Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


II BOB DIQQATNING ASOSIY XUSUSIYATLARINI SHAXS RIVOJLANISHIDAGI O'RNI



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə10/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Қаюмжонова G

II BOB DIQQATNING ASOSIY XUSUSIYATLARINI SHAXS RIVOJLANISHIDAGI O'RNI
2.1.Individning shaxs sifatida shakllanishida diqqat.
Individ ya'ni psixologik nuqtai nazardan hali shaxs sifatida shakllanmagan odam.Va biz quyida bolaning rivojlanish jarayonida diqqatning ham rivojlanishi va ahamiyatini ko'rib chiqamiz.
Bolalar diqqati juda erta — hayotlarining birinchi oylaridayoq ko'rina boshlaydi. Dastavval ixtiyorsiz diqqat namoyon bo'ladi. Bola o'z diqqatini biron jihati bilan — rang-barangligi, ohangdorligi, harakatchanligi bilan ajralib turuvchi ma’lum bir narsalarga (tovushlarga va shuning kabilarga) qaratadi. Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, o'yin faoliyatlari davomida, tarbiya ta’siri bilan ixtiyorsiz diqqatlari taraqqiy qila boradi. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi o'sib borayotgan hissiyot, ehtiyoj va qiziqishlar bilan bog'liqdir. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi shundan iboratki, bunda ixtiyorsiz diqqatni tug'diruvchi narsalar doirasi orta boradi. Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat anchagina kuchli va barqaror bo'la boradi. Ixtiyorsiz diqqat inson faoliyatining barcha turlarida katta o'rin oladi.Jumladan, ixtiyorsiz diqqat ish jarayonida katta ahamiyatga egadir. Ixtiyorsiz diqqat o‘qish materialini o'zlashtirishni yengillashtiradi va o'quvchilarni unchalik toliqtirmaydi. Bunday material yengil va ko'pincha juda puxta o'zlashtiriladi. Shuning uchun, o'qish jarayonida o'quvchilaming ixtiyorsiz diqqatlaridan mumkin qadar foydalanish lozim. O'qitishning ko'rgazmali va jonli bo'lishi, o'qish materialini o'quvchilardagi bor bilimlar bilan bog'lab bevosita qiziqarli qilib berish ixtiyorsiz diqqatni saqlab turishga yordam beradi. Lekin o'qish jarayonining hammasini faqatgina ixtiyorsiz diqqat asosida olib borish yaramaydi. «Biroq, passiv diqqatning bir o'zi kifoya qilmaydi, hatto uning juda erta va haddan tashqari tez hamda faol diqqatning yordamisiz o'sishi bir xil ruhiy dardga aylanib ketishi mumkin. Bunda ruh kuchsizlanib, yalqovlanib, hamisha qiziq-qiziq hikoyalar yoki qiziq-qiziq kitoblar bilan ta’sirlanib turishni talab qiladigan bo'lib qoladi»
Ta’lim va umuman inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat asosida o'sib boradi. Ixtiyoriy diqqat yosh ulg'ayishi bilan, inson faoliyati davomida va asosan tarbiyaning ta’siri ostida o'sib boradi. Dastlab katta kishilar bolalaming diqqatini biron-bir narsaga qaratadilar. Odatda, bolalarga shunday deydilar: «bu yoqqa qara», «mening gapimni eshit», «ashulaga quloq sol» va shuning kabilar. Kattalar tomonidan qaratiladigan mana shu tarzdagi ixtiyoriy diqqat bolaning ikki yoshga qadam qo'yishi bilanoq ko'rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to'planishi va bir qadar barqarorligini saqlab turishi uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor o'ziga jalb qiladigan qo'zg'atuvchilarning taassurotini yengishga to'g'ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartibli, yakka, intizomli bo'lishga va jamiyat ichida yashash qoidalariga o'rgatadilar. Bulaming hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. Keyinchalik, 3-5 yoshlardan boshlab, ixtiyoriy diqqat bolaning o'z tashabbusi bilan ham o'sa boshlaydi.
Bolaning mana shu yoshlarida va butun bog'cha yoshi davrida ixtiyoriy diqqatning o'sib borishi uchun o'yin juda katta ahamiyatga ega. O'yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to'plab, o'z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlami ilgari suradilar. Ma’lum bir o'yin qoidalarini bolalaming o'zlari tanlab oladilar, bunga o'z harakatlarini moslashtiradilar va bir-birlarining harakatlarini kuzatib boradilar. Mana shularning hammasida faqat ixtiyorsiz diqqat emas, balki bolalardagi ixtiyoriy diqqat ham ko'rinadi, bog'cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o'sib borishi uchun o'yin bilan bir qatorda, ularning uyidagi ishlaming ba’zi birlarida qatnashishlari, jumladan, o'zlariga tegishli ishlarni o‘zlari bajarishlari katta ahamiyatga ega.
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat, maktab yoshidan boshlab, xususan tez o‘sa boshlaydi.O'qish ishida — darsni eshitish, kitob o'qish, masalalarni yechishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Shuning bilan birga, o‘qish jarayonining o‘zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va barqarorligining o'sishiga yordam beradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqat bilan ishlash qobiliyatini o‘stirib borish maxsus tarbiya vazifalaridan biridir. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi vazifalarga, jumladan, o'quvchilar irodasi va intizomini tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash vazifasi ham kiradi. Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, diqqatning ayrim sifatlari, uning ko'lami, ko'chuvchanligi, bo'linuvchanligi, kuchi va barqarorligi o'sa boradi. Bolalaming diqqati, awalo, ko'lamning torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko'chishi va zo'rg'a bo'linishi bilan ajralib turadi.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda biz, faqatgina juda tor konsentratsiyalashgan diqqatni ko'rishimiz mumkin. Masalan, agar bir qo'lida olma ushlab turgan bolaning ikkinchi qo'liga ham olma bersak, u paytda ikkinchi olmani olishi bilanoq, avvalgi ushlab turgan olmasini tashlab yuboradi. Demak, bunda bolaning diqqati o'z qo'lida ushlab turgan ikkita narsaga ham taqsimlay olmaydi. Keyinchalik diqqatning bo'linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalaming o'yin faoliyatlarida, o'qish jarayonida va amaliy mehnat jarayonida o'sib boradi. Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, diqqatning kuchi va barqarorligi o'sa boradi. Diqqatning bu xususiyatlari bolalaming o'yin faoliyatlarida, mehnatda va asosan o'qish jarayonida o'sadi. O'qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo'lishligi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o'sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o'sishi katta yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar diqqatining kuchi va barqarorligi ularning tabiatidagi hissiyotchanlik bilan ko'p jihatdan bog'liq. Bu yoshdagi bolalaming hissiyotlari davomli va barqaror bo'lmaganidek, ularning diqqatlari ham aytarli barqaror bo'lmaydi. Lekin bolalaming hissiyotlari ko'pincha juda kuchli bo'ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari, garchi qisqa vaqt ichida davom etsa ham, kuchli bo'ladi. Maktab yoshidagi bolalaming hissiyotlari anchagina barqaror bo'la boshlaydi. Shuning uchun pedagog o'qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, bu bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishga yordam beradi. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlaming keyingi taraqqiyoti ham irodaning taraqqiyoti bilan bog'liqdir.¹

¹”Umumiy psixologiya” F.Xaydarov N.Xalilova Toshkent-201


Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchi!ar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va kola borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan o‘zaro munosabatida bolishi natijasida takomillashadi. Bolaning o‘z ko'zi bilan kola olishi ma’lum hayot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlami ajratishga va ularni sintez qilishga o‘rganib boradi. Bolaning eshitib bilib olishi shartli boglanishlarning sifatiga bogliqdir. Yangi tugllgan bolada diqqat qilish qobiliyati bolmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bolsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo'lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli boladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning olishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Bog‘chagacha bo'lgan yosh davrining birinchi yarmida bolalar predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlarning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq bo'lishiga va iroda kuchining o'sishiga olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakatlariga taqlid qilish xarakteriga ega bo'ladi.
Yaltiroq, chiroyli, ko‘zga tez tashlanadigan predmetlar bola diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bog‘chagacha bolgan yosh davridagi bolalar idroklarini qo‘yilgan vazifa asosida tashkil eta olmaydilar, ulardagi bu xil idrok juda qisqa muddatli boladi.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo'lsa, ikki yoshga to'lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg'aygan sari uning diqqati barqarorroq bo'la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko'pmi barqaror bo'la boshlagani shunda ko'rinadiki, bola o'zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug'ullana oladi. Ikki yoshga to'lib, uch yoshga qadam qo'ygach so'zlarni tushunadi. So'z boyligi orta borgach, bolaning o'ziga xos bo'lgan situativ tili haqiqiy tilga aylanadi.
Bolalarning operatsiyalargacha bolgan tafakkuri egotsentrik, bolaning istiqbol ramkalari bilan chegaralangan, shuning uchun ham boshqa insonning fikrini qabul qila olmaydi. Bolalar o‘zlari idrok qilayotgan obrazlariga diqqatini qaratganlari uchun, hamma odamlar dunyoni uningdek ko‘radi, deb o‘ylaydilar.Agar, go‘dak bola qoliga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi.
Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bolsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi.
Diqqatning ko‘p chalg‘ishi bu yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan boladigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj bolib turadi. Ammo obyektga bolgan qiziqish qancha aniq va ravshan bo'lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror boladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan boladi.
Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi.
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz boladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O'yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.Bog‘cha yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bolsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertak260 dan chalg‘iydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyatga ega bolgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar.
6-7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki, ko‘pincha bu yoshdagi bolalar o‘qituvchini uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, o‘quv harakatlariga uzoq vaqt o‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xususiyatiga ham bogliq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida so‘ray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bolgan qiziqishlari ortadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional boladilar.Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror boladi. Boshlanglch sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan boladi. Boshlanglch sinf o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zoliqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-2-sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri-uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o‘z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlari ustida uzoq tura olmaydilar. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi.
Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Aqliy normal va ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarni o‘zaro solishtirar ekan, Sh.R.Samarova fikrlash jarayonlari (idroki, mantiqiy xotirasi, ko‘rgazmali, obrazli, fazoviy, vizual tafakkur turlari hamda operatsiyalari) rivojlanishi, diqqat xususiyatlari, anglangan, ixtiyoriylik darajalari negizida o‘ziga xos qonuniyatlar, ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar yotishini asoslab beradi.¹
Tadqiqotchining fikricha, aqlan normal, ruhiy rivojlanishi sustlashgan boshlang‘ich (2 va 4) sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayonlari, yuksak funksional tizim tarkibi (ixtiyoriy diqqat) umumiy xususiyatlari bilan birga maxsus o'ziga xoslikka ega bolganligi tufayli kognitiv tizim diagnostikasi, harakatlantiruvchi mexanizmlari, uzviyligi, uzluksizligi o‘zaro bir-biridan tafovutlanadi. Sh.R.Samarova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayonlari, diqqatning nazorat funksiyasi diagnostikasi va dinamikasida jinsiy (gender) farqlar mavjudligi, ular o‘ziga xos davriy qonuniyatlarning hosilasi sifatida gavdalanishini e’tirof etadi.
Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. o'smir o‘z diqqatini tola ravishda o‘zi uchun ahamiyatli bolgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bolgan faoliyatlarga qarata oladi.O'smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars jarayonida o‘z tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu rivojlanish bolaning o‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada boladi.O'smirlik davrida o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi.
Ilk o'spirinlarda qiziqishlarning differensiyalashganligi diqqatning tanlovchanligini, ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatning roli ancha ortishini belgilab beradi. Ilk o‘spirinlarda ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqatning ham ahamiyati ortadiki, ular o'quv materiali bilan bevosita qiziqm asdan, o'rganilayotgan hodisalarning hayotiy ahamiyatini tushunib, unga diqqatlarini qaratadilar. Diqqatni ko‘chirish va taqsimlash qobiliyati sezilarli ravishda rivojlanib, takomillashib boradi. Xususan, diqqani taqsimlash bir vaqtning o'zida o'qituvchining tushuntirgan narsalarini ham tinglash, ham yozib borish, o'z javobining mazmunini kuzatib borish mahoratining shakllanishida o'z aksini topadi.
Ilk o'spirinlar o'quv ishlari jarayonida o ‘zlariga ta ’sir qiladigan chalg‘ituvchi narsalarga o‘sm irlardan ko'ra ko'proq qarshi turishga, bardosh berib yengishga qobildirlar. Ilk o ‘spirinlarning ayrimlarida diqqatning tanlovchanligi shu narsada ham ko'rinadiki, ular o'quv materialini idrok qilar ekanlar, hamma vaqt uning ahamiyatiga baho berishga, uni amaliy jihatdan ahamiyatiiligi nuqtayi nazaridan idrok qilishga harakat qiladilar. Agar unga material m uhim bo'lib tuyulm asa, u o ‘z diqqatini susaytiradi. Shunisi qiziqki, diqqatning bu o'ziga xos harakati ko'pincha atayin ro'y bermaydi. Odatda ilk o'spirinning diqqati shu sohadagi muayyan bilimlarni amalda tatbiq etish haqida gap borgan vaqtdagina ixtiyorsiz ana shu predmetga qaratiladi.
Ilk yetuklik davrida (18—25 yosh) psixik funksiyalarning kuchli rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi.
Shu o'rinda diqqqatning qanday jarayon ekanligini aniqlashda diqqat reklekslarini ko'rib chiqamiz.Ayni damga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi” deb ham ataydi.

Аnа shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta’siri yoki haddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta'siridan hosil bo’lgan qo’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi.
Chunki diqqatning fiziologik asosini bosh miya po'sti qismidagi «optimal qo'zg'alish nuqtasi» tashkil qiladi.Optimal qo'zg'alish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko'ra, bosh miya po'stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi.
I.Pavolov bu haqda ►«Miya yarim sharlarining optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan qismida, - , -yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo'ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo'ladi. Shunday qilib, optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan joy ayni chog'da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim sharlarining sust qo‘zg'algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qodir emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslami bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir. Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb ataydigan subyektiv faoliyatdan iboratdir» deydi.

Buni akademik Pavlov shunday izohlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda uning ichidagi miya ko'rinadigan bo'lsa, agar katta miya yarim sharlarida optimalqo'zg'alish uchun eng yaxshi sharoit tug'ilgan nuqtasi yiltillab ko'rinadigan bo'lsa edi,


ongi sog'lom bo'lib, bir narsani o'ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda g'alati jimjimador shakl bo'lib, surati va hajmi har lahzada bir o'zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug' narsaning u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug' narsa atrofidagi boshqa yerlari birmuncha xira tortib turganini ko'rar edik»¹
Psixlogiyada shaxs haqidagi,bu qanday tushuncha ekanligi va shaxs qachon “shaxs” bo'lib shakllanishi haqida turli fikrlar va mulohazalar mavjud.Ammo bu mulohjazalarning umumiy jihati shundan iboratki,odam tug'ilganda unga barcha jonli mavjudotlar singari individ sifatida qaraladi.Nerv sistemamizning murakkablashuvi va “men” konsepsiyasining rivojlana borishi orqali bizda shaxs sifatlati tarkib topadi.
♦ Shuni alohida ta'kidlash lozimki aynan “men” konsepsiyasining rivojlanishi kognitiv jarayonlarning qay darajada shakllangani va rivojlanganligiga bog'liq.Kognitiv jaryonlar borliqni anglashimizning,idrok qilishimizning,bo'layotgan jarayonlarni analiz-sintez qilishimizning asosidir.Sezgi,idrok,diqqat,xotira,tafakkur kabi bilish jarayonlari insonning shaxs strukturasini to'liqligini ta'minlaydi.Kognitiv jarayonlardan aynan diqqat ushbu strukturada muhim ahamiyatga ega.Buni yuqorida ko'rib chiqqan Diqqat nazariyalari,turlari va tavsiflari orqali ham ko'rishimiz mumkin.Rus psixologiyasi namoyondalari o'z g'oya va nazariyalari orqali biror narsaga diqqat qaratmasdan turib,hech qanday bilimlarni o'zlashtira olmasligini ko'rsatishan.Bizga yaxshi ma'lum-shaxs aynan o'rganishlar,o'zlashtirishlar orqali shakllanadi.Aynan shu faktorlar diqqatning nechog'li ahamiyatli jarayon ekanligini ko'rsatadi.



Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə