Mundarija kirish I bob. O’tkazuvchi to’qimalar, O’tkazuv nay bog’lam


II BOB. O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI



Yüklə 160,89 Kb.
səhifə7/11
tarix22.03.2024
ölçüsü160,89 Kb.
#182517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI

II BOB. O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI
2.1 O’simlikning o’tkazuvchi to’qimalari haqida umumiy tushuncha
O‘tkazuvchi to‘qima. O‘simlik tanasidagi o'tkazuvchi to‘qimalar evolutsion rivojlanish jarayonida o'simliklarni quruqlikka moslashishi tufayli kelib chiqqan. O‘tkazuvchi to‘qimalar yuksak o‘simliklarga xos bo‘lib, ularning tanasida moddalarning harakati va taqsimotida muhim ahamiyatga ega. Rivojlanish jarayonida moddalar harakatini amalga oshiruvchi bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan yuqorigako'tariluvchi va pastga tushuvchi oqimlar vujudga kelgan. Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz tukchalari orqali shimib olinib poya va bargga uzatiladi Bu yuqoriga ko'tariiuvchi yoki chiquvchi oqim deyiladi.
Fotosintez natijasida barglarda hosil bo‘lgan organic moddalar poya orqali o‘simliklaming hamma tirik hujayralariga boradi. Ba’zi organlarida zaxira sifatida ham to‘planadi. Bu pastga tushuvchi oqim deyiladi. Suv va unda erigan moddalar hamda plastic (organik) moddalarning harakati o ‘tkazuvchi to'qimalar tufayli amalga oshadi. O'tkazuvchi to'qimalar tizimi o'simlik organlarini bir-biri bilan bog‘laydi. O‘tkazuvchi to‘qima hujayralari cho‘ziq shakldagi naychalardan iborat bo‘ladi. Bu naychalarning tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra uch xilga bo‘linadi: traxeidlar, traxeyalar va elaksimon naylar.
Traxeyalar va traxeidlarorqali suv va unda erigan mineral moddalar o‘tib turadi. Elaksimon naylar va uning yo ‘Idosh hujayralari orqali fotosintez mahsuloti hisoblangan organic birikmalar erigan ho Ida harakatlanadi. Traxeyalar uzun silindr shaklida bo‘lib, bir necha bo‘g‘inli, uzun va o‘tkyuchli o‘lik hujayralardan vujudga keladi. Bo‘g‘inlar ustma-ust joylashib naychalami shakllantiradi. Traxeyalar faqatgina yopiq urug‘li o'simliklarga xos bo‘lib, traxeyalarning o'rtacha uzunligi 10sm bo‘ladi.
Traxeidlar — bir hujayrali, urchuqsimon bo‘lib, ikki uchi o‘tkirlashgan. Ular traxeyalarga nisbatan kaltaroq bo'ladi. Traxeidlarning o'rtacha uzunligi 1 mm bo‘lib, oddiy qarag'ayda (Pinus sylvestris) 4-7 mm ga bo‘lishi kuzatilgan. Traxeidlar ham o ‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lsada, ulaming hujayra po'sti traxeyalar singari bir tekisda qalinlashmaydi. Natijada traxeidlarda ham halqasimon, spiralsimon, to‘rsimon hoshiyalar vujudga keladi. Traxeidlar asosan ochiq urug‘li o'simliklarda uchrab, ular orqali ham suv va boshqa mineral tuzlar ildizdan barggacha ko‘tariladi. Traxeya va traxeidlar poya va ildizga mustahkamlik beruvchi mexanik to'qima vazifasini ham o‘taydilar. Traxeidlar va traxeyalar o‘z funksiyasini bir necha yilgacha bajaradi. Bu hujayralar poyada suv va unda erigan mineral ozuqa moddalaming tashilishini ta’minlaydi. Bunda suv traxeiddan navbatdagi traxeidga tomon hujayra devorida shakllangan yupqa - o‘yiqchalar tizimi orqali o’tadi. Ulaming poralari (teshiklari) yopilib qolgandan keyingina moddalar o‘tkazish xususiyatini yo‘qotadi. Ksilemadagi parenxima hujayralaridan tillalar o‘sib teshiklarga kiradi va ulami bekitadi. Tillalar funksiyasi tufayli traxeya va traxeidlar o‘z vazifalarini bajara olmaydi.
Elaksimon naylar - po‘sti avval yupqa, keyinchalik qalinlashadigan, biroq sellulozaligicha qoladi tirik hujayralardan iborat bo‘ladi. Ularda yog‘ochlanish kuzatilmaydi. Elaksimon naylar orqali bargda fotosintez natijasida sintezlangan plastik moddalar pastga tushuvchi oqim orqali o‘simlikning barcha organlariga boradi. Bu naylar bir-birlari bilan uzunasiga birlashgan naychasimon hujayralar tizimidan iborat bo‘lib, ularning birlashgan ko‘ndalang to‘siqlarida elakdagiga o‘xshash mayda teshiklar bo'ladi. Shu sababli, bu teshiklar elaksimon naylar deyiladi. Ikkita elaksimon naylarni birlashtirib turuvchi ko‘ndalang po‘stlaming yupqa joylari elaksimon maydonlar yoki teshik maydonlari deyiladi. Elaksimon maydonlari bo‘lgan ikkita shunday naylarni biriktirib turuvchi O'yiqchalar bo'ylama kesim Naycha elementlari umumiy po‘sti esa elaksimon piastinka deyiladi. Xuddi shunga o‘xshash elaksimon plastinkalar hamda oddiy poralar bu naylaming yon qobiqlarida ham bo‘ladi.
Ana shunday elaksimon plastinkalaming mavjudligi bu hujayralarni bir-biri bilan uzviy bog‘lavdi va ular orqali plastik moddalaming o‘tib turishini ta’minlaydi. Elaksimon nayiarda yadro bo‘lmaydi. Sitoplazma esa hujayra qobig'i bo‘ylab joylashadi. Elaksimon plastinka poralari orqali hujayra shirasi o‘tadi. Elaksimon naylar yonida maxsus tirik yadroli hujayralar joylashgan bo‘lib, ular yo'ldosh hujayralar deyiladi.
Elaksimon nay va uning yo‘ldosh hujayralari uzunasiga yonma-yon joylashgan, ulaming har ikkalasi ham kambiy yoki prokambiyning bitta hujayrasidan hosil bo‘1adi. Shuning uchun bu hujayralar qarindosh huiayralardir. Biroq ochiq urug’li o‘simliklar floemasidagi elaksimon naylar yonida yo'ldosh hujayralar Bo’lmaydi. Yo‘ldosh hujayralar orqali organik moddalaming o‘tib turishini tasdiqlaydigan ma’lumotlar yetarli emas. Shunday bo‘Isa ham elaksimon naylar bilan yo‘ldosh hujayralar funksional yagona bir fizologik sistemani tashkil etadi. Modomiki shunday ekan. elaksimon naylaming halokati yo‘ldosh hujayralaming ham o ‘lishiga olib keladi. Elaksimon naylar o‘z funksiyasini bir yilda bajaradi, ikkinchi yili esa yangisi hosil bo‘ladi. Biroq tokda ( Vitis), jo‘kada (Tilia) va boshqa o‘simliklarda elaksimon naylar 2-3-yilgacha o ‘z hayotini davom ettirishi mumkin. O‘simliklarning qarishi yoki teshikmaydonchalarida kallozlaming hosil bo'lishi natijasida ular bekiladi. Kalloz suvda erimaydigan polisaxarid bo iib, u gidroliz natijasida glukozaga aylanadi. Natijada elaksimon plastnikalar orqali plastic moddalaming harakati tugaydi va elaksimon naylar halok bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simliklarda masalan, tokda kallozlar bahorda so‘rilib teshik maydonchalari ochiladi. shunda elaksimon naylar o‘z funksiyasini yana qayta tiklaydi. Traxeya, traxeidlar va elaksimon naylar kabi o‘tkazuvchi to'qima elementlari murakkab tuzilishga egabo‘lgan ksilema va floema tarkibiga kiradi. O‘tkazuvchi elementlarning devorlaridagi poralar — teshikchalar yoki perforatsiya orqali moddalar o‘tishi amalga oshadi. Perforatsiyalaming joylashishi halqasimon, spiralsimon,narvonsimon, to‘rsimon va nuqtasimon bo‘ladi. 0 ‘tkazuvchito‘qimalar ham birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi to‘qima barg, yosh novda va ildizlarda bo‘lib prokambiy dan, ikkilamchi sikambiydan hosil bo‘ladi. Birlamchi ksilema hujayralarida kambiydanhosil bo'lgan radial chiziqlar shaklidagi parenxima hujayralari-o‘zak nurlari bo'lmaydi.
Ma’lumki, yashil o'simliklar olarmi ikkita oziqianish organiga ega. Ulardan biri yerdan suv va unda erigan mineral (murakkab oziqa) moddalarni shimib oladigan ildiz va ikkinchisi murakkab organik moddalarni sintez qilish qobiliyatiga ega bolgan barg. Bargda fotosintez jarayoni natijasida suv va CO, dan quyosh nurining ta’sirida xlorofill deb nomlanuvchi pigment ishtirokida murakkab organik modda — shakar sintez qilinadi. Bu ozuqa moddalarning almashinuvi uchun ikki tipdagi to'qima mavjud. Ulardan biri orqali suv va unda erigan ozuq moddalari ildizidan barglarga koiariladi (yuqoriga koiariluvchi oqim) va ikkinchi, ya’ni pastga tushuvchi oqim orqaii (hamma vaqt ham pastga tushmasidan) bargda sitezlangan murakkab organik moddalar o'simiikning boshqa barcha organlariga (ildiz, poya, gul va mevalariga) tarqaladi. Suyuq modda harakati sodir boiadigan hujayralar prozenxima tipidagi to‘qimalardir. Ular uzun nay shaklida boiib, vertikal qator hosil qiladi. Suv va unda erigan moddalar yuqoriga qarab harakat qiladi gan naylar traxeya va traxeidlar deb ataladi.
Traxevada ko'ndalang to'siqlar yo‘q. Ular uzun - bir necha santimetrdan bir necha metrgacha (daraxtlar, liana o‘simliklarida) bo’ladi. Traxeidlar kalta, yopiq hujayralardan iborat boiib, bir-biridan qiyshiq to'siqlar biian ajralib turadi. Pastga tushuvchi, o'simiikning organiari bo'ylab tarqaluvchi oqim elaksimon naylar orqali sodir boladi. Oikazuvchi to‘qima!ar o‘simlik organlarida traxeya, traxeidlar va elaksimon navlar shaklidagi guruhlar holida joylashgan.
Mexanik saqlovchi va hosil qiluvchi to'qimalar ham ular qatorida bolishi mumkin. O'tkazuvchi to'qimalar elementlari majmuasi o’tkazuvchi nay-tola bog'lamiari deb ataladi. Markaziy o’q organlarida (ildiz, poya) ular butun organ bo'y lab joylashgan tasmalar shaklida, bargda esa tornirlar shaklida mujassamlangan. O'tkazuvchi nay bog’lamlari ikki qismdan iborat: lub yoki floema (uning tarkibida elaksimon nomlar va to'qimanmg boshqa elementlari) va ksilema yog'ochli (uning tarkibiga traxid nay boglamlariga taalluqli) o'tkazuvchi to'qimalar, O'tkazuvchi nay-tolalari birlamchi to'qimalardan iborat bolib, o'sish nuqtasidagi birlamchi metistemadan tashkil topgan prokambayidan hosil boladi.
Prokambiy, o’z navbatida, uzunchoq va eniga bolinuvchi meristema to'qimalari tarkibidagi hujayralardan paydo boiadi, Prokambiy floema va ksilemaning nay-tola bog’lamlaridan hosil boladi. Ammo bu jarayon ikki ko'rmishda sodir bomishi mumkin. Agar prokambiy hujayralari ksilema va floemaning hosil bolishi uchun sarflansa, unda o'tkazuvchi nay-tola bog’lamlari eniga, ya’ni yo'g'onlashish qobiliyatiga ega bolmaydi. Agar ksilema va floema hosil bo'lgach, ular orasida prokambiy qatlamidan bir qismi saqiamb qolsa va saqiamb qolgan meristema hujayralari bolinsa, unda o'tkazuvchi nay boglamlari yangi hosil boladigan hujayralar hisobiga yo'g'onlashadi hamda ksilema va floemaning yangi qatlami shakllanadi. Yangi hosil bolgan ksilema va floema orasidagi prokambiy qatlami kambivning ikkilamchi hosil qiluvchi to'qimasi deb ataladi. Shundav qiiib, o'tkazuvchi nay4ola bog 1amlari birlamchi hosil qiluvchi to'qima prokambiy boglamining ishtiroki bilan bogliq ravishda turli xil tuzilishga ega boiadi,
Kambivning ishtiroki bolmagan yoki kambiy qatlami bolmagan o'tkazuvchi nay-tolalari yopiq nay-tola boglamlari deb ataladi va ular yo’g’onlashish qobilyatiga ega emas, Bunday o'tkazuvchi nay-tola boglamlari bir pallali o'simliklar uchun xos. Ksilema va floema orasida kambiy qatlami bilan mavjud bolgan oilazavchi nay-tola bog’lamlari ochiq va ular kambiy tufayli eniga yovg’nlashish qobilyatiga ega. Bunday nay bog’lamlari ikki pallali o'simliklar uchun xos. O'tkazuvchi nay-tola bog‘lamlari floema va ksilemaning o‘zaro joylanishi bilan ham farqlanadi. Ko'pchilik hollarda o'tkazuvchi nay bog'lamlarida floema faqat bir tomonda ksilemaning sirt tomonida joylashganligi kuzatiladi. Bunday o'tkazuvchi nay-tola bog'lamlari yon yoki kollotera! bog'lam deb ataladi
Ayrim o'simliklarda floema ikki qavat bo’lib, va’ni ksilemaning tashqi va ichki tomonidan, o ‘simlikning bo’yi bo'ylab tasma shaklida joylashgan. Bunday o'tkazuvchi tolalar ikki yoqlama yoki bikoloteral nay bog'lamlari deb ataladi.
Bikoloteral bog‘lam ham bir pallali, ham ikki pallali o‘simliklar uchun xos. Floema va ksilema bog'lamlarida bir-birini o'zaro o’rab. Макка о‘xori (Zea maysj ning kolloteral yopiq о‘tkazuvchi nay bog‘lami.
1-asosiy parenxima;
2-sklerenxima;
3,4-floema;
5-yog’och parenximasi;
6-teshikli (g'ovak) nay bog ‘lamlari;
7,8-spiral-mixsimon xa mixsimon nay bog’lamlari;
9-havo bo 'shlig 7 (kattalashtirilgan ко ‘rinish), kesimning uzunasiga ко’rinishi; I-hujayra devori, 2-hujayra bo’shlig 7, 3-oddiy pora
. Kungaboqar (Helianthus annuusjning ochiq kolloteral о‘tkazuvchi nay bog‘lami. I-sklerenxima; 2-floe та; 3-kambiy; 4-ksilema о‘tkazuvchi nciylar (kattalashtirilgan aksi) 78 www.ziyouz.com kutubxonasi turgan hollar ham kuzatiiadi. Sunday o'tkazuvchi boglam lar konsentrik bog'lain deb ataladi. Nihoyat, ildizlarda murakkab radial joylashgan boglam lar ham uchraydi. Bular, odatda, floema va ksiiema ko’p qirrali yulduz shaklida joylashgan boiib, ksilemaning qirralari orasida floema joylashgan. Radial va konsentrik o'tkazuvchi nay bog’lamlari ildiz anatomiyasi bo‘yieha o'tadigan amaliy mashg'ulotlarda batafsil o'rganiladi.
O’simliklarda moddalar harakatini amalga oshiruvchi bir – biriga
qarama–qarshi yoo’nalishdagi o’tkazuvchi to’qima hosil bo’lgan. Ularni shartli ravishda pastdan–yuqoriga ko’tariluvchi oqim va yuqoridan pastga tushuvchi oqim deb qabul qilingan. Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ksilema yoki yeg’ochlik deb atalgan umumiy to’qima orqali, pastga tushuvchi oqim esa floema yeki lub orkali amalgan oshiriladi.




    1. Yüklə 160,89 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə