Oilada bola tarbiyasi masalasining pedagogik va psixologik tomondan



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix31.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#114737
1   2   3   4   5   6   7   8
Do`sjonova Nilufar Rustam qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
865 
Faylasuf olimlardan biri bo`lgan Abu Nasr Farobiyning aytishicha, bar bir ota-
onaning o‘z farzandlari uchun birlamchi ustoz, yo‘l ko'rsatuvchi ekanligi va aynan ular 
bolada ta’lim-tarbiyaga kerakli tayyorgarlik holatini shakllantirish ta’siriga ega ekanligi 
bo`lib hisoblanar ekan. 
Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy 
tushunchalarini insonning tabiati bilan bog‘laydi. U ota-onalarga qarata bolaning 
mo'tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish 
va hafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali 
narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini 
uqtiradi. Ota-onaning bolaga bunday turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqarishini 
aytadi. Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘tadilligi natijasida tan va ruh sog‘lomligi kelib 
chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. 
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham 
muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi 
haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko'plab qimmatbaho fikrlarni yozadi. 
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo'lib, uni bolaning yoshligidan 
boshlab va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning 
jamiyatda tutgan mavqeidan qat’i nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi. U 
ota-ona davlat boshlig`imi yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas’ul 
bo`lib, davlat boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo‘lmoqlari 
lozimligini ta`kidlaydi.. Turmush qurgan er-xotinlar munosabati borasida esa mutafakkir, 
«Erkak kishi oila boshlig`idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog'i lozim, chunki bu 
uning birlamchi vazifasidir», — deb yozadi. Ayol esa erkakning munosib yo‘Idoshi, u bola 
tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchidir. Uning er-xotin munosabatlari 
xususidagi fikrlari ham o‘sha davr uchun o‘ta ilg'or va ahamiyatli edi. U o‘zining «Oila 
xo'jaligi» kitobida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori sifatlarga ega bo`lmoqlari lozim, deb 
yozadi. Shu kitobning «Afsofiy bextarin zanxo» Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida 
bo'limida ularning quyidagi fazilatlari ta’kidlanadi: «Ayol aqlan dono, uyatchan, iboli, iffatli 
bo'lib, ko‘p gapirmasligi lozim: u eriga bo‘ysunmog‘i, uni sevmog‘i, farzandlar tug‘ib, doimo 
halol, pok, to‘g`riso‘z, kamtar bo’lishi kerak, injiq bo`lmasligi, o‘z iffati va obro'sini 
to'kmasligi lozim; u hech qachon eriga nisbatan dimog‘dorlik, viqor hissini ko’rsatmasligi, 
o‘z ishlarini yaxshi, o‘z vaqtida bajarib, oilaning moddiy boyliklarini tejamkorlik bilan 
ishlatmog`i lozim; o‘z xulq-atvori bilan o‘z erining qalbida hadiksirash hissiga o`rin 
qoldirmasligi kerak»,-deb «Tadbiri manzil» asarining 38-varog`ida ta`kidlab o`tadi. 
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» 
asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-
xushli bo‘lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug` bo‘ladi». U bola tarbiyasida otaning 
mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. «Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u unga shu 
kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa bolada 
gunoh yo‘q, barcha jafo otaning o`zida; o`g`il-qizning xulq-atvori yaramas bo`lsa, bu 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə