O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124

7)  Korxonalar va  davlat  moliya  tizimi  o ‘rtasidagi  budjetga  soliqlar 
va yig‘imlam i to'lash.  budjetdan tashqari fondlarga to ‘lovlar o'tkazish, 
soliqlar bo'yicha imtiyozlar berish,  moliyaviy jazo  choralarini  qo'llash 
h a m d a   budjetdan  moliyalashtirish  bilan  bog'liq  munosabatlar;
8)  K o rx o n a la r  va  tijo ra t  b a n k la ri  o ‘rtasid ag i  b a n k la rd a   pul 
m a b la g ‘larini  saqlash,  kreditlar  olish  va  ularni  to'lab  berish,  bank 
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar to ‘lash, xorijiy valutalami sotish 
va  sotib  olish,  turli  bank  xizmatlarini  ko'rsatish  bilan  bog'liq  m u ­
nosabatlar;
9)  Korxonalar  va  sug‘urta  tashkilotlari  o'rtasidagi  m ol-m ulkni, 
xodimlarining  ayrim  toifalarini,  tijorat  va  tadbirkorlik  qaltisliklarini 
(risklarni)  sug‘urta  qilish  bilan  bog‘liq  m unosabatlardan  iborat;
10)  K orxonalar  va  investitsiya  institutlari  o'rtasidagi  qim m atli 
qog‘ozlarni sotish va sotib olish,  investitsiyalarni joylashtirish,  xususiy- 
lashtirish  bilan  b o g iiq   munosabatlar.
Yuqorida  ta ’kidlab  o'tilgan  moliyaviy  m unosabatlarning  liar  bir 
guruhi  o ‘ziga  xos  xususiyatlariga  ega  va  q o ‘llanishi  sohasi  bo'yicha 
ajralib  turadi.  Lekin  ularning  barchasi  ikki  tom onlam a  xarakterga  ega 
b o ‘lib,  ularning  m oddiy  asosi  bo'lib,  pul  m ablag‘larining  harakati 
tashkil  etadi.
Korxonaning pul  fondlari  mablag‘larining  harakati  ustav kapitalini 
shakllantirishi  bilan  boshlanadi  va  foydani  shakllanishi,  taqsimlanishi 
h a m d a   uni  sarflanishi  bilan  tugaydi.
Korxonalar moliyasi  bajaradigan  funksiyalar umumdavlat  moliyasi 
bajaradigan  funksiyalariga  o ‘xshash  va  ular  quyidagilardan  iborat:
1)  taqsimlash  funksiyasi;
2)  nazorat  funksiyasi.
Y uqorida  qayd  etilgan  funksiyalar  o ‘zaro  bog'liq  va  bir-birini 
t o ‘ldirib  turadi.  Quyida  m oliyaning  funksiyalarini  t o ‘liq  yoritishga 
harakat  qilinadi.
U m um davlat  moliyasi  o'zining  taqsimlash  funksiyasini  m akroda- 
rajada  amalga  oshirsa,  korxonalar  moliyasi  o ‘zining  taqsimlash  funk­
siyasini mikrodarajada amalga oshiradi.  Korxonalar moliyasi taqsimlash 
funksiyasi  yordam ida  birlamchi  kapitalni  shakllantirish,  ishlab  chi- 
qarishni moliyaviy  m anbalar bilan t a ’minlash,  darom adni va moliyaviy 
resurslarni taqsimlash,  majburiyatni  o ‘z  m uddatida  ham da t o ‘liq  baja- 
rish,  x o ‘jalik  yurituvchi  subyektlar va  davlatning  manfatlarini  oqilona 
darajada  saqlab  turish  amalga  oshiriladi.  Taqsimlash  funksiyasi  orqali 
korxonaning darom adlarini taqsimlash natijasida maqsadli  pul fondlari


va zaxiralari shakllantiriladi.  B unday fondlarga ustav kapitali, qo'shilgan 
kapital,  zaxira  fondi,  ja m g 'a rm a   fondi,  iste’mol  fondi,  valuta  fondi 
va  boshqalarni  kiritish  mumkin.
K orxonalar  moliyasining  taqsim lash  funksiyasi  o ‘z  m ohiyatiga 
asosan  nafaqat  jarniyatning  u m u m iy   manfatlarini,  balki  o ‘z  vaqtida 
alohida olingan xo'jalik subyektlari,  t a ’sislar,  turli  aksiyadorlar,  ishchi- 
xodimlar,  kredit va sug'urta institutlarining manfatlarini  oqilona o ‘zida 
jamlashi  lozim.  Korxonalar  d o irasida  shakllantiriladigan  moliyaviy 
m ablag'larning hajmi,  kerakli  kapital  qo 'yilm alarini  m oliyalashtirish, 
aylanm a  m ablag'larni t o ‘ldirib  tu rish   va ko 'paytirish,  h a m m a  turdagi 
moliyaviy  m ajburiyatlarni  a m a lg a   o sh irish ,  ijtim oiy  x arak terd ag i 
ehtiyojlarni  t a ’minlash  im koniyatlarni  aniqlaydi.  U s h b u   faoliyatni 
amalga  oshirishda uning xo ‘ja lik -m o liy a  faoliyatini  íahlil  etish  asosiy 
aham iyatga  egadir.
Korxonalar moliyasining  n azorat  qilish  funksiyasini  obyektiv  asosi 
bo‘Iib  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish,  xizm atlar  k o ‘rsatish, 
ishlarni  bajarishdagi  xarajatlarning  qiym at  to m o n d a n   hisobga  olinishi 
va  buning  natijasida  darom adlarni  shakllanishi  ham da  pul  fondlarini 
taqsimlanishini tashkil etadi.  M oliya taqsim lash  m unosabatlari sifatida 
ishlab chiqarishni moliyalashtirishni  moliya manbalari bilan t a ’minlaydi 
va  shu  asosda  u  ishlab  chiqarishning  barcha  sohalarini,  y a ’ni  ishlab 
chiqarish,  ayirboshlash,  iste’m olni  o ‘z  ichiga  oladi.  Shuni  ta ’kidlash 
lozimki,  korxonalar mahsulot ishlab  chiqarish,  ishlarni amalga oshirish, 
xizmatlar  ko‘rsatish  natijasida  kelib  tushadigan  d aro m adning  m iqdo- 
ridan  ortig'ini taqsimlay olmaydi.  Olinadigan  daro m adning  m iqdorini 
oshirish uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,  xarajatlarni 
kamaytirish  va  moliyaviy  resurslardan  oqilona  foydalanishga  bevosita 
bog‘liqdir.  Xuddi  shu  jarayonlarda  n azorat  funksiyasi  alohida  a h a ­
miyatga  egadir.  K orxonalar  m oliyasining  nazorat  qilish  funksiyasi 
quyidagi  yo'nalishlarda  amalga  oshiriladi:
1)  Korxonalar  tom onidan  bevosita  moliyaviy  k o ‘rsatkichlarni  h a r 
to m onlam a  tahlil  etish,  moliya  rejalarini  bajarilishi  yuzasidan  tezkor 
nazoratni olib borish,  to var-m oddiy qiym atlarini yetkazib beruvchilar, 
buyurtm achilar,  tijorat  banklari,  davlat  budjeti,  bu d jetd an   tashqari 
fondlar  va  boshqa  k o n tra g e n tla r  oldidagi  m ajb u riy atlarn i  bajarish 
jarayonida  olib  boriladi;
2)  Korxonalarning  ta ’sischilari  va  aksiyadorlari  old id a  pul  m ab- 
lag 'la rin i  s a m a ra d o rlik   b ila n   jo y la s h tiris h ,  fo y d a  to p is h   h a m d a  
dividendlar  to'lash  yuzasidagi  n azo rat  olib  boriladi;


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə