: «Imom Abu Hanifaga: «Amirul 
mo‘minin Abu Ja’far Mansur sizga o‘n ming dirham berishni buyurdi», deyishganida, Abu 
Hanifa (pulni olishga) rozi bo‘lmadilar. Pul olib kelinadigan kun u zot subh namozini 
o‘qidilar, so‘ng (hech kim bilan gaplashmay) kiyimlariga o‘ranib oldilar. So‘ngra elchi 
Hasan Qahtaba pulni olib kelib, huzurlariga kirdi, lekin u bilan gaplashmadilar. U 
kishining huzurlaridagilardan biri: «O‘zi biz bilan ham onda-sonda gaplashadilar», dedi. 
Shunda elchi: «Mana bu pullarni xaltachaga solib, uyning bir chekkasiga qo‘yib 
qo‘yinglar», dedi. Keyin Abu Hanifa (r.a.) o‘g‘illariga uydagi mol-mulklari xususida 
vasiyat qilar ekanlar: «Men o‘lsam, meni dafn qilganing zahoti bu o‘n ming dirhamni 
Hasan Qahtabaga olib borib ber va Abu Hanifaga qoldirib ketgan omonatingizni oling», 
deb ayt», dedilar. O‘g‘illari (Hammod): «Men otam aytganlarini bajardim. Shunda 
Hasan: "Alloh otangizni rahmat qilsin, u kishi dinlariga juda xasis edilar», dedi». 
 
Rivoyat qilinishicha, u kishi qozilik mansabiga taklif qilinganlarida: «Men bu vazifaga 
loyiq emasman», dedilar. Yolg‘on aytyapsiz, degandek, «Nima uchun?» deyishdi. 
Shunda u kishi: «Agar rostgo‘y bo‘lsam, haqiqatdan qozilikka yaramayman. Agar (sizlar 
o‘ylayotgandek) yolg‘on so‘zlayotgan bo‘lsam, yolg‘onchi qozilikka yaramaydi», dedilar. 
 
U kishining oxirat yo‘lini, din ishlarini va Alloh taoloni tanishlariga dunyodagi zuhdlar va 
Alloh taolodan qattiq qo‘rqishlari dalolat qiladi. 
 
Ibn Jurayj (r.a.): «Menga sizlarning Kufangizdagi No‘’mon ibn Sobitning Alloh taolodan 
qattiq qo‘rquvchi ekani xabari keldi», deganlar. 
 
Sharik an-Naxa’iy (r.a.): «Abu Hanifa (r.a.) uzoq sukunatli, doimiy tafakkurda bo‘lgan 
va odamlar bilan kam so‘zlashuvchi kishi edi», deganlar. Ushbu sifatlar u kishining 
botiniy ilmiga va din hikmatlari bilan mashg‘ul bo‘lganlariga ravshan alomatdir.  
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
Kimga sokinlik va zuhd berilgan bo‘lsa, demak unga ilmning barchasi berilibdi. Ushbu 
aytilganlar uch buyuk imomning holatlaridan bir parchadir. 
 
Ammo Imom Ahmad ibn Hanbal va Sufyon Savriyga (r.a.) ergashuvchilar u uch imomga 
ergashuvchilardan ozdir. Sufyonning tobe’lari Ahmad ibn Hanbalnikidan ham ozroq. 
Lekin u ikkovlarining taqvo va zuhd bilan mashhurliklari barchaga ma’lum. Bu kitob u 
ikki zotning so‘zlari va amallari hikoyasiga  to‘la. Shuning uchun hozir buni yoritib 
o‘tirishga hojat yo‘q. Endi sen uch imomning siyratiga boq, ularning holatlari, so‘zlari va 
dunyodan yuz o‘girib, qilgan ishlarini, Alloh taolo uchun har narsadan o‘zlarini xalos  
etganlarini taammul qil. 
 
Fiqhning far’iy juz’lari bo‘lgan salam, ijara, zihor, iylo’, li’on ilmlarini bilishning o‘zigina 
beradimi yoki undan oliyroq va sharafliroq boshqa ilmmi?! Sen ushbu imomlarga iqtido 
qilganlik da’vosidagilarga nazar tashla, ular da’volarida sodiqmi, yo‘qmi?! 
 
  
Uchinchi bob 
 Omma mahmud hisoblagan, ammo mahmud bo‘lmagan ilmlar haqida 
 
Ushbu bobda ayrim ilmlarning gohida mazmum (qoralangan) bo‘lishi, fiqh, tavhid, tazkir 
va hikmat kabi ilmlar nomlarining o‘zgarishi, shar’iy ilmlarning mahmud va mazmum 
bo‘lgani miqdori bayon etiladi.  
 
Mazmum bo‘lgan ilmni yomonlash illatining bayoni 
 
Ehtimol sen: «Narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha bilmoq, tanimoq ilmdir. Va u 
Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Endi qanday qilib, narsa ilm, shu bilan birga, yana 
mazmum ham bo‘ladi», deyishing mumkin. Bilgilki, aynan ilmning o‘zi qoralanmaydi, 
balki uchta sababning biri tufayli bandalar qoralanadi. 
 
Birinchi sabab – ilm o‘z sohibini yoki boshqalarni qandaydir zararga olib borishi. 
Masalan, sehr va tilsim  ilmlari, haq bo‘lsa-da, shu sabab tufayli yomonlanadi. Zero, 
Qur’oni karim sehrning borligiga guvohlik bergan. U erxotin o‘rtasini ajratib yuborishga 
sababdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham sehr qilinganlar
77
 va u sababli 
kasal bo‘lganlar. Bu haqda Jabroil (a.s.) Payg‘ambarimizga xabar bergan va u zot quduq 
tagidagi toshdan sehrni chiqarganlar. Sehr inson javharlarining xosiyatlari va 
yulduzlarning chiqishlarini hisob-kitob qilish orqali o‘rganiladigan ilmdir. Xosiyatlari 
ma’lum bo‘lgan javhardan sehr qilinadigan shaxsning shakli yasaladi va ma’lum 
yulduzlarning vaqti ko‘rib turiladi. Yulduzlar chiqishi bilan shariatga zid, kufr va fahsh 
so‘zlar o‘qiladi. Shu duo tufayli shaytonlardan yordam so‘raladi. Natijada Alloh taoloning 
joriy odati bilan sehr kishida g‘ayri oddiy holatlarni yuzaga keltiradi. Sehr ushbu 
sabablarni o‘rganish jihatidan mazmum emas, balki uni ishlatish faqat xalqqa zarar 
yetkazgani uchun yomondir. Yomonlikka vosita bo‘lgan narsa ham yomon sanaladi. 
Ilmning mazmum bo‘lishiga shu narsalar sabab bo‘ladi.  
 
77. Muttafaqun alayh.
 
 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə