Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə14/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Қаюмжонова G

Diqqat obyektining xarakteri va ishning mazmundorligi: Diqqatning kuchli va barqaror bo'lishi diqqat obyektining mazmundorligiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Diqqat obyekti qanchalik mazmundor bo'lsa, diqqat ham shu qadar kuchli va barqaror bo'lishi mumkin. Mazmunsiz narsalarga diqqatni qaratish va tutib turish ancha mahol ish. ●Masalan, bir varaq toza qog'ozga chizilgan doiraga uzoq vaqt diqqat bilan qarab turish yoki qimirlamay turgan nuqtaga tikilib qarab turish ancha qiyindir. Shuningdek, tinimsiz bir xil balandlikda va bir xil kuch bilan chiqayotgan tovushni ancha muddatgacha eshitib turish ham qiyin (ba’zan mumkin ham emas).
Bu singari mazmunsiz narsalar ustida diqqatni to'xtatib turishlikka urinib ko'rsak, diqqatimiz har 3-5 soniyadan keyin boshqa narsalarga chalg'iydi yoki tebranib turadi,ya’ni har 3-5 soniya oralig'ida odam goh qunt bilan diqqat qiladi, goh diqqati sustlashadi, bu ikki hoi biridan ikkinchisiga o'tib turadi.
Diqqatning tebranish holatini, masalan, quyidagi misolda ko'ra olamiz.
●Agar kesik piramidaning rasmiga bir necha vaqt tikilib qarab tursak, bunda piramidadagi kichik to‘rtburchak goh yuqoriga bo‘rtib, goh ichkariga botiq bo'lib ko‘rinadi. Diqqatning shunga o‘xshash tebranishini jimjit sharoitda cho‘ntak soatining chiqillashiga quloq solib ko‘rilganda kuzatish mumkin: soatning chiqillashi goh sekinlashadi, goh to‘xtab qoladi; goh, soat yana chiqillay boshlaydi. Idrok qilishdagi bunday o'zgarishlar - diqqat tebranishining natijasidir. Diqqatning tebranishi, ya’ni qunt bilan diqqat qilish va diqqatning sustlashishi ba’zan bir daqiqa ichida 25-30 martagacha bo'ladi.
Rus psixologi N.N.Langening tekshirishlarida ko‘rsatilishicha, diqqat 2-3 soniyagacha, ko‘pi bilan 12 soniyagacha tebranmay tura oladi. Odam charchagan vaqtida diqqat tebranishining tezligi ortadi. Ammo diqqat qaratiladigan narsaning mazmuni har xil bo'lsa va ayniqsa, bu narsa harakat qilib tursa, diqqat ancha barqaror bo'ladi. Odam mazmundor ishga diqqat qilganida, uning diqqati 15-20 daqiqa va undan ko‘p vaqt hech bir narsaga bo'linmay hamda chalg'imay to‘xtab tura oladi. Diqqatning muttasil 20 daqiqa qaratilgandan keyin boshqa yoqqa bir necha soniya chalg'ishi ishning borishiga deyarli yomon ta’sir etmaydi. Bunda oz-moz 2-3 soniya dam berilishi bilan diqqat bir necha soat davomida barqaror turishi mumkin. Shu bilan birga, ish qanchalik mazmunli bo'lsa, bu ishda xotira, xayol va fikrlash jarayonlari qanchalik samarali va xilma-xil bo'lsa, odamning shu ishga qaratilgan diqqati shunchalik kuchli va barqaror bo'ladi.
Idrok, esga tushirish va shuning kabi hissiy faoliyatlarga nisbatan tashqi harakatlar bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlarda diqqat kuchli hamda barqaror tarzda namoyon bo'ladi. Ish sharoiti va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi biror yumush bajarilayotgan va odam idrok qilib turgan sharoitga bog'liqdir. Bu sharoitda biron-bir narsa odam diqqatini beixtiyor ravishda jalb qilsa, diqqatning barqarorligiga halal berishi, diqqat kuchi esa zaiflashishi mumkin.
●Masalan, sinfning eshigi ochilib-yopilib tursa, sinfda ikki-uch o‘quvchi gaplashib o‘tirsa yoki yo'lakda to‘polon bo'lib tursa va shunga o‘xshash hollarda o ‘quv ishi jarayonida diqqatning barqarorligiga halal beradi va diqqat kuchi zaiflashadi. Shuningdek, sinf doskasidagi muayyan darsga bevosita aloqasi bo'lmagan har xil yozuvlar, rasmlar ham diqqatni chalg'itadi. Bulaming hammasi o‘quvchilarning zarur narsalarga qaratilgan diqqatini bo‘shashtiradigan ikkinchi darajali taassurotlardir.
Albatta, diqqatni sira chalg'itmaydigan sharoit kam uchraydi. Fabrika va zavod sexlaridagi mashinalarning shovqin-suronlari orasida g‘oyatda kuchli va barqaror diqqatni talab qiluvchi ishni bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday sharoitda diqqatning to‘planishi va barqarorligini saqlab turish uchun uni chalgtadigan qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yengishga to‘g‘ri keladi. Diqqatning kuchsizligi, uning beqarorligi, jumladan, odam diqqatini chalg'ituvchi qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yenga olmasligida ko‘rinadi.
Yana shu narsani ham ko'zda tutish kerakki, har qanday o‘zga qo‘zg‘ovchilar diqqatning kuchi va barqarorligiga hamma vaqt ham yomon ta’sir qilavermaydilar.Juda ko‘p hollarda unchalik kuchli bo'lmagan ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchining to‘xtovsiz bir tekisda ta’sir etib turishini biz payqamaymiz. Bunday qo'zg'ovchining ta'siri diqqatimizni chalg'itmaydi hamda uning kuchi va barqarorligini buzmaydi.
●Masalan, biz kitob o‘qib yoki hikoya eshitib turgan paytimizda soatning chiqillashini, o‘zimiz tushib ketayotgan tramvay yoki poyezdning shovqinini payqamaymiz. Ma’lumki, mana shunday ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchilar ba’zan, hattoki diqqatimizni kuchaytiradi. Ba’zi vaqtda shamolning ovozi, sekin eshitilib turgan musiqa sadosining ta’siri ostida biron narsani o‘qir yoki fikr yuritar ekanmiz, bizda g‘oyat to‘plangan diqqat yuz beradi.
Bunday holat ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchi ta’siri bilan tug‘ilgan qo'zg'alishning diqqat markazida turgan narsadan keladigan qo‘zg‘alishga qo‘shilishi tufayli sodir bo'lsa kerak, lekin qo‘zg‘alishning bunday «kuchayishi» ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchi «sezilib» turishiga qaramay, uning ta ’siri diqqat markazida turgan narsaning ta'siridan anchagina sust bo'lgandagina yuz berishi mumkin.
Diqqatning kuchi va barqarorligi hissiyotga bog'liq. Bu yerda hissiyotning roli ikki xil — ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Hissiyot diqqat qaratilgan narsa bilan bog'liq bo'lgan taqdirdagina diqqat uchun ijobiy ahamiyatga ega bo'ladi.Bunday hissiyot qanchalik kuchli bo'lsa, diqqat ham shunchalik kuchli va barqaror bo'ladi.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə