Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə13/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Қаюмжонова G

Parishonlik odamning o‘z diqqatini biron-bir muayyan ishda tutib tura olmasligidir. Parishonlikda odamning diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ravishda o'tib turadi, bu narsalardan birontasida ham to'xtab turmaydi. Parishonlik holatini biz bolalar hayotining dastlabki kunlarida uchratishimiz mumkin: yosh bola diqqatini hali hech bir narsa ustida tutib tura olmaydi. Parishonlik holati katta yoshdagi odamlarda ham bo'ladi, masalan, charchaganda nerv kasalligiga duchor bo'lganda, nerv sistemasi zaharlanganda. Maktabda parishonxotir o'quvchilar uchrab turadi. Bunday o'quvchilar hamisha hamma yoqqa «alang-jalang» qilaveradi, biron narsa ustida diqqatini tutib tura olmaydi. Bolalaming parishon bo‘lib qolishlariga, ko'pincha, bog'cha va maktabda ular diqqatini yetarli darajada tarbiyalamaslik sabab bo'ladi.
Parishonlikni odamning hech bir narsaga diqqat qila olmasligi deb tushunish yaramaydi. Odam hamisha diqqat qila olish qobiliyatiga egadir, lekin odam diqqatining to'planish darajasi hamma vaqt bir xil bo'lavermaydi. Parishonlik — bu eng kuchsiz diqqatdir, miya po'stida qo'zg'algan joyning kuchsiz bo'lishligidir. Diqqat haddan tashqari kuchli bo'lganida ham alohida parishonlikni ko'rish mumkin. Eng kuchli diqqatda ongimiz diqqat qaratilgan narsaga batamom to'planadi va kam chalg'iydi yoki hatto boshqa kuchli qo'zg'ovchilar ta’sir qilib turganida ham sira chalg'imaydi. Odam narsaga juda berilib ketganda vaziyatni unutib qo'yadi, tevarak-atrofdagilarning gapi qulog'iga kirmaydi, o'zining odatlangan ish-harakatlarini sezmay qoladi. Diqqat kuchli bo'lgan vaqtda odamning parishon bo'lib qolishini har bir kishi o'z tajribasidan yoki boshqa odamlarda ko'rganlaridan yaxshi biladi.
● Masalan, odam haddan tashqari quvongan vaqtda mana shunday parishon bo'lib qoladi. Odamning quvonishiga sabab bo'lgan narsa, hodisalar ba’zan odam ongini o'ziga shu qadar jalb qilib oladiki, boshqa hech bir narsa uning ongiga borib yetmaydi yoki yetsa ham, juda qiyinchiliklar bilan borib yetadi. Odam haddan tashqari xursand vaqtida shu xursandchilik uyg'otgan obyektga taalluqli narsalarnigina idrok qiladi, faqat shu narsalar to'g'risidagina o'ylaydi. Ba’zan biron-bir juda qiziqarli roman o'qiganda, matematikadan murakkab bir masalani yechganda va umuman biron faoliyatga juda berilib ketgan vaqtda bizda ham shunday parishonlik holati sodir bo'ladi.
P. Pavlov bunday parishonlikning fiziologik asosini ko'rsatib bergan: «O'yga cho'mib ketganimizda, biror ishga juda berilganimizda tevarakatrofimizda bo'layotgan narsalarni ko'zimiz ko'rmaydi, qulog'imiz eshitmaydi — bu yaqqol manfiy induksiyaning yuz berishidir»¹ Buning ma’nosi, bosh miya po'stining bir qismida sodir bo'lgan qo'zg'alish po'stning boshqa qismlarini tormozlaydi, demakdir.

Diqqat ma’lum darajada barqaror va beqaror bo'lishi mumkin. Uzoq muddatgacha bir narsaning o'ziga qaratilib tura oladigan diqqat barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa narsalarga, keraksiz narsalarga chalg'iyversa yoki tez sustlashib va so'nib qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi.


● Masalan, o'quvchi butun dars davomida darsning borishiga diqqat qilib o'qituvchining tushuntirishlarini boshqa narsalarga chalg'imay tinglab borsa, biz o'quvchining www.ziyouz.com kutubxonasi diqqatini barqaror diqqat deymiz. Bordi-yu, o'quvchi o'qituvchining tushuntirishlariga awal boshda quloq solib borib, lekin
10-15 daqiqadan keyin boshqa narsa bilan shug'ullansa, yoki boshqa narsalar to'g'risida xayolga berilib ketsa, yoki o'qituvchining tushuntirishidagi ayrim qismlarni «eshita olmay qolibman» desa, yo bo'lmasa kitob o'qisa-yu, uning mazmunining ayrim joylarilariga «e’tibor bermabman» desa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi. Diqqatning barqaror diqqat yoki beqaror diqqat turiga kirishini ko'rsatuvchi qat’iy belgilangan biror-bir me’yor, ko'rsatkich yo'q va bunday me’yor, ko'rsatkichning bo'lishi mumkin ham emas. Diqqatning barqarorligini diqqatning turi — ixtiyoriy va ixtiyorsizligiga qarab, shuningdek, biron-bir turdagi diqqat bilan bajarilayotgan ishning mazmuni va xarakteriga qarab har xil baho berish mumkin. Har bir kishining diqqati amaliyotda, faoliyat jarayonida, tarbiya qilish va o'z-o'zini tarbiyalash yo'li bilan o'sib, ma’lum darajada kuchli va barqaror diqqat bo'lib qoladi.
DIQQATNING KUCHI VA BARQARORLIGI NIMALARGA BOG'LIQ?
Odam faoliyatining barcha turida, albatta, nihoyatda kuchli (eng ko'p to'plangan) va nihoyatda barqaror diqqatning ahamiyati juda kattadir. Diqqatning kuchli va barqaror bo'lishi bir qator shartlarga:
-diqqat obyektining mazmundorligiga;
-faoliyatga;
-ish bajarilayotgan vaziyatga;
-odamning ruhiy holatiga;
-irodasiga va qiziqishlariga bog'liqdir.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə