Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Bir odam Allohning  bir valiyini o‘ldirish uchun quvayotgan bo‘lsa, u valiy pana joyga 
yashirinib olsa, zolim uning yashiringan joyini so‘rasa, aytib berish joiz emas. Balki 
aldash vojibdir. Uning yashiringan joyini aytish zararga olib borgani uchun mazmumdir.  
 
Ikkinchi sabab – ilm o‘z sohibiga (foydadan ko‘ra) ko‘proq zararli bo‘lishi. Masalan, 
nujum – yulduzlar ilmi. Bu ilmning ham aynan o‘zi mazmum emas.  
 
Nujum ilmi ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism  hisob-kitob ilmi. Binobarin, Qur’oni karim 
oy va quyoshning sayr qilishi hisob-kitobli ekanini so‘zlagan. Alloh taolo:  
 
«Quyosh ham, oy ham aniq hisob kitob bilan (joriy bo‘lur): «Biz oyni ham toki 
u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib, hilol holiga kelib) qolgunicha bir 
necha manzilga belgilab tayinlab qo‘ygandirmiz», degan.  
 
Ikkinchi qism  hukmlar ilmi. Bu ilm bilan shug‘ullanish borliqdagi ro‘y berayotgan voqea-
hodisalarning sababiga bog‘lab dalil chiqarishga olib boradi. Va u Alloh taoloning 
maxluqlari ustida odati va sunnatining joriy bo‘lishini bilishdan iborat. Lekin bu ilmni 
shariat mazammat qilgan. 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar qadar zikr qilinsa, tilingizni tiying, 
yulduzlar zikr qilinsa, tilingizni tiying va mening sahobalarim zikr qilinsa, (ular haqida 
yomon so‘z so‘zlashdan) tilingizni tiying», deganlar.
78
 Va yana: «Men ummatimga 
o‘zimdan keyin uch narsa kelishidan qo‘rqaman: imom (rahbar)lar zulmi, yulduzlarga 
ishonish va qadarni yolg‘onga chiqarish», deganlar.
79
 
 
Umar ibn Xattob (r.a.): «Quruqlik va dengizda yo‘l topadigan miqdorda yulduzlar ilmini 
o‘rganing, so‘ng qolganidan o‘zingizni tiying», deganlar. Qolganini bilishdan qaytarishlari 
uch jihatga ko‘ra: 
 
Birinchi jihat: u xalqning ko‘pchiligiga zarar yetkazadi. Chunki odamlarga falon yulduzlar 
harakati orqasidan mana bu hodisalar paydo bo‘ldi, deyilsa, ularning qalblariga mana 
shu yulduzlar hodisalarga ta’sirini o‘tkazuvchi va tasarruf qiluvchi ilohlar ekan, degan 
tushuncha o‘rnashib qoladi. Natijada qalb shu tushunchaga o‘ralib, yaxshilik va 
yomonlikning bo‘lish-bo‘lmasligini yulduzlarga bog‘liq deb biladi. So‘ng Alloh taoloning 
zikri qalbidan o‘chadi. Zaif kishi nazarini sabab-vositalar bilan cheklab qo‘yadi.  
 
Ilmda mustahkam bo‘lgan kishi esa quyosh, oy va yulduzlar Alloh taoloning amriga 
bo‘ysundirilgan deb biladi. 
 
78. Tabaroniy Ibn Mas’uddan hasan isnod bilan rivoyat qilgan. 
79. Ibn Abdulbar Abu Mihjandan zaif isnod ila rivoyat qilgan. Alboniy sahih degan.
 
 
Zaifning nazari bunday: U quyosh chiqsa, nuri taraladi deb biladi. Xuddi chumoli 
qog‘ozning ustiga chiqib qolib, yozilayotgan qora harflarni qalamning ishi deb o‘ylagani 
singari. Uning tushunchasi barmoqlarni, barmoqdan so‘ng qo‘lni, qo‘ldan so‘ng uni 
harakatga keltiruvchi irodani, undan so‘ng yozishni iroda qiluvchi qobiliyatli kotibni, 
undan so‘ng yozayotgan qo‘lga qobiliyatni va xohish-irodani bergan zotni mushohada 
qilishga yetmaydi. 
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Ko‘pchilikning tushunchasi eng quyidagi sabablarni ko‘rish bilan cheklangan. 
Sabablarning sababchisini ko‘ra bilishga aqllari qosirdir. Binobarin, mana shu narsa 
nujum ilmini o‘rganishdan qaytarish sabablaridan biridir. 
 
Ikkinchi jihat: yulduzlarga qarab hukm chiqarish taxminiydir, u birorta shaxs haqida aniq 
yoki gumonli (yaqiyn va zon) xabar bermaydi. Taxmin bilan hukm chiqarish esa, jaholat 
bilan hukm chiqarishdir. Shunga ko‘ra, bu ilm  yulduzlar ilmi bo‘lgani uchun emas
jaholat bo‘lgani uchun yomonlanadi. 
 
Xabarlarda yulduzlar ilmini bilish Idris alayhissalomga  mo‘’jiza qilib berilgani aytilgan. U 
kishidan so‘ng bu ilm insonlardan uzoqlashib, yo‘q bo‘lib ketdi. Munajjimlarning ayrim 
hollarda qilgan taxminlarining rost chiqishi faqat muvofiq kelib qolish bilan bog‘liq. 
Chunki munajjim ba’zi sabablarni biladi. Vaholanki, inson haqiqatni bilolmaydigan 
ko‘pgina shartlar borki, ularning orqasida musabbab (sababning natijasi) hosil bo‘ladi. 
Munajjim bilgan sabab Alloh taolo taqdir qilgan sabablarga to‘g‘ri kelsa, taxmini to‘g‘ri 
chiqadi. Yo‘qsa, xato qiladi. Bu hol to‘p-to‘p bulutlarning ketma-ket kelayotganini 
ko‘rganda, insonning bugun yomg‘ir yog‘adi, degan taxminiga o‘xshaydi. Gohida bulutlar 
tarqalib, kun isib ketadi, gohida aksi bo‘ladi. Chunki bu yerda inson bilmaydigan boshqa 
sabablar ham bor, yolg‘iz bulutning o‘zi yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lolmaydi. Yoki 
dengizchi shamollar haqidagi tajribasiga tayanib, kema falokatga yo‘liqmaydi, deb 
taxmin qiladi. Ammo shamollarda maxfiy sabablar borki, dengizchi ularni bilmaydi. 
Gohida uning taxmini to‘g‘ri chiqadi, gohida xato.  
 
Xullas, shu illatlar tufayli ham yulduzlardan so‘zlash man’ etiladi.  
 
Uchinchisi: foydasi bo‘lmagan jihat. Chunki yulduzlar ilmining hisob-kitob va yo‘l 
topishdan ortiqchasini o‘rganish samarasiz narsaga sho‘ng‘ish va insonning eng qimmat 
boyligi bo‘lmish vaqtni foydasiz narsaga zoe’ ketkazishdir va bu narsa zararlarning 
dahshatlisidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir odamni ko‘pchilik o‘rab olganini 
ko‘rib, buning sababini so‘radilar. Odamlar: «Katta olim kishi ekan», deyishdi. Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi masalada?» deb savol qildilar. Ular: «She’r va arab 
nasablari bo‘yicha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): 
«Foyda bermaydigan ilm va zarar qilmaydigan johillik», dedilar. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) so‘ng aytdilarki:  «Ilm  muhkam oyat, qoyim sunnat va odil faroiz 
(ya’ni, meros taqsimlash) ilmidir»
80
. Demak, yulduzlar ilmiga va shunga o‘xshashlarga 
kirishish jaholatga sho‘ng‘ish ekan. Alloh taoloning taqdir qilgani, albatta bo‘ladi, uni 
qaytarish mumkin emas.  
 
Tib ilmi bundan mustasno, chunki unga hojat tushib turadi va uning ko‘pgina dalillarini 
bilish imkoni bor. Tush ta’biri ham mustasno, garchi u taxminga suyansa ham. Chunki 
tush payg‘ambarlikning qirq oltidan bir bo‘lagi bo‘lib, unda hech qanday xatar yo‘q.  
 
80. Ibn Abdulbar Abu Hurayradan rivoyat qilib, zaif degan. Hadisni oxirgi qismini Abu Dovud, Ibn Moja va Hokimlar rivoyat qilishgan. 
Zahabiy va Alboniylar zaif deyishgan.
 
 
Uchinchi sabab – ilmga foydasiz sho‘ng‘ish. Bu ish ham ba’zi o‘rinlarda mazmumdir. 
Ilmning asosiylari qolib, noziklarini, ochiq-oydinidan avval maxfiylarini o‘rganish, ilohiyot 
sirlaridan bahs qilish shunga misol bo‘ladi. Faylasuflar va mutakallimlar qanchalik 
kirishmasinlar, ilohiy sirlarni mustaqil o‘zlari bila olmaydilar. Bu ilmga yetish va uning 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə