Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
dunyoga aloqadordir. Diniy nizom dunyoviy nizomsiz vujudga kelmaydi. Zero, dunyo 
oxirat ekinzoridir. Dunyoni vatan va doimiy qarorgoh deb tushunmasdan, uni vosita 
sifatida bilganlar uchun dunyo Allohga eltuvchi yo‘ldir. Dunyoning tartib-nizomi 
odamlarning amallariga bog‘liq. 
 
Insonlarning ishlari, kasbu korlari va sanoatlari uch qismdan iborat:  
1. Olam oyoqda turishi uchun kerak bo‘lgan asoslar. Bular: yeb-ichish uchun ekin ekish; 
kiyim-kechak uchun to‘qimachilik qilish; yashash uchun bino-uy hozirlash; odamlar 
o‘rtasida o‘zaro yordam.  
2. Bularning har birini yuzaga keltirishga ko‘mak beradigan omillar. Masalan, 
dehqonchilik uchun asbob-uskuna tayyorlab beradigan temirchilik sanoati yoki 
to‘qimachilik uchun zarur bo‘lgan paxta tozalash, ip yigirish kabi sanoatlar. 
3. Mazkur asoslarni mukammallashtiruvchi va ziynat beruvchi ishlar. Bunga un qilish, 
pishirish, yuvib tozalash va tikishlar kiradi. 
 
Insonning a’zolari unga qancha ahamiyatli bo‘lsa, bu uch asos uning hayotida ham 
shunchalik muhimdir. Zero, insonlarning a’zolari ham uch asosga bo‘lingan:  
1.   Qalb, jigar, miya kabi asl a’zolar. 
2.   Asl a’zolarga xizmatchi bo‘lgan a’zolar: oshqozon, tomirlar, asab tolalari, arteriya va 
vena qon-tomirlari kabi. 
3.   Asl a’zolarni to‘ldiruvchi va ularga ziynat beruvchi a’zolar: tirnoq, barmoq, qosh va 
boshqa a’zolar. 
 
Yuqorida aytib o‘tilgan sanoatlarning eng sharaflisi asos bo‘lganlaridir. Ularning ham 
ulug‘i va sharaflisi esa, kishilar orasida isloh va ulfatni joriy qiluvchi siyosatdir. Shuning 
uchun boshqa kasbu sanoatda talab qilinmaydigan shart – boshqara bilish mahorati 
siyosatda talab qilingan. Shu sababdan boshqalar siyosat sohiblariga xizmatda bo‘ladi.  
 
Dunyo va oxiratdagi najot yo‘lini ko‘rsatuvchi murshidlar ahvolini isloh qiluvchi siyosat 
to‘rt darajadan iborat: 1. Eng oliy siyosat. Bu payg‘ambarlar siyosati bo‘lib, zohiru 
botinda xosu omga qilgan hukmlaridir. 2. Xalifalar, podshohlar va boshqa hokimlarning 
xosu omga yuritgan siyosati. Bu faqat zohirga oid hukmlar bo‘lib, botinga tegishli emas. 
3. Alloh taoloni tanib, Uning dinini bilgan va payg‘ambarlar vorisi bo‘lgan olimlarning 
siyosati. Bularning hukmlari faqat xoslarning botiniga doir bo‘lib, ommaning fahmi 
ulardan istifoda qilishga yetmaydi. Ular  insonlarga man’ qilish, buyurish va majburlash 
siyosatini yuritmaydilar. 4. Voizlar siyosati. Bu siyosat avomning botinini isloh qilishda 
ularning hukmlaridan iborat. 
 
Bu to‘rt nav ichida payg‘ambarlik darajasidan keyin eng sharafli siyosat insonlarni 
halokatga eltuvchi yomon xulqlardan qaytarib, ularni saodatli go‘zal axloqqa yo‘l 
ko‘rsatuvchi ilm san’atidir. 
 
Ilmning boshqa kasb-hunarlardan sharafli ekanini aytib o‘tdik.  
 
Sanoat, kasb-hunarning sharafi esa uch narsa bilan bilinadi:  
1) uni bilishga vasila bo‘lgan g‘ariza - tabiiy ehtiyojga qarash bilan. Bu aqliy ilmlarning 
lug‘aviy ilmlardan afzalligiga o‘xshaydi. Zero, ilm va hikmat aql bilan idrok qilinadi. 
Lug‘at (til) , eshitish bilan olinadi. Aqlning eshitishdan ustunligi esa ma’lum;  
2) umumiy manfaatlarga ko‘ra bilinadi. Masalan, dehqonchilik zargarlikdan afzaldir;  


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
3) tasarruf o‘rnining e’tibori bilan bilinadi. Zargarlik ko‘nchilikdan afzaldir, chunki 
zargarning ish o‘rni oltin, teri oshlovchining ishi o‘lgan hayvonning terisi ustidadir. 
 
Shubhasiz, oxirat yo‘lining fiqhi bo‘lgan diniy ilmlar yetuk aql va sof zakovat bilan qo‘lga 
kiritiladi.  Aql insoniy sifatlarning eng ulug‘i va sharaflisidir. Buning bayoni keyinroq 
keladi. Zero, aql bilan Allohning omonati qabul qilinadi, Uning roziligiga erishiladi.  
 
Ilmning umumiy manfaatlari xususida hech qanday shubha yo‘q. U oxirat saodatini 
qozontiradi. Ilmning ulug‘ligi hech kimga maxfiy emas, chunki muallim kishilarning qalbi 
va ruhiga ta’sir o‘tkazib, ularni boshqaradi. Yer yuzidagi mavjudotlarning eng sharaflisi 
inson bo‘lsa, undagi eng ulug‘ va aziz javhar qalbdir. Muallim shu qalbni kamolga 
yetkazish, unga jilo berish, uni polash va Allohga yaqin bo‘lishga chorlash bilan 
mashg‘uldir. 
 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, ilm o‘rgatish bir jihatdan Allohga ibodat bo‘lsa, ikkinchi 
jihatdan Allohga xalifa-vakil bo‘lishdir. Alloh xalifasi bo‘lgani uchun olimning qalbiga 
O‘zining xos sifati bo‘lmish ilmni  beradi. Olim Allohning eng qimmatbaho xazinasiga 
xazinachi demakdir. Bu xazinaga muhtoj bo‘lgan har qanday kishiga undan ulashish, 
ehson qilish huquqi muallimga berilgan. 
 
Alloh taologa yaqinlik hosil qilishda va jannatga yetaklashda banda bilan Allohning 
orasida vositachi bo‘lishdan-da ulug‘ martaba bo‘lishi mumkinmi?! Alloh taolo fazlu 
karami bilan bizni shunday ulug‘ vositachilar jumlasidan aylasin. Barcha 
payg‘ambarlarga Uning salotu salomi bo‘lsin.  
 
 
Ikkinchi bob 
Mahmud va mazmum ilm, ularning qism va hukmlari haqida 
 
Bu bobda o‘rganish farzi ayn va farzi kifoya ilmlar, din ilmida kalom va fiqhning tutgan 
o‘rni, oxirat ilmining afzalligi haqida so‘z yuritiladi.  
 
Farzi ayn, ya’ni, har bir musulmon uchun o‘rganish shart bo‘lgan ilmlar haqida 
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qiladilar: «Ilm talab 
qilish (o‘rganish) har bir musulmonga farzdir».  
 
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham 
o‘rganinglar». 
 
Har bir musulmon kishi bilishi farz bo‘lgan ilmlar haqida ulamolar turlicha fikr 
bildirganlar. Ularni batafsil aytib o‘tirmasdan, quyidagicha xulosa qilamiz: Har bir guruh, 
firqa o‘ziga tegishli ilmni o‘rganishni farzi ayn deb qabul qilgan. 
 
Mutakallimlar, kalom ilmi farzi ayn, zero, u bilan tavhid,  Allohning zoti va sifatlari 
o‘rganiladi, deydilar. 
 
Fuqaholar fiqh ilmini farzi ayn bilishadi. Zero, fiqh bilan ibodatlar, haromu halol va 
boshqa muammolardagi harom-halol ham bilinadi, deydilar.  
 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə