Mundarija kirish I bob. O’tkazuvchi to’qimalar, O’tkazuv nay bog’lam



Yüklə 160,89 Kb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü160,89 Kb.
#182517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI

Kurs ishining vazifasi:

  • tо‘qimalar haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifini ko’rib chiqish;

  • o’simlikning o’tkazuvchi to’qimalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;

  • Ksilema, Floema o’tkazuvchi elementlari va O’tkazuvchi nay tola bog’lamlarini o’rganish.

Kurs ishining obekti: O’simliklarni to’qimalarini o’rganishdagi o’simliklar.
Kurs ishining predmeti: O’simliklarning o’tkazuvchi to’qimalari, o’tkazuv nay bog’lam turlari va hosil qilish.
Kurs ishining tarkibiy qismi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar va 29 sahifadan iborat.


I BOB. O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM

    1. Tо‘qimalar haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi

Sitologiya fanining rivoj topishi to‘qimalar haqidagi fangistologiyani rivojlanishiga ham asos bo‘ldi. To'qimalar haqidagi dastlabki tushunchalar


1671-yilda Marchello Malpigi (1628-1694) va Neemiy Gryu (1641-1712)
bir-biridan mustaqil holda yaratgan «o‘simliklar anatomiyasi» nomli asarlarida yoritilgan.
1807-yili G.Link to‘qimalami parenximatik va prozenximatik to‘qiinagaajratgan bo‘lsa, gistolog P. Van Tigem esa to‘qimalami tirik va o‘lik guruhga ajratgan. 1868-yilda fiziolog I. Saks o‘simlik to‘qimalarini bajaradigan vazifasi hamda ularning joylanishiga qarab uch guruhga: qoplovchi, o‘tkazuvchi va asosiy to‘qimalarga ajratishi hozirgizamonaviy to‘qimalar klassifikatsiyasiga asos solgan. To‘qimalar klassifikatsiyasi: to‘qima tizimlari, kenja to‘qimalar, to‘qima turlari,
Hozirgi zamonaviy to'qimalar klassifikatsiyasi I.Saks yaratgan klassifikatsiyaga asoslanadi. Unga ko‘ra, o‘simlik tanasi va organlari uchta to‘qima: qoplovchi, asosiy va o‘tkazuvchi to‘qimalartizimlaridan tashkil topgan. Har bir to‘qima tizimi tarkibigabir nechta kenja to‘qima turlari kiradi. 0‘simlikdagi asosiy to'qimatizimining tarkibiga - uchta kenja to'qimalardan:
* parenxima, kollenxima va sklerenxima;
* o‘tkazuvchi to'qimalar tizimi tarkibiga —ksilema va floema;
* qoplovchi to‘qimalar tizimi tarkibiga esa epidermava periderma kiradi.
O‘simliklar tanasidagi asosiy to'qima tizimi —fotosintez qilish, zaxira oziq moddalarini saqlash kabi turli xil funksiyalami bajaradi. 0‘simliklardagi o‘tkazuvchi to‘qima tizimining asosiy funksiyasi tuproqdan ildiz tukchalari orqali shimibolingan suv va unda erigan mineral moddalami ildiz va poyalar orqali fotosintez amalga oshuvchi barglarga yetkazib berish, shuningdek, barglarda fotosintez jarayoni davomida hosil bo’lgan organik moddalarni ozuq moddalar talab qilingan qismlarga yoki zaxira holidato‘planuvchi organlarga yetkazib berishdan iborat. Shuningdek, o ‘tkazuvchi to‘qima o ‘simlik organizmida mexanik fimksiyani hambajaradi.
Qoplovchi to‘qima tizimining funksiyasi esa – o’simlikning barcha organlari ustki qismini qoplab turishdan iborat. Shunday qilib, o'simlikning ildizi, poya, barg, gul va mevalari ushbu ko‘rsatib o‘tilgan 3 turdagi to‘qimalar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, bir butun tizim sifatida funksiya bajaradi. Masalan, o‘tkazuvchi to‘qima orqali ildizdan barglarga va barglardan esa - butun o‘simlik organizmigamoddalar tashilishi amalga oshsa, asosiy to‘qimada fotosintez jarayoni amalga oshadi.
О‘simlik tо‘qimalari haqida umumiy tushuncha. Kо‘pchilik tuban о‘simliklarning va suv о‘tlarining vegetativ organlarining tuzilishi va bajaradigan vazifalari jihatidan bir-birlaridan kam farq qiladilar. Bu esa ularning yashash muhitining bir xilda ekanligini kо‘rsatadi. Lekin quriqlikda yashayotgan yuksak о‘simliklarning organlari hujayralarini kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasi jihatidan turli tumandirlar. Bu turli tumanlik yuksak о‘simliklarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida turli ekologik (havo, tuproq v.b.) sharoitga moslashish natijasida kelib chiqqan va mustahkamlangandir.
Embrion boshlang‘ich rivojlanish davrida xamma hujayralarda bо‘linish ketadi. Lekin keyinchalik hujayraning о‘sish va rivojlanishi, kopayishi hisobiga hujayralrning bolinishi о‘simlikning maxsus qisimlarida kamayadi, embrional toqimalar kam diferensiasiyaga uchrab bо‘linish xususiyatini saqlab qoladi. Bu embrional tо‘qimalar voyaga yetgan о‘simliklarda meristema deyiladi.
Hujayra bolinishi nafaqat meristemalarda balki boshqa toqimalarda ham rо‘y berishi mumkin, masalan: ozak pо‘stlog‘ida va yosh osimliklarning nay tolali toqimalarinig rivojllanishida. Meristema yana tinim fazasi davrida uchrashi mumkin, masalan: kop yillik osimliklar ma’lum mavsumda – tinim davridagi uchku kurtaklarida, xatto osimlikning aktiv fazasida ham o‘sish jaroyonida va hujayraning morfo fiziologik spesializasiya davridagi hosil qiluvchi meristemalar differensiativ dib nomlanadi. Nazariy jixatdan differensirovkaga uchraydigan toqimalar sekin asta emrional meristematik xususiyatini yoqotadi va voyaga yetgan toqimaga aylanadi.
Bajaradigan vazifalari turlicha bо‘lgan hujayralar tuzilishi va shakli jihatidan ham bir-birlaridan keskin farq qiladi. Kelib chiqishi, tuzilishi va organizmlarda bajaradigan vazifasi о‘xshash bо‘lgan hujayralar guruhiga tо‘qimalar deb ataladi. Tо‘qimalar tо‘g‘risidagi tushunchalar XVII asrda M. Malpigi hamda N. Gryular tomonidan rivojlantirildi. M. Malpigi о‘simlik organlarining hujayralar tо‘plamidan tuzilganligiga e’tibor qilib, ularni gazmollarning tuzilishi bilan taqqoslaydi va botanika faniga “tо‘qima” (lotincha – textus, grekcha - histos) terminini olib kiradi. Ular asosiy tо‘qimalarni tasvirlab, ularni tashkil etgan hujayralarni shakllariga qarab parenxima va prozenximalarga bо‘ladilar. О‘simlikning barcha organlaridagi tо‘kimalarni hujayrasining shaklida kо‘ra parenxima va prozenxima guruhlarga ajratadi. Keyinchalik о‘simlik tо‘qimalarini tasniflashda olimlar turlicha yо‘l tutdilar 1886 yil Y. Saks о‘simlik tо‘kimalarining bajaradigan vazifalariga qarab, ya’ni birinchi fiziologik tasfini taklif etadi. U qoplovchi, о‘tkazuvchi va asosiy tо‘qimalarni ajratadi.



Yüklə 160,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə