Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
 
89. Termiziy Anasdan (r.a.) hasan holda rivoyat qilgan.  
90. Muttafaqun alayh.
 
 
Qissalar bid’at narsalardan iborat bo‘lib, salafi solihlar qissaxonlar bilan o‘tirishdan 
qaytarganlar. Ular, qissaxonlik Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida 
ham,
91
 Hazrati Abu Bakr, Umar (r.a.) zamonlarida ham bo‘lmagan, fitna paydo bo‘lgan 
vaqtda, qissaxonlar ham kelib chiqdi, deganlar.  
 
Rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar masjiddan chiqib: «Masjiddan chiqishimga bir 
qissa aytuvchi majbur qildi. Agar u masjidda bo‘lmaganida, men chiqmagan bo‘lar 
edim», deganlar. 
 
Zumra aytadi: «Men Sufyon Savriyga: «Biz qissaxonga qarab o‘tiramiz», dedim. Shunda 
u kishi: «Bid’atlarga orqa qilib o‘tiringlar», dedilar». 
 
Muhammad ibn Avn aytadi: «Ibn Siyrin huzurlariga keldim. U kishi: «Bugun nima xabar 
bor?» deb so‘radilar. Men: «Amir qissaxonlarga qissa aytishni ta’qiqladi», dedim. U 
kishi: «To‘g‘ri ish qilibdi», dedilar.  
 
A’mash Basra jome’ masjidiga kirganlarida bir qissaxonning: «A’mash bizga shunday 
hadis aytgan», deb aytayotganini eshitib qoldilar. Shunda u kishi majlis halqasining 
o‘rtasiga kirib, qo‘ltiq osti yunglarini yula boshladilar. Bu holni ko‘rgan qissachi: 
«Uyalmaysanmi, ey shayx?» dedi. Shunda A’mash: «Nega uyalay, men bir sunnatni 
bajaryapman, sen esa yolg‘on so‘zlayapsan. Men A’mash bo‘laman, qachon senga bu 
gapni aytdim», dedilar. 
 
91. Ibn Moja Umardan (r.a.) hasan isnod ila rivoyat qilgan.
 
 
Ahmad ibn Hanbal aytadilar: «Yolg‘onchilarning ko‘pchiligi qissa aytadiganlar va ko‘p 
savol so‘raydiganlardir». 
 
Ali (r.a.) Basra jome’iga kirganlarida qissaxonlarni chiqarib yuborganlar. Ammo Hasan 
Basriyning so‘zlarini tinglagach, u kishini masjiddan chiqarmaganlar. Zero, Hasan Basriy 
oxirat ilmi xususida, o‘limni o‘ylash, nafsining ayblaridan ogoh bo‘lish, amallarning ofati, 
shaytonning hiylalari va ulardan ehtiyot bo‘lish haqida gapirar, Alloh taoloning 
ne’matlarini, banda u ne’matlarning shukrini ado eta olmayotganini eslatar va dunyoning 
faqirligi, o‘tkinchiligi va umr qisqaligini, oxiratning shiddatli azoblarini uqtirar edilar. 
Bunday foydali pand-nasihatlar shar’iy mahmud bo‘lgan tazkirlardir. 
 
Abu Zarr (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Zikr 
majlisida ishtirok etish ming soat nafl namozidan afzal, ilm majlisida ishtirok etish 
mingta kasalni ziyorat etishdan va mingta janozaga qatnashgandan afzal», dedilar. 
Sahobalar: «Qur’oni karimni o‘qishdan ham afzalmi?!» deb so‘rashdi. Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam): «Ilmsiz holda Qur’on o‘qish naf bermaydi», deb javob 
berdilar.
92
 
 
Ato (r.a.) aytadilar: «Zikr majlisida ishtirok etish yetmishta lahv (befoyda) majlisga 
kafforat bo‘ladi».  


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
 
92. Mavzu’ hadis.
 
 
Ushbu hadislarni usti yaltiroqlar nafslarini poklashga hujjat qilib olishdi va o‘zlarining 
xurofotlariga tazkir nomini berib, haqiqiy mahmud bo‘lgan zikr yo‘lidan g‘aflatda 
qolishdi. Natijada turli ixtilofli, nuqsonli va uzundan-uzun qissalar bilan ovora bo‘lishdi. 
Qur’oni karimda kelgan qissalar chegarasidan chiqildi, ularga qo‘shimchalar qo‘shildi. 
Ularning orasida manfaat beradiganlari, rost bo‘lsa ham, zarar keltiradiganlari bor. Kim 
nafsi uchun ushbu qissalar eshigini ochsa, rost bilan yolg‘onni, foyda bilan zararni 
aralashtirib yuboradi. Shuning uchun ham qissa aytishdan qaytarilgan. Shuning uchun 
ham Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Odamlar rostgo‘y qissaxonga juda muhtoj», deganlar. 
Agar qissa payg‘ambarlar qissalaridan bo‘lib, ularning din ishlariga aloqador va qissaxon 
rostgo‘y, rivoyati sahih bo‘lsa, unda zarar yo‘q deb bilaman. Qissaxon yolg‘on 
to‘qishdan, yengil-elpi va xato holatlar haqidagi hikoyalarni aytishdan saqlansin. Chunki 
olim shu qissa sababli xatolarda o‘zini oqlaydi, uzr tayyorlaydi va bu qissa falonchi-
falonchi mashoyixlardan hikoya qilingan, barchamiz gunohkormiz, hechqisi yo‘q, agar 
men Allohga gunoh qilgan bo‘lsam, buyuklar ham gunoh qilgan, deb gunohdan tap 
tortmaydi. O‘zi bilmagan holda Allohga gunohkor bo‘lishga jur’at qiladi. Demak, ushbu 
hazar qilinadigan holatlardan uzoq bo‘linsa, qissa aytishining zarar yo‘qdir. Ana shunda 
Qur’oni karimda kelgan qissalar va sahih kitoblarda rivoyat qilingan xabarlarga qaytiladi. 
Ammo ba’zi odamlar toat-ibodatga targ‘ib qiluvchi hikoyalar to‘qishga ijozat so‘rashadi 
va bu bilan xalqni haqqa da’vat etishni da’vo qilishadi. Aslida bu ish shayton 
vasvasasidandir. Zero, rost so‘zdagina yolg‘ondan saqlanish imkoni bor.  
 
Alloh taolo va Uning Rasuli zikr etgan narsalarni va’z qilishda yolg‘on to‘qishga hojat 
yo‘q. Har qanaqasi bo‘lmasin, so‘zda qofiya keltirishga urinish makruh bo‘lib, soxtakorlik 
sanaladi.  
 
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) Ibn Umar saj’ – qofiya qilayotganini eshitib, unga: «Bu 
aytayotganing menga seni yomon ko‘rsatyapti. Tavba qilmaguningcha, ishingni hal etib 
bermayman. (Ibn Umar u kishining huzurlariga bir ish yuzasidan kelgan edilar.) 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abdulloh ibn Ravohaga: «Ey Ibn Ravoha, saj’ 
qilishdan saqlan», deganlar»,
93
 dedilar.  
 
93. Bir oz bundan boshqacharoq rivoyatni Imom Ahmad, Abu Ya’lo, Ibn Sunniy, Abu Nu’aym va Buxoriylar sahih isnod bilan rivoyat 
qilishgan.
 
 
Qaytarilgan yasama saj’ ikki kalimadan ziyod qofiyali so‘zdir. Bir odam go‘dakning xuni 
haqida: «Ichmagan, yemagan, ovoz chiqarmagan, tug‘ilganida yig‘lamagan go‘dakka 
qanday qilib xun to‘laymiz», deb gapini uzaytirganida, Nabiy (sollallohu alayhi 
vasallam): «A’robiylarning saj’i kabi saj’mi?» deganlar.
94
 
 
She’rni mav’izalarda ko‘p aytish ham mazmumdir. Alloh taolo:  
 
«Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur. (Ularning so‘z vodiylaridan) har 
vodiyda daydishlarini va o‘zlari qilmaydigan narsalarni aytishlarini 
ko‘rmadingizmi?!» (Shuaro, 224226-oyatlar) deydi. Yana Alloh taolo:  
 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə