Mundarija kirish I bob. O’tkazuvchi to’qimalar, O’tkazuv nay bog’lam


- rasm.Qovoq poyasining naylari (Cucurbita pepo)



Yüklə 160,89 Kb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü160,89 Kb.
#182517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI

1- rasm.Qovoq poyasining naylari (Cucurbita pepo):
A - teshikli; B - to’rsimon; V - spiralsimon; G - xalqasimon.

Elaksimon elementlarning ikki turi farq qilinadi. Ancha sodda tuzilishli lub paporotnik va ochiq urug’li o’simliklarda uchraydi. Ular uchi o’tkirlashgan uzun (nina barglilardi 1,5–4,8mm) elaksimon hujayralardan iborat bo’lib, elaksimon maydoni hujayraning yon devorlarida tarqalgan. Bundan tashqari, yo’ldosh hujayralarga ham ega emas hamda yetilgan hujayralardan yadro uchratiladi. Ikkinchi turdagi elaksimon elementlar lub boylamlari bo’ylab, cho’zilib yotuvchi uzun elaksimon plastinkalarga ega bo’lgan elksimon naylardan tashkil topgan. Elaksimon naylar yonida yo’ldosh hujayralar ham qatnashadi.


Lubning ikkinchi bir elementi parenximadir. Parenxima hujayralarda almashinuv reaksiyalari aktiv boradi va odatda zapas moddalardan kraxmal donachalari, moylar har xil organik birikmalar, shuningdek, tanning va smola kabilar to’planadi. Lub tarkibiga mexanik to’qima sklerenxima, ya’ni lub tolalari kiradi. Ular morfologik jihatdan yog’ochlik tolalariga o’xshash, ammo ko’pchilik o’simliklarda uzunroq bo’lishi va ikkilamchi lublar farq qilinadi. Birlamchi lub o’sish konusidagi uchki meristema – prokambiy boylamlaridan kelib chiqadi. Ikkilamchi lub esa kambiy faoliyati natijasida vujutga keladi.

2-rasm. Qovoq poyasidagi kollateral o’tkazuvchi bog’lam. 1- floema;
2- ksilema; 3- kambiy; 4- lub parenximasi.


O’tkazuvchi nay tolali boylamlar o’simlikda keng tarqalgan umumiy to’qimalardan biri bo’lib, uning barcha organlarida uchraydi. U o’tkazuvchi, mexanik va asosiy to’qimalardan iborat. O’tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiruvchi yog’ochlik va lub har xil shaklda joylashishi mumkin:
1. Kollaterial yoki yonma – yon jolashgan boylamlar. Yog’ochlik va lub bar radiusda biri ikkinchisi bilan bevosita yonma–yon jolashadi. Bunday turdagi boylamlar ko’pchilik bir va ikki pallali o’simliklar poyasi uchun xarakterlidir.
2. Bikollaterial yoki ikki yonli boylamlar. Bunday turda lubning ikki bo’lagi, ya’ni ichki va tashqi lublar ksilema bilan chegaralanadi. Bikollaterial boylamlar gulli o’simliklar poyasida kollaterial turga nisbatan kam uchraydi. Ularni qovoqdoshlar, ituzumdoshlar, qo’ng’iroqguldoshlar va astradoshlar kabi oila vakillarida uchratiladi.
3. Konsentrik yoki halqali poylamlar. Bunda yog’ochlik halqa tarzida lub yoki aksincha, lub yog’ochlik o’rab oladi. Shunga ko’ra, amfivazal boylamlar va amfikribral boylamlar farq qilinadi. Halqali boylamlar bir pallali o’simliklarning yer ostki organlarida va bir pallali daraxtsimon o’simliklarning ikkilamchi o’sishida kuzatiladi.
4. Radial yoki shu’lasimon boylamlar. Lub va yog’ochliklar har xil radiusda joylashib, ular bir–birlari bilan bevosita chegaralanib turmaydi. Ularni parenxima to’qimasi ajratib turadi. Radial boylamlar bir pallali o’simliklarning ildizlarida va ikki pallalilarning birlamchi tuzilishida hosil bo’ladi.


Yüklə 160,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə