Nahj ul-farodis


II bob bo‘yicha xulosalar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə21/22
tarix23.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#157239
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Mahmud Ali Kadariy shablon tayyori

II bob bo‘yicha xulosalar
Yuqoridagi misollardan xulosa qiladigan bo‘lsak, noshir Janos Eckmann qo‘lyozmadagi ba’zi o‘rinlarda yo‘l qo‘yilgan xato va chalkashliklarni mohirlik bilan to‘g‘rilab chiqqan. Bu holat Janos Eckmanni ham diniy ham dunyoviy bilimga chuqur ega ekanligi, xususan Qur`oni Karim, Hadis, Islom tarixi, Arab tili va lug‘ati va boshqa ilmlarni chuqur bilganligidan dalolat beradi.

III. BOB. “ Nahj ul-farodis “ manbalari va ularga berilgan izohlar
3.1. “ Nahj ul-farodis “ manbalariga Janos Eksman izohlarining ilmiy ahamiyati
3.2. Qo‘lyozmada ko‘rsatilgan manbalarning sahih va zaifligi
Har qanday ma’lumotni asosi bo‘lishi kerak. Ayniqsa, diniy ma’lumotlar albatta Quron va sahih hadislarga asoslangan bo‘lishi zarur. Musannif qo‘lyozmada 56 ta suradan, yuzdan oshiq quyidagi oyatlarni keltirgan.
إِنَّ ٱللَّهَ وَمَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِيِّۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ صَلُّواْ عَلَيۡهِ وَسَلِّمُواْ تَسۡلِيمًا
Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring. (Ahzob 56).
إِنَّكَ لَا تَهۡدِي مَنۡ أَحۡبَبۡتَ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهۡدِي مَن يَشَآءُۚ وَهُوَ أَعۡلَمُ بِٱلۡمُهۡتَدِينَ
Albatta, sen o‘zing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, o‘shani hidoyat qiladir. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir. (Qasos 56).
ٱقۡرَأۡ بِٱسۡمِ رَبِّكَ ٱلَّذِي خَلَق* خَلَقَ ٱلۡإِنسَٰنَ مِنۡ عَلَقٍ* ٱقۡرَأۡ وَرَبُّكَ ٱلۡأَكۡرَمُ* ٱلَّذِي عَلَّمَ بِٱلۡقَلَمِ* عَلَّمَ ٱلۡإِنسَٰنَ مَا لَمۡ يَعۡلَمۡ*
Yaratgan Robbing nomi bilan o‘qi. U insonni alaqdan yaratdi. O‘qi! Robbing Karamlilarning karamlisidir. U, qalam bilan ilm o‘rgatgandir. U, insonga bilmagan narsasini o‘rgatdi. (Alaq 1-5)
يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمُدَّثِّرُ *قُمۡ فَأَنذِرۡ *وَرَبَّكَ فَكَبِّرۡ *وَثِيَابَكَ فَطَهِّرۡ* وَٱلرُّجۡزَ فَٱهۡجُرۡ* وَلَا تَمۡنُن تَسۡتَكۡثِرُ* وَلِرَبِّكَ فَٱصۡبِر
Ey, burkanib yotgan! .Tur va ogohlantir!. Va Robbingni ulug’la!. Va kiyimingni pokla!. Va azob(sababchisi)dan chetlan!. Va ko‘p (ish) qilgan bo‘lsang ham, minnat qilma. Va Robbing uchun sabr qil. (Muddasir 1-7).
وَأَنذِرۡ عَشِيرَتَكَ ٱلۡأَقۡرَبِينَ* وَٱخۡفِضۡ جَنَاحَكَ لِمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ
Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir. Va senga ergashgan mo‘minlarga qanotingni pastlat. (Shuaro 214-215).
تَبَّتۡ يَدَآ أَبِي لَهَبٖ وَتَبَّ * مَآ أَغۡنَىٰ عَنۡهُ مَالُهُۥ وَمَا كَسَبَ * سَيَصۡلَىٰ نَارٗا ذَاتَ لَهَبٖ * وَٱمۡرَأَتُهُۥ حَمَّالَةَ ٱلۡحَطَبِ * فِي جِيدِهَا حَبۡلٞ مِّن مَّسَدِۭ
Abu Lahabning ikki qo‘li halok bo‘lsin, halok! .Unga moli va kasb qilgan narsalari foyda bermadi. U tezda cho‘g’i qizib turgan o‘tga kiradir. Va uning o‘tin ko‘targan xotini ham. Uning bo‘ynida eshilgan arqon. . (Masad 1-5).
ٱقۡتَرَبَتِ ٱلسَّاعَةُ وَٱنشَقَّ ٱلۡقَمَرُ * وَإِن يَرَوۡاْ ءَايَةٗ يُعۡرِضُواْ وَيَقُولُواْ سِحۡرٞ مُّسۡتَمِرّٞ * وَكَذَّبُواْ وَٱتَّبَعُوٓاْ أَهۡوَآءَهُمۡۚ وَكُلُّ أَمۡرٖ مُّسۡتَقِرّٞ*
Soat(qiyomat) yaqinlashdi va oy bo‘lindi. Agar bir oyat(mo‘ъjiza)ni ko‘rsalar, yuz o‘girarlar va: “Bu — o‘tkinchi sehr”, derlar. Va yolg’onga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish o‘z o‘rnini topuvchidir. (Qamar 1-3)
أَلَمۡ تَرَ كَيۡفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِأَصۡحَٰبِ ٱلۡفِيلِ * أَلَمۡ يَجۡعَلۡ كَيۡدَهُمۡ فِي تَضۡلِيلٖ * وَأَرۡسَلَ عَلَيۡهِمۡ طَيۡرًا أَبَابِيلَ * تَرۡمِيهِم بِحِجَارَةٖ مِّن سِجِّيلٖ * فَجَعَلَهُمۡ كَعَصۡفٖ مَّأۡكُولِۭ
Robbing fiyl sohiblarini nima qilganini bilmadingmi?. Ularning makru hiylasini zoe ketkazmadimi?. Va ularning ustiga to‘p-to‘p qushlarni yubormadimi?. Loydan pishirilgan toshlarni otadigan. Bas, ularni qurt eb tashlagan o‘simlikka o‘xshatib yubormadimi?. (Fil 1-5)
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ ٱتَّقِ ٱللَّهَ وَلَا تُطِعِ ٱلۡكَٰفِرِينَ وَٱلۡمُنَٰفِقِينَۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمٗا
Ey Nabiy! Allohga taqvo qil va kofiru munofiqlarga itoat etma! Albatta, Alloh o‘ta olim va o‘ta hikmatli Zotdir. . (Ahzob 1).
قُلِ ٱللَّهُمَّ مَٰلِكَ ٱلۡمُلۡكِ تُؤۡتِي ٱلۡمُلۡكَ مَن تَشَآءُ وَتَنزِعُ ٱلۡمُلۡكَ مِمَّن تَشَآءُ وَتُعِزُّ مَن تَشَآءُ وَتُذِلُّ مَن تَشَآءُۖ بِيَدِكَ ٱلۡخَيۡرُۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٖ قَدِيرٞ
Sen: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo‘lingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan. (Oli imron 26).
وَقُلۡ جَآءَ ٱلۡحَقُّ وَزَهَقَ ٱلۡبَٰطِلُۚ إِنَّ ٱلۡبَٰطِلَ كَانَ زَهُوقٗا
Va: «Haq keldi, botil yo‘q bo‘ldi. Zotan, botil doimo yo‘q bo‘lguvchidir». ( Isro 81).
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّا خَلَقۡنَٰكُم مِّن ذَكَرٖ وَأُنثَىٰ وَجَعَلۡنَٰكُمۡ شُعُوبٗا وَقَبَآئِلَ لِتَعَارَفُوٓاْۚ إِنَّ أَكۡرَمَكُمۡ عِندَ ٱللَّهِ أَتۡقَىٰكُمۡۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٞ
Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir. (Hujurot 13).
مَا كَذَبَ ٱلۡفُؤَادُ مَا رَأَىٰٓ
Qalb (ko‘z) ko‘rganini yolg’onga chiqarmadi. (Najm 11).
إِنَّآ أَعۡطَيۡنَٰكَ ٱلۡكَوۡثَرَ* فَصَلِّ لِرَبِّكَ وَٱنۡحَرۡى * إِنَّ شَانِئَكَ هُوَ ٱلۡأَبۡتَرُ
Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz o‘qi va jonliq so‘y. Albatta, seni yomon ko‘rib ayblovchining o‘zining orqasi kesik. (Kavsar 1-3).
لَقَدۡ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِي مَوَاطِنَ كَثِيرَةٖ وَيَوۡمَ حُنَيۡنٍ إِذۡ أَعۡجَبَتۡكُمۡ كَثۡرَتُكُمۡ فَلَمۡ تُغۡنِ عَنكُمۡ شَيۡـٔٗا وَضَاقَتۡ عَلَيۡكُمُ ٱلۡأَرۡضُ بِمَا رَحُبَتۡ ثُمَّ وَلَّيۡتُم مُّدۡبِرِينَ*ثُمَّ أَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَأَنزَلَ جُنُودٗا لَّمۡ تَرَوۡهَا وَعَذَّبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلۡكَٰفِرِينَ*ثُمَّ يَتُوبُ ٱللَّهُ مِنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَ عَلَىٰ مَن يَشَآءُۗ وَٱللَّهُ غَفُورٞ رَّحِيمٞ
Batahqiq, Alloh sizlarga ko‘p joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. O‘shanda sizni ko‘pligingiz mag’rur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng er sizga torlik qilib qoldi. So‘ngra, ortga qarab qochdingiz. So‘ngra, Alloh sokinligini Payg’ambariga va mo‘minlarga tushirdi hamda siz ko‘rmaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana o‘sha, kofirlarning jazosidir. So‘ngra, o‘shandan keyin Alloh O‘zi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh mag’firatli va rahimli Zotdir.(Tavba 25-27)
كٓهيعٓصٓ*ذِكۡرُ رَحۡمَتِ رَبِّكَ عَبۡدَهُۥ زَكَرِيَّآ*إِذۡ نَادَىٰ رَبَّهُۥ نِدَآءً خَفِيّٗا
Kaaf, ha, yo, ayn, sod. Bu, Robbingning bandasi Zakariyoga rahmati zikridir. U, Robbiga maxfiy nido qilgan chog’ini esla.(Maryam 1-3)
إِذَا جَآءَ نَصۡرُ ٱللَّهِ وَٱلۡفَتۡح*وَرَأَيۡتَ ٱلنَّاسَ يَدۡخُلُونَ فِي دِينِ ٱللَّهِ أَفۡوَاجٗا*فَسَبِّحۡ بِحَمۡدِ رَبِّكَ وَٱسۡتَغۡفِرۡهُۚ إِنَّهُۥ كَانَ تَوَّابَۢاُ
Vaqtiki, Allohning nusrati va fath kelsa... Va odamlarning Allohning diniga to‘p-to‘p bo‘lib kirayotganini ko‘rsang... Bas, Robbingni poklab yod et va Unga istig’for ayt. Albatta, U tavbalarni ko‘plab qabul etuvchidir. (Nasr1-3)
مَّن يُطِعِ ٱلرَّسُولَ فَقَدۡ أَطَاعَ ٱللَّهَۖ
Kim Payg’ambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bo‘lur…( Niso 80)
وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٞ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهِ ٱلرُّسُلُۚ أَفَإِيْن مَّاتَ أَوۡ قُتِلَ ٱنقَلَبۡتُمۡ عَلَىٰٓ أَعۡقَٰبِكُمۡۚ وَمَن يَنقَلِبۡ عَلَىٰ عَقِبَيۡهِ فَلَن يَضُرَّ ٱللَّهَ شَيۡـٔٗاۚ وَسَيَجۡزِي ٱللَّهُ ٱلشَّٰكِرِينَ
Muhammad ham bir Payg’ambar, xolos. Undan avval ham Payg’ambarlar o‘tgan. Agar u o‘lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar.( Oli Imron 144)
...إِذۡ هُمَا فِي ٱلۡغَارِ إِذۡ يَقُولُ لِصَٰحِبِهِۦ لَا تَحۡزَنۡ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَنَاۖ
Ular ikkovlon g’orda turganlarida, u sherigiga: “Xafa bo‘lma, Alloh, albatta, biz bilan”, dedi…. (Tavba 40)
فَأَمَّا مَنۡ أَعۡطَىٰ وَٱتَّقَى*وَصَدَّقَ بِٱلۡحُسۡنَىٰ*فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلۡيُسۡرَىٰ
Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa... Va go‘zalni tasdiq qilsa... Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz.( Layl 5-7)
وَأَمَّا مَنۢ بَخِلَ وَٱسۡتَغۡنَىٰ*وَكَذَّبَ بِٱلۡحُسۡنَىٰ*فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلۡعُسۡرَىٰ
Va ammo, kimki baxillik va istig’no qilsa... Va go‘zalni yolg’onga chiqarsa... Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz.( Layl 8-10)
وَجَآءَتۡ سَكۡرَةُ ٱلۡمَوۡتِ بِٱلۡحَقِّۖ ذَٰلِكَ مَا كُنتَ مِنۡهُ تَحِيد
O‘limning mastligi (talvasasi) haqiqat bo‘lib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir. (Qof 19)
فَمَن تَبِعَنِي فَإِنَّهُۥ مِنِّيۖ وَمَنۡ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورٞ رَّحِيمٞ
…Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy bo‘lsa, albatta, O‘zing mag’firat qilguvchi va rahimlisan… (Ibrohim 36)
إِن تُعَذِّبۡهُمۡ فَإِنَّهُمۡ عِبَادُكَۖ وَإِن تَغۡفِرۡ لَهُمۡ فَإِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ
Agar ularni azoblaydigan bo‘lsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni mag’firat qiladigan bo‘lsang, bas, albatta, Sening O‘zing Aziyz — g’olib va hikmatli Zotsan. (Maryam 118)
وَقَالَ نُوحٞ رَّبِّ لَا تَذَرۡ عَلَى ٱلۡأَرۡضِ مِنَ ٱلۡكَٰفِرِينَ دَيَّارًا
Va Nuh: “Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo‘ymagin.(Nuh 26)
رَبَّنَا ٱطۡمِسۡ عَلَىٰٓ أَمۡوَٰلِهِمۡ وَٱشۡدُدۡ عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ فَلَا يُؤۡمِنُواْ حَتَّىٰ يَرَوُاْ ٱلۡعَذَابَ ٱلۡأَلِيمَ
Robbimiz, ularning mollarini yo‘q qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni ko‘rmagunlaricha iymonga kelmasinlar”, dedi. (Yunus 88)
وَأُوحِيَ إِلَىٰ نُوحٍ أَنَّهُۥ لَن يُؤۡمِنَ مِن قَوۡمِكَ إِلَّا مَن قَدۡ ءَامَنَ فَلَا تَبۡتَئِسۡ بِمَا كَانُواْ يَفۡعَلُونَ
Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg’uga tushmagin. (Hud 36)
لَّوۡلَا كِتَٰبٞ مِّنَ ٱللَّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمۡ فِيمَآ أَخَذۡتُمۡ عَذَابٌ عَظِيم*فَكُلُواْ مِمَّا غَنِمۡتُمۡ حَلَٰلٗا طَيِّبٗاۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٞ رَّحِيمٞ
Agar Allohning oldindan yozgani bo‘lmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulug’ azob etar edi. Bas, o‘ljaga olgan narsalaringizdan halol-pok holda yenglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh mag’firat qilguvchi va rahmli Zotdir. (Anfol 68-69)
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمۡ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلۡتُمۡ إِلَى ٱلۡأَرۡضِۚ أَرَضِيتُم
بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ
Ey, iymon keltirganlar! Sizga nima bo‘ldiki, Allohning yo‘lida qo‘zg’aling, deyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qo‘yib, dunyo hayotiga rozi bo‘ldingizmi? Oxirat oldida bu dunyo hayoti juda oz-ku?!( Tavba 38)
وَقَالُواْ لَا تَنفِرُواْ فِي ٱلۡحَرِّۗ قُلۡ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرّٗاۚ لَّوۡ كَانُواْ يَفۡقَهُون
“Issiqda qo‘zg’almanglar”, – dedilar. “Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar”, – deb ayt.(Tavba 81)
لِمِثۡلِ هَٰذَا فَلۡيَعۡمَلِ ٱلۡعَٰمِلُونَ
“Bas, amal qilguvchilar mana shunga o‘xshash narsa uchun amal etsinlar”.
( Soffat 61)
فَإِنۡ ءَامَنُواْ بِمِثۡلِ مَآ ءَامَنتُم بِهِۦ فَقَدِ ٱهۡتَدَواْۖ وَّإِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّمَا هُمۡ فِي شِقَاقٖۖ فَسَيَكۡفِيكَهُمُ ٱللَّهُۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ
Agar siz iymon keltirganga o‘xshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat toparlar. Va agar yuz o‘girsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada bo‘lmaslar. Alloh senga ular (yomonligi)dan kifoya qilur. Va U eshituvchi, biluvchi Zotdir. ( Baqara 137)
يُوفُونَ بِٱلنَّذۡرِ وَيَخَافُونَ يَوۡمٗا كَانَ شَرُّهُۥ مُسۡتَطِيرٗا*وَيُطۡعِمُونَ ٱلطَّعَامَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ مِسۡكِينٗا وَيَتِيمٗا وَأَسِيرًا
Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qo‘rqarlar. O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirlarga berarlar. ( Inson 7-8)
فَمَنۡ حَآجَّكَ فِيهِ مِنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلۡعِلۡمِ فَقُلۡ تَعَالَوۡاْ نَدۡعُ أَبۡنَآءَنَا وَأَبۡنَآءَكُمۡ وَنِسَآءَنَا وَنِسَآءَكُمۡ وَأَنفُسَنَا وَأَنفُسَكُمۡ ثُمَّ نَبۡتَهِلۡ فَنَجۡعَل لَّعۡنَتَ ٱللَّهِ عَلَى ٱلۡكَٰذِبِينَ
Senga kelgan ilmdan keyin, kim sen bilan u haqida tortishsa, Sen: “Kelinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz o‘zimizni, siz o‘zingizni chaqiramiz-da, so‘ngra yolborib, yolg’onchilarga Allohning la’nati bo‘lishini so‘raymiz”, deb aytgin.( Oli Imron 61)
وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلٗا لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱمۡرَأَتَ فِرۡعَوۡنَ إِذۡ قَالَتۡ رَبِّ ٱبۡنِ لِي عِندَكَ بَيۡتٗا فِي ٱلۡجَنَّةِ وَنَجِّنِي مِن فِرۡعَوۡنَ وَعَمَلِهِۦ وَنَجِّنِي مِنَ ٱلۡقَوۡمِ ٱلظَّٰلِمِينَ
Alloh iymon keltirganlarga Fir’avnning xotinini misol qilib ko‘rsatdi. U (xotin): «Robbim, menga O‘z huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir’avndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi. (Tahrim 11)
فَإِذَا نُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَلَآ أَنسَابَ بَيۡنَهُمۡ يَوۡمَئِذٖ وَلَا يَتَسَآءَلُونَ*فَمَن ثَقُلَتۡ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ*وَمَنۡ خَفَّتۡ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ فِي جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ
Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar. Kimning mezonlari og’ir kelsa, bas, ana o‘shalar o‘zlari najot topguvchilardir. Kimning mezoni yengil kelsa, bas, ana o‘shalar o‘zlariga ziyon qilibdilar. Jahannamda abadiy qolguvchi bo‘libdilar. ( Mu’minun 101-103)
وَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تُقۡسِطُواْ فِي ٱلۡيَتَٰمَىٰ فَٱنكِحُواْ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثۡنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَۖ فَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تَعۡدِلُواْ فَوَٰحِدَةً أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡۚ ذَٰلِكَ أَدۡنَىٰٓ أَلَّا تَعُولُواْ
Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, o‘zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to‘rttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani (oling) yoki qo‘lingizda mulk bo‘lganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu, jabr qilmasligingizga yaqinroqdir. ( Niso 3)
يَٰٓأَيَّتُهَا ٱلنَّفۡسُ ٱلۡمُطۡمَئِنَّة*ٱرۡجِعِيٓ إِلَىٰ رَبِّكِ رَاضِيَةٗ مَّرۡضِيَّةٗ*فَٱدۡخُلِي فِي عِبَٰدِي*وَٱدۡخُلِي جَنَّتِي
Ey, xotirjam nafs! Robbingga sen Undan, U sendan rozi bo‘lgan holda qayt! Bas, bandalarim ichiga kirgin! Va jannatimga kirgin!( Fajr 27-30)
ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ طَيِّبِينَ يَقُولُونَ سَلَٰمٌ عَلَيۡكُمُ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡجَنَّةَ بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ
Farishtalar ularning jonlarini pok hollarida ola turib: “Sizlarga salom bo‘lsin. Qilib yurgan ishlaringiz tufayli jannatga kiring”, derlar.(Nahl 32)
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجۡرَ مَنۡ أَحۡسَنَ عَمَلًا
Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, go‘zal ish qilganlarning ajrini zoe qilmasmiz.( Kahf 30)
يُبَشِّرُهُمۡ رَبُّهُم بِرَحۡمَةٖ مِّنۡهُ وَرِضۡوَٰنٖ وَجَنَّٰتٖ لَّهُمۡ فِيهَا نَعِيمٞ مُّقِيمٌ
Robbilari ularga O‘z tarafidan bo‘lgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy neъmatlar bor jannatlarning bashoratini beradir. ( Tavba 21)
هَٰذَا يَوۡمُ لَا يَنطِقُون*وَلَا يُؤۡذَنُ لَهُمۡ فَيَعۡتَذِرُونَ
Bu, ular gapira olmaydigan kundir. Va ularga uzr aytishga izn berilmaydir. (Mursalat 35-36)
أَتَأۡمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلۡبِرِّ وَتَنسَوۡنَ أَنفُسَكُمۡ وَأَنتُمۡ تَتۡلُونَ ٱلۡكِتَٰبَۚ أَفَلَا تَعۡقِلُون
Odamlarni yaxshilikka chorlab turib, o‘zingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?! ( Baqara 44)
وَأَمَّا مَنۡ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ وَنَهَى ٱلنَّفۡسَ عَنِ ٱلۡهَوَىٰ*فَإِنَّ ٱلۡجَنَّةَ هِيَ ٱلۡمَأۡوَىٰ
Va ammo, kim Robbisining maqomidan qo‘rqqan va o‘z nafsini havolanib ketishidan qaytargan bo‘lsa... Bas, albatta, jannat (unga) o‘rin bo‘ladir. ( Naziat 40-41)
وَٱتَّخَذَ ٱللَّهُ إِبۡرَٰهِيمَ خَلِيلٗا
Va Alloh Ibrohimni do‘st tutgan edi.( Niso 125)
صَدَّقۡتَ ٱلرُّءۡيَآۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجۡزِي ٱلۡمُحۡسِنِين
Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz go‘zal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.5 ( Soffat 105)…….
Yuqorida keltirilgan oyatlarning tarjimasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Tafsiri Hilol” kitobidan olindi.
Bu oyatlardan 34 ta oyat takrorsiz, 22 ta oyat ba’zi o‘rinlarda takrorlanib kelgan. Musannif keltirgan bu oyatlarning sahihligida hech qanday shak-shubha yo‘q. Chuning uchun qo‘lyozmada keltirilgan hadislarni sahih yoki zaifligi borasida izlanish olib borsak. Avval hadis nima ekanligi bilib olsak.
Hadis lug‘at jihatidan “yangi” degani. Istilohda: Nabiy alayhis-salomga nisbat berilgan so‘z, fe’l yoki biron bir narsani maqullash yoki sifatdir. U “sunnat” lafziga ma’nodosh (sinonim)dir.
Birinchi bobning birinchi faslida musannif Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ان الله تعالى اصطفى كنانة من ولد اسماعيل واصطفى
قريشا من كنانة واصطفى من قريش بني هاشم واصطفانى من بني هاشم
Hadisning ma’nosi quyidagicha: “ Rosululloh s.a.v . Alloh taolo Ismoil a.s farzandlaridan Kinona qabilasini, Kinona qabilasidan Qurayshni va Quraysh qabilasidan Bani Hoshimni va Bani Hoshimdan meni chiqardi ” deb aytdilar.
Ulamolar bu hadisni hukmini sahih deganlar. Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim”6 (2276- hadis) nomli kitoblarida keltirganlar.
Musannif qo‘lyozmada Nabiy alayhissalomning o‘g‘il farzandlarini Abdulloh, Qosim, Toyyib va Tohir deb zikir qilgan. Aslida o‘g‘il farzandlari uchta Abdulloh, Qosim va Ibrohim7 bo‘lgan. O‘g‘illari Abdulloh “Tayyib va Tohir” ham deb nomlanishgan.
Musannif ikkinchi faslda Imom Sag‘anining “Mashariqul anvor” kitobidagi quyidagi hadisni keltiril:
روى عن ابي هريرة رضي الله عنه عن رسول الله صلى الله عليه وسلم أنه قالإن الدين بدا غريباً وسيعود الدين كما بدا فطوبى للغرباء
Hadisning ma’nosi quyidagichadir: Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh s.a.v dan rivoyat qiladi. Nabiy alayhissalom: “Din g‘arib holatda boshlandi va yana g‘ariblik holatiga qaytadi, g‘ariblarga Tuubo8 bo‘lsin” deb marhamat qildilar.
Bu hadisni ham ulamolarimiz sahih deganlar. Sahih hadisning ta’rifi: lug‘atda u kasalning ziddi bo‘lib, jismlarda haqiqiy, hadis va boshqa o‘rinlarda majoziy ma’noda ishlatiladi. Ulamolar istilohida: Zehni o‘tkir, odil kishilar naql qilib, sanadi boshidan to oxirigacha bir-biriga muttasil yopishib kelsa, o‘zidan ishonchli rivoyatga zidlik va illat topilmagan hadis sahih hadis, deyiladi9. Yuqoridagi hadisni ham Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” larida keltirganlar.
Qo‘lyozmaning uchinchi faslida musannif Imom Isbijobining “Tafsir” kitoblarida “Ahqof” surasini tafsirida quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من اذا مومنا فقد اذانى ومن اذاني فقد اذى الله ومن
اذى الله فهو ملعون في التورية ولانجيل والذبور والفرقان واعد لهم عذابا مهينا
Rosululloh s.a.v : “Kim bir mo‘minga aziyat bersa menga aziyat beribdi, kim menga aziyat bersa u Allohga aziyat beribdi, Allohga aziyat berganlar Tavrotda, Injilda, Zaburda va Furqonda (Quron) la’natlangandur va ularga xorlaydigan azob tayyorlab qo‘yilgandur” deb marhamat qildilar.
Bu hadis mashhur kitoblarda topilmadi.
Musannif qo‘lyozmada Makkadan Madinaga safar qilish bayonida Imom O‘shiy roziyallohu anhuning “Nisabul ahbor” kitobida mazkur hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من مات غريباً وقدمات شهيداً و وفي من عذاب القبر
Hadisning ma’nosi quyidagicha: Payg‘anbar s.a.v “G‘arib holda vafot etgan inson shahid holda vafot etganday bo‘ladi va Alloh taolo uni qabr azobidan saqlaydi” dedilar.
Bu hadisni muhandis Ibni Adiy o‘zining “Al -kamil fiz-zuafo” kitobida ham zikir qilgan. Ulamolar bu hadisni “Munkar” hadis deganlar. Munkar hadis deb, Agar roviydagi ta’naning sababi fosiqligi yo ko‘p beparvoligi yoki ko‘p xatokorligi bo‘lsa, uning hadisi “munkar”, deyiladi. Munkar hadisning ta’rifi: lug‘atda u “inkor” lafzidan ism maf’ul bo‘lib, iqrorning ziddidir.Ulamolar istilohida esa ikkita mashhur ta’rif bor:
1. Isnodidagi roviyning g‘alati ko‘p yoki o‘ta g‘ofil bo‘lgan yo fosiqligi zohir bo‘lgan hadis.
2. Ishonchli roviyning rivoyatiga xilof kelgan zaif roviyning rivoyatidir.
Munkar hadisning rivoyati zaif hisoblanadi.10
Musannif Nabiy alayhis-salomning mo‘jizalari bayonida Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quydagi hadis keltiriladi:
عن على بن ابى طالب رضي الله عنه انه قال كنت مع النبي صلى الله عليه وسلم بمكة
فخرجنا في بعض نواحيها فما استقبله جبل ولاشجر الاهو يقول السلام عليك
يارسول الله
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Nabiy a.s. bilan ba’zi qishloqlariga chiqdim. Tog‘lar va daraxtlar u zotga salom berar edilar” dedilar.
Bu hadisni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu ham rivoyat qilgan. Bu hadisni Imom Termiziyning “Sunanu Termiziy” kitoblarini keltirgan. Hadisning hukmi “zaif” degan. Zaif hadisning ta’rifi: lug‘atda qoviy, kuchli so‘zining aksidir. Zaif hissiy va ma’naviy bo‘ladi. Bu joyda ma’naviy zaiflikdir. Ulamolar istilohida: “ U hasan hadisning sifatlari jamlanmagan xabardir. Uning shartlaridan biri tushib qolgan bo‘ladi”11.
Musannif qo‘lyozmada Makkaga kirishning fazilati haqindagi faslda Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quydagi hadis keltiriladi:
عن ابى سعيد الخدري رضي الله عنه انه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم
اناسيد ولد آدم يوم القيامة ولافخر وبيدي لوا الحمد ولافخر وما من نبي يومئذ
آدم ومن سواه الاتحت لوایی ولافخر وانا اول من تنشق عنه الارض ولافخر
Abi Said al-Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy a.s shunday deb marhamat qildilar : “ Men Qiyomat kuni Odam bolalarining sayyidi bo‘laman faxrlanish yo‘q, qo‘limda Hamd bayrog‘i bo‘ladi faxrlanish yo‘q, Odam a.s va boshqa payg‘ambarlar mening bayrog‘im ostida tiriladi faxrlanish yo‘q, Qiyomat kuni birinchi bo‘lib tiriladigan menman faxrlanish yo‘q ”.
Bu hadisni Imom Termiziy roziyallohu anhu “Sahihi Termiziy” kitoblarida keltirgan. Ulamolar bu hadisning hukmini “Hasan” deganlar. Hasan hadisning ta’rifi: u sifati mushabbaha bo‘lib, “go‘zal”,”chiroyli” ma’nolarida keladi. Ulamolar istilohida esa quyidagicha: xabar ohod bo‘lib, zehni o‘tkir, zobtli, odil kishilar naql qilib, sanadi muttasil bo‘lib, illatli va shozz hadis bo‘lmasa, “sahih”, deb atadik. Endi shu shartlardan biri bo‘lgan – roviyning zobti sal pastroq, engil bo‘lsa, hasan hadis, deyiladi. Hukmi: hujjat olishlikda quvvat jihatidan sahih hadisdan pastroq bo‘lsa ham, sahih hadis kabidir. Shuning uchun hamma fiqh, usul va hadis olimlari undan hujjat olishgan va amal qilib kelmoqdalar.12
Musannif Nabiy alayhissalom ning merojga chiqishi haqindagi faslda ham Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quydagi hadis keltiriladi:

عن انس بن مالك رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم اتى بالبراق ليلة


اسری به ملجما مسرجا فاستصعب عليه فقال له جبرئل أبمحمد تفعل هذا فا ركبك
احد اكرم على الله تعلى منه فارفض عدقا
Anas ib Molik rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz alayhissalomga Jabroil alayhissalom Me’roj kechasida minishga tayyorlangan bir Buroq olib keldi. Nabiy alayhissalomga Buroq qaysarlik qildi, u zot minishga qiynaldilar. Shunda Jabroil alayhissalom “Ey, Buroq, Muhammadga ham shunday qilasanmi? Senga Alloh taoloning nazdi eng afzal bo‘lgan zot minyapti” dedi. Shunda Buroqdan ter oqib ketdi va muloyim bo‘ldi” dedilar.
Muhaddis Sadriddin al-Munavviy o‘zlarining “Kashful manahij va attanaaqih” kitoblarida bu hadisning sanadini “sahih” (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Musannif Nabiy alayhissalomning Jannat va Do‘zaxni ko‘rishlarining bayoni haqidagi faslda ham Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadis keltiriladi.
عن أنس بن مالك رضي الله عنه أنه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم حفة
الجنة بالمكاره وحفة النار بالشهوات
“Anas ib Molik rivoyat qiladi : “Nabiy alayhissalom Jannat nafsga o‘g‘ir keladigan, Do‘zax esa nafsga yoqadigan narsalar bilan o‘rab qo‘yilgan dedilar.
Bu hadisni ham Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” larida keltirganlar. Ulamolar hadisning hukmini sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Hunayinda g‘azot qilishning fazilati haqidagi faslda qo‘lyozmada musannif Imom O‘shiy roziyallohu anhuning “Nisabul ahbor” kitobida quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ما من قطرة احب الى الله تعالى من قطرة دمع
من خشية الله تعالى او قطرة دم اهريق في سبيل الله تعالى
Nabiy alayhissalom Allohga ikkita qatradanda suyukliroq qatra yo‘q. Birinchisi, Allohdan qo‘rqib ko‘zdan chiqqan qatra yosh, Ikkinchisi, Alloh yo‘lida shahid bo‘lib badandan chiqqan qatra qon dedilar.

Musannif Nabiy alayhissalomning vafotlari bayoni haqidagi faslda Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadis keltiriladi:


من ابي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم والذي نفس محمد
اليأتين على احدكم يوم ولا يرانى ثم لان يرانى أحب اليه من اهله وماله معهم
“Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi : “Nabiy alayhissalom : “Nafsim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, men vafot etganimdan keyin meni ahli va molidanda yaxshi ko‘rgan inson ko‘radi” dedilar.
Bu hadisni ham Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” larida keltirganlar. Ulamolar hadisning hukmini sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Musannif qo‘lyozmada Xilafoi Roshidinlar, Ahli bayt va to‘rt imomning fazilati bayonida Imom Sag‘ani roziyallohu anhuning “Mashoriqul anvor ” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
أن عن ابي سعيد رضي الله عنه أنه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم
امن الناس على في صحبته وماله ابابكر ولوكنت متخذاً خليلاً غير ربى لأخذت
أبابكر خليلاً ولكن اخوة الاسلام ومودته لا يبقين في المسجد باب إلا باب أبي بكر
Abu Said roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom : “ Moli va suhbatida insonlarni eng ishonchlisi Abu Bakr bo‘ladi. Agar men Robbimdan keyin biror kishini do‘st tutsam uni tanlar edim. Lekin islomiy birodarlik va muhabbati bor. Masjidda Abu Bakrni eshigidan boshqa hamma eshiklar yopilsin”,- dedilar.
Bu hadisni Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan Imom Buxoriy o‘zlarining “Sahihi Buxoriy” kitoblarida (2364-hadis) keltirganlar. Hadisning hukmi sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi).
Hazrati Umar roziyallohu anhu ning fazilati haqidagi faslda musannif Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quydagi hadisni keltiradi:
عن عقبه بن عامر رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم لوكان بعدي نبي لكان عمر بن الخطاب
Uqba ibn Omir roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom: Agar mendan keyin payg‘ambar bo‘lsa Umar bo‘ladi “ dedilar.
Muhaddis Imom Ahmad bu hadisni Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan o‘zlarining “Al-Muntaxib minal i’lali lil xalal ” nomli kitoblarida keltiradilar.Ulamolar bu hadisni hukmini “Munkar” (Munkar hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Usmon roziyallohu anhuning fazilati bayonida musannif Imom O‘shiy roziyallohu anhuning “Nisabul ahbor” kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
عن طلحة بن عبدالله رضي الله عنه أنه قال رسول الله صلى الله عليه وسلم لكل
نبي رفيق ورفيقي في الجنة عثمان
Talha ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom: “Har bir nabiyning yo‘ldoshi bo‘ladi. Mening Jannatdagi yo‘ldoshim Usmondur” - dedilar. Bu hadisni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu ham rivoyat qilgan. Bu hadisni Imom Termiziyning “Sunanu Termiziy” kitoblarida keltirgan (3698-hadis). Hadisning hukmi “zaif” (Zaif hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Hazrati Ali roziyallohu anhuning fazilati haqindagi faslda musannif Imom Muslimning “Sahih” kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi.
عن سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه أنه قال قال رسول الله صلى الله
عليه وسلم باعلى أنت منى بمنزلة هرون من موسى إلا أنه لانبي بعدي
Sa’d ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom – Ey, Ali, Horun Muso a.s. o‘rnida bo‘lganidek, sen mendansan, lekin mendan keyin payg‘ambarlik yo‘q ” dedilar.
Bu hadisni Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” larida keltirganlar. Ulamolar hadisning hukmini sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Fotima roziyallohu anhu onamizning fazilati bayonida musannif Imom O‘shiy roziyallohu anhuning “Nisabul ahbor” kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم فاطمة سيدة نساء اهل الجنه
Nabiy alayhissalom: “Fotima Jannat ahli ayollarining sayyidasidur ” - dedilar. Bu hadisni Imom Suyutiy o‘zlarining “Jomi’u as-sag‘ir” nomli kitoblarida keltirib, hadisning hukmini sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar. Imom Hasan va Husayn roziyallohu anhuning bayoni haqidagi faslda musannif Imom Buxoriyning “Sahih” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
روى ابن عباس رضي الله عنها عن رسول الله صلى الله عليه و سلم أنه قال للحسن
و الحسين حين كان يعوذ بهما ان أبا كما كان يعوذ بهما إسماعيل وإسحاق أعوذ
بكلمات الله التامة من كل شيطان هامة ومن كل عين لامة
Ibni Abbos r.a. rivoyat qiladi: “Nabiy alahissalom: Imom Hasan va Imom Husayn roziyallohu anhularga dam solayotgan vaqtlarida : Otangiz Ibrohim a.s o‘g‘illari Ismoil va Is’hoq (a.s.)larga quyidagi duo bilan dam solar edi: “ Alloh taoloning kalimalari bilan har bir shaytonning va yomonlik keltiradigan ko‘zdan panoh so‘rayman ” dedilar.
Bu hadisni Ibni Abbos roziyallohu anhudan Imom Buxoriy o‘zlarining “Sahihi Buxoriy” kitoblarida (3371-hadis) keltirganlar. Hadisning hukmi sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi).
Imom Abu Hanifa roziyallohu anhuning fazilati bayonida musannif Imom Sag‘ani roziyallohu anhuning “Mashoriqul anvor ” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
روى أبو هريرة رضي الله عنه أنه قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من
برد الله خيراً بفقهه في الدين
Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa uni dinda faqih qilib qo‘yadi” dedilar.
Bu hadisni Muoviya roziyallohu anhudan Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” larida keltirganlar (1037-hadis). Ulamolar hadisning hukmini sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Imom Shofe’ roziyallohu anhuning fazilati bayonida musannif Imom Muhammad ibn Basraviy roziyallohu anhuning “Kanzul ahbor” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من خدم عالما سبعة ايام فكأنها خدم الله تعالى
سبعة آلاف سنة واعطاه الله تعالى بكل يوم ثواب ألف شهيد
Nabiy alayhis-salom: “Kim bir olimga yetti kun xizmat qilsa, Alloh taologa yetti ming yil xizmat qilganday bo‘ladi va har bir kuniga mingta shahidni savobini beradi ” dedilar.
Imom Molik roziyallohu anhuning fazilati bayonida musannif Imom Abu Abdulloh Quzai roziyallohu anhuning “ Shihabul axbor” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم العلماء ورثة الأنبياء
“Nabiy alayhissalom “Ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir dedilar” dedilar.
Bu hadisni Imom Suyutiy roziyallohu anhu o‘zlarining “Jomi’u as-sag‘ir” nomli kitoblarida keltirib, hadisning hukmini zaif (Zaif hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Imom Ahmad roziyallohu anhuning fazilati bayonida musannif Imom Abdulloh Sarahsiy roziyallohu anhuning “Mavaqit ” nomli kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه و سلم من احب العلم والعلماء لم تكتب عليه ايام حيونه خطيئته
Nabiy alayhis-salom: “Kim ilm va ulamolarni yaxshi ko‘rsa, hayoti kunlarida xatolari yozilmaydi” dedilar.
Mashhur kitoblarda bunday hadis chiqmadi.

Yaxshi amallar haqindagi faslda musannif Imom G‘azzoliyning “Ihyoul ulumiddin” nomli kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:


قال رسول الله صلى الله عليه وسلم طلب العلم فريضة على كل مسلم ومسلمة
Nabiy alayhissalom: “Ilm talab qilish har bir muslim va muslimaga farzdur ” dedilar.
Bu hadisni Anas ibn Molik roziyallohu anhudan Imom Bayhaqiy roziyallohu anhu “Sha’bul imon ” kitoblarida zaif (Zaif hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deb keltirganlar.
Namozning fazilati haqidagi faslda musannif Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
عن ابي هريرة رضي الله عنه انه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم الصلوة
الخمس و الجمعة الى الجمعة ورمضان مكفرات لما بينهن اذا اختنبت الكبابر
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom: Besht vaqt namoz, Juma’ Juma’gacha va Ramazon Ramazongacha bo‘lgan vaqtlarga kafforot bo‘ladi agar gunohi kabiralardan saqlanilsa ” dedilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” kitoblarida sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) holatda keltirganlar.
Zakot va sadaqotlarning bayoni haqidagi faslda musannif Imom Abdulloh Quzai roziyallohu anhuning “ Shihabul axbor” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ان الرجل في ظل صدقته حتى يقضى بين الناس
Nabiy alayhis-salom: “Qiyomat kunida kishi insonlar savol-javob qilinguncha o‘zining sadaqasini soyasida bo‘ladi” dedilar.
Bu hadisni Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan Ibni Hibbon roziyallohu anhu o‘zlarining “Almaqosidul hasana ” nomli kitoblarida keltirib sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Ro‘za tutishning fazilati bayonida musannif Abulays Samarqandiyning “Tanbiyhul g‘ofilin” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من صام يوماً ابتغاء وجه الله تعالى باعده
النار كبعد غراب طار و هو فرخ حتى مات هرما
Nabiy alayhis-salom: “Kim bir kun Alloh rizosi uchun ro‘za tutsa Alloh taolo uni Do‘zaxdan uzoq qiladi. Bir qarg‘a bir yerdin polapon bo‘lib uchib u joydan uzoqlashganday hatto u iniga qaytmay o‘lib ketadi” dedilar.
Roviy Salama ibn Qaysar roziyallohu anhu dan Imom Busriy roziyallohu anhu “Ittihaful xoyrotil muhirroti” nomli kitoblarida keltirganlar. Ulamolar bu hadisning sanadini zaif deganlar.
Haj va Umra qilishning fazilati bayonida musannif Imom O‘shiy roziyallohu anhuning “Nisabul ahbor” kitobidagi quyidagi quydagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من حج بيت الله من كسب حلال لم يخط خطوة
إلا كتب الله تعالى بها سبعين حسنة وحط عنه سبعين سيئة ورفع له سبعين درجة
Nabiy alayhis-salom: “Kim haloldan pul topib Haj qilsa Alloh taolo unga yetmishda ezgulik yozadi va undan yetmishda gunohini o‘chiradi va darajasini yetmish daraja ko‘taradi ” dedilar.
Bu hadis mashhur kitoblarda topilmadi.

Ota-onaga xizmat qilishning fazilati haqidagi faslda musannif Imom G‘azzoliyning “Ihyoul ulumiddin” nomli kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:


قال رسول الله صلى الله عليه وسلم بر الوالدين افضل من الصلوة والصوم والحج والعمرة والجهاد في سبيل الله
Nabiy alayhis-salom: “Ota-onaga yaxshilik qilish, namoz, ro‘za, haj, umra va Alloh taolo yo‘lida jihod qilishdan ko‘ra afzaldur ” dedilar.
Buhadis mashhur kitoblarda uchramadi.
Haloldan yeb ichishning fazilati haqidagi faslda musannif Imom G‘azzoliyning “Ihyoul ulumiddin” nomli kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
روى ابن مسعود رضي الله عنه انه قال قال رسوالله صلى الله عليه وسلم طلب الحلال فريضة على كل مسلم ومسلمة
Ibni Mas’ud r.a. rivoyat qiladi: ” Nabiy alayhis-salom Halolni talab qilish har bir muslim va muslimga farzdur”- dedilar.
Aynan shu lafzlar bilan emas lekin “Haloldan rizq talab qilish farzdan keyindi farzdur” degan hadisni Imom Hokim o‘zlarining “Tahziybut tahziyb” kitoblarida “Mavzu’” hadis deb keltirgan. “Mavzu’” hadis agar roviydagi ta’na sababi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘onchilik bo‘lsa, uning hadisi ‘Mavzu’”, deb ataladi. (Ta’rifi lug‘atda )Lug’atda quyidagicha ta’rif berish mumkin. Ismi maf’ul bo‘lib, “tushirmoq” ma’nosida keladi. Ulamolar istilohida U yolg‘on, to‘qilgan, yasalgan, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan hadisga aytiladi. Martabasi: zaif hadislarning eng qabih va eng yomonidir. Uni rivoyat qilish hukmi quyidagicha:” Ulamolar aytishicha, “Mavzu’” hadisligini bilgan har bir kishiga uni rivoyat qilishi halol emas. Ammo mavzu’ hadis ekanini bayon qilgan bo‘lsa, mumkin. So‘zimiz isboti uchun Imom Muslim “Sahih” larida keltirgan bir hadisda Payg‘ambarimiz alayhis-salom shunday deganlar: “Kim yolg‘onligini bilib turib, mening nomimdan (yolg‘on) hadis aytsa, u ham yolg‘onchilarning biridir”. Iroqiy roziyallohu anhu “Taxriyjul ihyo” kitoblarida bu hadisni sanadi zaif (Zaif hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deb hukum qilganlar.
Yomon ishlardan qaytarib yaxshi ishlarga buyurish bayonida musannif Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
من راي منكم منكرا فليغيره بيده فإن لم يستطع فبلسانه فإن لم يستطع فبقلبه وذلك أضعف الايمان
Nabiy alayhissalom: “ Kim bir munkar ishni ko‘rsa qo‘li bilan o‘zgartirsin, agar kuchi yetmasa tili bilan, unga ham kuchi yetmasa qalbi bilan ana shu imonning eng zaifidur” dedilar.
Bu hadisni Imom Ahmad o‘zlarining “Musnadu Ahmad” nomli kitoblarida bu hadisni hukmini sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) deganlar.
Duolar ijobat bo‘ladigan vaqt borligi haqidagi faslda musannif Imom Muslimning “Sahih” kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
عن رسول الله صلى الله عليه وسلم انه قال ان من الليل ساعة لا يوافقها عبد مسلم يسأل الله خيراً الا اعطاه و يروى خيراً من امور الدينا و الآخرة والا أعطاه اياه وذلك كل ليلة
“ Nabiy alayhissalom tun soatlaridan bir soat bor, agar bandaning so‘rashi o‘sha soatga to‘g‘ri kelib qolsa so‘ragan yaxshi narsasini albatta beradi ”- dedilar. Boshqa rivoyatda : “Dunyo va oxirat ishlaridan nimani so‘rasa beradi bu holat har kechada boladi” - dedilar.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” kitoblarida sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) holatda keltirganlar. Imom Nasoi ham o‘zlarinining “Sahihi Nasoi” kitoblarida sahih holda rivoyat qilgan.
Musibatlarga sabr qilish va qazoi-qadarga rozi bo‘lish bayonida musannif Abulays Samarqandiyning “Tanbiyhul g‘ofilin” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم إن الله تبارك وتعالى يقول إذا وجهت إلى
عبد من عبدي مصيبة في ماله اوولده او بدنه فاستقبل ذلك بصبر جميل
استحييت منه يوم القيامة ان انصب له ميزانا وانشر له ديواناً
Nabiy alayhissalom: “Alloh taolo: Agar bir bandamning moliga, farzandlariga yoki badaniga bir musiybat bersam, u bandam chiroyli sabr qilsa qiyomat kuni u bandamni amallarini o‘lchash uchun tarozu oldiga keltirish va amal daftarini yoyishdan hayo qilaman ” dedi.
Ushbu hadisni Imom Suyutiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu dan o‘zlarining “Jomius sag‘ir” nomli kitoblarida sanadi zaif deb rivoyat qilgan.
Nohaqdan qon to‘kishning ofatlari bayonida musannif Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
عبد الله بن مسعود رضي الله عنه انه قال قال رسول الله صلى الله عليه
وسلم لا يحل دم امر و مسلم يشهد ان لا اله الا الله و انی رسول الله
إلا باحدي ثلاث النفس بالنفس و الثيب الزاني و المارق لدينه التارك للجماعة
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom: Allohning birligiga va meni Allohning rosuli ekanimga guvoh bo‘lgan kishining qoni halol emas. Lekin uchta narsa sababli shariatda uning qoni halol bo‘ladi. Biror kishini nohaq o‘ldirsa, zinokor er -xotin va murtadning qoni ” dedilar.
Bu hadisni Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dan Imom Buxoriy o‘zlarining “Sahihi Buxoriy” kitoblarida (6878-hadis) keltirganlar. Hadisning hukmi sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi).
Zino qilishning ofati haqidagi faslda musannif Imom Buxoriyning “Sahih” nomli kitobidagi quydagi hadisni keltiradi:

روی سهل بن سعدی رضى الله عنه رسول الله صلى الله عليه وسلم انه


قال من تكفل لى مابين رجليه و مابين لحيه تكفلت لـه بالجنة
Sahl ibn Sa’diy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “ Nabiy alayhissalom: Kim ikki oyog‘i va ikki jag‘i ostidagi narsaga kafil bo‘lsa men unga Jannatga kafil bo‘laman ” dedilar.
Bu hadisni Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan Imom Buxoriy o‘zlarining “Sahihi Buxoriy” kitoblarida (6807-hadis) keltirganlar. Hadisning hukmi sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi).
Xamr13 ichishning yomonligi haqida fasl musannif Imom Muhammad roziyallohu anhu ning “Kanzul ahbor” nomli kitobida quydagi hadisni krltidai:
قال رسول الله صلى الله عليه و سلم من سلم على شارب الحمر او صافحه أو عانقه أحبط الله تعالى عمله اربعين سنة
Nabiy alayhissalom: “Kim xamr ichganga salom bersa yoki so‘rashsa yoki quchoqlashib ko‘rishsa Alloh taolo bu bandani qirq yillik amalini bekor qilg‘ay” dedilar.
Aynan shu lafzlar bilan kelgan hadis mashhur kitoblarda topilmadi.
Musannif kibr qilish qanchalik yomon ekanligini bayon qilgan faslda Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم لا يدخل الجنة من في قلبه مثقال ذرة من كبر فقال رجل ان الرجل يحب ان يكون ثوبه حسناً و نعله حسنا قال ان الله جميل يحب الحـمال الكبر من مـا نظر الحق و غمط الناس
Nabiy alayhissalom: “ Qalbida zarra miqdoricha kibri bor inson Jannatga kirmaydi dedilar. Shunda bir kishi: Yo Posululloh bir kishi kiyimi va poyafzali chiroyli bo‘lishini yaxshi ko‘radi bu ham kibr bo‘ladimi deb so‘radi. Shunda Nabiy alayhissalom: Alloh go‘zaldur go‘zallikni yaxshi ko‘radi. Kibr Allohga itoat qilmagan va insonlarni mensimaslikda bo‘ladi” dedilar.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” kitoblarida sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) holatda keltirganlar.
Yolg‘on gapirish va g‘iybat qilishning ofati haqidagi fasl musannif Imom Termiziyning “Jome’” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم اياكم و الكذب فإن الكذب يهدي إلى الفجور وإن الفجور يهدي إلى النار
“ Nabiy alayhis-salom yolg‘on gapirishdan saqlaning, chunki yolg‘on egasini yomonlikka olib boradi. Yomonlik esa egasini Do‘zaxga olib boradi ” ,- dedilar.
Bu hadisni qo‘lyozmada musannif yarmini keltirgan. Hadisni qolgan qismi bilan Imom Abu Davud roziyallohu anhu Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) dan “Sunanu Abu Davud” kitobida sahih holatda keltirgan.
Dunyoga muhabbat qo‘yishning ofati haqidagi faslda Abulays Samarqandiyning “Tanbiyhul g‘ofilin” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلي الله عليه وسلم الدنيا سجن المؤمن والقبر حصنه والجنة مأواه والدنيا جنة
الكافر والقبر سجنه والنار مأواه
“Nabiy alayhissalom buu dunyo mo‘minning qamoqxonasidur, qabr esa qo‘rg‘oni va Jannat uning vatani. Dunyo kofirlar uchun Jannat, qabr esa ularning qo‘rg‘oni va Do‘zax ularning vatanidur ” - dedilar.
Bu lafzlar bilan emas balki Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” kitoblarida “Dunyo mo‘min uchun qamoqxona, kofir uchun Jannat” degan ma’nodagi hadisni sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) holatda keltirganlar.
Amallarni riyo14 va insonlar ko‘rish uchun qilishning yomonligi haqidagi faslda musannif Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم حاكياً عن الله تعالى قال الله تبارك وتعالى أنا أغنى الشركاء عن الشرك من عمل عملاً اشرك فيه معى غيرى تركته وشركه وفي رواية فأنا منه برئ هو للذي عمله
Nabiy alayhis-salom Alloh taolodan hikoyatan aytadi : “Alloh men shirk kelturgichilarni shirkidan behojatman. Kim menga qilgan amalida menga sherik keltirsa uning amalini ham sherigini ham tark qilaman” dedi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” kitoblarida (2985- hadis) bu hadisni sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) holatda keltirganlar.
Gina va hasad qilishning yomonligi haqidagi faslda musannif Abulays Samarqandiyning “Tanbiyhul g‘ofilin” kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
صلى الله عليه وسلم ان الغل والحسد يأكلان الحسنات كما تأكل النار الحطب
“Nabiy alayhissalom adovat va hasad olov o‘tinni yevorganidek yaxshiliklarni yeb bitiradi” - dedilar.
Ko‘p ulamolar bu hadisni zaif deganlar.
Musannif insonni g‘ururlanishi va g‘aflatda qolishining ofati haqidagi faslda Imom Sha’bon ibn Mahdiyning “Musnadu Anas ” nomlik kitobidan quyidagi hadisni keltiradi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ألعاقل صديقي و الاحمق عدوى ثم قال لا تصحبوا مع الأحمق ولاتنقطعوا عن العاقل
Nabiy alayhissalom: “ Aqlli mening do‘stim ahmoq esa dushmanim. Ahmoq bilan suhbatlashmang va aqlli insondan hargiz aloqani uzmang ” dedilar.
Bu hadis mashhur kitoblarda topilmadi.
Uzundan-uzun orzu qilishning ofati haqidagi faslda musannif Imom Bag‘aviyning “Masobih” nomli kitobidagi quyidagi hadisni keltiradi:
عن انس بن مالك رضي الله عنه أنه قال قال رسول الله صلى
الله عليه وسلم يهرم ابن آدم ويشب معه اثنتان ألحرص على المال الحرص على العمر
Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom Odam bolasi keksayadi lekin mol va umrga bo‘lgan harislik keksaymaydi” dedilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan Imom Muslim roziyallohu anhu o‘zlarining “Sahihi Muslim” kitoblarida (1047-hadis) sahih (Sahih hadisning ta’rifi yuqorida o‘tdi) holatda keltirganlar.
Yuqorida keltirilgan hadislarnig aksari sahih hadislar ekanini bildik. Bu hadislarni musannif qo‘lyozmada keltirib iqtibos olgan ulamolar va ularning kitoblaridan tashqari bu hadislar keltirilgan kitoblarni ko‘rib chiqdik. Qo‘lyozmada keltirgan bu hadislardan, musannif ham hadis borasida anchagina bilimga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.To‘g‘ri, qo‘lyozmada zaif hadislar ham keltirilgan. Ulamolar zaif hadislarni ham va’z nasihat uchun rivoyat qilsa bo‘ladi, lekin bu rivoyat qilinayotgan hadis halol-haromni bayon qiladigan va e’tiqodga tegishli masalalarini bayon qiladigan hadis bo‘lmasin deyishadi. Shu shart bilan zaif hadisni rivoyat qilib unga amal qilsa bo‘ladi deyishadi. Guvohi bo‘lganimizdek musannif qo‘lyozmada keltirgan hadislarning birortasi halol-harom yoki e’tiqodiy masalaga tegishli emas. Faqatgina nasihat olsa bo‘ladigan o‘rinlarda keltirilgan va bob, fasllarga mos ravishda rivoyat qilingan. Qo‘lyozmada keltirilgan oyatlar ham bob va fasllarga mos holda keltirilgan. Alloh taolo bu oyat va hadislardan foyda olishimizni nasib qilsin.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə