Mundarija kirish I bob. O’tkazuvchi to’qimalar, O’tkazuv nay bog’lam



Yüklə 160,89 Kb.
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü160,89 Kb.
#182517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI

Mexanik to’qimalar: O`simlikda skelet bo`lmaganligi sababli turli xil mexanik ta`sirlar: shamol, qor, yomg`ir va o`zining shox-shabbasi, bargi va mevalarini ko`tarib turish vazifasini mexanik to`mqimalar bajaradi. O`simliklarning endigina hosil bo`layotgan yosh organizmlarida mexanik to`qimalar bo`lmaydi. Ular turgor bosim yordamida o`zini tutib turadi. Keyinchalik aytib o`tilgan ta`sirlarga bardosh berish xususiyatiga ega bo`lgan mexanik to`qimalarga zarurat tug`iladi. Aslida pishiqlik o`simlikning barcha to`qimalarining ishtirokida hosil bo`ladi, lekin mexanik to`qimalar tufayli bu pishiqlik bir necha marta otadi.
Mexanik to`qimalarning hujayralari devorining juda qalinlashishi va tez-tez yog`ochlanishi bilan farq qiladi. Ko`pincha esa mexanik to`qimalarning hujayralari o`lik bo`ladi. Mexanik to`qimalar ularni tashkil qiluvchi shakli va turiga qarab: kollenxima, sklerenxima, sklereidlar deb ataladigan uchta asosiy guruhga bo`linadi.
Ikki pallali o`simliklarning o`suvchi organlarida, poyasi, bargida, meva bandida kollenxima deb ataladigan maxsus mexanik to`qima uchraydi. Kollenxima hujayralari tirik, sellyuloza po`stli parenxima yoki cho`ziq hujayralardir. Ko`pincha kollenxima asosiy to`qimaning chekkasida joylashib, o`simlikning o`suvchi organlarini mustaxkamlaydi. U, odatda, poya epidermisi ostida uzluksiz qat-qat bo`lib joylashadi. Kollenxima ba`zan o`simlik ildizida ham (karam, lavlagi) uchraydi.
Sklerenxima o`simliklarda ko`plab uchraydi. Ular ichki bo`shliqlari suv va havo bilan to`lgan qalin devorli o`lik prozenxima hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning po`sti, ko`pincha, yog`ochlashgan bo`lib, ba`zida esa sellyulozadan iborat. Sklerenxima hujayralari, ba`zan tola deb ataladi va ular juda pishiq bo`ladi.
Lub tolalari ham sklerenximaga kiradi. Ularning devori kletchatkadan iborat, ba`zan esa ko`p yog`ochlangan bo`ladi. Lub tolalari poyaning asosiy to`qimasi orasida dasta yoki chilvir shaklida joylashadi. Ular pektin moddalari bilan bir-biriga yopishgan alohida-alohida lub hujayralaridan iborat va amalda texnik tola deb yuritiladi. Ayrim o`simliklarda ular ancha uzun. Masalan, nasha va jutda ularning uzunligi 4 mm, zig`irda 60 mm, ramida 350 mm gacha va undan ham uzun bo`ladi.
Pishiq va egaluvchan lub tolalaridan turli gazlamalar va ip yigirishda foydalaniladi. Zig`ir, kendir va rami tolalaridan qimmatbaho gazlamalar, ancha dag`al tolali kanop va jut tolalaridan qop, brezent, arqon qilinadi.
Lub tolalariga o`xshash, lekin kuchli yog`ochlangan tolalar libriform deb ataladi. Bu tolalar ko`p uchraydigan daraxtlar, jumladan eman, kashtan, grab, shamshod yog`ochi juda mustahkam va pishiq bo`lib, mexanik ta`sirlarga o`ta bardoshli bo`ladi. Lub tolalari esa o`simlikning egiluvchanligini oshiradi.
Sklereidlar yuqoridagi ikkala to`qimaga ham kirmaydi. Ular alohida tosh hujayralari holatida bo`ladi. Bular juda qalin va yog`ochlashgan po`stli, radial kanalchalar shaklidagi teshikchalari bo`lgan o`lik parenxima hujayralardir.
Tosh hujayralar mevalarning qattiq devorida va ko`p o`simliklarning urug`ida bo`ladi. Yong`oq, o`rik, shaftoli kabi o`simliklarning danagi tosh hujayralari tufayli qattiq bo`ladi. Ular nok va behi kabi mevalarning etida ham uchraydi.
Meristemadan hosil bо‘lgan hujayralar bir necha marta bо‘linadi va doimiy tо‘qimalardan biriga aylanadi. О‘simlik tanasida meristema har xil joylashadi. Rivojlanayotgan urug‘dagi embrion (murtak) dastlab birlamchi meristemadan iborat bо‘ladi. Uning keyingi taraqqiyotida birlamchi meristema novdalarning uchki apikal (lot. apeks – uchki) va barcha yon yoki lateral (lot. latus - yon) kurtaklarda hamda ildizlarning uchiga yaqin joyda bо‘ladi.
О‘sish nuqtalarida inisial (lot. inisialis - boshlang‘ich) hujayralar bо‘lib, ularni bо‘linishi natijasida meristema tо‘qimasi hosil bо‘ladi. Inisial hujayra yо‘sin (mox) va ba’zi qirqquloqlarda bittadan, urug‘li о‘simliklarda esa bir nechta bо‘lishi mumkin. Inisial hujayralar doimiy tо‘qimalarni hosil qiladigan meristemalarni yuzaga keltiradi. Apikal yoki birlamchi meristema о‘simlik organlarida joylashishi bо‘yicha uchki meristema hisoblanadi. Bu meristemaning bо‘linishi natijasida novda va ildiz uzunasiga hamda yoniga qarab о‘sadi. О‘simlik shoxlanishi vaqtida har qaysi yon novda va yon ildiz inisial hujayralardan tashkil topgan meristemaga ega bо‘ladi.
Yon (lateral) meristemalar, apikal meristemasidan bir oz pastroqda joylashgan bо‘lib, uning faoliyati natijasida halqasimon qatlam yuzaga keladi hujayralarning bо‘linishidan birlamchi kambiy, perisikl hosil bо‘ladi. Boshqa yon meristemalar (kambiy fellogen) keyinroq yuzaga keladi, shuning uchun ham ularni shartli ravishda ikkilamchi meristema deb ataladi.
Kо‘pchilik vaqtda ikkilamchi meristema, masalan fellogen, doimiy tо‘qimaning qayta takomillashishidan yuzaga keladi va о‘zidan tashqarida pо‘kak qatlamini hosil qiladi. Ammo, kо‘pchilik g‘alladoshlar vakillarida ikkilamchi meristema bо‘lmaydi va о‘simlikning poyasi faqat birlamchi meristemadan tashkil topadi.
Odatda, yosh tо‘qimalar apikal meristemadan akropetal (yunon. a kroyetepa, uch; pyetyerye - intilish) tarzda yuzaga keladi va yuqoriga qarab о‘sadi.
Akropetal о‘sish ildizlarda yaqqol kо‘rinadi, lekin novdalarda bu qonuniyat tez-tez buzilib turadi, chunki poyalarda interkalyar (lot. interkalyar - orqaga qо‘yish, joylashtirish) о‘sish bо‘g‘im oralig‘ida joylashgan meristemalarning bо‘linishidan yosh hujayralar yuzaga keladi (masalan, g‘alladoshlarda bо‘g‘im ostida). Bо‘g‘im oralig‘idagi interkalyar meristemaning apikal va lateral meristemalardan farqi shundaki, birinchidan bunda bir qancha elementlar (masalan, о‘tkazuvchi) naylar takomillashmagan, ikkinchidan hech qachon inisial hujayralar bо‘lmaydi. Shuning uchun ham bо‘g‘in oralig‘idagi meristema vaqgtinchalik tо‘qima hisoblanadi. Ular keyinchalik doimiy tо‘qimalarga aylanadi. Yopiq urug‘li о‘simliklarda barg plastinkasi bazipetal (yunon. bazis.- asos, tub, tag; petere - intilish) qismlari о‘rtasida interkalyar о‘sish yuzaga kelganligidan barg asosi va bandi hammadan keyin paydo bо‘ladi. Ba’zan о‘simlikning biror organi yoki tо‘qimasi jarohatlanganda meristema tо‘qimasi hosil bо‘ladi va shikastlangan joyning tiklanishini ta’minlaydi.



Yüklə 160,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə