Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Namoz, zakot, halol-harom masalalaridaki tutgan yo‘li shu bo‘lganidan keyin qolgan 
narsalar o‘z-o‘zidan namoyon bo‘ladi. 
 
64. Ibn Moja hasan isnod rivoyat qildilar.
 
 
Islomiyat masalasini olsak, faqih durust va nodurust narsalar, Islomning shartlari haqida 
gapirar ekan, tildan boshqasiga e’tibor bermaydi. Qalb ishi faqihning tasarrufidan 
tashqaridadir. Zero, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) qilichdan qo‘rqib musulmon 
bo‘lgan kishini o‘ldirgan sahobaga: «Sen uning qalbini yorib  ko‘rdingmi?!»
65
 deb qalb 
ishini saltanat va qilich sohiblari tasarrufidan ajratganlar. Faqih qilichdan qo‘rqib bo‘lsa-
da, kalimai shahodat keltirgan kishini musulmon  deb hukm qiladi. Shu bilan birga, faqih 
qilichdan qo‘rqish uning niyatini oshkor qilmaganini, qalbidan jaholatu hayrat pardasini 
ketkizmaganini biladi, lekin shunday hukm qilaveradi. O‘limdan qo‘rqib musulmon 
bo‘lgan kishi shahodat kalimasini aytish bilan nafsini o‘limdan, molini boshqa birov 
qo‘liga o‘tishidan saqlaydi. Bu ish dunyoga taalluqli ekani ma’lum. Shuning uchun 
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)  shunday marhamat qilganlar: «Men 
insonlar «La ilaha illalloh» degunlaricha ularga qarshi urushishga buyurildim. Qachonki 
ular «La ilaha illalloh»ni aytsalar, molu jonlarini mendan himoya qilgan bo‘ladilar».
66
 
Oxiratda esa molu dunyo asqotmaydi. Balki qalb nuri, siri-asrori va ixlosigina foyda 
beradi. Bu fiqhdan emas. Faqih bular haqidagi bahsga sho‘ng‘isa, falsafa, tib kabi 
o‘zining sohasi bo‘lmagan bahslarga kirishgandek bo‘ladi. 
 
Yoki namozni olib qaraylik. Faqih namoz o‘quvchi kishi namozning boshidan oxirigacha 
g‘ofil bo‘lib, xayolda bozordagi tijorati, hisob-kitobi bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, namozning 
zohiriy shartlarini bajarsa, namozini durust sanaydi. Vaholangki, bu namozdan oxiratda 
foyda yo‘q. Shuningdek, til bilan shahodat kalimasini aytish foyda bermasa ham, faqih 
mazkur kalimani qatldan saqlanish uchun aytgan kishining musulmonligi durust ekaniga 
fatvo beradi. Ammo namozda xushu’-xuzu’ bilan turish, qalbi jam bo‘lishi kabi zohiriy 
amal foyda berishiga sabab bo‘luvchi oxirat amallari haqida hech narsa demaydi. Agar 
faqih bu jihatlarga aralashsa, u o‘z sohasidan tashqariga chiqqan hisoblanadi. 
 
65. Imom Muslim rivoyatlari. 
66. Muttafaqun alayh.
 
 
Zakot masalasiga kelsak, faqih uni kishi ado etgani yoki etmaganiga qaraydi. Qay 
kayfiyatda ado etilganiga e’tibor bermaydi. Agar boy kishi zakot berishdan bosh tortsa
keyin podshoh undan majburiy yo‘l bilan zakotini olsa, faqih bu holda boyning 
zimmasidan zakot soqit bo‘lishiga fatvo beradi. 
 
Hikoya qilishlaricha, qozi Abu Yusuf yil oxirlab qolganida molini ayoliga hadya qilib berar 
ekan. Keyin esa, zakot bermaslik uchun uni ayolidan qaytarib olarkan. Bu holat Abu 
Hanifaga (r.a.) zikr qilinganida: «Bu uning faqihligidandir», degan ekanlar. Abu Hanifa 
(r.a.) to‘g‘ri aytganlar, zero, bu dunyo fiqhidir. Lekin uning zarari oxiratda barcha 
jinoyatdan kattadir. Buni zararli ilm deydilar. 
 
Halol-harom mavzusiga kelsak, haromdan parhez qilish, taqvoli bo‘lish ayni dindorlikdir. 
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Taqvodorlikning to‘rt martabasi bor:  
1. Guvohlarning adolatli bo‘lishida shart qilingan taqvodorlik. Bu martabani inson tark 
etsa, guvohlik, qozilik va valiylik (rahbarlik) kabi ishlarda uning layoqati ketgan 
hisoblanadi. Bundagi taqvo ochiq haromdan saqlanishdir. 
2. Solihlarning taqvosi. U tushib qolish ehtimoli bo‘lgan shubhali narsalardan ham 
chetlanishdir. Bu haqda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Shubhali narsani qo‘y, 
shubhasiz narsani ushla», debganlar.
67
 Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): 
«Gunoh qalblarning yarasidir», deb aytganlar.
68
 
3. Muttaqiylar taqvosi. U haromga eltuvchi narsadan qo‘rqib, halolni tark qilishdir. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kishi zararli narsadan qo‘rqib, zararsiz narsani 
tark qilmagunicha, muttaqiylardan bo‘la olmaydi», deganlar.
69
 
Buning misoli g‘iybatga sho‘ng‘ishdan qo‘rqib, kishilar holatini gapirishdan tiyilganga 
yoki nafsi jo‘sh urib, man’ etilgan narsalarni yeb qo‘yishdan qo‘rqib, shahvatli 
narsalarning iste’molidan taqvo qilganga o‘xshaydi. 
4. Siddiqlar taqvosi. U Allohning huzurida qurbatni ziyoda qilishga foyda bermaydigan 
narsalarga umrning biror soatini bo‘lsa-da, sarf etishdan qo‘rqib, ulardan yuz o‘girishdir. 
Garchi u narsalar bilan haromga tushib qolmasligini aniq bilsa ham. 
 
67. Termiziy, Nasaiy, Ibn Hibbonlar rivoyati. 
68. Bayhaqiy mavquf holatda «Shu’abil iymon» kitobida rivoyat qildilar. Boshqa bir rivoyatda gunoh «qalblaring bosqinchisi», 
deyilgan. 
69. Termiziy rivoyat qilib hasan degan. Ibn Moja va Hokimlar rivoyat qilib sahih deyishgan.
 
 
Avvalgi martabadan boshqa uchtasi faqih nazaridan tashqaridagi narsadir. Birinchi 
martaba guvohlik va qozilik kabi ishlarda adolatni qoim qiluvchi taqvodorlik edi, u esa, 
oxiratda gunohlar uchun foyda bermaydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
Vobisaga qarata: «Agar senga fatvo berishsa ham, o‘z qalbingdan fatvo so‘ra», 
deganlar.
70
 
 
Faqih kishi qalb jarohatlarini ketkazadigan va amallar kayfiyatini  anglatadigan so‘z 
so‘zlamaydi. Balki uning bor e’tibori oxirat yo‘lini isloh etuvchi dunyoga qaratilgan. Agar 
u (faqih) qalb sifatlari, oxirat ahkomlari haqida biror narsa so‘zlab qolsa ham, bu hol 
tasodifiy bo‘lib, tibbiyot, hisob, nujum, kalom ilmlaridan misol keltiradigan holatiga 
o‘xshaydi. 
 
Zohiriy ilmlar imomi Sufyon Savriy: «Bu ilmlarni talab qilish oxiratga zod bo‘lmaydi», 
der edilar. Endi qanday qilib, faqat u ilmlarga amal qilishni sharaf bilishadi, zihor, li’on, 
salam, ijara, sarf kabilarni ilm deb gumon qilishadi?! Kim faqat mana shu narsalarni 
Allohga yaqin bo‘lish uchun o‘rgansa, u kishi jinnidir. Albatta, amallar toatdagi qalb va 
a’zolar bilan bo‘ladi. Ana o‘sha amallar bilan sharafga erishiladi. 
 
Agar nima uchun fiqh bilan tibning orasini tenglashtirdingiz, tib dunyoga taalluqli bo‘lib, 
jasad sog‘ligiga, shu bilan birga, dinning islohiga ham tegishli, bu tenglashtirishingiz 
musulmonlar ijmo’siga xilof-ku, desang, bilgilki, bu ikkalasini tenglashtirish loyiq emas, 
balki ular orasida farq bordir. 
 
70. Imom Ahmad va Doramiylar Vobisadan rivoyat qilishgandi.
 
 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə