Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
so‘zlarini mahkam tutish lozim deb bilishgan.  Bunda maxsus yo‘l va maxsus shartlar 
bor, lekin bu bob ularni zikr qilish o‘rni emas. 
 
Qo‘shimcha ilmlar asos ilmlarni tushunishdan hosil bo‘ladi. Bunda asosning lafziga e’tibor 
qilinmaydi. Balki aql dalolat qiladigan ma’nolar e’tiborga olinadi. Chunki so‘zning ma’nosi 
kengayib, aytilganidan boshqasini ham tushunish mumkin. Bunga Payg‘ambarimizning 
(sollallohu alayhi vasallam) quyidagi hadislari misol bo‘ladi: «Qozi g‘azabli holatida hukm 
chiqarmasin».
62
 Bu hadisdan qozi qo‘rqqan, och qolgan va biror kasallik tufayli alam 
chekayotgan holida ham hukm chiqarmasligi tushuniladi. Bu tushunchalar g‘azablangan 
holatida hukm chiqarib bo‘lmasligiga qo‘shimchadir.  
 
Qo‘shimcha ilmlar ikki qismga bo‘linadi: 
1.   Dunyo ishlarini tartibga solishga taalluqli ilmlar. Bu ilmlarni fiqh kitoblari o‘z ichiga 
olgan bo‘lib, ular bilan shug‘ullanuvchi kishilar faqihlar deb ataladi. Bular dunyo 
olimlaridir. 
2.   Oxirat ishlariga taalluqli ilm.[i/] Bu ilm qalb holatlarini, yaxshi-yomon xulqlarni, 
Alloh rozi bo‘ladigan va sevmaydigan ishlarni o‘rgatadi. Kitobning oxirgi qismi bu 
haqdagi bahsni o‘z ichiga olgan. (Ya’ni, «Ihyou ulumiddin» kitobining oxirida qalbdan 
a’zolarga keladigan taqvo ilmi bayon qilingan. – Tarj.)          
 
62. Muttafaqun alaih
 
 
Muqaddimot boshqa ilmlarni o‘rganishda vosita bo‘lgan ilmlardir. Bunga til, nahv 
(grammatika) misol bo‘ladi. Ular asli diniy ilmlar emas, balki Qur’on va hadis ilmlarini 
tushunishda bir vositadir. 
 
Shariatimiz arab tilida kelgani uchun bu tilning qonun-qoidalarini o‘rganish lozim. 
Shariat hukmlari tilni bilish orqali tushuniladi. Demak, vosita bo‘lgan tilni o‘rganish kerak 
ekan. Yozishni o‘rganish ham muqaddima ilmlaridandir. Lekin yozish til kabi zaruriy 
emas. Chunki Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yozishni bilmaganlar.
63
 
Eshitilgan hamma narsani yodda saqlab qolish mumkin bo‘lganida, yozuvga bo‘lgan 
ehtiyoj yana-da ozayardi. Demak, buning imkoni yo‘q ekan, yozishni bilish ham zaruriy 
bir ehtiyojdir. 
 
To‘ldiruvchi ilmlarning birinchi qismi Qur’on ilmi haqida bo‘lib, u uch qismga bo‘linadi: 
a) qiroat ilmi. Harflarning maxrajini o‘rganish kabi Qur’on lafziga taalluqli ilmlar
b) tafsir kabi Qur’onning ma’nosiga taalluqli ilmlar. Tafsir ham naqlga suyanadi. Zero, 
tilning o‘zi bu ishni bajara olmaydi; 
v) nosix, mansux, omu xos, nass (dalil), zohir va bularning bir-biri bilan aloqasini 
o‘rganish kabi Qur’on hukmlariga taalluqli bo‘lgan ilmlar. Bu ilm usulul fiqh (fiqh 
asoslari) deb nomlanadi va sunnat ham uning ichiga kiradi.  
 
63. ibn Murdavayh Abdulloh ibn Umardan marfu’ holda rivoyat qildilar. Shu ma’nodagi hadislarni Ibn Hibbon, Doraqutniy, Hokim 
Bayhaqiy va Buxoriylar sahihlarida rivoyat qilishdi.
 
 
Hadis va asarlardagi to‘ldiruvchi ilmlarga rijal ilmi (roviylar haqidagi ilm), ularning 
ismlari, nasablari, sahobalar ismlari va sifatlari, roviylarning adolatli ekani haqidagi ilm, 
zaif hadis bilan kuchli hadisning orasini ajratish uchun roviylarning holatlarini bilish ilmi


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
musnad hadis bilan mursal hadis orasini ajratish uchun roviylarning yoshlari va umrlari 
haqidagi ilmlar kiradi.  
 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘rt qism ilm shar’iy hisoblanib, ularning barchasi maqtalgandir, 
shuning bilan birga ular farzi kifoyadir. 
 
Agar, nega fiqh dunyo ilmi va faqihlar dunyo olimlari sirasida sanaldi, deb so‘rasang, 
javob quyidagichadir: ma’lumki, Alloh taolo Odam alayhissalomni  tuproqdan xalq etdi, u 
kishining zurriyotlarini tuproqdan bo‘lgan otaning maniyidan va onaning ko‘kragidan 
otilib chiquvchi suvdan yaratdi. Zurriyotlarini otalar belidan onalar bachadoniga, undan 
dunyoga, keyin esa qabrga, qabrdan hisob maydoniga, undan jannat yoki do‘zaxga 
chiqaradi. Mana shu narsalar insonning ibtidosi, g‘oyasi va boradigan yeridir. Oxirat 
hayotiga zod (ozuqa) to‘plash uchun dunyoni yaratdi. Agar insonlar dunyoni adolat bilan 
tutsalar, xusumatu dushmanliklar kesiladi, faqihlarga ehtiyoj yo‘qoladi. Lekin insonlar 
dunyoni shahvat va dushmanlik bilan tutganlari uchun, unda xusumat va adovat yuzaga 
keladi. Shunda insonlarni boshqaradigan rahbarga ehtiyoj tug‘iladi. Rahbar esa 
insonlarni boshqarish uchun qonunga muhtoj bo‘ladi. Insonlar shahvatga berilib, bir-
birlari bilan nizolashgan vaqtda ularni murosaga keltiruvchi o‘rta yo‘lni va boshqaruv 
qonunlarini biluvchilar faqihlardir. Shunday ekan, faqih dunyo ishlarida insonlarni to‘g‘ri 
yo‘lga soluvchi va siyosat qonunlarini o‘rgatuvchi rahbar, podshohlarga muallim va 
murshiddir. Tabiiy, fiqh dinga ham bog‘langan, lekin bevosita emas, balki dunyo vositasi 
ila bog‘langandir. Zero, dunyo oxirat ekinzori, din dunyo bilan kamol topadi. Din va 
podshohlik egizaklar kabidir. Ammo din – asos, podshoh esa, uning qo‘riqchisidir. Asosi 
yo‘q narsa mahv bo‘lishga mahkumdir. Qo‘riqchisi yo‘q narsa esa, zoe’ bo‘luvchidir. 
Saltanat va mulk podshoh bilan turgani kabi, hukumatlar orasidagi adovatni daf qilish 
faqat fiqh bilan bo‘ladi. Shuningdek, xalqni boshqarishda siyosat ilmi din ishlari orasida 
birinchi darajali hisoblanmaydi. Balki u din ilmining bir bo‘lagidir. 
 
Ma’lumki, haj yo‘lda qaroqchilardan himoya topish bilan amalga oshadi. Lekin haj o‘zi 
alohida ish, hajga yo‘l olish ikkinchi bir ish, hajni amalga oshirishda kerak bo‘ladigan 
qo‘riqchilik uchinchi ishdir. Qo‘riqchilikning yo‘llari, uslublari va qonun-qoidalarini 
o‘rganish esa, to‘rtinchi ishdir. Xulosa qilib aytganda, fiqh fani rahbarlik va qo‘riqchilik 
yo‘llarini o‘rgatadi. Bunga musnad yo‘l bilan rivoyat qilingan quyidagi hadis dalildir: 
«Insonlarga faqat amir yoki mamur yoki mutakallif fatvo beradi».
64
 Amir rahbar va 
boshqaruvchidir. Shuning uchun u fatvo beradi. Mamur esa, amirning noibidir. Mutakallif 
ehtiyoji bo‘lmasa-da, o‘zicha fatvo berishga uringan kishidir. Sahobai kiromlardan oxirat 
va Qur’on haqida so‘rashganda tezda javob berishgan, lekin fatvo berishdan 
saqlanishgan, hatto ularning birortasidan fatvo so‘ralgudek bo‘lsa, bir-birlariga havola 
qilishgan. Boshqa rivoyatda hadisdagi «mutakallif» o‘rniga «muroiy»  riyokor kelgan. 
Zero, ehtiyojsiz, o‘zicha fatvo berish xatarini zimmasiga olgan kishining maqsadi faqat 
mol va obro‘ bo‘ladi. 
 
 Shu o‘rinda sen: «To‘g‘ri, hozir aytilgan narsalar dunyoga aloqador bo‘lgan qasos, jazo, 
haqdor bilan nohaq orasini ajratish kabi ishlarga mos keladi. Ammo ibodatlar asosi 
bo‘lgan namoz, ro‘za yoki ibodatlarning to‘rtdan birini tashkil qiluvchi halol bilan harom 
orasini ajratuvchi muomalot qismiga umuman to‘g‘ri kelmaydi», deb aytishing mumkin. 
Bunga javoban aytamizki, bir fiqh olimining oxirat amallariga taalluqli eng ko‘p so‘zlagan 
narsasi islomiyat, namoz, zakot, halol va harom narsalardir. Yaxshilab o‘ylab ko‘rsang, 
faqih bu narsalarda dunyodan oxiratga tomon bo‘lgan chegaralarni bosib o‘tolmaydi. 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə