Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

15

va taraddudni ketkazuvchi hamda bois muqtazolaridan foydalanib qolish uchun qudratni 



bo‘ysundiruvchi Zotdir. Kim bunga qat’iy ishonsa, nazari faqat Musabbibul-asbob 

(Sabablarni paydo qiluvchi)ga qaratiladi. Bandaning mana shunday qat’iy ishonchi 

beruvchi uchun boshqaning maqtov va tashakkuridan foydaliroqdir. Chunki maqtov va 

tashakkur til harakati bo‘lib, ko‘pincha foydasi kam bo‘ladi. Ammo bunday muvahhid 

bandaga yordam etish zoe bo‘lmaydi. Lekin ato tufayli maqtaydigan va xayriyat so‘rab 

duo etadigan kishi esa atodan noumid bo‘lganda mazammat etadi, yomonlik so‘rab duo 

qiladi. Uning holati o‘zgarib turadi. Rivoyat etilishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) faqirlardan 

biriga ato jo‘natdilar va elchiga: «Aytgan narsasini yodlab ol», dedilar. U atoni olgan 

vaqtda: «Zikr qilganni unutmaydigan va shukr qilganni zoe etmaydigan Zot Allohga 

hamd bo‘lsin! Allohim! Albatta Sen falonchini (ya’ni, o‘zini) unutmading, endi falonchini 

Seni unutmaydigan qilib qo‘ygin!» dedi. Rasulullohga (s.a.v.) buning xabari berilganida 

xursand bo‘ldilar va: «Uning bunday deyishini bilgandim», dedilar (asli yo‘q, faqatgina 



Ibn Munda zaif sanad bilan rivoyat qilgan.)   Qara, u iltifotini yolg‘iz Allohga qanday 

chegaraladi! Yana Payg‘ambar (s.a.v.) bir odamga: «Tavba qil», dedilar. U odam: 

«Allohning o‘ziga tavba qilaman. Muhammadga tavba qilmayman», dedi. Shunda 

Rasululloh (s.a.v.): «Haqni ahliga munosib holda tanidi», dedilar (zaif sanad bilan 



Ahmad va Tabaroniylar rivoyati.) 

Oishaning (r.a.) «Ifk voqeasi»da beaybliklari haqida oyat nozil bo‘lganida otalari Abu 

Bakr (r.a.): «Tur, Rasulullohning (s.a.v.) boshlaridan o‘p!» dedilar. Shunda Oisha (r.a.) 

aytdilar: «Allohga qasamki, bunday qilmayman va Allohdan boshqaga hamd 

aytmayman!» Rasululloh (s.a.v.) ham: «Uz holiga qo‘y, ey Abu Bakr!» dedilar. Boshqa 

bir rivoyatda Oisha (r.a.) Abu Bakrga (r.a.): «Sizga ham, sohibingizga ham maqtov 

yo‘q, hamd faqat Allohgadir», deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) bunday deyishini man 

etmadilar. Vaholanki, vahiy Oishaga (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) tillari vositasida yetib 

kelgandi. Narsalarni Alloh subhanahudan boshqadan ko‘rish kofirlarning vasfidir. Alloh 

taolo aytadi: 



«Qachon yolg‘iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan 

kimsalarning dillari siqilib ketar. Qachon U Zotdan o‘zga butlar zikr qilinganida 

esa banogoh ular shodlanib keturlar» (Zumar surasi, 45-oyat). 

Kim botinini vositalarni ko‘rishdan tozalamabdi, go‘yoki u siri maxfiy bo‘lgan shirqdan 

qutilmaydi. Bundan vositalarni vosita o‘laroq ko‘rgan kishilar mustasnodir. Bas, tavhidini 

shirk iflosliklari va dog‘laridan tozalashda Alloh subhanahudan qo‘rqing. 

 

To‘rtinchi sifat – hojatini maxfiy va yashirin tutmog‘i, xuzni va shikoyatini 

ko‘paytirmasligi.  Yoki ne’mati ketsada, saxiyligi qolgan muruvvat ahlidan bo‘lmog‘i. U 

boodoblik libosida yashaydi. Alloh aytadi: 

«...  qanoatlari sababli bilmagan odamga boy-badavlat bo‘lib ko‘rinadilar. 

Ularning  (faqirliklarini)  siymolaridan bilib olasiz. Ular odamlardan tilanib turib 

olmaydilar» (Baqara surasi, 273-oyat). 

Chunki u komil iymoni sabab g‘aniy, sabri bois azizdir. Buni har bir joydagi diyonat 

ahlini yaxshilab o‘rganish, ahli xayr va boodob holatlarining botinini kashf qilish bilan 

izlash lozim bo‘ladi. Unga atoni berish savobi tilanchilikni oshkor qiladiganlarga 

bergandan ko‘ra bir qancha ko‘pdir. 

Beshinchi sifat bola-chaqasi ko‘p yo kasallik yoki boshqa sabab bilan uyga qamalib 

qolgan kishi bo‘lishi. Bunda Alloh azza va jallaning quyidagi oyati ma’nosi topiladi: 

«(Sadaqa-ehsonlar)  Allohning yo‘lida to‘silgan faqir-kambag‘allar uchundir» 

(Baqara surasi, 273-oyat). Ya’ni, ular bola-chaqa yoki tirikchilik og‘irligi yoxud qalb islohi 

uchun oxirat yo‘lida o‘zlarini ushlagan kishilardir. «... biror yerga safar qilishga qodir 



bo‘lmaydilar» (oyat davomi). Chunki ular qanotlari qirqilgan va qo‘loyog‘i bog‘langan 


Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

16

kishilardir. 



Mana shular tufayli Umar (r.a.) ahli baytga o‘nlab miqdor qo‘y berardilar. Payg‘ambar 

(s.a.v.) atoni bola-chaqa miqdoricha berardilar. (Mazkur lafzda naql qilinmagan.) 

Umardan (r.a.) ko‘rgilikning eng kattasi haqida so‘rashganida: «Moli kam bo‘lgani 

holda bola-chaqaning ko‘pligi», deya javob berganlar. 



Oltinchi sifat - yaqin va qarindosh-urug‘laridan bo‘lmog‘i. Shunda ham sadaqa, ham 

silai-rahm bo‘ladi. Silai-rahmda esa sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan savob bordir. Ali (r. a.) 

aytadilar. «Bir qarindoshimga bir dirham bilan silai-rahm qilmog‘im yigirma dirham 

sadaqa qilmog‘imdan mahbubdir. Yigirma dirham bilan silai-rahm qilmog‘im yuz dirham 

bilan sadaqa qilmog‘imdan mahbubdir. Yuz dirham bilan silai-rahm qilmog‘im qul ozod 

etmog‘imdan mahbubdir». Yaxshi do‘st va birodarlar ham begonaga nisbatan yaqinlari 

muqaddam qilingani singari xayr-ehsonda oldinga qo‘yiladi. Bundagi daqiq ma’nolarga 

rioya etgin. Bular talab etilgan sifatlardir. Har bir sifatning o‘z darajasi bordir. Bulardan 

eng oliysini istamoq lozim bo‘ladi. Agar mana shu sifatlarning jumlasini jamlagan kishi 

topilsa, bu ulug‘ zahira va buyuk g‘animat bo‘ladi. Kishi bu to‘g‘rida qanchalik ijtihod 

qilib to‘g‘ri topsa, ikki savob, agar xato qilsa, bir savobga ega bo‘ladi. Chunki ikki 

savobdan biri darhol nafsini baxillik sifatidan poklash, qalbidagi Alloh azza va jallaga 

bo‘lgan muhabbatini ta’kidlash va Uning toatida ijtihod etishda bo‘ladi. Bu sifatlar qalbni 

quvvatlantiradi va Alloh azza va jallaga yetishishga shavqlantiradi. Ikkinchi savob 

sadaqa oluvchining duosi va himmatiga bog‘liqdir. Chunki abrorlar qalbining holda ham, 

istiqbolda ham ta’siri bordir. Agar buni to‘g‘ri topsa, ikki savobni hosil qiladi. Agar 

adashsa, ikkinchi emas, birinchi savobni topadi. Shu sababli ham ijtihodda to‘g‘ri 

topuvchining savobi bu yerda ham, boshqa o‘rinlarda ham ikki barobar qilingandir. 

Vallohu a’lam. 

 

Uchinchi fasl 



Zakot oluvchi va uning haqli bo‘lish shartlari hamda olish odoblari to‘g‘risida 

 

Bilgilki, zakotga hoshimiy, muttalibiy bo‘lmagan, Alloh azza va jalla kitobida zikr 



qilingan, sakkiz sinf sifatlari bilan tavsiflangan ozod, musulmon kishigina haqli bo‘ladi. 

Zakotni kofirga, qulga, hoshimiyga, muttalibiyga berish yo‘qdir. Ammo agar valiylari 

zakotni olsa, sabiy va jinniga berish joizdir. Endi sakkiz sinf sifatlarini zikr qilamiz: 

Birinchi sinf; faqirlar.  Faqir  - moli va kasb qilishga qudrati bo‘lmagan kishi. Agar 

uning bir kunlik ozuqasi va o‘ziga yetarli kiyimi bo‘lsa, u faqir emas, balki miskindir. 

Agar yarim kunlik ozuqasi bo‘lsa, unda faqirdir. Agar unda ko‘ylak bo‘lsayu ro‘molcha, 

mahsi, ishton bo‘lmasa, ko‘ylagining qiymati bularning barchasiga teng bo‘lmasa, ya’ni 

faqirlarga xos bo‘lsa, u holda faqirdir. Chunki u bu holda muhtoj bo‘lgan narsasiga ega 

bo‘lmagan, undan ojiz qolgandir. Faqir to‘g‘risida satri avratdan ortiq kiyimi bo‘lmasligini 

shart qilish durust emas. Chunki bu haddan oshishdir. Ko‘p holatda bunga o‘xshashi 

topilmaydi. Odam tilanchilikni qilgani uni faqirlikdan chiqarmaydi. Lekin uni kasb qilib 

olmagan bo‘lishi kerak. Ammo agar kasb etib, tirikchilikka qodir bo‘lsa, bu hol uni 

faqirlikdan chiqaradi. Agar u bir asbob bilan tirikchilik etishga qodir bo‘lsa, faqirdir. Unga 

shu asbobni sotib olib berish joizdir. Agar sha’niga va o‘ziga loyiq bo‘lmagan kasbga 

qodir bo‘lsa, bu holda ham faqirdir. Agar ilm oluvchi bo‘lsa, kasb bilan shug‘ullanish uni 

ilm olishdan mahrum etsa bu ham faqirdir. Qodirligi e’tiborga olinmaydi. Agar obid bo‘lsa 

va kasb qilish uni ibodatdagi vazifalardan, vaqtli virdlardan mahrum etadigan bo‘lsa ham 

kasb qilsin. Chunki kasb qilish mazkur holatdan afzaldir. Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar- 

«Halolni talab qilish farz namozlaridan keyingi farzdir» (Tabaroniy va Bayhaqiylar zaif 



sanad bilan rivoyat qilishgan.) 


Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə