Mundarija kirish I bob. O’tkazuvchi to’qimalar, O’tkazuv nay bog’lam



Yüklə 160,89 Kb.
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü160,89 Kb.
#182517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’TKAZUVCHI TO’QIMALAR, O’TKAZUV NAY BOG’LAM TURLARI VA HOSIL BO’LISHI

Qoplovchi to’qimalar: Yuksak o`simliklarning organlari tashqaridan qoplovchi to`qimalar bilan o`ralgan. Qoplovchi to`qimalarning esa 3 ta tipi mavjud. Bular epiderma, probka va po`stloq. Epiderma qatlami dastlab o`simlikning barcha kismini o`rab turadi. U o`simlikning butun hayoti davomida uning ayrim organlari, xususan yosh novda va barglarida saqlanib qoladi. Ko`p yillik o`simliklarda uning eniga o`sishi asnosida o`zgarib, dastlabki vegetasiyaning oxiridayoq ikkilamchi qoplovchi to`qima – probka bilan o`rin almashadi.
Epiderma nisbatan bir xil tirik hujayralarning qatoridan hosil bo`lgan. Epiderma ustidan kutikula deb ataluvchi qavat qoplangan. U bargni bo`kib qolishdan saqlash uchun xizmat qiladi, chunki bargga tushgan suv tomchilarini ichkariga o`tkazmaydi. Epiderma bundan tashqari, o`zida turli xil mineral tuzlarii shimib, qattiq qavat hosil qilishi mumkin. Masalan, qamishda.
Epidermada suvni kam bug`latish uchun xizmat qiladigaa tuklar ham mavjud. Ular shakli, uzun-qisqalngiga ko`ra turli-tumandir. Bu tuklar ba`zan mineral moddalarni shimib qotadi, ba`zan yog`ochlanib o`tkirlashadi (qovoqda).
Shunday tuklardan g`o`za urug`i po`stining tukidir. Uni biz qimmatbaho ashyo sifatida yaxshi bilamiz. Chayon o`tining tuklarida chumoli kislotasi bo`lib, kuydiruvchi xususiyatga ega.
Epiderma qavati bilan qoplangan etni tashqi muhit bilan aloqasi og`izchalar orqali bo`ladi. Og`izchalar ikkita yarim oy shaklidagi hujayralar bo`lib, ular o`zining shakli va yashil plastidalari borligi bilan boshqa hujayralardan farq qiladi. Bu ikki hujayralarni cho`zinchoq hujayralararo bo`shliq ajratib turadi va bu og`izchani ochilib-yopilishini boshqarib turadi. O`simlikning fiziologik holatiga qarab bu teshikcha ochilishi, yopilishi yoki shunchaki qisqarishi mumkin. Og`izcha orqali karbonat angidrid barg ichkarisiga kiradi, erkin kislorod esa atmosferaga chiqadi. Og`izchalar bargning ostki qismida ko`proq bo`ladi. Bargdagi og`izchalarning soni o`simlik turiga, uning yashash sharoitiga qarab turlicha bo`ladi va o`rtacha 100-300 tadan 1000 tagacha va undan ham ko`proq bo`ladi.
Odatda, epiderma o`simlikda bir necha haftadan bir necha oygacha umr ko`radi va uning o`rnida ikkilamchi qoplovchi to`qima – probka hosil bo`ladi. Uning paydo bo`lishi uchun maxsus ikkilamchi meristema zarur bo`lib, u epidermaning o`lishi bilan yuzaga keladi. Ikkilamchi meristema probka kambiysi yoki fellogen deb ataladi. Odatda, u bir qavat chekka tomoni bilan cho`zilgan bo`linuvchi hujayralar qavatidan iborat bo`ladi. Bo`linish esa poya yuzasiga parallel tarzda amalga oshib, bu hujayralarning chekka po`sti qalinlashib boradi va sekin-asta protoplastini yo`qotadi. Oqibatda probka hosil bo`ladi. SHu sabab probka hujayralari o`liqdir.
Probka kambiysi ikki tomonga ishlaydi. Tashqi tomonga ajralgan hujayra qatlami probka to`qimasiga aylanadi. Hujayralarning ko`proq qismi esa ichki, ya`ni poyaga tomon ajratiladi va ular tirikligicha qoladi. Uni felloderma deb ataladi. Probka to`qimasi, probka kambiysi va felloderma birgalikda periderma deb yuritiladi.
Probka kambiysi turli o`simliklarda turlicha umr ko`radi. Odatda, bir necha oydan keyin nobud bo`lib po`stloqning chuqurroq qavatida probqa kambiysining yangi qatlami hosil bo`ladi. Bunday holatda undan oziqlana olmaydi va o`la boshlaydi. Bu o`lik to`qimalar yig`indisi esa po`stloq deyiladi. Aslida po`stloq uchlamchi qoplovchi to`qima bo`lib, u yorilib-yorilib bo`lakchalar holida bo`ladi. Ko`p yillik o`simliklarda quruq po`stloq muhim himoya vazifasini bajaradi. U o`simlikni issiq-sovuqdan, hayvonlardan qo`riqlaydi.

Yüklə 160,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə