Nizomiy nomidagi


Pedagogik mahoratni egallash vositalari



Yüklə 113,62 Kb.
səhifə4/11
tarix20.04.2023
ölçüsü113,62 Kb.
#106457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kushbakova Gavhar

1.2.Pedagogik mahoratni egallash vositalari
O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk O‘qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlami tayy orlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy vondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib. u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiyiami tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlaming o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o‘qituvchilaming, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:
1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlami beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalami umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalami tayyorlash).
2.Tajribali ustoz o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib. vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg'ulotlami kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
3. O‘qituvchi xodimlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalami oshirib borish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarian pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlaming yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlami o‘rganish. Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalami boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklami o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yoilarmi topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi boiibgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlami tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasiaa yosh o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg'in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ‘Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug‘ildi.
Maktablarga yosh o‘qituvchilami jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg'or va zamonaviy texnologiyalami joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2009-yildan boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini boshladi.
Yangi O‘zbekiston qurish yo‘lida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyayev tashabbusi bilan har yili 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng miqiyosda nishonlanib kelmoqda. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazilib kelinmoqda.
Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar orasidan ilg'or va tashabbuskor o‘qituvchilar aniqlanib rag'batlantirilishi, yosh o‘qituvchilarda o‘z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg‘otadi.
2006-yildan boshlab esa, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovlarini yanada kotarinkinki ruhda davom ettirib, o‘tkazilib kelinmoqda. “Yil maktabi” - Respublika ko‘rik-tanlovi o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo‘lga kiritilayotga yutuqlami targ‘ib etish uchun sharoit yaratmoqda.
«Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini qollab quvatlash hamda uzluksiz kasbiy ivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari tog’risida »4gi PQ-4963 –qarorida alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) - barkamol inson va yetuk mutaxass qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o‘qituvchi kadrlaming roli nihoyatda beqiyos. XXI asr bolasini o‘qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malaka mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasini faqat yuksak tajribaga ega XXI asr o‘qituvchisigina uddalay oladi.



Yüklə 113,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə