Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə12/16
tarix16.06.2022
ölçüsü103,85 Kb.
#89571
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Қаюмжонова G

Diqqatning ko'lami — diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go'yoki birdaniga) sig'ishi mumkin bo'lgan narsalar soni bilan belgilanadi.
Diqqat ko'lami jihatidan tor yoki keng bo'lishi mumkin. Tajriba qilib tekshirishda diqqatning ko'lami, odatda, tekshirilayotgan odamga ayni bir vaqtning o'zida bir qancha o'zaro bog'lanmagan harflarni, so'zlarni, narsalarni va turli shakllarni ko'rsatish yo'li bilan aniqlanadi. Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko'pini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig'dira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng bo'ladi.
Diqqatning ko'lamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob qo'llaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez ko'rsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan ko'rsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi. Taxistoskop vositasi bilan o'tkazilgan tajribalar ko'rsatishicha, katta yoshli odam ayni vaqtning o'zida diqqat doirasiga uchtadan to oltitagacha bir-biriga bog'liq bo'lmagan narsalarni, masalan, undosh harflarni, shakllarni sig'dira oladi.
Lekin idrok qilinadigan narsalar ma’no jihatidan bir-biri bilan bog'liq bo'lsa va yoki bu narsalar yaxlit bir narsaning elementlari bo'lsa, bunda diqqat doirasiga shu kabi narsalarning ko'pi sig'ishi mumkin. Masalan, taxistoskopda alohida-alohida harflar emas, balki uch-to'rt harflardan tuzilgan so'zlar ko'rsatilsa, savodli kishi bunday so'zlardan uch-to'rttasini, ya’ni to'qqiztadan tortib, to o'n oltitagacha harfni idrok eta oladi, chunki savodli kishilar ayrim-ayrim harflarni donalab o'qimay, balki butun so'zlarni birdaniga o'qiydi. Taxistoskop vositasi bilan diqqat ko'lami yuzasidan o'tkaziladigan eksperimental tekshirishlarda diqqatning ayrim individual xususiyatlari ham aniqlangan.
●Masalan, shunday odamlar borki, ularga taxistoskopdan nima ko'rsatilsa, shuni o'zlaridan hech narsa qo'shmay, aniq idrok etadilar. Bunday odamlar «obyektiv» tipdagi odamlardir. Yana shunday odamlar ham bo'ladiki, ularga bir narsa ko'rsatsang, bunga o'zidan boshqa narsalarni qo'shib idrok yetadi. Bunday odamlar «subyektiv» tipdagi odamlardir. Lekin mashq qildirish yo‘li bilan subyektiv tipdagi odamlarni taxistoskopda ko‘rsatilgan narsani aniq idrok qilishiga erishsa bo'ladi.
Diqqat ko'lamining kengligi aniq idrok etish bilan birga qo‘shilgan taqdirdagina yaxshi sifatlardan hisoblanadi. Diqqat ko'lamining keng bo'lishi, masalan, sinfda mashg'ulotlar o'tkazilayotgan paytda o'qituvchi uchun zarurdir; o'qituvchi sinfda o‘tirgan barcha o'quvchilarga nazar solib turishi lozim.
Lekin diqqat ko'lamining torligi ham hamma vaqt yomon bo'lavermaydi. Faoliyatning ayrim turlarida diqqat ko'lamining tor bo'lishi, lekin shu bilan bir vaqtda, chuqur va konsentratsiyalashgan bo'lishi talab yetiladi.● Masalan, bunday diqqat odamga mikroskop bilan ish qilganda zarurdir. Diqqat ko'lamining fiziologik asosi miya po'stida optimal qo'zg'algan joyning kengayishi yoki torayishidan iborat. Bunda miya po'stidagi optimal qo'zg'algan joy ayni vaqtda ta’sir qilib turuvchi boshqa qo'zg'atuvchilar bilan hosil qilingan qo'zg'alish jarayonlarining qo'shilishi tufayli kengayadi, ichki tormozlanish jarayonlarining kuchayishi natijasida esa bu joy torayadi.




Diqqatning kuchi va barqarorligi uning muhim xossasidir. Diqqatning kuchi turli darajada bo'lishi — diqqat kuchli va kuchsiz bo'lishi mumkin. Diqqat qanchalik kuchli bo'lsa, u diqqat obyektiga shunchalik ko'p to'planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz bo'lgan narsalarga shunchalik kam chalg'iydi. Biz tashqi tomondan diqqatning kuchi to'g'risida asosan, uning chalg'ish darajasiga qarab hukm chiqaramiz. O'quvchining diqqati har xil, hatto kuchsiz darajadagi chetki qo'zg'ovchilardan, chunonchi, qalamning tushib ketishiga, qo'shni partadagi o'rtoqlarining pichirlashganiga, koridorda bo'layotgan gaplarga chalg'ib ketaversa — bu ayni vaqtda o'quvchining diqqati kuchsizligidan dalolat beradi. Agar o'quvchi bunday chetki qo'zg'ovchilar (ba’zan hatto kuchli qo'zg'ovchilar) ta’sirini ham go'yo «sezmay», balki muayyan bir ishga berilib qunt bilan ishlasa, bu ayni vaqtda o'quvchi diqqatining kuchliligidir.
Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki to'g'ridan to'g'ri parishonlik deyiladi.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə