Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Ko‘p omillar ta’sir miqdorini zanjirli bog‘lanish usulida hisob-kitob qilish modeli



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə41/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   316
642a946f5e25f (1)

Ko‘p omillar ta’sir miqdorini zanjirli bog‘lanish usulida hisob-kitob qilish modeli




Tartib raqami

Bir-biriga ta’sir
etuvchi ko‘rsatkichlar (Omillar)



Umumlashtiruvchi ko‘rsatkich

Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning o‘zgarishi

Hisob- lashlar



Almash- tirishlar

A

B

V

G

Alohida olingan
omillar ta’sirida

O‘zga- rishlar hisobi




1

-

Reja

Reja

Reja

Reja

A Bazis

x

x

2

1

Haqi-
qatda

Reja

Reja

Reja

A1 Qayta
hisoblangan

A

A1 – A

3

2

Haqi-
qatda

Haqi-
qatda

Reja

Reja

A2 Qayta
hisoblangan

B

A2 – A1

4

3

Haqi-
qatda

Haqi
qatda

Haqi
qatda

Reja

A3 Qayta
hisoblangan

V

A3 – A2

5

4

Haqi
qatda

Haqi
qatda

Haqi
qatda

Haqi
qatda

A4
Haqiqatda

G

A4 – A3




    1. jadval

Mahsulot hajmini o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblash


Bir-biriga ta’sir etuvchi omillar



Mahsulot hajmi, ming so‘m.



Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning
o‘zgarishi

Ishchi- larning o‘rta- cha soni, kishi

Bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni, kishi
kuni

Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik o‘rtacha
soat

Kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi, ming
so‘m

Alohida olingan omillar ta’sirida



O‘zga- rishlar hisobi

100

267

6,5

2

347100

x

x

107

267

6,5

2

371397

Ishchilar
soni

24297

107

260

6,5

2

361660

Kishi kunlari

-9737

107


260


6,8


2


378352


Kunlik o‘rtacha
soat

16692


107

260

6,8

2,3

435105

Bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot
hajmi

56753

x

x

x

x

435105 -
347100

Haqiqatda
- Reja

88005

21-jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki korxonada mahsu- lot ishlab chiqarish hajmi hisobot yilida o‘tgan yilga taqqoslaganda 88005 = (435105 - 347100) ming so‘mga ko‘paygan. Mazkur ijobiy o‘zgarishga 88005 = (+24297) + (-9737) + (+16692) + (+56753) ish-


chilar soni (+24297), kishi kunlari (-9737), kunlik o‘rtacha soat (+16692) hamda bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (+56753) ta’sir etgan. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kishi kunlarining -7 = (260 - 267) kunga kamayishi mahsulot hajmi o‘zgarishiga salbiy ta’sir qilgan. Qolgan boshqa omillar esa natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishini ijobiy tomonga yo‘naltirgan.


    1. Mutlaq farqlar usuli


Iqtisodiy tahlilda natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga omillar ta’si- rini alohida aniqlash uchun ko‘p turdagi usullar qo‘llaniladi. Shulardan biri mutlaq farqlar usulidir. 20-jadvalda qayd etilgan misolni mutlaq farqlar usulida hal etish tartibi quyidagicha bo‘ladi.


1. ΔYaMIS=ΔIS*KK0*KS0*BS0=((107-100)= 7)*267*6,5*2=24297


2. ΔYaMKK=IS1*ΔKK0*KS0*BS0= 107*((260-267)= -7)*6,5*2= -9737
3. ΔYaMKS=IS1*KK1*ΔKS0*BS0= 107*260*((6,8-6,5)=0,3)*2 =16692
4. ΔYaMBS=IS1*KK1*KS1*ΔBS= 107*260*6,8*((2,3-2,0)=0,3)=56753

Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot; IS – ishchilarning o‘rtacha soni; KK - bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni; KS - bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik o‘rtacha soat; BS - kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi.


24297+(-9737)+ 16692+56753 = 88005

Nisbiy farqlar usuli


Ushbu usul ham omillar ta’sir miqdorini alohida hisoblab topish uchun mo‘ljallangan. Uning amalga oshirish tartibi 22-jadvalda keltirilgan.
22-jadval

Nisbiy farqlar usuli


Hisoblash tartibi

Misol

1. ΔYaMIS=YaM0*(ΔIS/IS0)

347100*(7/100) = 24297

2. ΔYaMKK=(YaM0+ΔYaMIS)*(ΔKK/KK0)

(347100+24297)*(-7/267) =
= 371397*(-0,026) = -9700

3. ΔYaMKS=(YaM0+ΔYaMIS+ΔYaMKK)*
*(ΔKS/KS0)

(347100+24297+(- 9700))*
*(0,3/6,5)=361697*0,5 =16638

4.ΔYaMBS=(YaM0+ΔYaMIS+ΔYaMKK+ΔYaMKS)*
*(ΔKB/KB0)

(347100+24297-9700+16638)*
*(0,3/2)=378335+0,15 = 56750

24297- 9700+16638+56750=87985≈88005

Natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga ta’sir etgan omillarning har birini alohida miqdorini aniqlovchi usullar bir-birlaridan ayrim jihatlari bilan afzal yoki kamchiliklariga ega.




Mavzu bo‘yicha iboralar:


    • iqtisodiy tahlil fani metodining tushunchasi;

    • tahlil metodining o‘ziga xos muhim xususiyatlari;

    • iqtisodiy tahlilning iqtisodiy-matematik usullari;

    • tahlilning oddiy-an’anaviy usullari;

    • taqqoslash usuli;

    • guruhlashtirish usuli;

    • mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli;

    • balansli bog‘lanish usuli;

    • zanjirli bog‘lanish usuli;

    • nazariy o‘yin usuli;

    • integral usuli;

    • evristik tahlil usuli;

    • chiziqli programmalashtirish usuli;

    • indeks usuli;

    • matritsalar usuli;

    • logorifmlar usuli.

Takrorlash uchun savollar:


  1. «Metod» so‘zining lug‘aviy ma’nosi nimadan iborat?

  2. Tahlil fanining metodiga iqtisodchi olimlar qanday ta’rif berishgan?

  3. Iqtisodiy tahlil fani metodining o‘ziga xos muhim xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Tahlilda qo‘llaniladigan usullar qanday guruhlarga ajratib o‘rganiladi?

  5. Mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli va uning mohiyati haqida tushuncha bering?

  6. Guruhlashtirish usuli to‘g‘risida ma’lumot bering?

  7. Taqqoslash usuli va uni qo‘llash shartlarini tushuntirib bering?

  8. Zanjirli bog‘lanish usulining asosiy xususiyati nimadan iborat?

  9. Balansli bog‘lanish usulini tahlil jarayonlarida qo‘llashning afzalliklarini ko‘rsatib bering?

Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq.


Tahlil jarayonida iqtisodiy tahlilning oddiy-an’anaviy va iqtisodiy- matematik usullarini qo‘llashning afzalliklarini ko‘rsatib bering. Qaysi usullardan foydalanilsa, korxona uchun samarali natijalar beradi.
  1. topshiriq.


Quyidagi ma’lumotlar asosida korrelatsiyali va regressiyali usuldan foydalanib, mahsulot tannarxi bilan mehnat sarfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlang, tahlil eting va xulosa yozing.
Aksionerlik jamiyati bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan.

Sexlar

Mahsulot birligi tannarxi, so‘m

Bir birlik mahsulotga sarflangan mehnat
haqi, so‘m

x 2
1

x 2
2

X1*X2

1

2(X1)

3(X2)

4

5

6

1

2400

400










2

2200

400

3

2310

410

4

2390

400

5

2550

570

6

2600

530

7

2800

640

Jami:















  1. topshiriq.


Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda tahlilning zanjirli bog‘lanish usulini qo‘llab, korxonadagi material xarajatlarining o‘zgari- shiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlang hamda xulosa va takliflaringizni bayon eting.

Ko‘rsatkichlar

Biznes-reja

Haqiqatda

Farqi

1

2

3

4

1. Bir birlik mahsulotga sarf-
langan material miqdori, kg

30

32

?

2. 1 kg. Material qiymati, so‘m

920

900

?

3. Bir birlik mahsulotga sarf- langan jami material xarajati,
so‘m

?

?

?

Test savollari:


  1. Iqtisodiy tahlil fani metodining o‘ziga xos jihati qaysi?

  1. ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish;

  2. metofizika;

  1. dunyoqarash;

  2. hammasi to‘g‘ri.

  1. Yüklə 11,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə