Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
mahzunlikning ketishi (ya’ni, oxirat haqida o‘ylamaslik), Allohdan qo‘rqmaslik, nafsga 
xorlik yetgan chog‘da, uni qo‘llab-quvvatlash, haqni qo‘llashdan ojiz bo‘lish, ichdan 
dushman bo‘laturib, zohiriy do‘st tutish, Alloh bergan ne’matini yana qaytarib olishidan  
xotirjam bo‘lish, qilgan ibodatlariga suyanib qolish, makr, xiyonat, uzun orzu-havas, 
qalb qattiqligi, dunyosi bilan sevinish, yo‘qotgan dunyosiga afsuslanish, maxluqlar bilan 
ulfat bo‘lish, ulardan ajragani uchun  dahshatga tushish, qo‘pollik, yengiltaklik, 
shashqaloqlik, hayo va marhamatning kamligi. 
 
Ushbular va ushbularga o‘xshash qalbning yomon sifatlari fahshning bog‘i va hazar 
qilinadigan ishlarning ekinzoridir. Bu sifatlarning ziddi bo‘lgan maqtovga loyiq xulqlar 
esa, ibodat va Allohga qurbat hosil qilishning manbaidir. 
 
Demak, ushbu salbiy xislatlarning me’yorlarini, haqiqatlarini, sabablarini, natija va 
davolarini bilish ham oxirat ilmidir. Uni o‘rganish, oxirat ulamolari fatvolariga ko‘ra, farzi 
ayndir. Bu ilmdan yuz o‘giruvchilar oxiratda podshohlar Podshohining qahriga yo‘liqadi. 
Bu ish namoz, ro‘za va haj kabi zohiriy amallardan yuz o‘giruvchilar, dunyo faqihlari 
hukmi bilan, dunyo sultonlari qilichi ostida halok bo‘lganga o‘xshaydi. Faqihlar farzi ayn 
masalalariki dunyoviy ishlar salohiyatiga bog‘lagan holda qaraydilar. Va bu narsa  oxirat 
salohiyati bilan ham bog‘liqdir. Agar faqihdan mana shu xislatlar, hatto ixlos yoki 
tavakkul yo riyodan saqlanish haqida so‘ralsa, u narsalar farzi ayn bo‘lishiga, ularni tark 
etgan kishi oxiratda halokatga yuz tutishiga qaramay, ular haqida gapirishdan tiyiladi. 
Agar sen undan li’on, zihor, musobaqa (otchoparlik), o‘q otish haqida so‘rasang, 
o‘rganish bilan asrlar tugab ketadigan, ayni paytda hech ehtiyoj sezilmaydigan bu o‘ta 
far’iy nozik masalalar haqida tom-tom kitoblarni oldingga terib qo‘yadi. Holbuki, u 
masalalardan birortasi biror mamlakatda paydo bo‘lsa, javob qiladigan olim yetarlicha 
topiladi. Faqih esa, kechayu kunduz u far’iy masalalarni o‘qib, yodlab, o‘zini qiynaydi, 
dini va nafsi uchun muhim bo‘lgan narsadan g‘aflatda qoladi. 
 
Agar faqihdan: «Bunday qilishning boisi nima?» deb so‘ralsa, «Bu din ilmidir, farzi kifoya 
bo‘lgani uchun u bilan shug‘ullandim», deb javob beradi. Vaholanki, u o‘zini va 
boshqalarni chalg‘itadi. Aqlli kishi biladiki, agar uning maqsadi farzi kifoya haqidagi 
buyruqning haqqini ado etish bo‘lganida edi, avval farzi aynni oldinga qo‘ygan bo‘lardi. 
Balki boshqa o‘rganilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina farzi kifoyalarni ham oldinga qo‘ygan 
bo‘lar edi. Qancha-qancha musulmon mamlakatlarida musulmon tabibning yo‘qligidan u 
yerlarda musulmon bo‘lmagan tabiblar faoliyat ko‘rsatmoqda. Vaholanki, fiqhiy 
hukmlarda tabiblarga aloqador joylarda ularning guvohliklari qabul qilinmasligi aytilgan. 
Shundan keyin ham birortasini tib ilmi bilan mashg‘ul bo‘lganini ko‘rmayapmiz. Ular fiqh 
ilmi ustida, ayniqsa, ixtilofli va bahsli masalalarda bir-birlarining so‘zlarini botilga 
chiqarib, tortishishgani tortishishgan. Holbuki, biror muammo paydo bo‘lsa, javob 
qiladigan, fatvo bera oladigan faqihlar Islom diyorlarida to‘lib yotibdi... 
 
Din ilmlariga yomon olimlarning aralashuvi tufayli din ilmi eskirmoqda. Alloh taolodan 
yordam so‘rab, Unga iltijo etamizki, shaytonni xursand qiladigan, Rahmonning g‘azabini 
keltiradigan g‘ururlardan bizni asrasin.  
 
Zohiriy ulamolarning taqvodorlari qalb sohiblari va botiniy ulamolar fazilatiga iqror 
bo‘lganlar. Imom Shofe’iy (r.a.) Shaybon Ro’iy degan zotning huzurlarida go‘yo bola 
maktabda o‘qituvchining huzurida o‘tirgandek o‘tirib, u kishidan turli masalalarni so‘rar 
edilar.  


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
 
Odamlar: «Sahroyidan masala so‘raysizmi?» deyishsa (Shaybon Ro’iy cho‘pon edilar), 
Imom Shofe’iy (r.a.): «Biz g‘aflatda qolgan narsalardan bular ogohdir», deb javob berar 
edilar. Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.) bilan Yahyo ibn Ma’in Ma’ruf (ibn Feruz) 
Karxiyning (r.a.) huzurlariga borib turishardi. Holbuki, Ma’ruf Karxiy (zohiriy ilmda) bu 
ikkovlariga barobar emasdi, ammo u zotdan (turli masalalar) haqida so‘rashardi. 
 
Sahobalar Payg‘ambardan (sollallohu alayhi vasallam): «Boshimizga bir ish tushib, uning 
hukmini  Qur’oni karimdan ham, sunnatdan ham topa olmasak, nima qilamiz?» deb 
so‘rashganida, u zot: «Solih kishilardan so‘ranglar va ishingizni ular o‘rtasida maslahat 
qilinglar», deganlar.
72
 Shuning uchun, zohiriy ulamolar-er va saltanat ziynati, botiniy 
ulamolar-osmon va malaklar olamini ziynati, deyilgan. 
 
72. Tabaroniy Ibn Abbosdan rivoyat qilgan. Roviylar orasida Abdulloh ibn Kayson borligi uchun jumhur bu hadisni zaif deyishdi. Lekin 
Haysamiy «Majma’uz zavoid» kitoblarida Alidan rivoyat qilingan shunga o‘xshash hadisni sahih va roviylari ishonchli degan.
 
 
Junayd (r.a.) aytadilar: «Menga bir kuni ustozim Sirriy: «Mening huzurimdan ketsang, 
kim bilan o‘tirasan?» deb so‘radi. «Muhosibiy bilan», dedim. Shunda u zot: «Yaxshi, sen 
uning ilmi va odobini ol 0, ammo kalom (ilmini) yomonlashi va mutakallimlarga qarshi 
aytgan fikrlariga e’tibor qilma», dedilar. So‘ng men o‘rnimdan turib ketayotgan edim, u 
kishining (menga): «Alloh seni (avval) sohibi hadis qilib, (so‘ng) so‘fiy qilsin, (avval) 
so‘fiy qilib, (so‘ng) sohibi hadis qilmasin», deganlarini eshitdim. (U zot ushbu so‘zlari 
bilan) kim avval hadis va ilm tahsil qilib, so‘ng so‘fiy bo‘lsa, najot topishiga,  kim 
ilmolishdan avval so‘fiy bo‘lsa, jonini xatarga qo‘yishiga ishora qildilar». 
 
Agar, nima uchun kalom va falsafa ilmlarining yaxshi yoki yomon ekanini yoritib 
ketmadingiz, desang, javob quyidagicha: Kalom ilmi ikki dalilga  Qur’oni karim va 
sunnati nabaviyaga suyanadi. Kitob va sunnatdan tashqaridagi narsalar yo bid’atlardan 
iborat bahsi noxush masalalar (buning bayoni kelgusida batafsil keltiradi), yoki turli 
firqalarning tortishuviga doir xusumatlardir, ko‘p qismi botil va befoyda, inson tabiatiga 
malol keladi, quloqlar eshitishni yoqtirmaydi. Ba’zilarining dinga umuman aloqasi yo‘q va 
ilk asrda (sahobalar davrida) mavjud bo‘lmagan narsalardir. Ular bilan ovora bo‘lish, 
shubhasiz, bid’at. 
 
Lekin hozirgi kunda holat o‘zgardi. Agar Qur’oni karim va sunnati nabaviya 
ko‘rsatmalaridan chalg‘ituvchi bid’at sodir bo‘lsa, bir toifa odamlar chiqib, shunga 
o‘xshash boshqa bid’atlarni ham jamlab, u haqda kitoblar yozishyapti. Bas, shuning bilan 
mahzur (ya’ni, shug‘ullanish mumkin bo‘lmagan narsa) zarurat hukmi bilan ruxsatli 
bo‘ldi. Agar bid’atchi o‘z tashviqoti bilan bid’atiga da’vat qilgan bo‘lsa, shunga muqobil 
darajada javob berish farzi kifoyaga aylandi. Albatta, buning chegarasi bor. Inshaalloh, 
bu haqda kelgusi bobda zikr qilamiz. 
 
Falsafa butun boshli bir fan emas, balki to‘rt qismdan iboratdir. Birinchisi: handasa va 
hisob ilmi (geometriya va matematika). Bu ikkalasi, avval zikr etilganidek, o‘rganish 
muboh bo‘lgan ilm. Ularni o‘rganish faqatgina umumiy mazmum darajaga o‘tib ketishi 
mumkin bo‘lgan odamga man’ qilinadi. Binobarin, bu ikki ilm bilan 
shug‘ullanuvchilarning ko‘pchiligi bid’at chegarasigacha chiqib ketishgan. Ba’zi odamlarni 
bu ilmlarni o‘rganishdan qaytarish ularning mahzurligi uchun emas (balki odamlarning 
irodasi zaifligidan). Bu hol suzishni bilmaydigan bolaning anhor bo‘yida turishidan yoki  


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə