Nizomiy nomidagi


O‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish jarayoni,usullari



Yüklə 113,62 Kb.
səhifə8/11
tarix20.04.2023
ölçüsü113,62 Kb.
#106457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kushbakova Gavhar

2.2.O‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish jarayoni,usullari
Pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘qitish jarayoni va usullariaga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni o ‘quv jarayonining o ‘zagi, ko‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar. O‘qitish metodi «o‘qitishning maqsadi — mazmuni, metodi, shakli, usullari» tizimida muhim o‘rin egallaydi.
Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalami hal qilish yo‘llari, usullari tushuniladi. O ‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul— metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi. O‘qitish metodi — murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ega bo‘lgan ta’limdir. O‘qitish metodida o‘qitishning obyektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o‘z aksini topadi.
Eng asoslangan o‘qitish metodlari tasniflariga quyidagilar kiradi: 1.An’anaviy metodlar. Bu metodlaming ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar. 2. Maqsadiga ko‘ra metodlar tasnifi: (М.Л. Danilov, B.P. Yesinov) • bilimlarni egallash; • malaka va ko‘nikmalami shakllantirish; • bilimlarni qo‘llash; • ijodiy faoliyat; • 3. Idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar tasnifi: • tushuntirish — illyustrativ (axborot — retseptiv). Ulaming xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; • reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o ‘zlashtiriladi, ulaming tushunihshi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlaming mustahkamligi tez-tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi. • muammoli bayon qilish metodi; • qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil flkr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi; • tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi. 4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I. Shukina, I.T. Ogorodnikov i dr.) quyidagilar farqlanadi: • ilk bor bilimlarni o‘zJashtirish metodlari; • egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari. 5. 0 ‘qitish metodlarining binar (qo‘sh) va polinar
(ko‘p qirraIi) tasnifi. M.I. Mahmutovning binar tizimi dars berish metodi va o‘qitish metodi majmuidan iborat.Pedagogik mahoratnioshirishda o‘qitish metodlari: (L. Klinberg) .
-monologik metodlar;
-hamkorlik shakllari ;
-dialogik metodlar;
- leksiya;
-individual suhbat;
-hikoya;
-guruh namoyish qilish;
-frontal ;
-kollektiv;
Akademik Yu.K. Babanskiypedagogik mahoratni oshirishda o‘qitish
metodlarining uch guruhini belgilaydi:
-o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari ;
-o‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va stimullash metodlari;
-o‘quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat
qilish ;
Oqituvchida pedagogik mahoratni rivojlantirish jarayonida o‘rganish metodlari bilim, malaka va ko‘nikmalami ijodiy egallashga hamda metodik va g’oyaviy-siyosiy e’tiqodlami ishlab chiqishga qaratilgan talabalaning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.Bular oliy oquv yurtlari, maktabdagi ta’lim xususiyati o‘quv jarayonini tashkil etishda ko‘rinadi. Oloiy oquv,maktab ta’limi metodlarni belgilash va o ‘qitish shaldlarini tashkil qilishni tavsiya etadi. Oliy maktabda esa o ‘qitish metodlari va shakllari qo‘shilib ketadi, ya’ni oliy maktabdagi dars berish metodi ayni zamonda o‘qitishning tashkiliy shakli ham hisoblanadi. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari o‘ziga qo‘shimcha yuklanma -mashg‘ulotni tashkil etishni ham oladi. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari tasnifi masalasi o‘zining dolzaibligini saqlab qoladi. Oliy maktabdagi o ‘qitish metodlari tasnifining didaktik yondashuvlari, umumdidaktik yondashuvlaiga monelik qilmaydi, balki ularni rivojlantiradi. Ular oliy maktabdagi o‘quv jarayonining xususiyatlari, ularning didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.
O‘qituvchida pedagogik mahoratni rivojlantirishda o ‘qitish va o ‘rganish
metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi.
1.Bilimlami berish, idrok etish va o‘zlashtirish hamda e ’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlaming bu guruhiga leksiya, talabalaming mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish maslahatlar, ko‘rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallami idrok etish va boshqalar kiradi.
2. Bilimlami tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalami hosil qilish hamda e ’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, am aliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, programmalashtirilgan
o‘qituv kabinetlaridagi mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
3.Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalaming kasbiy tayyorgarligini
aniqlash metodlar. Bu o ‘quv jarayonining reyting baholari, kollogiumlar, suhbat o‘tkazish, kurs vadiplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Bu tasnif konkret materiallar imkoniyatlarni organish, ishlab chiqish va tashkillashtirishni talab etadi.
O‘qituvchining pedagogik mahoratini rivojlantirish faoliyatini samarali
amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qarmovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi. O ‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o ‘z ijodkoriigi, o‘z-o‘zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o ‘qituvchi shaxsining kreativligini,mahoratini shakllantirish imkoniyatini beradi. Pedagogik mahoratning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o‘z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o ‘ziga bo‘lgan yangi munosabatni yarata olish mahoratidir. O ‘qituvchi o‘z nuqtai nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalammg boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu o ‘qituvchining madaniyati va muloqoti.



Yüklə 113,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə