Nizomiy nomidagi


O‘qituvchida pedagogik mahoratning amaliy faoliyatidagi rivojlantiruvchi usullarini takomillashtirish



Yüklə 113,62 Kb.
səhifə9/11
tarix20.04.2023
ölçüsü113,62 Kb.
#106457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kushbakova Gavhar

2.3.O‘qituvchida pedagogik mahoratning amaliy faoliyatidagi rivojlantiruvchi usullarini takomillashtirish
Pedagogik-psixologiyada o‘qituvchi faoliyatida mahoratning cheklangan turlari
yo‘q. Pedagogik mahorat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab
ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Keyingi yillarda pedagogik mahorat
kategoriyasiga nisbatan yangicha qarashlar paydo bo‘Idi. Pedagogik mahoratning
an’anaviy izohlaridan bir qadar chekinish ham yuz berdi (IAZyazyun,
N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin). Olimlaming uzoq yillar olib borgan ilmiy-
tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik mahoratning quyidagi asosiy
sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik mahoratning o‘ziga xos tizimlari mavjud.
Mahorat tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
• asosiy xususiyatlar;
•tayanch xususiyatlar;
•yetakchi xususiyatlar;
• yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik mahorat faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishini va
shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvafafaqiyatli ishlashning
natijasi hamdir. Pedagogik mahoratda o‘qituvchining o‘zaro fikr almashuvi
bilan bog'liq xususiyatlari asosiy rol o‘ynaydi. Quyidagi pedagogik
mahorattning asosiy xususiyatlari o‘qituvchining yuksak pedagogik-psixologik
bilimlari natijasida doimiy shaklanib boradi.
Bu faoliyat jamiyat talablariga mos ravishda maktabda,oliy oquv
yurtlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Oliy maktabdagi o‘quv
jarayoni uchun o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarining uzviy bog‘liqligi, talabalar
faolligi va mustaqil ishlari ijodiy potensial bo‘lgan shaxs ahamiyatini oshirish
xarakterlidir. Oliy maktabdagi pedagogik mahorat faoliyatda nazariy va amaliy
faoliyat qo‘shib olib boriladi. Nazariy faoliyat yangi qonuniyatlami ochilishi
bilan bog‘lanadi. Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlami yangilashga va pedagogik
vazifalar tizimini hal qilishga yo‘nalgan bo‘ladi. 0 ‘qituvchi konkret fanni boshqa
o‘quv fanlari bilan o‘zaro bog‘lagan holda uning o‘qitilish maqsad va vazifalarini
belgilaydi. Talabaning o‘quv bilish faoliyatini jonlantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning mazmuni, zamonaviy shakl va metodlarini o‘ylab topadi. 0 ‘qituvchi o‘quv-pedagogik faoliyatining o‘ziga xosligi uning ilmiy tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishidir. Oliy maktab o‘qituvchisining pedagogik mahorati tavsifida olimlar, odatda, N.V. Kuzmina va Z.F. yesarova tadqiqotlariga tayanadilar. Ular quyidagi komponentlarni farqlaydilar:
• konstruktivlik;
• tashkilotchilik;
• ilmiy bilish;
• kommunikativlik.
Pedagogning konstruktivlik mahoratini kotsatuvchi usullar faoliyati o‘quvchilarda darsga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonlariga tizimli yondashuvni tatbiq etish asosida ulaming o‘quv faoliyati samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayonlar (o‘rganilayotgan obyektning aniqligi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini belgilangan maqsadga mos kelishini ta’minlash, izchil va uzviy yangilab borish, o‘quvchilaming moyilligini aniqlash, refleksiv faoiiyat ko‘rsatishga ularda ehtiyojlami shakllantirish va motivlashtirish, yangi ta’limiy dasturlar va ta’lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash, o‘quvchilaming o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslangan ijodiy hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchiIarning bilimi, dunyoqarashi va o‘zaro munosabatlarini nazorat qilish, refleksiv faoliyat jarayonlarini vaziyatlarga ko‘ra muvofiqlashtirishning mazmuni yaxlit tizim sifatida inobatga olinishi maqsadga muvofiq. O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayonlaming o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, ya’ni tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligini togri olib borish mahoratning yana bir korinishidir.
Pedagogning tashkilotchilik mahoratini ochib beruvchi usullar o‘qitish uning shakllanishi, o‘qituvchining faoliyati — o‘quv faoliyati hisoblanib, bunda o‘qituvchi bu faoliyatning taskilotchisi rolida ishtirok etadi. O‘quv faoliyati jarayoni o‘qituvchining tashqi predmetni mazmunida o‘z harakatlarini ichki aqliy ko‘rinishga o‘tkazilishi ko‘rinishidagi o‘quv masalalarini hal etish bo‘yicha harakatlaridir, ya'ni o‘zining shaxsiy bilimlar, mahorati va ko‘nikmalarini hosil qilib olishidir;
Bilish mahorat va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish — bu aqliy harakatlar hisoblanadi, ular individ tomonidan shakl obraz ko‘rinishida tashqi vositalarga tayanilgan holda (predmetlar yordamida yo‘l topish yoki so‘z bilan yordamlashish) bajariladi va o‘quv faoliyati natijasida o‘zlashtirilgan, qayta tashkil etilgan «sobiq» tashqi predmetli harakatlardan iborat.
Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o‘qitish interfaol o‘qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o‘qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga faoliyat yurituvchi, savollarni o‘zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo‘zg'atib va faollashtirib boradigan o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati markaziy o‘rinni egallaydi.
Interfaol usulni qollaganda hammasidan ko‘ra bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammoni yechishni izlaganlarida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta'sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o‘zining shunga o‘xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi filer bildirishga da'vat etadi.bular oqituvchida tashkilotchilik mahoratini yanada rivojlantirishga olib keladi.
Pedagogdagi ilmiy bilish faoliyati mahorati.Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan, uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o ‘ta muhim. Bular quyidagilar: - Ijtimoiy bilimdonlik. Dars mobaynida sinf bilan samarali o ‘zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til topishish va sogMom m a’naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati. –
Uslubiy bilimdonlik. Barcha bilimlarini, ko‘rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta’lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati. - Kasbiy bilimdonlik. 0 ‘z fanini va predmeti sohasi bo‘yicha chuqur va har tomonlam a mukammal bilimlarga ega b o ‘la olishi, o ‘z ustida ishlash qobiliyati. Amaliyotda eng obro‘li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo‘lishadi va shundaylami o ‘quvchilar yaxshi qabulqilishadi. Chunki zamonaviy o ‘quvchi ko‘plab m a’lumotlarga ega, uning psixologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib, til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo‘lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o ‘zini ko‘rsatish uchun dars bermasligi, ochko‘zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasligi, g ‘avg‘o ko‘tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo‘Isa kerak: Haq yo ‘lida kim senga bir harf о ‘qitmish rcmj ila, Aylamak bo‘lmas oning haqqin ado ming rcmj ila. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o ‘z ishining natijasi bilan m o‘jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori boMadi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin.
Pedagogdagi kommunikativlik mahoratini,malakalarini rivojlantirish. Ushbu masala eng avvalo oquvchilar ota-onalari,oquvchilar hamda jamoatchilik vakillari bilan munosabatlar va aloqalar ornata bilish.Bundan tashqari oquvchilar fikrini tushunish va oz fikrini nutq, til vositalari orqali tushuntira bilish .Maktabda sinf rahbarligi ishlarini faol amalga oshira bilish ham komunikativlik maharatini rivojlanishiga olib keladi. O‘quvchilar jkamoasini qiziqishlarini,ichki munosabatlarini idoa qila bilish ,oquvchilar bilan yaqin munosabatda bolish va ularda oziga nisbatan mehr ishonch,xurmat kabi xislatlarni uygota bilish ham pedagogdan ulkan mahorat talab etadi.Pedagog ushbu jihatlarni rivojlantirish uchun avvalambor ozi uchun ish rejalar ishlab chiqishi,uni amalga oshirishninng samarali yollari,metodalrini qo‘llay olishi, ilgor tajribali pedagoglardan maslaxat olishi va shularga amal qilgan holda ozining interfaol metodikalarini ham ish dasturlariga kirgizib ketishi lozim . ayniqsa ota-onalar bilan koproq suhbat,anketa sorovnomalar otkazishi,natijalardan kelib chiqqan holda boshqa pedagoglar, mahalla ,oila institutlari bilan turli ishlar ilob bormogi lozim. Masalan:kamta’minlangan o‘quvchilarga ijtimoiy,iqtisodaiy yordam masalalari, tarbiyasida salbiy og’ishlar bolgan o‘quvchilarga psixologik yordamnitashkillashtirish,ozlashtirishi past oquvchilar bilan qoshimcha mashgulotlar otkazish yollari,guruh ,jamoani jipslashtirish metodlari vashunga oxshash turli xil masalalarni bartaraf etish pedagogdagi mahoratni oshishga olib keladi.Jamoatchilik va ota-onalar ortasidagi ishlarni tashkil eta bilish ,ularni togri yolga qoya bilish mahoratli pradgoning oldiga qoygan buyk maqsadlarining debochasi bolib xizmat qilishi kerak.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bogMiq. Bunda pedagogik maqsad o ‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o ‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yoMlarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o ‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o ‘z-o‘zidan kelaveradi». 3. Pedagogik ta’lim-tarbiya jarayonida o ‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o ‘quvchi kelajagi tomon yo ‘naltirilgan bo‘ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o ‘z faoliyatining mantiqini o‘quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.


Yüklə 113,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə