Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Imom Molik rahmatullohi alayh 
 
Bu zot ham mazkur besh xislat bilan ziynatlangan edilar. 
 
U zotdan bir kuni: «Ey Molik, ilm tolibi haqida nima deysiz?»  deb so‘rashdi. «Yaxshi, 
chiroyli hamda erta tongdan to kechga qadar senga kerak bo‘ladiganini o‘rgan», deb 
javob berdilar.  
 
U kishi din ilmini o‘ta ehtirom qilardilar. Hatto hadis aytmoqchi bo‘lsalar, tahorat qilib, 
to‘shak ustiga o‘tirib, soqollarini tarab, xushbo‘yliklar sepib, o‘rinlariga viqor va haybat 
bilan o‘rnashib, so‘ng aytar edilar. «Nega unday qilasiz?» deb so‘rashganda, u zot: 
«Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) so‘zlarini ehtirom qilishni yaxshi ko‘raman», 
deganlar.  
 
Imom Molik (r.a.) aytadilar: «Ilm nurdir. Alloh u nurni xohlaganiga beradi. U nur ko‘p 
hadis rivoyat qilishga bog‘liq emas». Bu ehtirom va ta’zim Alloh taoloning ulug‘ligini juda 
yaxshi taniganlariga dalolat qiladi. 
 
Ilm tufayli Alloh taoloning rizosini iroda qilishlariga u kishining: «Din haqida bahs-jadal 
hech narsa emas» (ya’ni, insonga hech qanday naf bermaydi), degan so‘zlari dalolat 
qiladi. Yana, Imom Shofe’iyning: «Molikdan qirq sakkizta savol so‘raganimda, o‘ttiz 
ikkitasiga «bilmayman», deb javob berdi», degan gaplari ham dalolatdir. 
 
Kim ilmi bilan Alloh taoloning rizosidan boshqa narsani xohlasa, uning nafsi 
«bilmayman» degan iqrorni aytishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ham Imom Shofe’iy 
(r.a.): «Agar ulamolar zikr qilinsa, ular ichida Molik uchar yulduzdir. Men uchun 
Molikdan ko‘ra ishonchliroq odam yo‘q», deganlar. 
 
Rivoyat qilishlaricha, Xalifa Abu Ja’far Mansur Imom Molikka «xotinini majburlab taloq 
qilish» haqidagi hadisni aytishni man’ qildi. So‘ng ortlaridan ushbu hadisni so‘rash uchun 
xufya odam yubordi. O‘sha odam so‘ragan edi, bir to‘p odamlar ichida: «Majburlangan 
odamning qilgan talog‘i taloq hisoblanmaydi», deb javob berdilar. Shundan so‘ng Xalifa 
u zotga darra urdirdi, lekin u zot o‘sha hadisni rivoyat qilishni tark etmadilar. 
 
Imom Molik (r.a.) aytadilar: «Kishi yolg‘on gapirmasa, so‘zi rost bo‘lsa, Alloh taolo uning 
aqlini foydali qilib qo‘yadi va qariganda ham uni ofat va aql xastaligidan asraydi». 
 
U kishining dunyodagi zuhdlariga quyidagi rivoyat dalolat qiladi: 
 
Amirul mo‘minin Mahdiy  u kishidan: «Hovlingiz bormi?» deb so‘radi. U kishi: «Yo‘q, 
lekin sizga hovli haqida bir hadis aytib beraman. Men Rabi’a ibn Abu Abdurahmonning: 
«Kishining nasabi uning hovlisidir», deganini eshitganman», deb javob berdilar. Horun 
ar-Rashid u kishidan: «Uy-joyingiz bormi?» deb so‘radi. «Yo‘q», dedilar. Shunda Xalifa 
uch ming dinor berib, uy sotib oling, dedi. Imom Molik pulni oldilar, lekin uni 
ishlatmadilar. Horun ar-Rashid hajdan qaytayotganida Imom Molikka: «Siz biz bilan 
ketmog‘ingiz lozim. Chunki Hazrati Usmon (r.a.) odamlarni bir Qur’onga to‘plaganlari 
kabi, men ham odamlarni «Muvatto»ga to‘plashga qasd qildim», dedi. Shunda Imom 
Molik Xalifaga: «Odamlarni «Muvatto»ga to‘plashga yo‘l yo‘q. Chunki Rasulullohdan 
(sollallohu alayhi vasallam) so‘ng u zotning sahobalari turli diyorlarga tarqalib ketgan, u 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
yerlarda hadis aytganlar. Har bir shaharning olimi bor. Binobarin, Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam): «Ummatimning ixtilofi rahmatdir», deganlar.
74
 Siz bilan ketishga ham 
yo‘l yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar bilsalar, Madina ular uchun 
yaxshidir», deganlar.
75
 Va yana: «Bosqon temirning zangini ketkizganidek, Madina ham 
odamlar gunohini ketkizadi», deganlar.
76
 Mana, sizning dinorlaringiz, shundayligicha 
turibdi, xohlang oling, xohlang olmang. Siz bergan narsangiz evaziga Madinadan 
ajrashni taklif qilyapsiz. Lekin men butun dunyoni Madinaga almashtirmayman», dedilar. 
Imom Molikning dunyodagi zuhdlari mana shunday edi. Turli tomondan kelgan molk-
mulklarni yaxshilik yo‘lida tarqatib yuborar edilar. U kishining saxovatpeshaliklari 
dunyoga muhabbatlari ozligi va zuhdlari yuksakligiga dalolat qiladi. Zohidlik mol-mulkni 
yo‘q qilish emas, balki unga muhabbat qo‘yishdan forig‘ bo‘lishdir. Inchinun, Sulaymon 
(a.s.) ham o‘z mulkida zohidlardan edilar. Imom Molik dunyoni xaqir sanaganlar. Imom 
Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Men Imom Molikning eshiklarida Xurosonning zotdor, chopqir 
otini va Misrning chiroyli xachirini ko‘rdim. Shunda Imom Molikka: «Muncha chiroyli», 
dedim. U kishi: «U senga mendan hadya bo‘lsin, ey Abu Abdulloh», dedilar. Men: 
«O‘zingizga qolsin, kerakli ulov», dedim. Shunda u kishi: «Men Allohning payg‘ambari 
(sollallohu alayhi vasallam) yotgan tuproqni ulov tuyoqlari bilan bosishga Alloh taolodan 
uyalaman», dedilar» 
 
74. Hadis. 
75. Muttafaqun alayh. 
76. Muttafaqun alayh.
 
 
U kishining saxovatlariga nazar tashla, zero, Madinaning tuprog‘ini e’zozlaganlaridan 
mollarini birdan hadya  qilib yubordilar. 
 
Ilmlari bilan Alloh taolo rizosini iroda qilganlari va dunyoni haqir sanaganlariga quyidagi 
rivoyat dalolat qiladi. U kishi aytadilar: «Men Horun ar-Rashid huzuriga kirsam, u: «Ey 
Abu Abdulloh, biznikiga tez-tez kelib turing, farzandlarimiz sizdan «Muvatto»ni eshitib 
turishsin», dedi. Men: «Mavloyimiz Amirul mo‘mininni Alloh taolo aziz qilsin. Bu ilm (asli) 
sizlardan (ya’ni, qurashiylardan) tarqalgan. Agar sizlar uni e’zozlasangiz, u aziz bo‘ladi, 
agar uni xorlasangiz, xor bo‘ladi. Ilmning huzuriga kelinadi, ammo ilm birovning 
huzuriga bormaydi», dedim. Shunda Xalifa: «To‘g‘ri so‘zladingiz», dedi va farzandlariga: 
«Masjidga chiqinglar, odamlar bilan birga (Imom Molikning darsini) eshitinglar», deb 
buyurdi». 
 
 
Imom Abu Hanifa hazratlari 
 
Bu muborak zot (r.a.) ham obid, zohid, orif, taqvodor, ilmi bilan Alloh taoloning rizosini 
istagan zot edilar. 
 
U zotning obidliklari ushbu rivoyatlardan ham bilinadi. Ibn Muborak aytadilar: «Abu 
Hanifa (r.a.) muruvvatli edi, ko‘p namoz o‘qirdi». 
 
Hammod ibn Abu Sulaymon: «Abu Hanifa (r.a.) kechaning hammasini bedor o‘tkazar 
edilar», deb naql qilgan. 
 
Rivoyat qilinishicha, Imom A’zam avvalida kechaning yarmini bedor o‘tkazganlar. Bir kun 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə