Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Mufassir va muhaddislar esa, barcha ilmlarning asosi bo‘lgan Qur’on va sunnat ilmini 
farzi ayn sanashadi. 
 
Mutasavviflar, farzi ayn tasavvuf ilmi, deb da’vo qilishadi. Ular bu  masalada bir necha 
qismga bo‘linadilar. Ba’zilari banda Alloh azza va jalla huzurida turishni bilishi farzi ayn, 
desa, ayrimlari, ixlos va nafs ofatlarini bilish, insondagi malakiy va shaytoniy nasibani 
ajrata olish ilmi, deydi. Ba’zi tasavvuf olimlari, u botin ilmi bo‘lib, layoqati bor kishilarga 
xosdir, deyishadi. Ular farzi ayn lafzini umumiylikdan chiqarib, xos ma’noga burganlar. 
 
Abu Tolib Makkiy aytadilar: «Farzi ayn bo‘lgan ilm Islom asoslarini qamrab olgan hadisni 
bilishdir. U quyidagi hadis: «Islom dini besh narsa ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh» 
kalimasini aytish...».
59 
Zero, bu besh vojib narsa bilingach, ularni bajarish kayfiyati va 
vojib bo‘lish jihatini o‘rganish ham vojib bo‘ladi». 
 
Bu borada shubha qilinmaydigan qat’iy xulosani quyida zikr qilamiz: Ilm,  muomala va 
mukoshafa ilmlariga bo‘linadi. Farz bo‘lgan ilmdan maqsad muomala ilmidir. Aqlli, 
balog‘atga yetgan bandaga yuklatilgan muomala ilmi uch qismdan iborat: e’tiqod, fe’l 
(bajarish), tark qilish. 
 
Agar bir bola ehtilom bo‘lish yoki belgilangan yoshga to‘lish bilan balog‘atga yetsa, unga 
birinchi farz bo‘ladigan narsa shahodat kalimasi  «La ilaha illalloh Muhammadur 
rasululloh»ning ma’nosini o‘rganishdir. Uni bahs, tadqiqot va qiyos bilan o‘rganib bilishi 
shart emas. Balki, ikkilanmasdan, hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydigan tarzda 
qat’iyat bilan e’tiqod qilsa kifoyadir. Bu shakldagi e’tiqod gohida taqlid yoki eshitish yo‘li 
bilan ham hosil bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) arab 
johillarining tasdiq va iqrorini kifoya bilganlar.
60
  
 
59. Muttafaqun alayh 
60. Bu haqda siyrat va hadis kitoblarida mashhur rivoyatlar keltiralgan. Sahihi Muslim «Masalan»dagi, Zamom ibn Sa’labaning 
musulmon bo‘lish qissasi.
 
 
Balog‘atga yetgan kishi shu vazifani bajarsa, o‘sha vaqtda unga farzi ayn bo‘lgan amalni 
bajargan sanaladi. Bu vaqtda unga bundan boshqa biron amal vojib emas. U o‘sha 
paytda vafot qilsa, Alloh taolo amriga itoat etgan, osiylik qilmagan holda vafot topgan 
bo‘ladi.  
 
Shahodat kalimasidan boshqa narsalar ham farz bo‘lishi uchun lozim  sabablar vujudga 
kelishi zarur. Ammo har bir shaxsda bu sabablar ko‘rinishi shart emas, gohida inson 
ulardan xoli bo‘lishi ham mumkin. 
 
Sabablar gohida fe’lda (amalda), gohida tark qilinishi kerak bo‘lgan amalda, ba’zida esa, 
e’tiqodda bo‘ladi.  
 
Fe’lga taalluqli bo‘lgan sabablar quyidagilardir: Ertalab balog‘atga yetgan bola peshin 
vaqti kirgunicha yashasa, unga tahorat, namoz ilmini, (garchi oldin bilgan bo‘lsada), 
qayta o‘rganish farz bo‘ladi. Agar sog‘lom kishi peshin vaqti kirganida ham tahorat va 
namoz ilmini o‘rganishga, ham peshin namozini o‘qishga ulgurmaydigan bo‘lsa, vaqt 
kirmasdan oldin tahorat va namoz ilmini o‘rganish vojib bo‘ladi, deyish mumkin. Amal 
qilish vojib bo‘lganidan so‘ng uning ilmini o‘rganish ham vojib bo‘ladi, deyish ham 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
mumkin. Chunki vaqti kirmasdan avval namoz ham, uni o‘rganish ilmi ham vojib 
bo‘lmaydi. 
 
Peshindan boshqa namozlarda ham xuddi shunday.  
 
Agar ramazon oyi kirsa, sabab voqe’ bo‘lgani uchun endi ro‘za ilmini o‘rganish farz 
bo‘ladi. Ro‘za ilmi subhdan kun botguncha niyat bilan yeyish, ichish va jimo’ qilishdan  
tiyilish, ramazon ro‘zasi uchun oyni ko‘rish yoki ikki guvoh bu haqda xabar berishi kabi 
hukmlarni bilishdir. Agar moldunyolik bo‘lib qolsa yoki balog‘atga yetgan vaqtida molu  
dunyosi mavjud bo‘lsa, unga zakot ilmini o‘rganish farz bo‘ladi. (Abu  Hanifa 
mazhablariga ko‘ra, balog‘atga yetmagan bolaning molidan  valiylari zakot beradi - 
Tarj.). Lekin g‘ayridin odam Islomni qabul qilsa, bir yil o‘tgachgina zakot berishi farzdir.  
 
Faqat tuyasi bor odamlarga tuyaning zakotini berish ilmini o‘rganish kifoya qiladi. 
Zakotning boshqa turlari ham shu kabidir.  
 
Agar haj oylari kelsa, uni ado etishga uzoq vaqt ketgani uchun haj ibodatiga tegishli 
ilmni tezda o‘rganishga shoshilmasligi kerak. Haj ilmini uni ado etishga qodir bo‘lgan 
zahoti o‘rganish shart emas. (Abu Hanifa mazhablariga ko‘ra, kishi zodu rohilaga molik 
bo‘lib, hajning boshqa shartlari topilsa, o‘sha zahoti unga haj ham, haj ilmini o‘rganish 
ham farz bo‘ladi - Tarj.). Lekin Islom olimlari zodu rohilaga molik kishiga keyinchalik 
bo‘lsa-da, hajga borish farzligini bildirishi zarurdir. Agar kishi o‘sha zahotiyoq hajga 
borishga azm qilsa, unga hajning kayfiyati, farz va vojiblarini o‘rganish lozim bo‘ladi. 
Hajning sunnatlarini o‘rganish unga farz emasdir. 
 
 Hajga qodir bo‘lgan zahoti farz bo‘lishini bildirish yoki bildirmaslik masalasi faqihlar 
mavzusi. Farzi ayn bo‘lgan boshqa amallarning hukmi ham shu kabidir. 
 
Tark etish lozim bo‘lgan ishlar holat va sharoitga ko‘ra har xildir. Soqovga yomon so‘zni 
so‘zlash haromligini, qoq sahroda yashovchi sahroyi kishi uchun o‘tirish harom bo‘lgan 
joylarni, ko‘r uchun qarash mumkin bo‘lmagan narsalarni o‘rganish farz emas. 
Shuningdek, holat taqozosiga ko‘ra,bular farz ham bo‘lishi mumkin. Munkar ishlar 
ko‘rilmaganda ularning ilmini o‘rganish farz emas.  Ammo sodir etilsa, uning ilmini 
o‘rganish va boshqalarni ogohlantirish farz bo‘ladi. Masalan, bir musulmon o‘lkada ipak 
kiyim kiyuvchi erkak yoxud birovning molini zo‘rlab oluvchi yoki nomahramga nazar 
qiluvchi kishi mavjud bo‘lsa, bu ishlarning haromligini bildirish farzdir. Hali sodir 
etilmagan, ammo yaqin orada bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarni o‘rgatish ham farz. 
Masalan, yeb-ichishga doir masalalarni o‘rgatish. Agar aroq ichiladigan, to‘ng‘iz go‘shti  
yeyiladigan shaharda bo‘lib qolsa, ularga bu ishlar haromligini bildirib qo‘yish shartdir. 
Qaysi narsani ta’lim berish farz bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish ham farz bo‘ladi.  
 
E’tiqod va qalbga tegishli ishlarda shubha, xavotir paydo bo‘lsa, uning ilmini o‘rganish 
shartdir. Agar ikki shahodat kalimasi dalolat qilgan ma’nolarda shubha tug‘ilsa, uni daf 
qiladigan ilmni o‘rganish lozim bo‘ladi. Ammo  shubhaga bormasdan, Alloh taoloning 
sifatlariga, U zotning kalomi qadim ekaniga, oxiratda Uni ko‘rishga va boshqa narsalarga 
mufassal e’tiqod qilmasdan oldin vafot etsa, butun ulamolar ijmosiga ko‘ra, u musulmon 
holida ketgan bo‘ladi. 
 
E’tiqodga taalluqli xavotir va shubhalar gohida insonning o‘zidan bo‘ladi, ba’zisi esa, 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə