Nizomiy nomidagi



Yüklə 113,62 Kb.
səhifə7/11
tarix20.04.2023
ölçüsü113,62 Kb.
#106457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kushbakova Gavhar

К о 'nikmalar - o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar- o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoiiyatning avtomatlashgan komponentlari yigindisi.
Ular o‘qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluvchi jarayonlar bo‘lib, qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida o‘qituvchilar kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlami qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmagan noshud o‘qituvchi ko‘p narsaga erisha olmaydi. Mahorat ko‘nikma va malakalami chuqur egallashda ro‘yobga chiqadi.
Darhaqiqat, mahoratli kishining ко 'nikma va malakalari kо'p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Ко‘nikma va malakalar yetarli bo‘lmagan qobiliyatni birm uncha to 'ldirishi yoki qobiliyatning kamchiligini tuzatishi mumkin. Ko‘nikmalami umumlashtirib mohirlik ham deb ataydilar. Mohirlik ham qobiliyatning o‘zginasidir. Demak, mohirlik ko‘nikma va malakalaming paydo bo‘lish jarayonida shakllanadi.
Pedagogikada o‘qituvchi mahorati - bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug'ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod , daholik - insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlaming rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlaridir.
Psixologiyada qobiliyat - insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalami qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullanishiga aytiladi. U o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ham у orqin namoyon bo‘ ladi.
Kasbiy faoiiyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o‘qituvchining ijodkorligida namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik - bu sifat jihatidan yangi, original vatakrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi faoliyatdir.
Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi; ijod qilishga layoqatli bo‘lgan o‘qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ'ib qilishni anglatadi, ya’ni uning asosida g'oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalami yaratadi, o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bimga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlaming fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste’dodi deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig'indisi,iste’dodining yuksak cho‘qqisi - uning intellektini belgilaydi.\



Yüklə 113,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə