Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
turganimiz kabi, qalbni qattiq qiladi,  qo‘rquvni ketkizadi. Alloh taolo:  
 
«Ularning dillari boru anglay olmaydilar» (A’rof surasi, 179-oyat) degan. Alloh 
taolo bu oyatdan fatvolarni emas, iymon ma’nolarini ko‘zda tutgan. 
 
(Shu yerda o‘quvchi noto‘g‘ri tushunib qolmasligi uchun, yuqoridagi jumlalarga izoh 
berishni lozim topdik. Ushbu kitobning sharhi «Itqof as-saodat» nomli asar muallifi 
alloma Sayyid Muhammad ibn Muhammad Husayniy az-Zubayda aytadilar: «Ushbu 
so‘zlar G‘azzoliyning zamonasiga xos. Chunki u paytda odamlar turli far’iy masalalarni 
yodlab olib, fitnalar ko‘paygan edi. Ammo hozirgi asrimizga ushbu so‘zlar dalil 
qilinmaydi». – Tarj.)  
 
Umrimga qasamki, fiqh bilan fahm bir ma’noni anglatgan ikki ismdir. U qadimda ham, 
hozirda ham shu ma’nosida ishlatiladi. Alloh taolo:  
«(Ey mo‘minlar), aniqki, sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan ko‘ra 
qo‘rqinchliroqdirsizlar. Bunga sabab, ular Allohning qudratini anglamaydigan 
qavm ekanliklaridir» (Hashr surasi, 13-oyat) degan. Alloh taolo ushbu oyatda 
munofiqlarning Allohdan qo‘rqinchi ozligiga va fahmlari kamligi bois ular maxluqning 
qudratini buyuk ko‘rishlariga ishora qilmoqda. 
 
Sen nazar tashla, bu hol fatvolarning far’iy masalalarini yod olmagani natijasimi yoki biz 
zikr qilgan   ilmlarning yo‘qligi?! 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga vakil bo‘lib kelgan kimsalarni: 
«Faqihlar va olimlar», deganlar.
84
 Sa’d ibn Ibrohim az-Zuhriydan: «Madinaliklarning 
qaysilari faqihroq?» deb so‘rashganida, u kishi: «Alloh taologa taqvodorroq bo‘lganlari», 
deb javob berganlar. U kishi bu gaplari bilan fiqhning samarasiga ishora qilganlar. 
 
Taqvo fatvo va hukmlarning emas, botiniy ilmlarning samarasidir. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam): «Faqihlarning faqihi kim ekanini aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ha, 
ayting», deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Insonlarni Allohning 
rahmatidan umidsiz etmagan, ularni Allohning makridan xotirjam qilmagan, Allohning 
fazlidan noumid etmagan va boshqa kitoblarga qiziqib, Qur’oni karimni tashlamagan 
odam», dedilar.
85
 
 
84. Abu Nu’aym, Bayhaqiy, Xatiblar Suvayd ibn Horisdan zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 
85. Abu Bakr ibn Lol, Abu Bakr ibn Sunniy va Ibn Abdulbarlar Alidan rivoyat qilishgan.
 
 
Anas ibn Molik (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Sahardan to quyosh 
chiqqunicha Alloh taoloni zikr qilayotgan qavm bilan o‘tirishim to‘rtta qul ozod 
qilishimdan mahbubroqdir»,
86
 degan hadislarini  aytdilar, so‘ng Yazid Raqqoshiy va 
Ziyod Numayriyga o‘girilib: «Zikr majlislari sizlarniki kabi uzundan-uzun va’z-
nasihatlardan iborat bo‘lmagan. Bizlar o‘tirib iymon haqida so‘zlashar, Qur’onni tafakkur 
qilar, dinni birbirimizga tushuntirar va Alloh taoloning  ustimizdagi ne’matlarini sanab, 
tushunar edik», dedilar. 
 
Anas (r.a.) Qur’on tadabbur qilishni va ne’matlarni sanashni, tushunish – fiqh deb 
aytganlar.  
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kishi bandalardan Alloh uchun 
g‘azablanmagunicha va Qur’onning ko‘p qirralarini ko‘rmagunicha haqiqiy faqih 
bo‘lolmaydi», deganlar.
87
 Yana Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) mana bu  
so‘zlari Abu Dardodan mavquf holda rivoyat qilingan: «So‘ngra nafsiga yuzlanib, unga 
yanada qattiqroq nafratda bo‘ladi». 
 
Farqad Sabxiy (r.a.) Hasan Basriydan (r.a.) bir narsa haqida so‘radi. U kishi javob 
berdilar. Farqad: «Fuqaholar sizning fatvolaringizga qarshi chiqmoqda», dedi. Shunda 
Hasan Basriy (r.a.): «Onang seni yo‘qotib qo‘ygur, Farqodcha, sen ko‘zing bilan faqihni 
ko‘rganmisan?  Dunyodan yuz o‘girib, oxiratga intilgan, dinni yaxshi tushunib, Rabbining 
ibodatida bardavom bo‘lgan, taqvoli, musulmonlarning nomuslaridan nafsini tiygan, 
ularning mol - mulklaridan behojat va ularning jamoatlariga nasihat qilib turuvchi kishi 
haqiqiy faqihdir», dedilar, fatvolarning far’iy masalalarini yod oluvchi, deganlari yo‘q.  
 
86. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilgan.  
87. Ibn Abdulbar Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilgan va  marfu’ deyish joiz emas degan.
 
 
Men, «fiqh» degan nom, zohiriy hukmlardagi fatvolarni o‘z ichiga olmaydi, demoqchi 
emasman, lekin bu lafz umumiy va keng ma’nolarni qamrab olishini yoki boshqa 
ilmlarga far’iy masalalarni ham tobe’ qilish yo‘li bilan qo‘llanilganini aytmoqchiman. 
Ulamolar fiqh lafzini ko‘proq oxirat ilmiga qo‘llaganlar. Keyinchalik fatvo ilmiga xoslandi, 
natijada odamlarni oxirat ilmi va  qalbga tegishli hukmlardan qaytarib, zohiriy ilmlar 
bilan shug‘ullanishga undash paydo bo‘ldi. Ular tabiatlarida yordamchi topdilar. Chunki 
botiniy ilm yashirin bo‘lib, tagiga yetish mushkul va unga amal qilish qiyindir. U bilan 
rahbarlik, qozilik, obro‘-martaba va mol-mulkka yetishish mumkin emasligi tufayli 
shayton shariatda mahmud bo‘lgan fiqh nomini zohiriy ilmga xoslash bilan qalblarga 
chiroyli ko‘rsatish uchun yo‘l topdi. 
 
Ikkinchi lafz: «Ilm». U Alloh taoloning oyatlarini va bandalari, maxluqlari haqidagi 
ishlarini bilishga qo‘llanilar edi. Hazrati Umar (r.a.) vafot etgan vaqtlarida Abdulloh ibn 
Mas’ud (r.a.): «Ilmning o‘ndan to‘qqizi o‘ldi», deya «ilm» lafzini «alif» va «lom» bilan 
ma’rifa qilib aytganlar. So‘ng uni Alloh taoloni bilish ilmi, deb tushuntirishdi. Odamlar ilm 
lafzini boshqa fanlarga qo‘llay ketishdi. Hatto u fiqhiy va fiqhiy bo‘lmagan masalalar 
haqida tortishadigan kishining bahs-munozarasi sifatida mashhur bo‘ldi. Shundan so‘ng: 
«U ilmda olim, u ilmda sher kabi», deyiladigan bo‘ldi. Kim fiqhiy masalalar ustida 
bahslashmasa, u bilan shug‘ullanmasa, zaiflar, ilmsizlar qatorida ko‘rildi, ilm ahlidan 
hisoblanmadi. Lekin ilm va ulamolarning fazilati haqida vorid bo‘lgan hadislarning 
ko‘pchiligi Alloh taoloni, Uning  hukmlari, af’ollari va sifatlarini bilgan ulamolar haqida 
kelgan. Hozir esa, ixtilofli masalalardagi tortishayotgan kishiga nisbatan qo‘llanilmoqda. 
Holbuki, u tafsir, hadis, mazhab ilmi va boshqa ilmlardan mutlaqo bexabar. Ilm lafzini 
o‘rinsiz yerlarda qo‘llash natijasida ilm talabida bo‘lgan bir qancha kishi bahsli va ixtilofli 
masalalar bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda. 
 
Uchinchi lafz: «Tavhid». Bu ibora hozirgi paytda kalom san’atini va mujodala uslubini 
bilish, xusumatchisining ziddiyatli taraflarini o‘rganish, u haqda ko‘p savol berib, og‘iz 
ko‘pirtirish, shubhalarni qo‘zg‘ash va ularni mulzam qilish kabi ishlarga ishlatiladigan 
bo‘lib qoldi. Hatto u bilan mashg‘ullardan bir toifasi o‘zlariga adolat va  tavhid ahli deya 
laqab qo‘yib olishdi va mutakallimlarni tavhid olimlari deya nomlashdi. Holbuki, bu yo‘lga 
xos bo‘lgan narsalardan birortasi ham ilk asrda ma’lum emas edi. Balki kim bahs-janjal 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə