Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Shaxs rivojlanishida diqqat xususiyatlarining o'rni



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə11/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Қаюмжонова G

2.2.Shaxs rivojlanishida diqqat xususiyatlarining o'rni

Yuqorida fikrlar asosida diqqat xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.Va mazuyimizning asosiy qismi diqqat xususiyatli shaxs shakllanishida nechog'li ahamiyatli? degan savolga javob topamiz.


Xo'sh diqqatning qanday xususiyatlai mavjud?
Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega bo'lib, ulardan asosiylari —diqqatning ko'chuvchanligi,bo'linishi, ko'lami, kuchi va barqarorligidir.
◙ Bu xususiyatlarning qanchalik yaqqol ifodalanishiga qarab, har turli faoliyat jarayonida ayrim odamlar diqqatining ma’lum bir (ijobiy yoki salbiy) sifatlari belgilanadi.


Diqqatning ko'chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o'tishini tushunamiz.
●Masalan, odam o'z diqqatini kitob o'qishdan surat ko'rishga, surat ko'rishdan esa
o'z fikrlarini bayon etishga ko'chirishi mumkin. O'quvchilar o'z diqqatlarini bir fanni o'qishdan boshqa fanga ko'chiradilar, chunonchi, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar.
Diqqatning ko'chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo'lishi mumkin. Diqqatni ko'chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning po'stida paydo bo'lgan optimal qo'zg'alish o'chog'ining o'rin almashtirishidir. Diqqatning ko‘chiriIishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'ladi.● Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obyektdan ajratish qiyin bo'lsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin bo'ladi.
► Diqqatni ko'chirishning yengillik yoki qiyinligi bir qancha sabablarga bog'liqdir. Bu sabablardan biri — ketma ket qilinadigan ish mazmunlari o'rtasida bog'liqlik bor yoki yo'qligidir; agarda bunday bog'liq yo'q bo'lsa, diqqat tez va yengillik bilan ko'chishi mumkin.
► Diqqatni ko'chirishning yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlaiga nisbatan kishining munosabatidadir. ●Masalan, agar kishi ilgari qilgan ishiga zo'r qiziqish bilan qarab, undan keyingi qilinadigan ishga aytarli qiziqmasa, bunday paytda ilgarigi ishdan diqqatni ko'chirish qiyin bo'ladi va sekinlik bilan amalga oshiriladi. Aksincha, agar keyingi qilinadigan ish oldingisiga qaraganda qiziqarli va yoqimliroq bo'lsa, diqqat tez va osonlik bilan ko'chadi. Agar qilinayotgan ish to'la tugallansa, u paytda kishi o'z diqqatini bir faoliyatdan ikkinchisiga yengillik bilan ko'chira oladi, aksincha, agar oldingi ishni oxirigacha yetkazmay turib, qandaydir sababga ko'ra, diqqatni yangi bir faoliyatga ko'chirish lozim bo'lib qolsa, bu narsa ancha qiyin bo'ladi.
Eng yaxshi diqqat, albatta,bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko'cha oladigan diqqatdir Diqqatning mana shunday xususiyati tufayli, kishi atrofidagi muhitga tez moslasha oladi hamda o'zgaruvchan sharoitdagi turli elementlaming ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi. Diqqatning tez ko'chuvchanligi kishining ishini ham tezlashtiradi. Diqqatning tez ko'chuvchanligi, uning boshqa sifatlari kabi kishining amaliy faoliyati jarayonida taraqqiy etadi.

Ma’lum faoliyat jarayonida diqqat birgina narsaga emas, balki ikki va uch narsaga ham qaratilishi mumkin. Diqqatimiz ayni vaqtda ayrim faoliyat turlariga bo'lina oladi.


Faqat birgina narsaga qaratilgan diqqatni konsentratsiyalashgan (yig'ilgan) yoki to ‘plangan diqqat deyiladi.
● Masalan, ninaga ip taqishdagi, qo'lda biror narsa tikishdagi, matematik masala yechishdagi, ma’riza eshitishdagi diqqatimiz shunday diqqatdir. Agarda diqqat faqat bir murakkab ish jarayonining o'zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va faoliyatning turli usullari bilan bog'liq bo'lsa, bunday diqqatni bo'Iingan yoki taqsim qilingan diqqat deyiladi.
● Masalan, tramvay haydovchisi o'z ishi davomida diqqatni ayni bir vaqtda piyoda yuruvchilar, avtomobillar va boshqa tramvaylar harakatini hamda shuning bilan birga, motorning ishlashini na konduktorning signallarini kuzatib boradigan qilib taqsimlashi lozim. Haydovchi ham o'z diqqatini xuddi shunday taqsimlashi kerak. O'qituvchi darsni tushuntirish paytida o'z diqqatini o'quvchilar xulqiga, ko‘rgazma qurollarni ko‘rsatishga, sinf doskasiga va shu kabilarga taqsimlashi lozim.
►Konsentratsiyalanish va bo'linishlik har qanday diqqatga xos bo'lgan xususiyatdir.Bo'lingan diqqat aynan bir vaqtning o'zida bir necha narsalarga qaratilgan bo'lmasa kerak, deb o‘ylash lozim. Bo'lingan diqqat bu diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko'chishidir.
Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U go‘yoki bir vaqtning o'zida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida o'ylash, uchinchi narsani eshitish va to'rtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlarni bajara olgan emish. Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning bo'lishi mutlaqo mumkin emas. Har holda Yuliy Sezar diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko'chirish qobiliyatiga ega bo'lgan bo'lsa kerak. Shu sababli, Yuliy Sezar o'z diqqatini bir vaqtning o'zida to'rt xil faoliyatga qarata oladi, deb o'ylaganlar.
Shunday hollar ham bo'ladiki, bunda kishi biron doklad yoki ma’ruza eshitib o'tirar ekan, ayni shu vaqtning o ‘zida xayol surishi, qandaydir boshqa narsalar haqida o‘ylashi, kitob yoki gazeta o'qishi mumkin. Bu narsa hammaga o'z turmush tajribasidan ma'lum. Bunday hollarda diqqat bir narsadan (doklad eshitishdan) boshqa bir narsaga (kitob yoki gazeta o'qishga) tezlik bilan «o'tib turadi». Bizga esa ikki xil ongli faoliyat bir vaqtda bajarilayotganday tuyuladi. Kishi faqat shunday holda ikkita ishni birdaniga bajara olishi mumkinki, bunda qilinayotgan ishlardan biri ma’lum darajada avtomatlashgan bo'lishi kerak.
● Masalan, biz ayni bir vaqtning o'zida doklad yoki ma’ruzani ham eshitib, ham yozib borishimiz mumkin. Bunda ma’ruzani deyarli avtomatik ravishda yozib boriladi; lekin vaqt-vaqti bilan ongimiz nazorat qilib turadi. Diqqatning bunday bo'linishida unchalik zo'r berishni talab qilmaydigan, ya’ni odat bo'lib qolgan ish, miya po'stining ma’lum darajada tormozlangan qismlari orqali «boshqarilishi» mumkin.
«Biz, asosan, bir ish, bir fikr bilan band bo'lganimizda, albatta, shu asosiy ishimizga aloqasi bo'lgan miya yarimshari nuqtasi kuchli qo‘zg‘algan holda bo'lganda, ayni zamonda biz juda yaxshi ko'nikkan bir ishni bajara olishimiz, ya’ni miya yarim sharlarining tashqi tormozlanish mexanizmi asosida tormozlangan qismlari bilan ishlay olishimiz oddiy bir narsa emasmi, axir», — deydi l.P. Pavlov¹
Inson diqqatining ijobiy xususiyati o'z diqqatini bir narsa ustida to'play olish va faoliyat xarakteriga qarab, uni tegishli ravishda bo'la olishdadir. Ayrim kishilar bu jihatdan bir-biridan shu bilan farq qiladilarki, ularning bittasida asosan, konsentratsiyalashgan diqqat taraqqiy qilgan bo'lsa, boshqasida bo'lingan diqqat taraqqiy qilgan bo'ladi. Odamlar diqqatidagi bu ayirma har bir kishining qiladigan faoliyati va kasbiga qarab, amaliy ish jarayonida hosil bo'ladi.



Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə