Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

17

Bu bilan kasb qilishga intilishni iroda etganlar Umar (r.a.): «Shubhada kasb qilish 



ham tilanchilikdan yaxshiroqdir», dedilar. Agar otasining yoki nafaqasi vojib kishshshng 

nafaqasi bilan cheklanib qolsa, bu kasb qilishdan yengilroq hol bulgani uchun faqir 

emasdir. 

Ikkinchi sinf: miskinlar.  Miskin - kirimi chiqimini qoplamaydigan kishi. Kishi ming 

dirhami bo‘la turib ham miskin bulishi mumkin. Boltayu arqonga ega bulib ham boy 

bo‘lishi mumkin. Yashab turgan hovlisi va holiga yarasha kiyimi kishidan miskinlik 

nomini tortib ololmaydi. Shuningdek, muhtoj bo‘lingan uy jihozlari ham shu hukmda. 

Bunda o‘ziga loyiq bo‘lishi ahamiyatga ega. 

Xuddi shunday ilmiy kitoblar ham uni miskinliqdan chiqara olmaydi. Faqat kitoblarga 

ega odamga fitr sadaqa berish lozim bo‘lmaydi. Kitobning hukmi kiyim va jihozning 

hukmidek. Chunki u bunga muhtojdir. Lekin kitobga bo‘lgan qat’iy ehtiyojni aniqlashda 

ehtiyot bo‘lish lozim. Kitobga uchta maqsad bilan muhtoj bo‘linadi: ta’lim berish; istifoda 

etish; mutolaa bilan zavqlanish. Zavqlanish ehtiyojiga e’tibor yo‘qdir. Bunga she’riy 

kitoblar, voqealar tarixi va shunga o‘xshash oxiratda naf bermaydigan va dunyoda faqat 

zavqlanish, odatlanish o‘rnida yuradigan kitoblarni yig‘ish misol bo‘ladi. Bular kafforat va 

fitr zakoti uchun sotiladi. Miskinlik nomidan mahrum qiladi. Ta’lim berish ehtiyoji kasb 

uchun bo‘lsa, tikuvchi va boshqa hunarmandlarning anjomlari singari fitr sadaqani berish 

uchun sotilmaydi. Bunga haq evaziga odob beruvchi, muallim va mudarris misol bo‘ladi. 

Chunki bu kishilarning kitoblari asbob-anjomlaridir. Agar u farzi kifoyani barpo qilish 

uchun dars bersa, kitoblari sotilmaydi, undan miskin nomi olinmaydi. Chunki bu juda 

muhim ehtiyojdir. Ammo kitobdan istifoda etish va o‘rganish ehtiyoji bo‘lsa, bu o‘zini 

muolaja etish uchun tib kitoblari, ibrat olish uchun va’z kitoblarini yiqqanga o‘xshash. 

Agar shaharda tabib va voiz bo‘lsa, bu kitoblar hojatsizdir. Agar bo‘lishmasa, ehtiyoj 

bordir. Keyingi masala: kitob mutolaasiga bir muddat o‘tgandan so‘ng muhtoj bo‘linadi. 

Bunda ana shu muddatni aniqlab olish lozim bo‘ladi. Aytishga eng ma’quli bir yil ichida 

muhtoj bo‘linmagani - hojatsizidir. Agar bunda kunlik ozuqasidan biror narsa ortsa, fitr 

sadaqa lozim bo‘ladi. Ozuqa kunlik hisoblansa, uy jihozi va badan kiyimi yillik bilan 

belgilanishi lozim. Yozgi kiyim qishda sotilmaydi. Kitoblar esa kiyim sababidan 

pullanmaydi. Jihoz ham shunga o‘xshash. Kishida bir kitobdan ikki nusxa bo‘lishi va 

biriga hojat bo‘lmasligi mumkin. Agar u: «Kitoblardan biri sahih, boshqasi esa chiroyli. 

Men ikkoviga ham muhtojman», desa, aytamizki: «Sahihi bilan kifoyalan, chiroylisini 

sot. Zavqlanish va dabdabani qo‘y!» Agar bir ilm to‘g‘risida ikki nusxa topilib, biri keng

ikkinchisi qisqa bo‘lsa, agar maqsadi undan istifoda etish bo‘lsa, keng berilgani bilan 

kifoyalansin. Agar qasdi dars berish bo‘lsa, ikkoviga ham ehtiyoji bo‘ladi. Zero, bularning 

har birida boshqasida yo‘q foyda mavjud. Bu ko‘rinishlarning misollari sanoqsizdir. Fiqh 

fanida bunga to‘xtalinmaydi. Bizning to‘xtalishimiz esa baloi om bo‘lgani va bu 

qarashning boshqasidan yaxshi ekaniga tanbeh etish uchundir. Bu ko‘rinishlarni chuqur 

tadqiq etish imkonsizdir. Zero, uy jihozi xususidagi bunday qarashda uning miqdori, 

adadi va naviga, badan kiyimi va hovli xususida esa uning kengligiga va torligiga o‘tiladi. 

Bu ishlarda esa chegaralangan hudud yo‘qdir. Lekin faqih bunda o‘z ra’yi bilan ijtihod 

qiladi. Hududlarni aniqlashni ra’yiga nisbatan yaqinlashtiradi. Bundan shubhalanish 

xatarini parchalabtashlaydi. Taqvodor bunda ehtiyotni ushlaydi va shubhalanganini 

qo‘yib, qanoat hosil qilganini oladi. Bir-biriga ravshan muqobil taraflar o‘rtasida 

shakllangan o‘rta darajalar ko‘pdir. Bundan faqat ehtiyot bilangina najot topiladi. 

 Uchinchi sinf: omillar. Bular xalifa va qozidan boshqa zakotlarni yig‘ishga bel 

bog‘lagan kishilardir. Bularga oqsoqol, kotib, hisobchi, qo‘riqchi va tashuvchilar kiradi. 

Birortasining haqqi misliy haqdan (bu - o‘sha paytda shunday kasb bilan shug‘ullangan 

kishiga beriladigan haq) ziyoda etilmaydi. Agar puldan misliy haqqa bir miqdor ortib 



Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

18

qolsa, boshqa sinflarga qayta taqsimlanadi. Agar kam bo‘lsa, muassasa masolih 



(ommaning manfaati uchun to‘plab qo‘yilgan mol) molidan qo‘shib beriladi. 

To‘rtinchi sinf: Islomga qalbi moyil kishilar. Bular qavmida ergashiladigan va Islomni 

qabul qilgan ashroflardir. Ularga zakot berish Islomga mustahkam bo‘lishlari va o‘zlariga 

o‘xshashlarni, qavmlarini targ‘ib qilishlari uchundir. 

Beshinchi  sinf:  mukotablar  (muayyan miqdorni to‘lash evaziga ozod bo‘lishni xojasi 

bilan kelishgan qul). Zakot oluvchi va uning haqli bo‘lish shartlari Xojaga mukotabning 

hissasi to‘lanadi. Mukotabning o‘ziga bersa ham, joiz. Lekin xo‘jayin o‘z zakotini o‘z 

mukotabiga bermaydi. Chunki u o‘ziga qul hisoblanadi (chunki bunda foyda o‘ziga 

qaytadi). 

Oltinchi sinf: qarzdorlar. Qarzdor - yaxshi yoki muboh ishlarda qarz olgan kishi bo‘lib, 

u ham faqirdir. Agar gunoh ishda qarz olgan bo‘lsa, bu ishidan tavba qilmagunicha zakot 

berilmaydi. Agar qarzdor boy bo‘lsa, qarzi zakotdan uzilmaydi. Illo, u qarzni omma 

manfaati yoki fitnani o‘chirish uchun olgan bo‘lsa, bundan mustasno. 



Yettinchi sinf:  yollanma askarlar o‘rdusida ko‘zda tutilmagan g‘oziylar. Garchi boy 

bo‘lsalar ham, g‘azot qilishlariga madad bo‘lishi uchun ularga ham zakotdan beriladi. 



Sakkizinchi sinf: musofir. Shahridan gunoh bo‘lmagan safar qilish uchun chiqqan yoki 

o‘sha shaharda g‘arib bo‘lgan kishi. Agar u faqir bo‘lsa, zakot beriladi. Agar moli boshqa 

shaharda bo‘lsa, unga yetib olguday miqdor beriladi. Agar: «Bu sifatlar qanday 

bilinadi?» deb aytsang, shunday javob beramiz: «Faqir va miskinda oluvchining qabul 

qilishi bilan. Bunda dalil so‘ralmaydi va qasam ichdirilmaydi. Balki yolg‘onchiligi 

bilinmagan bo‘lsa, so‘ziga tayanish joizdir. Ammo g‘azot va safar bo‘lsa, bu kelajak ishi 

bo‘lgani uchun «Men g‘oziyman», degan so‘zi bilan berilaveradi. Agar so‘zining ustidan 

chiqmasa, qaytariladi. Qolgan boshqa sinflar bo‘lsa, dalil-xujjat keltirishlari lozim. Bular, 

demak, zakot olishga haqdorlik shartlaridir». Ularning har biriga qancha miqdorda 

berilishi esa quyiroqda keladi. 



 

Oluvchi vazifalarining bayoni 

 

Zakot oluvchining vazifalari beshtadir. 



Birinchisi - kifoya etgulik zakotni unga berishni vojib etgan Zot - Alloh azza va jalla 

ekanini bilmoqdir. 

Darhaqiqat, xalq Alloh azza va jallaga bitta maqsad bilan, u ham bo‘lsa, Alloh 

subhanahu va oxirat kuni qasdida ibodat qiladi. Alloh taoloning quyidagi oyati ham shu 

ma’nodadir: 

«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-

zoriyot surasi, 56-oyat). Lekin hikmati ilohiya bandaga shahvat va ehtiyojlar hukmronlik 

qilishini taqozo etganida, ular bandaning maqsad-tashvishini bo‘lak-bo‘lak qilib yubordi. 

Uning karami esa ehtiyojlarga kifoya etadigan ne’matlarni yog‘dirishni taqozo qildi. Mol-

mulkni ko‘paytirdi, ularni bandalarning qo‘liga to‘kib tashladi. Buni U bandalarning 

ehtiyojlarini ketkazishga sabab va toatga bo‘shashlari uchun vasila maqsadida qildi. 

Ulardan ayrimlarining molini ko‘paytirib, fitna va imtihon qildi. Va bas, uni xatarga 

tortdi. Ba’zilarini esa yaxshi ko‘rib, rahmdil kishi kasalini himoya etganidek, uni 

dunyodan himoya qildi. Undan oshiqchasini ushlab qoldi. Ehtiyojga yarashasini boylar 

qo‘li bilan unga tomon haydadi. Kasb mashg‘ulligi, yig‘ish va saqlashdagi mashaqqat 

boylarga, foydasi esa kambag‘allarga bo‘lsin uchun shunday qildi. Shunda ular Alloh 

ibodati va o‘limdan keyingi hayotga tayyorlanishga o‘zlarini bag‘ishlaydilar. Ularni ortiq 

dunyo burmaydi, yo‘qchilikdan qo‘rqish mashg‘ul qilib qo‘ymaydi. Bu borib turgan 

ne’mat. Demak, faqirning haqqi faqirlik ne’matining qadrini bilishdir. 




Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə