Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

9

moliyaviy ibodatlar - mol ne’matiga shukrdir. Rizqi tor va molga muhtoj kambag‘alni 



ko‘rib, tilanish va boshqacha muhtojlikdan istig‘no etib qo‘ygan Alloh taologa shukrona 

qilish maqsadida molining qirqdan yoki yigirmadan birini berishga nafsi yo‘l qo‘ymagan 

kishi qanday tubandir! 

Ikkipchi vazifa - ado qilish vaqtida bo‘ladi. (Zakotni) vojib bo‘lish vaqtidan oldinga 

tezlatish diyonatli kishi odobidandir. Bunda kambag‘al va miskinlar qalbiga surur 

bag‘ishlash (ga bo‘lgan Allohning amrini) mahkam ushlashga rag‘batni izhor etish va 

ezguliklardan mahrum qiladigan zamon mone’liklari borligi uchun tezlashish bordir. U 

biladiki, kechiktirishda vojib vaqtdan kechikkanligi uchun banda yo‘liqadigay isyonlar 

bilan birga ofatlar ham bordir. Ichidan yaxshilikka chorlovchi ovoz eshitishi bilan uni 

g‘animat bilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu malakning kelishidir. Holbuki, mo‘mining qalbi 

Rahmon barmoqlari o‘rtasidadir (ya’ni, U xohlaganicha qalbni aylantiradi). Uning aylanib 

qolishi naqadar tez. Shayton esa faqirlikdan qo‘rqitadi, fahsh va munkar ishlarga 

buyuradi. Malakdan keyin uning ham kelishi bor. Shu bois fursatni g‘animat bilsin. 

Zakotiga, agar hammasini ado etsa, ma’lum oyni tayin qilsin. Qurbati ziyoda bo‘lib, 

zakoti ko‘payishi uchun eng qulay vaqtda berishga intilsin. Masalan, muharram oyi - u 

yilning boshi va xarom oylardan hisoblanadi. Yoki ramazon (oyi). Chunki: «Payg‘ambar 

(s.a.v.) xalqning eng saxiyi edilar. Ramazon (oyi)da esa unda hech narsa turmaydigan 

shamol kabi bo‘lardilar». Yana ramazonda laylatul-qadr fazilati bor. Va unda Qur’on nozil 

bo‘lgan. Mujohid aytadilar: «Ramazon demang, chunki u Alloh taoloning ismlaridan 

biridir. Balki ramazon oyi, denglar». Yoki zul-hijja ham fazilati ko‘p oylardandir. Chunki u 

xarom oydir, unda hajjul-akbar bordir. Ma’lum kunlar, ya’ni avvalgi o‘n kunlik va sanoqli 

kunlar, ya’ni kichik hayit kunlari ham undadir. Ramazon oyi kunlarining afzali - oxirgi o‘n 

kunlik, zul-hijja kunlarining afzali esa - avvalgi o‘n kunlikdir. 



Uchinchi vazifa-maxfiylik. Chunki bu riyo va sum’a (odamlar eshitsin uchun amal 

qilish - tarj.)dan yiroq holdir. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Sadaqalarning afzali - moli 

kamaygan kishining maxfiy holda faqirga g‘ayrat qilishidir» (Ahmad va Abu Dovud 

rivoyatlari). Ulamolardan biri deganlar: «Uch narsa yaxshilik xazinasidandir, ulardan biri 

sadaqani maxfiy qilishdir». Yana musnad Holda Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qilinadi: 

«Agar banda bir amalni maxfiylikda qilsa, Alloh uni maxfiy, deb yozib qo‘yadi. Agar uni 

zohir qilsa, oshkoralikka yozib qo‘yadi. Agar bu amalni so‘zlab yursa, u maxfiylik va 

oshkoralikdan olinib, riyokorlikka yozib qo‘yiladi» (Xatib «At-Ta’rix»da zaif sanad bilan 

rivoyat qilgan). Mashhur hadisda esa bunday keladi: «Yetti kishi borki, Alloh ularni faqat 

O’zining soyasi bor kunda soyalantiradi. Ulardan biri - sadaqa qilganda berganini o‘ng 

qo‘li bilib, chap qo‘li bilmay qolgan kishidir» (Imom Buxoriy va Muslim Abu Hurayradan 

(r. a.) rivoyat qilishgan). Xabarda keladi: «Maxfiy sadaqa Parvardigorning g‘azabini 

ketkazadi»  (Bayxaqiy «Ash-sho‘‘ab»da, Abush-Shayx «As-savob»da zaif sanad bilan, 



Termiziy boshqa yo‘l bilan xasan, deya rivoyat qilishgan). Alloh taolo aytadi: 

«Va agar maxfiy qilib faqir-kambag‘allarga bersangiz, bu o‘zingiz uchun 

yanada yaxshiroqdir» (Baqara surasi, 271-oyat). 

Maxfiylikning foydasi riyo va sum’a ofatlaridan xalos bo‘lishdir. Rasululloh (s.a.v.) 

aytadilar: «Alloh eshittiruvchi, ko‘rsatuvchi va minnat qiluvchidan qabul qilmaydi» (bu 

ko‘rinishda naql kilinmagan). Sadaqasini gapiruvchi sum’ani istaydi. Odamlar yig‘inida 

beruvchi riyoni xohlaydi. Maxfiylik va sukut bulardan xalos etadi. Maxfiy berishning 

fazilati haqida bir jamoa mubolag‘a qilib, hatto oluvchi beruvchini ko‘rmasligi kerakligiga 

ijtihod qilishgan. Ba’zilari sadaqani ko‘zi ko‘r kishiga bergan bo‘lsa, boshqalari faqir 

o‘tadigan, u o‘tiradigan, sadaqani ko‘rib, beruvchini sezmaydigan yerga qo‘yishardi. 

Ayrimlar uxlayotgan faqirning kiyimiga tashlab ketsa, yana birlari faqir qo‘liga boshqa 

birov orqali berishardi. Bu shunday bo‘ladiki, beruvchi tanilmasdi, vositachi uning 



Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

10

kimligini yashirardi va ehsonni oshkor etmaslikni tavsiya qilardi. Bularning barchasi 



Parvardigor subhanahuning g‘azabini ketkazish umidida va riyo hamda sum’adan 

saqlanish uchun amalga oshirilardi. 

Qanchalik harakat qilmasin, biror odamning bilishidan qutula olmasa, bu holda bir 

vakilga berishi, vakil miskinga topshirishi va miskin bexabar qolishi afzaldir. Zero, 

miskinning bilishi riyo va minnat bo‘lsa, vakilning bilishi faqat riyodir. Maqsadi shuhrat 

bo‘lsa, amali bekor bo‘ladi. Chunki zakot baxillikni ketkazish va molga muhabbatni 

susaytirish uchundir. Obro‘ga muhabbat esa nafsni egallashda molga muhabbatdan 

kuchliroqdir. Bu ikkovining har biri oxiratda halok qiluvchidir. Lekin baxillik sifati Qabrda 

chaquvchi chayon misoli bo‘lsa, riyo qabrdagi zaharli ilonlardan biri misoliga aylanadi. 

Ikkovining ozorini daf qilish yoki yengillatish uchun zaiflashtirish yoki o‘ldirishga u 

ma’murdir. U riyo va sum’ani qanchalik qasd qilsa, chayonning ba’zi tarafi hisobiga ilonni 

kuchaytirgan bo‘ladi. Chayon qanchalik zaif bo‘lsa, ilon shunchalik quvvatlanadi. Agar ish 

qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldirilsa, unga osonroq bo‘lardi. Uning taqozosiga ko‘ra, 

amal kuchaygan bu sifatlar mushohada qilish, unga qarshi chiqish va muntazamning 

xilofiga amal qilish bilan zaiflashadi. Baxillik boislariga qarshi chiqib, riyo sabablariga 

ijobat qilishdan, adnoni zaiflashtirib, taqvoni kuchaytirishdan ne foyda? Bu daqiq 

ma’nolarning asosi «Halok qiluvchilar choragi»da ham keladi. 

To‘rtinchi vazifa - odamlarni ergashtirish uchun oshkoralikning foydasi bor, deb bilsa, 

(zakot berayotganini) ma’lum qilish. Inson botinini riyoga chaqiruvchi narsadan biz 

«Riyo kitobi»da muolajasini zikr qiladigan yo‘sinda saqlaydi. Alloh azza va jalla shunday 

degan: 

«Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi» (Baqara surasi, 271-oyat). 



Demak, bu hol zakotni oshkora berishni taqozo qiladi. Bu yo ergashtirish uchun yoki 

so‘raguvchi sadaqani odamlar orasida so‘raganidan bo‘ladi. Oshkoralikda riyodan 

qo‘rqib, sadaqa berishni tark etish joiz emas. Balki sadaqani berib, sirrini imkon qadar 

riyodan saqlamog‘i darkor. Boisi oshkora berishda minnat va riyodan boshqa, uchinchi 

bir nomashru’ ish borki, u ham bo‘lsa, faqirning obro‘sini ketkazishdir. Chunki u muhtoj 

sifatida ko‘rinishdan ozorlanishi mumkin. Endi kim tilanchilikni ochiq qilsa, u o‘z obro‘sini 

o‘zi to‘kibdi. Uning izhor qilishida bu ma’noni taqiqlash yo‘q. Bu gunohini bekitgan 

kishining fosiqligini oshkor qilishga o‘xshaydi. Chunki bu ham taqiqlangandir. U haqda 

josuslik qilish, nomusini bulg‘ash nahiy etilgandir. Ammo kim fisqini oshkor qilsa 

namoyishkorligi uchun unga had urish lozim bo‘ladi. Buning sababi - oshkor qilgani. Bu 

borada Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Kim hayo libosini yechsa, uning g‘iybati (da 

gunoh) yo‘qdir» (zaif sanad bilan Ibn Hibbon rivoyat qilgan). Alloh taolo: 



«Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora  infoq-ehson 

qiladigan zotlar...», deydi (Fotir surasi, 29-oyat). Va bunda targ‘ib ifodasi borligi 

uchun oshkora berishga undash bordir. Banda bu ifodani undagi ta’qiq bilan muvozana 

etishda nozik fikrlasin. Chunki bu holatlar va shaxslarga qarab farqlanadi. Ba’zi 

holatlarda ayrim shaxslar uchun oshkoralik afzal bo‘ladi. Kimki shahvat ko‘zi bilan 

qaramay, foyda va ofatlarini tanisa, uning uchun har bir holatga afzal va loyiq bo‘lgan 

narsa ravshan ko‘rinadi. 



Beshinchi vazifa - sadaqasini minnat va ozor bilan buzmasligi. Alloh taolo aytadi: 

«Bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!» (Baqara 

surasi, 264-oyat.) 

Ulamolar minnat va ozor haqiqati to‘g‘risida ixtilof qilishgan. Aytilishicha, minnat - 

sadaqani yodga olmoq, ozor - oshkor qilmoqlikdir. Sufyon aytadilar: «Kim minnat qilsa, 

sadaqasi fosid bo‘ladi». Shunda: «Minnat qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. Javob berdilar: 

«Uni yodga olib gapirishdir». Yana aytilishicha, minnat - berish bilan xizmat qildirish




Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə