Mundarija kirish I bob. O’tkazuvchi to’qimalar, O’tkazuv nay bog’lam



Yüklə 160,89 Kb.
səhifə3/11
tarix22.03.2024
ölçüsü160,89 Kb.
#182517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI

1.2 To’qima xillari

Hozirgi vaqtda keng tarqalgan о‘simlik tо‘qimalari tasnifi, ularning tarixiy rivojlanishi, kelib chiqishi, hujayralarning tuzilishi va bajaradigan vazifalarini hisobga olgan holda anatomo– fiziologik klassifikasiyalar hisoblanadi.


I. Hosil qiluvchi (meristemalar):
1) uchki (apinkal);
2) yon (laterial):
a) birlamchi (prokambiy, perisikl);
b) ikkilamchi (kambiy, fellogen);
3) oraliq (interkalyar);
4) jarohat (travmatik) tо‘qimalar.
II. Qoplovchi tо‘qima:
a) birlamchi (epiderma);
b) ikkilamchi (periderma);
v) uchlamchi (pо‘kak)
III. Asosiy tо‘qima:
1) Assimilyasiyalovchi tо‘qimalar;
2) G‘amlovchi (zapas) tо‘qimalar;
3) Aerenxima (shamollatuvchi) tо‘qimalar;
4) Sо‘ruvchi tо‘qimalar;
5) Ajratuvchi tо‘qimalar:
a) tashqi: bezsimon tuklar (trixomalar), о‘simtalar (emergenslar); gulshiradonlar (niktarniklar) va gidatodlar;
b) ichki: ajratuvchi hujayralar (efirmoylari, smolalar, kristallar, taninlar bilan); kо‘p hujayrali moddalar tо‘plovchi joylar; smola agratma kanallari; sut yо‘llari (bо‘laklangan, yaxlit).
IV. Mexanik (tayanch) tо‘qimalar:

  1. kollenxima;

2) sklerenxima:
a) tolalar;
b) sklereidlar.
V. О‘tkazuvchi tо‘qimalar:
1) ksilema (yog‘ochlik);
2) floema (lub).
Hosil qiluvchi – meristema tо‘qima – meristema (yunon. meristos – bо‘luvchi, ajratuvchi) hosil qiluvchi tо‘qima bо‘linish yо‘li bilan yangi tо‘qima hosil qilish xususiyatiga ega. Shu tо‘qimaning bо‘linishi hisobidan о‘simlik tanasida yangi-yangi tо‘qimalar hosil bо‘ladi va о‘sishi umr bо‘yi davom etadi.
Hayvonlarda meristema tо‘qimasi bо‘lmaydi, shuning uchun ham ularning о‘sishi chegaralangan. О‘simliklar mana shu xususiyatiga kо‘ra hayvonlardan farq qiladi. Meristemalar dastalabki yosh embrional tо‘qimalar hisoblanib, ular о‘simlikning boshqa doimiy tо‘qimalarini hosil qiladi. Meristema hujayralarining rivojlanish davri bir necha bosqichda о‘tadi:
1) intensif bо‘linish,
2) hujayra qobig‘ining о‘sishi va vakuolalarning yiriklashishi,
3) hujayralarning ixtisoslashishi, ya’ni organizmda qolgan tо‘kimalarning kelib chiqishi.

Yüklə 160,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə