Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

3

bo‘ladi: har ellik tuyada bir hiqqa va har qirqtada bir binti labun beriladi. 



Qoramolning nisobi: qoramol o‘ttiztaga yetgandagina zakot vojib bo‘lib, bunda 

bitta tabi’ (ikki yoshli buqa) beriladi. Qirqtaga yetganda esa musinna (uch yoshli sigir) 

va oltmishtada ikkita tabi’ beriladi. Buyog‘iga hisob barqaror bo‘lib, har qirqtada 

musinna va har o‘ttiztada tabi’ zakot o‘laroq chiqariladi. 



Qo‘yning nisobi: qo‘yning soni qirqtaga yetguncha zakot yo‘qdir. Shunda qo‘ydan 

jaza’a yoki echkidan saniyya beriladi. Keyin bir yuz yigirma bittaga yetgandagina 

qo‘shilib ikkita qo‘y beriladi. Ikki yuz bittaga yetganda uchta, to‘rt yuztada to‘rtta qo‘y 

zakotga beriladi. So‘ng hisob barqaror bo‘lib, har yuztada bir qo‘y beriladi. Aralash 

qo‘yning sadaqasi nisob to‘g‘risida bir mulkdorning nisobi kabidir. Agar ikki odam 

o‘rtasida qirqta qo‘y bo‘lsa, bundan bitta qo‘y beriladi. Agar uch kishining o‘rtasida bir 

yuz yigirmata qo‘y bo‘lsa, hammalari uchun bitta qo‘y vojib bo‘ladi. Qo‘shnilik aralash 

moli umumiy aralash molga o‘xshaydi. Lekin qo‘ylar birga yotmog‘i, birga sog‘ilmog‘i, 

birga sug‘orilmog‘i va birga o‘tlamog‘i hamda yaylovi bir bo‘lmog‘i shartdir. Shuningdek, 

qochirish ham birga bo‘lmog‘i va sheriklar hammasi ahli za-kot bo‘lmog‘i kerak. Zimmiy 

va mukotab bilan aralash bo‘lgan molga hukm yo‘qdir. Tuyada vojib bo‘lgan o‘lchovda 

yoshdan quyidagi yoshga tushish joiz, modomiki tushishda binti maxozdan pastlab 

ketilmasa. Lekin bunda yoshdagi kamchilikka bir yil uchun ikki qo‘y yoki yigirma dirham 

va ikki yil uchun to‘rt qo‘y yoki qirq dirham qo‘shib beriladi. Yana beruvchi yoshda 

yuqorilashi mumkin, modomiki bu ziyodalik jaza’adan o‘tib ketmasa. Zakot yig‘uvchining 

bunda ortiq olgani Baytulmoldan beriladi. Zakotda agar molning ba’zisi, agar bir donasi 

bo‘lsa ham sog‘lom ekan, kasal mol olinmaydi. Yaxshi moldan yaxshisi, yomonidan esa 

yemoni zakot uchun olinadi. Moldan bo‘rdoqiga boqilgani, homiladori, yangi tuqqani

qo‘chqori va eng yaxshisi olinmaydi. 

Ikkinchi nav - ushr zakotlar: ushr har bir o‘suvchi va ozuqaga g‘amlangan sakkiz yuz 

mannga yetgan o‘simlikda vojib bo‘ladi (1 mann=900 gr.). Bundan kamida hech narsa 

berilmaydi. Shuningdek, mevalar va paxtada ham zakot yo‘qdir. Lekin g‘amlangan 

donlarda, xurmo va mayizda zakot beriladi. Sakkiz yuz mann quruq xurmo va 

mayizligida e’tiborga olinadi, ho‘l xurmo va uzumda emas. Bularning barchasidan 

qurigandan keyin zakot chiqariladi. Umumiy aralash molda sheriklardan birining moli 

boshqasiniki bilan to‘ldiriladi. Masalan, merosxo‘rlar o‘rtasidagi mushtarak bog‘dan 

hammalariga sakkiz yuz mann mayiz tegsa, barchalariga hissalari miqdoricha sakson 

mann mayiz berish vojib bo‘ladi. Bu to‘g‘rida qo‘shnichilik aralashmasi e’tiborga 

olinmaydi. Bug‘doyning nisobi arpa bilan to‘ldirilmaydi. Ammo arpaning nisobi sult (arpa 

navlaridan biri) bilan bir nav bo‘lgani uchun to‘ldirilaveradi. Bu oqin suv yoki kanal bilan 

sug‘orilgandagi vojib miqdordir. 

Agar chelaklab yoki charxpalak bilan sug‘orilgan bo‘lsa, yigirmadan bir qismini berish 

vojib bo‘ladi. Agar ikki tur bilan ham sug‘orilgan bo‘lsa, g‘olib qism e’tiborga olinadi. 

Ammo vojibning sifatiga kelsak, xurmo, quruq mayiz va donda qurigan holdagisi 

e’tiborlidir. Uzum va ho‘l xurmodan olinmaydi. Illo, daraxt va ekinlarga ofat yetib, 

pishmasidan oldin uzishni manfaat taqozo qilib qolsa, ho‘l xurmodan ham olinadi va 

molikka to‘qqiz, kambag‘alga bir hissa qilib o‘lchab beriladi. Bizning taqsimlash ham, 

ba’y degan so‘zimiz bunday taqsimotdan man etolmaydi. Balki bunday holatlarda ehtiyoj 

borligi uchun ruxsat beriladi. 

Uchinchi nav - tilla va kumush zakoti: agar Makka vazni bilan toza tangada ikki yuz 

dirham kumushga bir yil to‘liq o‘tsa, besh dirham beriladi. Bu qirqdan bir deganidir. Agar 

bir dirham bo‘lsada, ortsa, mana shu hisob bilan chiqariladi. Tillaning nisobi esa Makka 

vazni bilan toza yigirma misqolga tengdir. Bunda ham qirqdan bir zakot beriladi. Bundan 

ortig‘i shu hisob bilan chiqariladi. Agar bir habba (zira) miqdori bo‘lsada, nisobga yetmay 




Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

4

qolsa, zakot yo‘qdir. Kimda qalbaki dirham bo‘lsa va unda toza tangadan shu miqdor 



topilsa, zakot vojib bo‘ladi. Shuningdek, yombida, tilla kumush idishlar, erkaklarning 

tilladan yasalgan ulovlari kabi man etilgan ziynatlardan ham zakot berish lozim. Lekin 

muboh ziynatlarda lozimmas. Berishga qodir bo‘lingan qarzga zakot vojib bo‘ladi. Lekin 

uni to‘liq qaytarib olgan bo‘lsa, beriladi. Agar qaytarishga muddat belgilangan bo‘lsa, 

o‘sha muddat o‘tishi bilangina zakot lozim bo‘ladi. 

To‘rtinchi nav - tijorat zakoti: u ham tilla va kumushning zakotidekdir. Bunda yil 

hisobi agar nisob naqd pul bo‘lsa, matoni sotib olgan pulga ega bo‘lgan vaqtdan 

boshlanadi. Agar bu naqd pul noqis bo‘lsa yoki tijorat niyatida mato sotib olgan bo‘lsa, 

yil sotib olgan vaqtdan boshlanadi. Zakot mamlakat pul birligidan ado qilinadi va u bilan 

belgilanadi. 

Agar unda naqd sotib olgan narsa bo‘lib, uning miqdori komil nisobga yetgan bo‘lsa, 

mamlakat pul birligidan ko‘ra uni qiymatlash a’loroqdir. Kim shaxsiy moli to‘g‘risida 

tijoratni niyat qilsa, to bir narsa sotib olmaguncha niyatning o‘zi bilan yil hisobi 

boshlanmaydi. Agar yil to‘lmasdan burun tijorat niyatini buzsa, zakot soqit bo‘ladi. Mana 

shu yildan zakotni ado qilmoq a’lodir. Yil oxirida moldagi foydadan dastmoyaga yil 

to‘lgani uchun zakot vojib bo‘ladi. Hayvonlar naslida bo‘lgani kabi yil qaytadan 

boshlanmaydi. 

Sarroflar mollarida boshqa tijoratlarda bo‘lgan kabi joriy almashtirishlar bois yil 

uzilmaydi. Qarz molidagi foyda zakoti taqsimlashdan oldin bo‘lsa omilgadir. 

Qiyoslaganda eng ma’quli shudir. 

Beshinchi nav - rikoz va ma’danlar zakoti: rikoz - johiliyatda ko‘milib islomda hali 

unga mulk hukmi joriy bo‘lmagan, yerda topilgan moldir. Buni topganga tilla va 

kumushda xums, ya’ni beshdan birini berish vojib bo‘ldi. Bunda yilning e’tibori yo‘qdir. 

Yana nisobni etiborga olmaslik a’lodir. Chunki unga xumsning vojib bo‘lishga uning 

g‘animat (urushda qo‘lga kiritilgan) molga o‘xshashligini ta’kidlaydi. Yana zakot e’tabori 

ham uzoq emasdir. Chunki uning sarf o‘rni zakotnikidekdir. Shuning uchun ham sahih 

qavlga ko‘ra, u tilla va kumushga xosdir. 

Ammo ma’dan bo‘lsa - bunda tilla va kumushdan boshqa chiqqan narsalarda zakot 

yo‘qdir. Bu holda ular maydalab tozalangandan keyin qirqdan biri beriladi. Bu to‘g‘ridagi 

ikki xil so‘zning ishonchlisi mana shudir. Shu sababli ham bunda nisob e’tiborga olinadi. 

Yil to‘g‘risida esa ikki xil so‘z bor. Bir so‘zga ko‘ra, xums vojib bo‘ladi va shuning e’tibori 

bilan yil e’tiborga olinmaydi. Nisob to‘g‘risida ham ikki xil so‘z bordir. Bu to‘g‘rida 

ma’qulrog‘i Alloh taolo nazdidagi ilm - vojib miqdorda tijorat zakotiga qo‘shiladi. Chunki 

bu ham kasb qilishning bir navidir. Yil to‘g‘risida esa ushrli narsalarga qo‘shilib, yil 

e’tiborga olinmaydi. Ushrli narsalar kabi nisob e’tiborga olinadi. Ehtiyoti esa ozdan ham, 

ko‘pdan ham xums chiqarishdir. Yana tilla va kumushning o‘zidan berish lozimki, bu 

ixtiloflardan chiqish uchundir. Chunki bular ziddiyatga yaqin gumonlardir. Bu to‘g‘rida 

fatvoga jazm qilish ishtibohga duch kelingani uchun xatarlidir. 

Oltinchi nav - fitr sadaqasi: u Rasululloh (s.a.v.) tillari bilan har bir musulmonga vojib 

qilingandir. Fitr sadaqa o‘z yemagi va boqadigan kishilarning yemagidan orttirib, 

Rasululloh (s.a.v.) so’lari kabi, ya’ni 2,33 mann miqdorida beriladi (1 mann - 900 gr). U 

yemagi jinsidan yoki undan afzal narsadan chiqariladi. Agar bug‘doy yesa, arpadan 

bersa, joiz bo‘lmaydi. Agar har xil bug‘doy ishlatsa, yaxshisini tanlaydi. Qaysi turidan 

chiqarsa ham, joiz bo‘ladi. Uni taqsimlash zakot mollarini taqsimlashdekdir, ya’ni hamma 

sinflarni o‘z ichiga olishi vojib bo‘ladi. Undan va tolqondan chiqarish joiz emas. 

Musulmon kishiga xotini, qullari, bolalari va ota-onasi kabi nafaqasidagi qarindoshlari 

uchun ham fitr sadaqa chiqarish vojib bo‘ladi. Payg‘ambar (s.a.v.): «Ta’minotingizda 

bo‘lgan kishilardan fitr sadaqani ado eting!» deganlar (Doriqutniy va Bayxaqii 




Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə