Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Islomga yangi kirgan odamning kufrga kirib ketishidan qo‘rqib, kofirlarga aralashishdan 
qaytarilganiga o‘xshaydi. 
 
Ikkinchisi: Mantiq ilmi. Bu ilm dalil va uning shartlari, had va uning darajalari haqida 
bahs yuritadi. 
 
Uchinchisi: Ilohiyot ilmi. U Alloh subhonahu va taoloning zoti va sifatlari haqida bahs 
yurituvchi fandir. Bu fan kalom ilmi sanaladi. Faylasuflar ilohiyat fanidan ayri bir ilm 
yaratib, ajrab chiqishmagan. Balki ayrimlari kofir, ayrimlari bid’atchi bo‘lib, mazhablarga 
bo‘linib ketishgan. Mu’tazila mustaqil ilm emas, balki uning ahli mutakallimlar, 
bahslashuvchilar va mutafakkirlardan iborat toifadir. Ular ham botil mazhablarga ajrab 
ketganlar. Faylasuflar ham xuddi shunday. 
 
To‘rtinchisi: Tabiiy fanlar ilmi. Bulardan ba’zilari shariat va dinga teskari keladi. Ular ilm 
emas, balki jaholatdir. Yana ba’zilari borliqdagi jismlarning xususiyatini, qanday qilib 
boshqa shaklga o‘tishlari va o‘zgarishlarini tadqiq qiladi. Bu narsa tabiblarning qarashiga 
o‘xshaydi. Faqat tabiblar inson tanasiga qanday kasallanish va qanday sog‘ayish 
xususiyatlari jihatidan, tabiiy fan olimlari esa, jismlarning o‘zgarishi va harakatlanishi 
jihatidan qaraydilar. Lekin tabibning ulardan afzalligi bor, chunki tabib inson salomatligi 
uchun harakat qiladi. Ammo tabiiy fan olimlarining ilmiga hojat yo‘qdir. U ilmlarni 
o‘rganishga ruxsat berilgani esa, bid’atchilarning xom xayollaridan avom xalqning 
e’tiqodlarini asrash uchundir. Xullas, kalom ilmining paydo bo‘lishi bid’atchilarning 
chiqishi bilan bog‘liq. Binobarin, arablarning zulmi va ularning yo‘lto‘sarliklari paydo 
bo‘lishi bilan hajga boruvchilar yo‘liga qo‘riqchilar ijaraga olina boshladi, agar arablar 
dushmanchiliklarini tark etsalar, qo‘riqchini ijaraga olish shart bo‘lmas edi. Bid’atchi ham 
o‘zining botil da’volarini tark qilsa, sahobalar davridagi ilmlar kifoya qilib, kalom ilmini 
o‘rganishga extiyoj tug‘ilmasdi. Shunday ekan, mutakallimlar dindagi darajasini bilsin. 
Ularning dindagi o‘rni haj yo‘lidagi qo‘riqchi kabidir. Agar qo‘riqchi faqat qo‘riqchilik 
uchun mas’ul bo‘lsa, u hojilar qatorida bo‘lmaydi. Mutakallim ham oxirat yo‘lidan 
yurmasa, qalbini yomonliklardan asramasa, uning salohiyati bilan shug‘ullanmasa, faqat 
munozara va mudofaa uchun harakat qilsa, din ulamolari safida bo‘lmaydi. 
Mutakallimning dindagi ulushi faqat aqida bo‘lib, unga avom xalq ham sherikchilik qiladi. 
Bu (ya’ni, aqida) qalb va tilning zohiriy amallaridan iboratdir. Mutakallim avom xalqdagi 
sog‘lom aqidani qo‘riqlashi va mujodala qilishi bilan ajralib turadi. Alloh taoloni Uning 
sifatlari va af’ollarini tanish va mukoshafa ilmidagi biz ishora qilgan narsalar kalom 
ilmining barcha jihatlarini o‘rganishdan hosil bo‘lmaydi. (Hatto kalom ilmi bularni 
o‘rganishdan to‘sib, mone’lik qilishi ham mumkin.) Albatta, unday ma’rifatga Alloh 
subhonahu va taolo hidoyatga debocha qilib qo‘ygan mujohada (nafsga qarshi 
kurashish) bilan yetiladi. Shuning uchun Alloh taolo: 
 
«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan – kurashgan zotlarni, albatta, O‘z 
yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan 
birgadir» (Ankabut, 69-oyat), degan. 
 
Agar sen: «Mutakallimlar avom xalqning aqidasini bid’atchilardan qo‘riqlovchi, dedingiz, 
ularning darajasini esa, arab yo‘lto‘sarlarining hujumidan hojilarning mol-mulklarini 
himoya qiluvchilarga qiyosladingiz. Bu bilan faqihning darajasini sulton kabi ba’zi 
odamlar ba’zilariga qiladigan dushmanchiligini to‘sadigan qonunning nazoratchisi qilib 
ko‘rsatdingiz, holbuki, qo‘riqchilik va nazoratchilik din ilmiga nisbatan ancha past daraja. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Millatning fazilat bilan mashhur bo‘lgan ulamolari faqihlar va mutakallimlardir. Ular Alloh 
taolo huzurida xalqning afzalidirlar. Qanday qilib, din ilmiga mansub zotlarni past 
darajaga tushirib qo‘ydingiz», desang, bilgilki, kim haqni shaxslar bilan tanisa, u zalolat 
sahrolarida hayratga tushib qolibdi. Agar haq yo‘lda yursang, haqni tanisang, haqni 
tamsil etganlarni ham  taniysan. 
 
Agar sen odamlar o‘rtasida yuksak darajalari bilan mashhur bo‘lgan kishilarga boqib, 
ularga taqlid qilish bilan qanoatlansang, sahobalarning yuksak martabalaridan g‘aflatda 
qolasan. Men zikr qilib o‘tgan olimlar sahobalarni (barcha ilm sohiblaridan) oldinda 
ekanliklariga ijmo’ qilishgan. U zotlarning dinda peshqadamliklari kalom va faqih ilmi 
tufayli emas, balki oxirat ilmi va uning yo‘lidan yurganliklari tufaylidir. 
 
Abu Bakrning (r.a.) boshqalardan ustunliklari ko‘p ro‘za tutish, ko‘p namoz o‘qish yoki 
ko‘p hadis rivoyat qilish, fatvo berish yoki gapirish boisidan emas, balki qalblariga 
mustahkam o‘rnashgan narsa tufaylidir. Bunga Rasullar sayyidi (sollallohu alayhi 
vasallam): «Abu Bakrning fazli namoz va ro‘zaning ko‘pligi bilan emas...» deya guvohlik 
berganlar.
73
 Demak, sen Abu Bakrni ana shu cho‘qqiga olib chiqqan sirni bilishga qiziq. U 
sir nafis javhar, yashiringan yoqutdir. Sen ifodasi cho‘zilib ketadigan, turtki va sabablar 
tufayli izzat-hurmat qilinadigan narsani tashla. 
 
73. Termiziy Abdulloh ibn Muzaniydan rivoyat qilgan.
 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) vafot qilganlarida ortlarida  Allohni tanigan 
minglab olim zotlar-sahobalar qoldi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni 
maqtaganlar. Vaholanki, ularning birortasining kalom ilmidan xabari yo‘q edi, bir 
nechtasidan boshqasi fatvoga o‘zini loyiq bilmasdi. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) biror 
masala so‘ralsa, u zot: «Falonchi amirdan borib so‘ra. Chunki muammo va hukmlarda 
xulosa chiqarib, fatvo berish valiy va sultonlarning ishi», der edilar. 
 
Hazrati Umar (r.a.) vafot etganlarida Ibn Mas’ud: «Ilmning o‘ndan to‘qqiz qismi ketdi», 
dedilar. U kishiga: «Oramizda shunday sahobalar turib, shunday deysizmi?» 
deyishganida, u zot: «Men fatvo va hukm chiqarishni ko‘zda tutmayapman. Balki  Alloh 
taoloni tanish ilmini aytyapman», deb javob berdilar. 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) ushbu so‘zlari bilan kalom va jadal (munozara) ilmini ko‘zda tutgan 
deb o‘ylaysanmi? Nima uchun Hazrati Umarning vafoti bilan o‘ndan to‘qqizi o‘lgan ilmni 
o‘rganishga qiziqmayapsan? Vaholanki, kalom va jadal ilmining eshigini yopgan u 
kishidir. Sabi’ ibn Sharik degan kishi, ikki oyati karima bir-biriga qaramaqarshi kelyapti
deb savol berganida, unga darra urib, Basraga surgun qilganlar va odamlarni undan 
uzoqroq yurishga buyurganlar. 
 
Mutakallim va faqihlarni mashhur olimlar, deyishingga kelsak, bilgilki, Alloh huzuridagi 
fazilatga yetish bilan odamlar orasida erishiladigan obro‘-shuhrat boshqa-boshqa narsa. 
Abu Bakr Siddiqning (r.a.) shuhratlari u kishining xalifaliklari sababli, ammo fazilatlari 
esa, qalblarida e’zozlangan sir tufayli bo‘lgan. 
 
Hazrati Umarning (r.a.) shuhrati siyosatlari tufayli, fazilatlari esa, vafotlari ila o‘ndan 
to‘qqizi o‘lgan Alloh taoloni tanish ilmi bilan edi. U kishining adolati va xalqqa nisbatan 
mehribonligi Alloh taologa yaqinlik hosil qilish uchun edi. Bu narsa Umarning (r.a.) ichida 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə