Oilada bola tarbiyasi masalasining pedagogik va psixologik tomondan



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix31.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#114737
1   2   3   4   5   6   7   8
Do`sjonova Nilufar Rustam qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
864 
o‘stirish uchun musiqa o‘rganmoq kerak, ammo rasm chizish singari musiqa o‘rganish ham 
oddiy hunarga aylanib ketmasligini kuzatib turish muhim deydi. U xotin-qizlarning tarbiyasi 
xususida gapirib, bu erkaklarning tarbiyasiga o‘xshab ketmasligini, chunki ularning tabiati 
mutloq erkaklarnikidan farq qilishini aytadi. 
Atomizm nazariyasini yaratgan atoqli faylasuf - materialist Demokritning qarashlari 
(eramizdan avvalgi 460-370 yillar) qadimgi yunon falsafasining cho‘qqisidir. U o‘z 
nazariyasida tabiat qonunlariga, xurofotni va qo‘rquvni emirib tashlaydigan chinakam 
bilimlarga murojaat qiladi. Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini 
birinchi bo‘lib ilgari surdi. “Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi” deb yozadi u. Demokrit 
“ta’lim mehnat asosidagina go‘zal narsalarni hosil qiladi”, deb, tarbiya ishida mehnatning 
roli juda katta ekanligini ta’kidladi. 
Qadimgi yunon faylasuflari bola tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya 
jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g‘oyani ilgari surgan edilar. 
Ular o‘z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma’nfaatlari bilan bog‘liq deb isbotlamoqchi 
bo‘lganlar. Shunga ko‘ra bola tarbiyasi bilan, asosan, davlat shug‘ullanishi kerak, degan 
g‘oya ilgari surilgan. Ammo, Sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan, asosan, ota-ona 
shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta 
e’tibor berganlar. 
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan 
yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axloq-odobga oid qator g‘oya va 
qarashlarni ko‘rish mumkin. “Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu 
boisdan har bir yoshni yaxshi o‘qish va yozishga o‘rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq 
mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko‘chati o‘tkazishga, 
uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi 
shart. Zotan uning fikricha, yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, 
o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his 
qilmaydi, hayotning qadriga ham yetmaydi deb hisoblagan. 
Qur’oni Karim, hadisi shariflarda oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid 
bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud bo‘lib, u o‘z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi 
va mustahkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Islomiy ma’naviyatda 
bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi qarashlar insoniylik, ezgulik va yaxshlikka da’vat 
etgani uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. Bunga misol tariqasida Qur`oni 
Karimning 136-hadisid hech bir ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros 
berolmasligi aytib o`tilgan. 
Sharq mutafakkirlari o`zlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi 
masalalariga katta e’tibor berganlar. Ulardan biri Muhammad ibn Muso al Xorazmiy bo`lib, 
u: «Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, 
ikkinchisi ruhiy hayot sababli»,-degan fikrni ilgari suradi. Shunga ko'ra ularni uzviy birlikda 
olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir deb hisoblaydi. 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə