Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə2/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Қаюмжонова G

Mehnat unumdorligi- ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi hisoblanadi
Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jamiyat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir.
Ko'rinib turibdiki mehnat unumdorligi darajasining yuqoriligi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhimdir.Prezidentimiz tomonindan mehnat unumdorligini oshrishsa ishchi hodimlarning aqliy salohiyati yuqori bo'lishi kerakligini alohida ta'kidlab o'tilgan.Yuqori aqliy salohiyat va mehnat unumdorligining asosida esa shaxsning diqqat xususiyatlari turadi.
Insonning butun turmush-tarzi aqliy faoliyatdan iborat.Aqliy faoliyatning barcha turlarida esa diqqat ishtirok etadi.Diqqat o'qish ishining ham zaruriy shartidir.O'quvchilarning dars materiallarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari,ish jarayonlarining unumli bo'lishi dastavval diqqatning mavjud bo'lishiga bog'liqdir.K.D Ushiniskiyning fikricha “Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigiki,ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o'tib kiradi”¹.Ushbu fikrlardan ham ma'lumki diqqat,diqqat jarayonlari,uning turlari va xossalarini o'rganish,tadqiq qilish orqali biz qolgan barcha kognitiv jarayonlarning ishlash mexanizmlarini to'g'ri anglay olishimiz mumkin.
Shaxs rivojlanishida diqqatning roli shundan iboratki :
-diqqat barcha psixik jarayonlarda mavjud;
-tashqi olam narsa va hodisalarni idrok etish jarayonida;
-fikrlash,taassavvur qilish,nimanidir eslashda bevosita ishtirok etadi.
Diqqat bizning aqliy jarayonlamizni tugallaydi.Aynan diqqat atrofimizdagi dunyoni ongli ravishda idrok etishimizga yordam beradi.Mulohazalardan ko'rinib turibdiki diqqat bilish jarayoni sifatida shaxs fenomenini to'liq shakllanishida muhim xususiyatdir.Bu o'z navbatida diqqat jaroyonini chuqqurruq o'rganish dolzarbligini taqazo etadi.


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə