Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

11

ozor esa uni kambag‘allikda ayblashdir. Yana aytilishicha, minnat - bergani sababli 



olganga mutakabbirlik qilish, ozor - unga tilangani uchun ayblash va o‘dag‘aylashdir. 

Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Alloh minnatchining sadaqasini qabul qilmaydi» (bu 



hadisning asli yo‘qdir.) 

Nazarimda, albatta minnat asl (tana) va shoxlardan iborat. U qalb holati va 

sifatlaridandir. So‘ng undan zohiriy holatlar til va a’zolarga ajraladi. Uning asli - o‘zini 

faqirga yaxshilik qiluvchi va in’om etuvchi sifatida ko‘radi. U esa kambag‘alni Alloh azza 

va jalla poklovchi va do‘zaxdan najot qilib qo‘ygan haqni qabul etish bilan o‘ziga 

yaxshilik qilyapti, deb o‘ylashi kerak. Agar u atoni qabul qilmaganida edi, ato sohibi u 

bilan garovga olingandek bo‘lib qolardi. Shuning uchun faqirdan (minnatni bo‘yniga) osib 

olishi kerak edi. Zero, u kaftini Allohning haqqini olishda Undan noib qilgandir. 

Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: Albatta sadaqa tilanchining qo‘liga tushishdan oldin Alloh 

taoloning qo‘liga tegadi» (Doriqutniy va Bayhaqiylar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan). 

O’ylab ko‘r, bu atosida u Alloh azza va jallaning haqqini topshiruvchidir. Faqir esa 

rizqini Alloh taolonikiga aylangandan so‘ng Undan oluvchidir. 

Agar uning zimmasida bir insonning qarzi bo‘lsa, qarz egasi uni o‘zi tirikchiligiga kafil 

bo‘lgan quli yoki xizmatkoriga berishga buyursa, qarzni to‘laguvchi ahmoqona va 

johillarcha ish tutib, oluvchini o‘z minnati ostida deb o‘ylaydi. Chunki minnat faqirning 

rizqiga kafil bo‘lgan muhsinnikidir. Ammo faqir yaxshi ko‘rgan narsani olib berishi lozim 

bo‘lgan, qarzni to‘lashga mas’ul kishi esa o‘zi haqida qayg‘urayotgan, birovga minnat 

qilishga haqqi bo‘lmagan kishidir. Zakotning vojib bo‘lishini tushunishda zikr qilingani 

uch ma’noni yoki bittasini bo‘lsa ham, anglagan inson o‘zining faqat o‘zigagina yaxshilik 

qilayotganini ko‘radi. Bunda u molini yo Alloh taologa muhabbatini izhor qilish uchun 

yoki nafsini baxillik razolatidin tozalash uchun va yoxud yanada ziyoda bo‘lishini istab, 

mol ne’matiga shukr qilishi uchun sarflayotgan bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, u bilan 

faqir o‘rtasida o‘zini unga yaxshilik qiluvchi sifatida ko‘rishga arziydigan muomala 

yo‘qdir. O’zini unga yaxshilik qiluvchi etib ko‘rsatadigan jaholat qay darajada hosil 

bo‘lsa, minnat ma’nosida zikr qilingan narsalar shu tariqa uning zohiriga tarqaladi. Bu 

ma’nolarga quyidagilar kiradi: u haqda so‘zlash, oshkor qilish, undan shukr va duo bilan, 

xizmat va hurmat bilan, ta’zim va haqqini rioya qilish, majlislarda oldinga o‘tkazish va 

ishlarda ergashish bilan taqdirlashni talab etishdir. Bularning barchasi minnat 

samaralaridir. Botindagi minnat ma’nosini esa zikr qildik. 

Ammo ozorga kelsak, uning ko‘rinishi malomatlash, ayblash, qo‘pollik, xo‘mrayish, 

oshkor etish va turli xo‘rlashlar bilan obro‘ni ketkazishdir. Bu uning botiniysi bo‘lib, 

manbai - ikki ishdir. Birinchisi: moldan qo‘l ko‘tarishning karohiyati va buning nafsga 

og‘irligi. Chunki bu hech bir ilojsiz xulqni tor qiladi. Ikkinchisi: o‘zini faqirdan yaxshi 

hisoblashi va faqirni hojati sababli o‘zidan tuban sanashi. Bu ikkisining ham kelib chiqishi 

jaholatdandir. Mol berishni yomon ko‘rishiga kelsak, bu halokatdir. Chunki kim bir 

dirhamki ming dirhamga to‘g‘ri keladigan narsa muqobiliga sarflashni yomon ko‘rsa, 

borib turgan ahmoqdir. Ma’lumki, u molni Alloh azza va jalla roziligi hamda oxirat 

dunyosi savobini istab sarflaydi. Bu o‘zi sarflayotgan narsadan ko‘ra sharaflidir. Yoki 

nafsini baxillikdan poklash uchun yoxud yanada ziyoda bo‘lish talabida sarflaydi. 

Qanchalik farz bo‘lmasin, yomon ko‘rishga hech bir sabab yo‘qdir. Ikkinchisi bo‘lsa, bu 

ham jaholatdan. Chunki u agar faqirlikning boylikka nisbatan fazilatini bilsa va boylik 

xatarini anglasa, hech qachon faqirni kamsitmagan bo‘lardi. Balki uni tabarruk sanab

darajasini orzu qilardi. Boylarning solihlari jannatga faqirlardan besh yuz yil keyin 

kirishadi. Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Ka’ba Rabbiga qasamki, ular 

ziyon qiluvchilardir». Abu Zarr (r.a.) so‘radilar: «Ular kimlar?» Payg‘ambar (s.a.v.): 

«Ular mollari ko‘p kishilardir», dedilar. So‘ng faqirni qanday kamsitadiki, Alloh taolo uni 




Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

12

tijorat joyi qilib qo‘ygan bo‘lsa. Zero, molni uning mehnati bilan topadi, undan 



ko‘paytiradi va hojat qadar uning muhofazasiga harakat qiladi. Faqirga ehtiyoji 

miqdorida berish va berilsa, zarar qiladigan ortiqcha molni to‘xtatishni shariat lozim 

qildi. Demak, boy kishi faqirning rizqiga harakat qilgani uchun undan zulmni ko‘tarish, 

qiyinchiliklarni yelkaga olish va faqirning hojatidan ortganini muhofaza qilish bilan ajralib 

turgani uchun u xizmatchidir. Bu holat u to vafot etib, boyliklarini dushmanlari talon-

taroj qilgunicha davom etadi. Demak, qachon karohiyat yo‘qolib, vojibni ado etish va 

faqirning olishi Alloh taoloning tavfiqi bilan surur va quvonchga aylansa, ozor, tahqirlash, 

xo‘mrayish yo‘qolib, surur, maqtov va quchoq ochishga aylanadi. 

Bu zikr qilganlarimiz minnat va ozorning manbai edi. Agar aytsangki: «Uzini yaxshilik 

qiluvchi darajasida ko‘rish mavhum ishdir, qalbini imtihon qilib, o‘zini yaxshilik qiluvchi 

deya ko‘rmasligini bildiradigan alomat bormi?» Bilginki, albatta buning nozik va aniq 

alomati bordir. Bu shunday chamalashdir: masalan, faqir unga bir jinoyat qildi yoki 

uning dushmaniga yaqinlashdi. Shunda uning noroziligi va xafagarchiligi unga sadaqa 

berishdan oldingi noroziligidan ziyodami? Agar ziyoda bo‘lsa, sadaqasi minnat 

nopokligidan xoli emas ekan. Chunki u sadaqasi sababidan bundan oldin kutmagan 

narsasini kutibdi. Yana aytsangki: «Bu ham mavhum ish. Biror kishining qalbi bundan 

xoli emas. Endi buning davosi nima?» Bilginki, albatta buning botiniy davosi va zohiriy 

davosi bor. Botiniysiga kelsak, u yuqorida zikr qilganimiz vojiblarni tushunishdagi 

haqiqatlarni tanlashdir. Albatta faqir uning belganini qabul qilish bilan poklash to‘g‘risida 

unga yaxshilik qiluvchi maqomidadir. Zohiriysi bo‘lsa, minnat etuvchi qilib yurgan 

amallardir. Chunki axloqdan sodir bo‘layotgan fe’llar qalbni kitobning ikkinchi yarmida 

sirlari keladigan holatdek axloq bilan bezaydi. Shuning uchun ham ba’zilar sadaqani 

faqirning oldiga qo‘yib, uning qabul qilishini so‘rab, hatto tilanchi suratiga kirguncha 

turardi. Shu bilan birga u qaytarib bersa, o‘zida yoqimsizlikni his qilardi. Ayrimlari esa 

faqir uning qo‘lidan olishi va yuqorida faqirning qo‘li bo‘lishi uchun kaftini ochib turardi. 

Oisha va Ummu Salamalar (r.a.) agar biror narsani kambag‘al kishiga berib 

yuborsalar, elchiga tayinlashardi: «U qilgan duoni yodlab oling». U qilgan duoni 

qaytarishardi-da, «Bu duoimiz unikiga barobardir. Shu bilan sadaqamiz biz uchun xolis 

bo‘ladi», derdilar. Ular kambag‘aldan hech narsa kutishmasdi, chunki bu mukofotga 

o‘xshardi, shuning uchun duoga mislidek duoni muqobil qilishardi. Umar ibn Xattob 

(r.a.) va o‘g‘illari Abdulloh ham shunday qilishardi. Qalb egalari qalblarini mana shunday 

davolatishardi. Zohiriy tomondan davo faqat zalillik, tavozu’ va minnatni qabul qilishga 

dalolat etadigan amallarda bo‘ladi. Botiniy tomondan esa zikr qilganimiz ma’rifatlarda 

bo‘ladi. U amal tomonidan bo‘lsa, bu ilm jihatidan bo‘ladi. Qalbni faqat ilm va amal 

ma’juni bilangina muolaja qilinadi. Zakotlardagi mana shu shart namozdagi xushu’ 

o‘rnida yuradi. Bu narsa Payg‘ambar (s.a.v.) quyidagi so‘zlarida sobit bo‘lgan: «Kishi 

uchun namozidan faqat fikri anglaganigina qoladi». Bu: «Alloh minnatchining sadaqasini 

qabul qilmaydi», degan so‘zlari kabidir. Yana Alloh azza va jallaning: «Bergan 

sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang», degan so‘ziga o‘xshaydi. 

Ammo faqihning bu shartsiz ham zakotning o‘rniga tushganligi va zimmasidan soqit 

bo‘lganligi haqidagi fatvosi boshqa mavzudir. Uning ma’nosiga «Namoz kitobi»da ishorat 

qilganmiz. 



Oltinchi vazifa -  bergan narsasini arzimas bilmog‘i. Agar ko‘p sanasa, ujbga ketadi. 

Ujb esa amallarni bekor qiluvchi holatdir. Alloh taolo aytadi: 

«Hunayn kunini (eslanglar)! O’shanda sizlarning ko‘p ekanligingiz mag‘rur qilib 

qo‘ygandi. Ammo u sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi» (Tavba surasi, 25-oyat). 

Aytilishicha, toat qanchalik kichik sanalsa, Alloh azza va jalla huzurida shunchalik ulkan 

hisoblanadi. Ma’siyat qanchalik katta hisoblansa, Alloh azza va jalla nazdida shu 




Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə