Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə4/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Қаюмжонова G

S.L.Rubinshyteyn mulohazasiga ko'ra diqqat ongga ham,obyektning xususiyatlatiga ham bog'liq emas.Buning ahamiyatli tomoni diqqatning obyektga yo'naltirilishidadir.Mazkur yo'naltirishning asosiy sabablari sifatida shaxs,ehtiyoj,maqsad ko'rsatiladi.Demak,diqqat odamning munosabati orqali ifodalanadi,ya'ni diqqat-munosabatdir.Bu yerda diqqat psixik jarayon emas,balki shaxs xususiyatini belgilab berayapti.
A.N.Leontev.Diqqat qaraslgan tashqi ifodaga ega bo'lgan obyektni sezish,idrok qilishdan iboratdir.Shu o'rinda qarama-qarshilik vujudga keladi,chunki obyektning yo'qolishi bilan diqqat ham o'z funksiyasini tugatadi.Leontev mulohazasiga ko'ra bu orientir faoliyat emas,chunki obyektning paydo bo'lishi bilan diqqat ham namoyon bo'ladi,obyekt yo'q bo'lsa,demak diqqat ham bo'lmaydi,deb ta'kidlaydi.
K.N.Kornilov.20-yillarda bir qancha psixologlar diqqat muammosini ustanovka bilan bogʼlab tushuntirishga harakat qiladilar. K.N.Kornilov tahriri ostida 1926 yilda chop qilingan psixologiya darsligidagi bir mavzu "Ustanovka va diqqat" deb atalganligi bilan izohlash mumkin. Darslikda ifodalanishicha, qator obyektlardan bir obyektni ajratish diqqatning subyektiv kechinmasidir va buni obyektiv hodisalar bilan taqqoslash, sezgi organlarining ustanovkasidan, ishlash vaziyatidan iboratdir.
L.S.Vigotskiy.Shunga oʼxshash gʼoya L.S.Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham koʼzga tashlanadi. L.S.Vigotskiy diqqat bilan aloqador boʼlgan ikkita ustanovka turini ajratib koʼrsatadi, ular:
a) sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobiliyati
b) motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobiliyati
Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustunligi sezilib turadi. L.S.Vigotskiy bunga misol qilib jismoniy tarbiya mashgʼulotida komanda (buyruq) berishni misol keltiradi. Safda turganlarga qarab "O'ng" deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo'zg'aydi "ga!" deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bogʼliq motor ustanovka komanda oxirini yeshitishni taʼminlaydi.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə