Nomanfiy butun sonni natural songa bo`lishning ta'rifi, uning mavjudligi va yagonaligi. Yig`indini va ko`paytmani songa bo`lish qoidarining to`plamlar nazariyasi bo`yicha ma'nosi. Ma’ruza mashg’ulotining rejasi


Nomanfiy butun sonlar bo’linmasining mavjudligi va yagonaligi



Yüklə 119,81 Kb.
səhifə2/21
tarix23.12.2023
ölçüsü119,81 Kb.
#157044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Nomanfiy butun sonni natural songa bo`lishning ta\'rifi, uning ma-hozir.org

2. Nomanfiy butun sonlar bo’linmasining mavjudligi va yagonaligi. Bo’lishning mavjudligi haqidagi masala n(A) = a bo’lgan A to’plamni teng quvvatli qism to’plamlarga ajratish mumkinligi masalasi bilan bog’liq. Agar A to’plamni berilgan b sondagi yoki quvvatdagi sinflarga ajratish mumkin bo’lsa, a ning b songa bo’linmasi mavjud bo’ladi.

4-te o r e m a. a sonining b songa bo’llinmasi mavjud bo’lsa, u yagonadir.
Isbot. Haqiqatan ham, a : b = c va a : b = d va d son c sondan farqli bo’lsin. Ta’rifga ko’ra a = bc va a = bd. Bundan bc = bd va ko’paytmaning qisqaruvchanligiga ko’ra c = d ekanligi kelib chiqadi.


5-teorema.a nomanfiy butun son b natural songa bo’linishi uchun a son b sondan kichik bo’lmasligi zarur.
Isboti. ava b natural sonlarning bo’linmasi mavjud bo’lsin, ya’ni a = bc shartni qanoatlantiruvchi c natural soni topilsin.
Istalgan c natural son uchun 1 ≤c da’vo o’rinli. Ko’paytmaning monotonligiga ko’ra b • 1 ≤b -c, bc = ab 1 = b ekani hisobga olinsa, b≤a ekani kelib chiqadi.
Lekin b≤a shartning bajarilishi a : b bo’linma mavjud bo’lishi uchun yetarli emas.
Masalan, 3 ≤ 19, lekin 19 soni 3 ga bo’linmaydi. Bunday hollarda qoldiqli bo’lish haqida gapiriladi. Agar b≤ a va a soni b ga bo’linmasi, shunday q, r natural sonlar topiladiki, rbo’lib, a = bq + r va tenglik bajariladi. (a; b) juftlik uchun yuqoridagi shartni qanoatlantiruvchi (q; r) sonlarning topilishi a ni b ga qoldiqli bo’lish deyiladi. Bu yerda q — to’liqsiz bo’linmava r — qoldiq deyiladi, a: b = q (r qoldiq) shaklida yoziladi.
0 ni va 0 ga bo’lish masalasiga alohida to’xtab o’tamiz. a = 0 va b≠0 holida 0:6 = 0 tenglik bajariladi, chunki 0 = b·0. Demak, 0 ning 0 dan farqli istalgan songa bo’linmasi 0 ga teng. Lekin 0 ga bo’lish amali aniqlanmagan. Faraz qilaylik, noldan farqli a sonning 0 ga bo’linmasi mavjud vauc songa teng bo’lsin, ya’ni a≠0∧a : c. Bundan a = 0 · c = 0 qarama-qarshilik kelib chiqadi. 0 : 0 = c bo’lsin, bu holda 0 = 0 c tenglik istalgan c son uchun o’rinli bo’ladi, bu esa amal natijasi yagona bo’lish shartiga zid.
3. Nomanfiy butun sonlarni bo`lish qoidalari.

1) Yigindini songa bo’lish qoidasi. Yig’indini songa bo’lish uchun, agar bo ‘linsa, har bir qo ‘shiluvchini shu songa bo’lib, natijalarni qo’shish kerak:(a+b): c = a: c+b:c



Yüklə 119,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə