Mundarija kirish I bob. O’tkazuvchi to’qimalar, O’tkazuv nay bog’lam



Yüklə 160,89 Kb.
səhifə4/11
tarix22.03.2024
ölçüsü160,89 Kb.
#182517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI

Hosil qiluchuvchi to’qimalar: Aytib o`tilganidek, meristema boshqa to`qimalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi, o`sishni ta`minlovchi to`qimadir. Kelib chiqishiga ko`ra birlamchi va ikkilamchi, o`simlikda joylashishiga qarab apikal yoki uchki, loteral yoki yon va interkalyar yoki qo`shimcha meristemalarga bo`linadi. Apikal meristemalar o`z navbatida vegetativ shoxcha apikali, hosil shoxlari apikali va ildiz apikaliga bo`linadi. Shunday qilib, hosil qiluvchi to`qimalar ildiz va novdaning uchki qismida joylashadi. Ular faqat asosiy novdaning emas, balki yon shoxlar va ildizning barcha tarmoqlari uchki qismida joylashadi.
Loteral meristemalarga o`tish davrida doimiy bo`linib silindr hosil qiluvchi, poya va ildizning ichidagi hujayralar – perisikl i keyinchalik o`zgarib, o`tkazuvchi to`qimalar hosil qiluvchi – prokambiydan iborat (bu haqda keyinchalik to`xtalib o`tamiz). Interkalyar meristema esa poya va bargning alohida uchastkalarida joylashadi. Birlamchi meristemalardan barcha tipdagi birlamchi to`qimalar hosil bo`ladi.
Ikkilamchi meristemalar esa ilgari birlamchi meristemalardan hosil bo`lgan doimiy to`qimalardan hosil bo`ladi. Bu ikkilamchi to`qimalar bog`lamlararo kambiy yoki probka kambiysi deb yuritiladi. Meristema hujayralari qulay sharoitda doimiy bo`linib turish qobiliyatiga ega. Agarda bo`linish tez kechsa, undan hosil bo`ladigan hujayralar kalta va keng, o`tmas uchli bo`lib parenxima hujayralari paydo bo`ladi.
Asosiy to’qimalar: Asosiy to`qimalar o`simlikda eng ko`p joyni egallab, ular tashqaridan qoplovchi to`qimalar bilan o`ralgan, ular orasida esa o`tkazuvchi va mexanik to`qimalar joylashgan bo`ladi. Boshqa to`qimalardan farq qilib, asosiy to`qimalar hujayralararo bo`shliqlarga juda boy Asosiy to`qimalarning bosh vazifasi esa o`simliklarni oziqlantirishda iborat. SHunga ko`ra ular 3 turga: so`ruvchi, assimilyasion va g`amlovchi parenximalarga bo`linadi.
So`ruvchi parenxima ildizning uchida, uning so`ruvchi qismida joylashib, ildiz tukchalari tomonidan tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalarni so`radi va uni ildizning markaziy qismiga o`tkazadi. Bu moddalar undan o`tkazuvchi maxsus tizimga o`tib o`simlikni barcha organlariga tarqaladi.
Assimilyasion parenxima yoki xlorenxima o`zida ko`plab xlorofill donachalari borligi bilan xarakterlanadi. Uning asosiy vazifasi fotosintez bo`lib, birlamchi mahsulotlar hosil qilishdan iborat Uglevodlar hosil bo`lishi faqat xloroplastlar borligi bilan emas, balki quyosh nuri tushishiga ham bog`liq. SHu sababli xlorenxima, odatda barg po`stining ostida, yashil novdalarda joylashib, ularga chuqur singib boradi.
Bargning ustki qismida unga perpendikulyar joylashgan prizmasimon hujayralar bo`lib, ular polisad yoki ustunsimon to`qimalar deyiladi. Barg ostidagi to`qimalar esa siyrak joylashadi va bulutsimon yoki gubkali parenxima deyiladi. Gubkali to`qimalar xlorofill donachalari bo`lsada, ular asosan gaz almashinuvi va suv bug`latish vazifasini bajaradi. Assimilyasiya esa ikkiichi darajali vazifasidir.
G`amlovchi parenxima. Bu to`qimalar, asosan kraxmal, inulin, shakar, yog` kabi zapas moddalarni g`amlashga moslashgan. Ular urug`li o`simliklarning barcha organlarida uchraydi. G`amlovchi to`qimalar kraxmal va oqsil to`playdigan g`alla o`simliklar, kraxmal, oqsil, yog` (araxis) to`playdigan dukkakli o`simliklar urug`ida, tuganak ildizlarda, daraxt va butalarning novda va shoxlarida, shakar to`playdigan qand lavlagi ildiz mevasida joylashgan. Hatto lavr, zaytun, magnoliya, padub kabi doimiy yashil o`simliklarning tashqi hujayralarida ham yilning ma`lum davrida qraxmal donachalari bo`ladi. Bu parenximaning hujayralarida faqat zapas modalar to`planmasdan alkaloid, glyukozid, oshlovchi moddalar, kauchuk va smola qorishmalari kabi organik birikmalar ham to`planadi.
Bulardan tashqari, ushbu parenxima turli xil eritmalarni o`simlikning o`zida o`tkazish vazifasini bajaradi.
G`amlovchi parenximaning amaliy axamiyati aniq. U biz uchun turli xil o`simlik mahsulotlarining manbai hisoblanadi.
Ayrim o`simliklarda aerenxima deb ataluvchi maxsus havo tutuvchi parenximalar rivojlanib, ular o`simlikning suvga botib turuvchi ildiz qismi nafas olishi uchun xizmat qiladi. Bunaqa parenximalar, odatda botqoqlik yoki suvda o`sishga moslashgan o`simliklarda uchraydi.

Yüklə 160,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə