Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

7

zohirlarga hujum qilishdan saqlanish lozim bo‘ladi. 



Sakkiztadan ikkita sinf ko‘p mamlakatlarda topilmaydi. Bular: qalblari ulfat 

qilinganlar; zakot yig‘uvchilar. Boshqa mamlakatlarda esa to‘rt sinf mavjud: faqirlar; 

miskinlar; qarzdorlar; musofirlar. Ikki sinf esa ba’zi mamlakatlarda bo‘lib, boshqasida 

topilmaydi. Ular g‘oziylar; mukotablar. Agar, masalan, beshta sinf topilsa, zakotining 

molini ular o‘rtasida teng yoki yaqin qilib beshga taqsimlaydi. Va har bir sinf uchun bir 

qism tayin qiladi: So‘ng har bir qismga uch hissa yoki ko‘proq belgilaydi. Bu taqsimot 

teng yoki yaqin bo‘ladi. Unga sinf kishilari o‘rtasida tenglikka rioya qilishi shart emas. 

O’ntaga yoki yigirmataga taqsim qilishi mumkin. Har birining nasibasini kamaytira oladi. 

Ammo sinflarning o‘zi esa ziyoda va nuqsonni qabul qilmaydi. Agar topilsa, har bir sinfda 

uchtadan kam qilmaslik lozim bo‘ladi. Fitr sadaqada ham beshta sinf topilsa, undagi 

kishilar sonini o‘n beshtaga yetkazish vojibdir. Agar imkoni bo‘la turib ularni bittaga 

kamaytirsa, ana shu bir kishining nasibasiga jarima to‘laydi. Agar unga vojib o‘laroq 

beradigan moli kamligi uchun qiyin bo‘lsa, zakot berishi lozim jamoaga sherik bo‘lsin 

hamda o‘z molini ularniki bilan aralashtirsin. So‘ng olishga haqli kishilarni yig‘ib, ularga 

molni topshirsinki, bunda ular hissador bo‘lsinlar. Chunki zakotda shunday qilmoq 

lobiddir (Imom Abu Hanifa mazhablarida zakotni sakkiz sinfdan biriga bersa bo‘ladi. 

Ulamolarimiz aytishlaricha, mol egasi ixtiyorlidir. Agar xohlasa, sakkiz sinfning 

hammasiga beradi. Xohlasa, bir sinf bilan chegaralanadi. Shuningdek, xohlagan sinfidan 

faqat bir kishiga ham berishi mumkin. Bu sahobalardan Umar ibn Xattob, Ali, Ibn Abbos, 

Maoz ibn Jabal, Huzayfa va boshqalarning so‘zlaridir. Bu to‘g‘rida ular o‘rtasida ixtilof 

bo‘lmaganidan ushbu hukm ijmoan sobitdir. «Al-Kanz» sharhida shunday deyilgan.). 

 

Zakotdagi nozik botiniy odoblarning bayoni 

 

Bilgilki, oxirat yo‘lining muridiga zakotda bir necha vazifalar bor: 



Birinchi vazifa -  zakotning vojibligi va ma’nosini fahmlamok. Undagi imtihon 

mazmunini tushunmoq hamda uning badaniy ibodat emas, faqat moliyaviy tasarruf 

bo‘lgani holda nega Islom binolaridan qilinganini anglamoq. Bu uch xil sharhlanadi. 

Birinchi ma’no: shahodat kalimasini talaffuz etmoq, ya’ni tavhidni shart qilmoq

ma’bud yolg‘izligiga iqror bo‘lmoq va muvahhid uchun Yakka, Yolg‘iz Zotdan o‘zga 

mahbub qolmasligi vafo komilligining shartidir. Chunki muhabbat sheriklikni qabul 

etmaydi. Til bilan bo‘lgan tavhidning manfaati kamdir. Balki muhibning darajasi 

mahbubdan ayrilish bilan sinaladi. 

Mol xalq nazdida mahbubdir. Chunki u dunyodan lazzat olish asbobidir. U sababli 

olam bilan do‘stlashishadi, mahbubga yo‘liqish bo‘lgani holda o‘limdan nafratlanishadi. 

Bas, bunda mahbub to‘g‘risidagi da’volarida sinovga yo‘liqdilar hamda ohanrabo va 

ma’shuqalari bo‘lmish moldan ayrildilar. Shuning uchun ham Alloh taolo: 

«Albatta Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat 

barobariga sotib oldi», (Tavba surasi, 111-oyat) deydi. Bu esa jihod yo‘li Allohga 

yo‘liqishga shavq etgani uchun nafs bilan saxiylik qilmoqdir. Mol bilan saxovat qilish esa 

yengilroqdir. 

Bu ma’no tushunilganda odamlar mol sarfiyoti bo‘yicha uch qismga bo‘lindilar. 



Birinchi kism - tavhidda rost bo‘lib, ahdi vafo qildilar. Va barcha mollaridan voz 

kechib, bir dinor yoki dirham ham saqlamadilar. Zimmalariga zakot vojib bo‘lishkdan 

bosh tortdilar. Hatto birlaridan: «Ikki yuz dirhamga qancha zakot vojib bo‘ladi?» deb 

so‘rashganida, shunday degan ekanlar: «Ommaga bo‘lsa, shariat hukmi bilan besh 

dirham. Bizga esa hammasini sarf etmoq vo-jib bo‘ladi». Shu bois Abu Bakr Siddiq (r.a.) 

mollarining hammasini, Umar (r.a.) esa yarmini sadaqa qildilar. Payg‘ambar (s.a.v.): 




Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

8

«Ahli ayolingga qanchasini qoldirding?» deganlarida, Umar (r.a.) «Shunchasini», degan 



javobni berdilar. Abu Bakrga (r.a.) ham: «Ahli ayolingga qanchasini qoldirding?» 

deganlarida, u kishi: «Faqat Alloh va Uning rasulini», deb javob qildilar. Shunda 

Rasululloh (s. a. v.): «O’rtangizda aytgan so‘zlaringizchalik farq bordir», dedilar. Siddiq 

mukammal sidqqa vafo qildilar, nazdlaridagi mahbubdan boshqasini, Alloh va Uning 

rasulidan boshqasini tutmadilar. 

Ikkinchi kism: bularning darajasi ularnikidan quyiroqdadir. Bular mollarini saqlab 

turadilar, ehtiyoj vaqtlari, xayriyat mavsumlarini kutadilar. Molni saqlashdan maqsadlari 

hammasini emas, hojat miqdoricha infoq etmoqdir. Ehtiyojdan ortganini qanday 

bo‘lmasin, yaxshilik yo‘llariga sarflamoqdir. Bular zakot miqdorida chegaralanib 

qolmaydilar. Tobe’inlardan Sha’biy, Naxa’iy, Ato va Mujohid kabi bir jamoa molda 

zakotdan ham boshqa huquq borligini aytganlar. Sha’biyga: «Molda zakotdan ham 

boshqa haq bormi?» deyishganida, u zot: «Ha! Alloh taoloning: 

«O’zi yaxshi ko‘rib turib molini karindosh-urug‘lariga ... beradigan», (Baqara 

surasi, 177) degan oyatini eshitganmisan?» dedilar. Ular yana Alloh taoloning quyidagi 

so‘zlarini ham dalil qilishadi: 

«Biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq-ehson qiladilar» (Anfol 

surasi, 3-oyat). 



«Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz!» (Munofiqun 

surasi, 10-oyat.) Va bular zakot oyati bilan mansux bo‘lmagan, balki u muslimning 

muslim ustidagi haqqiga doxil deyishadi. Buning ma’nosi boy kishi qaerda muhtoj kishini 

topsa, uning hojatini zakot molidan tashqari ham chiqarishi lozim, deganidir. 

Fiqhda bu bobdan sahih bo‘lgani shuki, uni (kambag‘alni) hojat qanchalik qiynasa, 

qiyinchilikni ketkazish farzi kifoya bo‘ladi. Lekin boy kishiga hojatni ketkazadigan narsani 

qarz bermoq kerak, deb aytilishi ham ehtimol qilinadi. Unga o‘zidan zakotni soqit 

etganidan keyin sarfiyot lozim bo‘lmaydi. Va yana ehtimol qilinadiki, darhol sarfiyot 

lozim bo‘ladi, unga qarz berish joiz emas, ya’ni kambag‘alga qarz qabul etishni taklif 

etish joiz bo‘lmaydi deb aytilishi ham mumkin. Bu ixtilofli masala. Qarz berish avom 

darajasidan oxirgi darajaga tushishdir. Bu uchinchi kism darajasi bo‘lib, bunga 

kirganlar vojibni ado qilish bilan kifoyalangan, undan ko‘paytirmaydigan va 

kamaytirmaydigan eng past rutbada bo‘lgan darajadadir. Avomning molga baxilligi, 

unga moyilligi va oxiratga muhabbati zaif bo‘lgani uchun bu bilan kifoyalanishadi. Alloh 

taolo aytadi: 

«Agar (Alloh) sizlardan (mol-dunyolaringizning barchasini) so‘rab, sizlarni 

qiynaydigan bo‘lsa, sizlar baxillik kilursizlar» (Muhammad surasi, 37-oyat). 

Ikkinchi ma’no - baxillik sifatidan poklanish. Chunki bu halok qiluvchidir. Rasululloh 

(s.a.v.) aytadilar: «Uch narsa halok qiluvchidir: itoat qilinadigan baxillik; ergashiladigan 

kibr-havo; kishining o‘zi bilan mag‘rurlanishi». Alloh taolo aytadi: 



«Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa bas, ana o‘shalar najot 

topguvchilardir» 

(Hashr surasi, 9-oyat). Uning halok qiluvchilik sababi va undan saqlanish kayfiyati 

«Halok qiluvchilar choragi»da keladi. Baxillik sifati molni sarflashga o‘rganish bilan 

ketadi. Bir narsaga muhabbat hatto odatga aylanguncha nafsni o‘sha narsadan ajrashga 

majburlash bilangina to‘xtaydi. Za-kot shu ma’no bilan poklovchidir, ya’ni egasini halok 

qiluvchi baxillik razolatidan poklaydi. Uning poklashi sarfiyot miqdori va chiqarib 

berishga xursandligi hamda Alloh taolo yo‘lidagi xarajatga xursandligi miqdoricha 

bo‘ladi. 

Uchinchi ma’no - ne’matga shukr. Chunki Alloh azza va jallaning bandasi ustida nafsi 

va moliga oid ne’mati bordir. Badaniy ibodatlar - badan ne’matiga shukr bo‘lsa, 




Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə