Oilada bola tarbiyasi masalasining pedagogik va psixologik tomondan



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix31.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#114737
1   2   3   4   5   6   7   8
Do`sjonova Nilufar Rustam qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
867 
ayol uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim 
buza olmaydi. Shu sababli, sen tug`ilib o‘sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab, 
o‘ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o'zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. 
Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo'lsin! Sen 
unga yer bo'lki, u senga osmon bo'lsin! Sen unga uy bo'l, ul senga ustun bo`lsin! 
Aytganlariga amal qilsang, ering bilan go‘zal hayot kechirasizlar, mas’ud, baxtiyor va 
saodatli turmush qurasizlar. Bizlar ham huzur-halovatda baxtiyor bo`lamiz. Aks holda ikkala 
oilada ham huzur-halovat bo'lmaydi. Sen o'zing bir jahannamda yashagandek bo'lasan. 
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, sharq mutafakkirlari o'zlarining pedagogik 
qarashlari bilan o‘z davrlaridan ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha 
asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoqda va hozirgi kunda ham ular o‘z 
qiymatini yo‘qotgani yo‘q, ular bizning ma’naviy qadriyatimizdir. Shunga ko‘ra 
mutafakkirlarning o‘lmas merosi oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyalashning 
muhim omili bo‘lib qoladi desak aslo mubolag`a bo`lmaydi.
Shu jumladan, buyuk olim V.Satir bugungi kundagi zamonaviy oilaning bola 
tarbiyasi va uning manfaatlariga bog`liq ekanligidan kelib chiqib, bu maskandagi hayot 
maromini bola rivojlanishining bosqichlari bilan bog`laydi va shunga ko`ra quyidagicha 
bosqichlarni farqlaydi: 
1-bosqich. Oila boshlang`ich nuqtasining boshlanishi
2-bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo bo`lishi; 
3-bosqich. Bolaning bog`chaga va maktabga borishi. 
4-bosqich. O`smirlik chog`ida ota-onasidan mustaqillikni da`vo qila boshlashi; 
5-bosqich. ,,Bola-ota-ona” munosabatlari tugab, o`zining turmush qurishi. 
6-bosqich. Tanada keksalik belgilarining paydo bo`la boshlashi. 
7-bosqich. Oilaviy munosabatlarning tugashi. 
O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda respublikamizda 
amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va ma’naviy o‘zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy 
130 hayotida mazmunan boy ishlar qilindi. Masalan, 1998-yilning «Oila» yili deb e’lon 
qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasining 63- moddasida «Oila jamiyatning 
asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyilishi 
bunga yaqqol misoldir. O`z vaqtida yurtboshimiz, oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va 
ahamiyati to‘g‘risida shunday degan: «Bola tug‘ilgan kundan boshlab, oila muhitida 
yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng 
muhim farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi his etadi». Bu 
o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish, mustahkamlash, yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir. Oila tarbiyasi deganda 
ota-ona, oiladagi katta kishilar, buva-buvilar, aka-opalar tomonidan bolalarning to‘g‘ri 
milliy axloq-odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish lozim. Zotan bola tarbiyasi 
ota-ona, aka-opa va boshqalarning o‘zaro muomala munosabatlariga xulq-atvoriga bog‘liq. 
Xalqimiz ham: «Qush uyasida ko'rganini qiladi» deb bejizga aytishmagan. 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə