Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
23
pinhon tutish». Buni u Payg‘ambargacha (s.a.v.) yetkazib rivoyat qiladi. Umar ibn
Hattob (r.a.) aytadilar: «Albatta amallar o‘zaro faxrlanadi. Shunda sadaqa men eng
afzalingizman, deydi». Abdulloh ibn Umar (r.a.) odamlarga shakar sadaqa qilib buning
boisini izohlab derdilar: «Men Allohning: «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson
qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» (Oli Imron
surasi, 92-oyat), deganini eshitdim. Va Alloh mening shakarni yaxshi ko‘rishimni biladi».
Naxaiy aytadilar: «Agar bir narsa Alloh uchun berilsa, unda ayb bo‘lmoqligi meni
xursand qilmaydi». Ubayd ibn Umayr aytadilar: «Qiyomat kuni odamlar hech bo‘lmagan
ochlikda, hech bo‘lmagan chanqoqlikda va hech bo‘lmagan yalang‘ochlikda tiriladi-yu,
kim Alloh azza va jalla uchun yedirgan bo‘lsa, Alloh uni to‘ydiradi. Kim Alloh azza va jalla
uchun ichirgan bo‘lsa, Alloh uni qondiradi. Va kim Alloh azza va jalla uchun kiydirgan
bo‘lsa, Alloh uni kiyintiradi». Hasan aytadilar: «Agar Alloh xohlaganida edi, ichingizda
faqir qoldirmay, hammangizni boy qilib qo‘yardi. Lekin U ba’zingizni ba’zingiz bilan
imtihon qildi». Sha’biy aytadilar: «Kim o‘zini sadaqasining savobiga faqirning sadaqaga
muhtojligidan ko‘ra ehtiyojmandroq ko‘rmasa, darhaqiqat, sadaqasini botil qilibdi va u
bilan yuziga uribdi». Molik aytadilar: «Boy kishining masjidlarda suv ulashish uchun
sadaqa qilingan idishdan suv ichishida gunoh ko‘rmaymiz. Chunki bu alalxusus muhtoj
va miskinlar qatorida zikr qilinmagan tashna kishilar uchun ham qo‘yilgandir».
Aytishlaricha, Hasanning oldilaridan naxxos (qul savdosi bilan shug‘ullanuvchi kishi) bir
joriya bilan o‘tib qoldi. Unga: «Joriyaning qiymati bir va ikki dirham bo‘lishiga
rozimisan?» dedilar. Undan «Yo‘q» javobini olgach, Hasan unga: «Bor jo‘na, chunki Alloh
azza va jalla jannatdagi hurlar uchun bir chaqa va bir luqmaga rozi bo‘lgandi», dedilar.
Sadaqa ni maxfiy va oshkor qilish bayoni
Bu to‘g‘rida ixlos toliblari yo‘li ixtiloflidir. Bir qavm maxfiylik afzalligiga moyil bo‘lsa
boshqa qavm oshkoralik afzal deydi. Biz bularning barchasidagi ma’no va ofatlarga
ishora qilamiz. So‘ng undagi haqiqatdan pardani ko‘taramiz. Maxfiylikka kelsak, unda
beshta ma’no bor.
Birinchisi - oluviga nisbatan pana bo‘lishda u boqiyroqdir. Ochiq-oshkora olish
olijanoblik pardasini yirtishdir. Ehtiyoj haqida jar solish va qanoatlari sababli bilmagan
odamga boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadigan afiflik va yoqimli ehtiyotkorlik hay’atidan
chiqishdir.
Ikkinchisi - u odamlarning dillari va tillari uchun tinchroqdir. Chunki ko‘pincha ular
hasad qiladilar yoki olishini ma’qullaydilar. Va u behojat bo‘la turib olayapti deb
o‘ylaydilar. Yoxud ortiqcha olganlikda ayblashadi. Hasad yomon gumon va g‘iybat
gunohi kabiralardandir. Ularning bu gunohlardan saqlanishlari a’lodir. Abu Ayyub As-
saxtiyoniy aytadilar: «Men yangi ko‘ylak kiyishni hasad tufayli qo‘shnilarim o‘rtasida gap
bo‘lishidan qo‘rqqanim uchun tark etdim», dedilar. Zohidlardan biri dedi: «Ayrim
narsalarni ishlatishni birodarlarim «Bu unga qaerdan keldi?» deganlari sababidan
ko‘pincha tark etdim». Ibrohim At-taymiydan naql etiladi: «Bir marta ul zotni yangi
kiyimda ko‘rishganida, bir birodarlari: «Sizga bu qaerdan keldi?» deb so‘radi. Ibrohim:
«Birodarim Haysama kiydirib qo‘ydi. Agar ahli buni tanib qolishini bilganimda, qabul
qilmasdim», dedilar.
Uchinchisi - beruvchiga amalni yashirishda yordam bermoqdir. Chunki berishdagi
maxfiylikning oshkoralikka nisbatan fazilati ko‘proqdir. Yaxshi ishni oxiriga yetkazmoqqa
yordam berish ham yaxshilikdir. Yashirish esa ikki tomon bilan komil bo‘ladi. Oluvchi
oshkor qilishi bilan beruvchining ishi ochilib qoladi. Bir kishi olimlardan biriga ochiq holda
narsa bergandi, uni rad etdi. Boshqa kishining maxfiy bergan narsasini esa qabul etdi.
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
24
Undan bu to‘g‘rida so‘raganlarida: «Albatta bunisi yaxshiligini yashirib, odob bilan
muomala etdi qabul qildim. Unisi esa muomalasida odobsizlik qildi qaytarib berdim»,
dedi. Bir kishi so‘fiyga ko‘pchilik ichida bir narsa bergandi u rad etdi. Shunda: «Nima
uchun Alloh azza va jalla senga bergan narsani qaytaryapsan?» deb so‘radi. So‘fiy unga
shunday javob qildi: «Sen Alloh uchun bo‘lgan narsaga Alloh subhanahudan boshqani
sherik qilyapsan. Alloh azza va jalla bilan qanoatlanmayapsan. Bas, senga shirkingni
qaytaryapman». Oriflardan biri oshkoralikda qaytargan narsasini yashirin berilganida
qabul qildi. Unga bu to‘g‘rida gapirilganida shunday dedi: «Oshkor berish bilan Allohga
osiy bo‘lding, men senga ma’siyatda madadkor bo‘lmadim. Yashirin berib toat etding.
Sening yaxshiligingda yordam berdim». Savriy aytadilar: «Agar ba’zilarning sadaqasini
yodga olmasligini va gapirmasligini bilganimda, sadaqani qabul qilardim».
To‘rtinchisi - olishni oshkor qilishda xorlik va mahonat bordir. Mo‘min esa o‘zini
xo‘rlamasligi kerak. Olimlardan biri yashirin holda olib, oshkoralikda olmasdi. Va
shunday derdi: «Albatta oshkoralikda ilmni xorlash va ahlini tahqirlash bordir. Men ilmni
kamsitish va ahlini xorlash bilan dunyodan biron narsani ulug‘lamayman!»
Beshinchisi - sheriklik shubhasidan saqlanish bordir Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar:
«Kimga hadya berilsa va huzurida odamlar bo‘lishsa, unga bu to‘g‘rida ular sherikdirlar»
(Uqayliy, Ibn Hibbon, Tabaroniy va Bayxaqiy rivoyatlari. Uqayliy bu matnda hadis sahih
emas deganlar). Hadyaning kumush yoki tilla ekanligi uni hadyalik xususiyatidan
chiqarmaydi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: «Kishining o‘z birodariga qiladigan eng
yaxshi hadyasi kumush yoki yediradigan taomidir». Bas, kumush hadya qilinadi. Uni
ko‘pchilik ichida bir kishiga berish makruhdir. Illo, hammalari rozi bo‘lishsa mumkin,
lekin bunda ham shubhadan xoli bo‘lmaydi. Agar bir kishi o‘zi bo‘lsa, shubhadan salomat
bo‘ladi.
Ammo oshkor qilish va u haqda so‘zlashlikda to‘rt ma’no bordir.
Birinchisi - bunda ixlos, rostlik, holat chalkashligidan va ikkiyuzlamachilikdan salomat
bo‘lish bordir.
Ikkiichisi - obro‘ va martabani tushirish, bandalik va miskinlikni izhor qilish, kibriyolik
va boylik da’vosidan voz kechish va xalq ko‘zida nafsni sindirish bordir. Oriflardan biri
shogirdiga shunday dedi: «Agar (sadaqa) oluvchi bo‘lsang har qanday holda olishingni
oshkor qil. Shunda sen ikki kishidan albatta biri bo‘lasan: biri - qalbidagi narsani
sindirgan kishi bo‘lib, shunday qilsang, murod shuldirki, dining salomatroq, qalbingning
ofatlari kamroq bo‘ladi. Ikkinchisi - rostlikni izhor qilishing bilan qalbdagi narsasini
ziyoda qilgan kishidirki, buni birodaring xohlaydi. Chunki bunda uning savobi senga
muhabbati va hurmati barobaricha ziyoda bo‘ladi. Uning savobi ziyoda bo‘lishiga sabab
ekaning uchun sen ham ajr olasan».
Uchinchisi - orif Alloh azza va jallagagina qaraydi. Uning haqqida maxfiylik va
oshkoralik birdekdir. Holning o‘zgarishi esa tavhiddagi shirkdir. Oriflardan biri shunday
deydi: «Biz maxfiy olib, oshkora qaytaradigan kishining duosiga ahamiyat bermaymiz.
Hozir bo‘lishadimi, yo‘qmi, xalqqa e’tibor berish holdagi nuqsondir. Balki nazar Vohidul-
Fardga chegaralangan bo‘lmog‘i lozim». Hikoya etilishicha, shayxlardan biri barcha
murididan bittasiga ko‘proq mayl etardi. Bu hol boshqalarga malol kelardi. Shayx ularga
ana shu muridning fazilatini ko‘rsatib qo‘yish uchun har biriga bittadan tovuq berib dedi:
«Sizlardan har biringiz tovug‘i bilan yolg‘iz qolsin va hech kim ko‘rmaydigan sharoitda
uni so‘ysin». Har biri yolg‘iz o‘zi bo‘lib, tovug‘ini so‘ydi, faqat mazkur murid bunday
qilmay, tovuqni qaytardi. Shayx ulardan so‘radi. Ular: «Shayx bizga buyurgan narsani
qildik», deyishdi. Shunda shayx haligi muriddan: «Senga nima bo‘ldi? Do‘stlaring
qilganidek nega so‘ymading?» deya so‘radi. Murid javob qildi: «Men birov ko‘rmaydigan
makonni topolmadim. Chunki Alloh hamma yerda meni ko‘radi». Shunda Shayx: «Mana
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
25
shuning uchun unga mayl etaman. Chunki u Alloh azza va jalladan boshqaga
qaramaydi», dedi.
To‘rtinchisi - albatta izhor etish shukr sunnatini qoim qilishdir. Darhaqiqat, Alloh taolo
aytgan: «Parvardigoringizning (sizga ato etgan) barcha ne’mati haqida bo‘lsa,
(kishilarga doimo) so‘zlang!» (Vaz-zuha surasi, 11-oyat.) Yashirish esa kufroni
ne’matdir. Darhaqiqat, Alloh azza va jalla O’zi bergan narsasini yashirgan kishini
mazammat etib, uni baxilga tenglashtirdi. Alloh taolo aytadi: «Albatta Alloh o‘zlari
baxillik qiladigan va o‘zga odamlarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh
fazlu karamidan bergan ne’matlarni yashiradigan mutakabbir va maqtanchoq
bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36-37-oyatlar). Payg‘ambar (s.a.v.)
aytadilar: «Agar Alloh bir bandaga ne’mat bersa, ne’matini unda ko‘rmoqni sevadi»
(Aumad sahih sanad bilan rivoyat qilgan, Termiziy hasan degan). Bir kishi solihlardan
biriga yashirin narsa berdi. Shunda u kishi qo‘lini ko‘tarib: «Bu dunyodandir. Bunda
oshkoralik yaxshidir. Oxirat ishlarida esa sir afzaldir», dedi. Shuning uchun solihlardan
biri dedi: «Agar ko‘pchilik ichida berishsa olgin, so‘ng maxfiy ravishda qaytarib bergin.
Chunki bunda tashakkur etish mahbub ishdir». Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: «Kim
odamlarga shukr qilmasa Alloh azza va jallaga ham shukr qilmaydi» (sanadi oldin
o‘tgan). Shukr mukofot maqomiga qoimdir. Hatto Rasululloh (s.a.v.): «Kim sizlarga
yaxshilik qo‘lini cho‘zsa uni taqdirlang. Agar bunga qodir bo‘lmasangiz, uni yaxshilik
bilan maqtang va duo qilingki, hatto o‘zingiz uni mukofotladim deb biling», dedilar
(sanadi oldin o‘tgan). Muhojirlar shukr haqida gapira turib dedilar: «Yo Rasululloh,
huzurlariga borganimizda mollarini bizga taqsimlab bergan qavmnikidan ko‘ra yaxshilik
ko‘rmadikki, hatto ajrning hammasini ilib ketdilar deb qo‘rqamiz». Shunda Rasululloh
(s.a.v.): «Aslo-aslo. Ularga aytgan tashakkur va maqtovlaringiz o‘zi mukofotdir», deb
javob berdilar (Termiziy va Hokim rivoyashlari).
Hozir bu ma’nolarni tushungan bo‘lsang, bilgilki bu to‘g‘rida naql qilingan
odamlarning ixtilofi bu masaladagi ixtilof emas, balki holdagi ixtilofdir. Bundagi pardani
ko‘tarish shuki, biz har qanday holda maxfiylik afzal yoki oshkoralik afzal deya qat’iy
hukm qilmaymiz. Balki bu niyatlar ixtilofiga qarab farqlanadi, niyatlar esa hollar va
shaxslarga qarab farqlanadi. Ixlosli kishi o‘z nafsidan xabardor bo‘lib turishi lozimki, toki
u g‘urur arqoniga osilib qolmasin, tabiat firibi va shayton makriga aldanib qolmasin.
Makr va aldov maxfiylik ma’nosida oshkoralikdan ko‘ra ko‘proqdir. Ayni chog‘da ularning
har biriga bu illatlarning daxli bordir. Maxfiylikdagi aldov daxliga kelsak, u obro‘ va
darajaning tushishi, odamlar ko‘z o‘ngida qadrning pasayishi, xalqning unga taxqirlash
ko‘zi bilan qarashi va beruvchiga esa valine’mat hamda muhsin ko‘zi bilan boqishidan
iborat holatlar mavjudligi uchun tabiatning unga moyil bo‘lishidir. Bu tuzalmas darddir.
Nafsda yaxshilab o‘rnashib, shayton uning vositasida yaxshi ma’nolarni yuzaga
chiqaradiki, hattoki u maxfiylik haqida zikr qilingan besh ma’no bilan kasallanadi.
Barchasining me’yor va toshi bir narsadir. U ham bo‘lsa, sadaqa olishi ochilib qolish
sababidan ozorlanishi ba’zi tengqur va o‘ziga o‘xshashlarning olgan sadaqasi ochilib
qolgandagi ozorlanishiga o‘xshamog‘idir. Chunki u odamlarni g‘urbat, hasad, yomon
gumondan muhofaza etishdan yoki parda yirtilmog‘idan saqlamog‘i yoki maxfiy qilishda
beruvchiga ionatni yoxud ilmni isrof bo‘lishdan asrashni istasa, bularning barchasi
birodari sadaqasining ochilib qolishi bilan hosil bo‘ladigan ishlardandir. Agar uning ishini
ochilib qolishi boshqa birovniki ochilib qolishidan og‘irroq tuyulsa, unda taxmini
shaytonning makr va hiylasidan bo‘lgan chalkash va botil ushbu ma’nolardan qochish
bo‘lmog‘i kerak. Chunki ilmni xorlash man etilgandir. Bu Zaydning ilmi yoki Amrning ilmi
ekanidan emas, balki ilm bo‘lgani uchundir. G’iybat ham muhofazalangan sha’nga
tekkani uchun ta’qiqlangandir. Alalxusus, Zaydning sha’nini obro‘sizlantirgani uchun
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
26
emas. Kim shunga o‘xshagan narsalarning mulohazasini yaxshilab qilsa, shayton undan
ojiz qoladi. Illo, amaj ko‘p, nasibasi kam bo‘yicha qoladi.
Oshkor etish tomoniga kelsak, beruvchining qalbi xush bo‘lgani uchun shunday
qilishga boshqalarni undash borligi uchun va boshqalarning oldida oluvchini shukr
etishda mubolag‘a qilishini ko‘rsatish borligi uchun ta’b unga moyil bo‘ladi. Bu ham
botinga ko‘milgan tuzalmas darddir. Shayton diyonatli kishiga mana shu razolatni sunnat
ko‘rinishida targ‘ib qilish bilangina kuchi yetadi. Unga: «Shukur sunnatdandir, maxfiylik
esa riyodandir», deydi. Unga zikr qilgan ma’nolarimizni oshkor berishga majburlash
uchun tizib tashlaydi.
Buning me’yori va toshi-tashakkur aytishga nafsining mayli qandayligiga boqmog‘idir.
Bu beruvchiga va berishga rag‘bati bor kishiga xabar yetmagan holatda, hamda tuhfani
oshkor qilishni yomon ko‘radigan va maxfiylikka qiziqadigan jamoat oldida bo‘lmog‘i
lozimdir. Ularning odatlari maxfiy etib, rahmat aytmaydiganlarga berish edi. Agar bu
holatlar uning nazdida barobar bo‘lsa bilsinki, demak, uning niyati tashakkur va ne’matni
so‘zlashdagi sunnatni qoyim qilishdir. Aks holda, u mag‘rur - aldangandir.
So‘ng niyati tashakkur etishdagi sunnat ekan beruvchining haqqini ado etishdan
g‘aflatda qolmasin. Boqsinki, agar u tashakkurni va ovoza bo‘lishni yoqtiradiganlardan
sanalsa, u bergan sadaqayi-maxfiy etmog‘i va rahmat aytmasligi lozim bo‘ladi. Chunki
uning haqqini ado etish unga zulmga yordam bermaslik edi. Uning tashakkur istashi
zulmdir.
Agar uning holidan tashakkurni sevmasligi va uni maqsad qilmasligi ma’lum bo‘lsa,
shunda tashakkur aytadi va sadaqasini oshkor qiladi. Shuning uchun ham Rasululloh
(s.a.v.) ham oldilarida maqtalgan kishi to‘g‘risida: «Uning bo‘yniga urdinglar, agar buni
u eshitganda najot topmasdi», dedilar (Muttafaqun alayh). Shu bilan birga u zot (s.a.v.)
bir qavmni iymonlariga ishonganlari va bu hol ularga zarar bermasligi, balki yaxshilik
yo‘lidagi rag‘batlari yanada ziyoda bo‘lishini bilganlari uchun yuzlariga maqtardilar.
Ulardan biri haqida: «U badaviylarning sayyididir», desalar (Anbariy va Tabaroniylar
rivoyati), boshqa o‘rinda: «Agar sizlarga bir qavmning ulug‘i kelsa, uni ikrom qilinglar»
(Sha’biy sahih sanad bilan mursal holda rivoyat qildilar), deydilar. Bir odamning gapini
eshitib hayratlanganlarida: «Albatta bayonda sehr bordir» (Buxoriy rivoyati), dedilar.
Yana aytadilar: «Agar biringizga bir birodarining yaxshiligi ma’lum bo‘lsa, buning
xabarini unga bersin, chunki bu uning yaxshilikka rag‘batini ziyoda qiladi» (Doriqutniy
rivoyati), «Agar mo‘min maqtalsa, qalbida iymon o‘ladi» (Tabaroniy zaif sanad bilan
rivoyat qilgan). Savriy aytadilar: «Kim o‘zini bilsa odamlarning maqtovi zarar
bermaydi».
Bu ma’nolarning daqiqidir. Qalbining rioyasini qilgan kishi bularni mulohaza etadi. Bu
noziklikka beparvo bo‘lib qilingan a’zolarning amallari shaytonga kulgidir. Chunki bunda
mashaqqat ko‘p bo‘lib, foyda kamdir. «Bir masalani bilmog‘im bir yillik ibodatdan
afzaldir», degan ma’no mana shunga o‘xshash ilm haqida aytilgandir. Zero, bu ilm bilan
umr ibodati jonlanadi. Va jaholat bilan o‘lib, ishdan chiqadi.
Xullas, ko‘pchilik ichida olib, yashirin holda qaytarib berish yo‘llarning eng yaxshisi va
tinchidir. Kishi naqshu-bezaklarga qiziqmasligi kerak. Illo, ich va tash barobar bo‘ladigan
darajaga yetishguncha ma’rifatni kamolga yetkazish lozim. Bu esa gapirilaveradi-yu,
lekin ko‘zga ko‘rinmas falsafa toshidir. (U - o‘rta asr alximiklariga ko‘ra, har qanday
ma’danni oltinga aylantira oladigan tosh). Allohdan chiroyli yordam va muvaffaqiyat
so‘raymiz.
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
27
Sadaqa yoki zakot olishdan afzalining bayoni
Ibrohim Al-Xavvos, Junayd va boshqa bir jamoat sadaqani olishni afzal sanaydilar.
Chunki zakotni olishda miskinlarga zahmat va qiyinchilik bor. Zero, ko‘pincha olish
uchun Qur’oni karimda tavsiflangan haqdorlik sifatlari yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Sadaqada esa ish ancha kengdir.
Sadaqani emas, zakotni oladi, deganlar aytishadi: «Chunki bu vojibga madad
berishdir. Agar miskinlar hammalari zakot olishni tark qilishsa, barobar gunohkor
bo‘lishadi. Chunki zakotda minnat yo‘qdir». Va u Alloh subhanahuning muhtoj
bandalariga rizq o‘laroq qilgan vojib haqqidir. Chunki u ehtiyoj yuzasidan olmoqda.
Inson o‘z hojatini aniq biladi. Sadaqani olish qarzga olishdir. Chunki ko‘pincha sadaqa
beruvchi bu to‘g‘rida yaxshi deb e’tiqod qilgan kishisiga beradi. Chunki miskinlarga
oshnolik zillat va tavozega kirgizadi. Mutakabbirlikdan uzoq qiladi. Zero, inson sadaqani
hadya ko‘rinishida oladi. Shundan uni ajratib bo‘lmaydi. Bu oluvchining xorligi va
muhtojligini anglatadi. Bu to‘g‘ridagi haq so‘z shuki, bu narsalar shaxsning holatlariga va
unda g‘ojb bo‘lgan sifatga va ko‘ngliga tukkan niyatiga qarab o‘zgaradi. Agar u haqdorlik
sifati bilan vasflanmagan bo‘lsa, unga zakot olish durust bo‘lmaydi. Agar yaxshilikka
sarflangan qarzi bo‘lib, uni to‘lashga imkoniyati yo‘q kishi kabi o‘zini zakot olishga to‘la
haqli hisoblasa, demak, u qat’iyan haqlidir. Agar bu inson zakot olish va sadaqa o‘rtasida
ixtiyorli bo‘lsa, sadaqa egasining molini olmasa, sadaqa etmasligini bilib qolsa, uni olsin.
Chunki vojib zakotni egasi haqdor kishiga shundoq ham beraveradi. Agar shunday
qilinsa yaxshilik ko‘payadi, miskinlarga kenglik bo‘ladi. Agar mol sadaqaga atab
qo‘yilgan bo‘lsa, zakotni olish miskinlarga qiyinchilik tug‘darmasa, bu holda u
ixtiyoriydir. Bu to‘g‘ridagi ishlar tafovutlidir. Zakotni olish ko‘p hollarda nafsni sindirish,
xorlashdir, vallohu a’lam.
Allohga hamd bo‘lsinki, yordami va go‘zal muvaffaqiyati bilan «Zakot sirlari» kitobi
bitdi. Buning ortidan, inshaalloh, «Ro‘za sirlari» kitobi keladi. Sayyidimiz Muhammadga
barcha payg‘ambar va rasullarga, ahli samo va yerdan bo‘lgan farishta va
muqarrablarga va oli ashobga qiyomatga qadar ko‘p va doimiy salovot va salomlar
bo‘lsin. Hamd tanho Allohgadir. Alloh bizga kifoyadir. U qanday ham yaxshi vakildir!
Dostları ilə paylaş: |